Bahona ortidagi fitna

“Birni körib fikr qil, birni körib şukr qil” deb bejiz aytişmagan-da.

Şu yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda yuz bergan voqealar har bir bedor qalbli yurtdoşimizni oğir, iztirobli öylarga soldi.

Donişmand keksalar şukrni unutib, özini tutolmay, bosar-tusarini bilmay, biror nojöya iş qilganga qarata “Töqlikka şöxlik qilma!”, deya tanbeh berişgan.

Savol tuğiladi — niyati tinç va farovon hayotimizga raxna soliş, fitna uyuştirib, özining ğarazli maqsadlariga erişiş uçun Nukus şahrida odamlarni olomon sifatida köçaga olib çiqqanlar kimlar edi? Nahotki bu fitna Konstitutsiyamizga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça umumxalq muhokamasi bilan boğliq bölsa?

Yöq, albatta. Bu bir bahona edi. Çunki Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar belgilangan tartibda amalga oşirilayotgan, har   qanday taklif va fikrlar, örinli yoki örinsiz bölsa ham tinglanayotgan, örganilayotgan edi-ku? Har kim taklifini emin-erkin bildirayotgan edi-ku? Köçada ommaviy tartibsizlik çiqariş, bezorilik qiliş, davlat va jamoat idoralarini egallaşga uriniş, huquq-tartibot organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, ularni ayovsiz kaltaklaş, hatto öqotar qurollardan foydalanib insonlarga jarohat yetkaziş, odam öldiriş singari qabihliklarni sodir etişdan maqsad butunlay boşqa bölgan. Bunday harakatlarni norozilik namoyişi emas, yurtga, uning tinçligiga xiyonat deb aytiş örinlidir.

Yana şuni aytiş kerakki, keyingi beş yil içida Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli mamlakatda söz va matbuot erkinligi tiklandi. Odamlar öz haq-huquqlarini bemalol talab qiladigan, matbuot erkinligidan foydalanadigan, davlat va jamiyat hayotida faol iştirok etadigan bölişdi. Rasmiy idoralarning odamlarni eşitiş quloqlari oçildi. Joylarda ötkazilayotgan qabullarda qançadan-qança muammolar öz joyida, jamoatçilk vakillari, mahalla faollari iştirokida hal etilmoqda.

Yo erkinlik degani har kim xayoliga nima kelsa, şuni qilişi, yoşlarni töğri yöldan çalğitişi mumkin deganimi? Aslo. Qonunlar amalda ekan, har qanday noqonuniy hatti-harakat uçun jazo muqarrardir.

Qolaversa, bunday ğarazli işlar öz-özidan, birdan sodir bölib qolmaydi. Bu namoyiş­larni ötkaziş orqali mamlakat barqarorligini izdan çiqariş, yurt mustaqilligiga raxna soliş kabi qabih maqsadlar uçun maʼlum taraddud va tayyorgarliklar qilingani ayon. Ehtimol çetda turib bu qabihliklarga “homiylik” qilgan, yöl-yöriq körsatgan baʼzi bir kuçlar rejasi endi Özbekistonda ham notinçlikni, parokandalikni keltiriş edi.

Bu taşvişli voqeaga öz vaqtida çora-tadbir körilgani, Davlatimiz rahbarining 2-3 iyul kunlari Qoraqalpoğistonga borib, respublika faollari bilan uçraşib, murojaat qilgani, hatto Nukusdagi mahallalarda bölib xalq vakillari bilan töğridan-töğri muloqot qilgani mardonavor iş böldi. Bu nafaqat qoraqalpoğistonliklar, balki butun Özbekiston xalqini ğururlantirdi. Yurtning öz Egasi borligi köngillarga kuç berdi, xalqimizning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamladi. “Töliq işonç bilan aytamanki, Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar bundan buyon ham albatta izçil surʼatlarda davom ettiriladi. Çunki Qoraqalpoğis­tonning taqdiri — bu Özbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi — bu butun özbek xalqining baxti va farovonligidir”, — dedi Prezidentimiz.

Bu uçraşuvlarni “Oynai jahon” orqali körib bildikki, Yurtboşimizning sözlaridan haya­jonga tuşgança közlariga yoş olib sözlagan bir neçta qoraqalpoğistonlik faol ayollar, onalarning dil sözlari ham yurakdan aytildi. Ular özbek va qoraqalpoq eli doimo yakdil ekanligi haqida samimiy gapirdilar.

Nukusdagi voqealarda iştirok etgan, yurt tinçligiga raxna solmoqçi bölganlarning aksariyati yoşlar ekan. Bu harakatlar qoraqalpoq elining işi emas, balki ongi zaharlangan, aldangan, kimlarningdir qutqusiga, yolğon vaʼdalariga uçgan yoşlarning va ayrim yoşi katta bölsa ham fikri buzuq kaslarning, sox­­ta “demokrat”, soxta “lider” larning işi ekanligi ayon bölmoqda.

Buni qarangki, kuni-keça ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda köçaga çiqib, özlariça soxta ğoya­lar, talablarni bayroq qilgan nobakorlarga oldindan pul va insonga kuçli taʼsir ötkazuvçi psixotrop dorilar, spirtli içimliklar tarqatilgani, ayrim namoyişçilarning ismi-şarifi va olgan pullari yozilgan “vedomost”lari eʼlon qilindi. Mana, yuzsizlarning haqiqiy başarasi. Demak, bu işlarga çindan ham avvaldan tayyorgarlik körilgan, moliyalaştirilgan,— deyiladi “Voditeli Karakalpakistan” telegram kanalida.

Albatta, bu voqealar hali çuqur tahlil etilişi, qanday sabablar, omillar rol öynagani, bu jinoyatning boşida kimlar turgani ipidan-ignasigaça örganilişiga şubha yöq.

Nima bölganda ham bu voqea­lardan saboq çiqariş juda muhim. Çunki dunyoda hamişa ğayr­­li kuçlar yurtlarning tinç­ligini, osoyiştaligini aynan ana şunday yöllar bilan izdan çiqarişi, barbod qilişga urinişi sir emas.

Davlatimiz Qoraqalpoğiston uçun, qoraqalpoq eli uçun ham heç narsani ayayotgani yöq. Ayniqsa, sönggi 5-6 yil içida res­publika iqtisodiyoti, aholisi farovonligi yölida amalga oşirilgan işlar, bunyodkorliklar sönggi 30-40 yilda ham bölgan emas. Birgina Möynoqdagi bunyodkorlik işlarini möʼjizaga tenglaştiriş mumkin. Respublika aholisining daromadi, yaʼni jon boşiga keladigan yalpi daromad 2020 yil yakuni böyiça 3 barobarga oşgani buning yorqin dalilidir. Yuzlab yangi korxonalar, uylar, maktab va boğçalar, zamonaviy yöllar qurildi, yana qurilmoqda. Bularning bari kim uçun — qoraqalpoq eli uçun!

Orolböyidagi ekologik islohotlar davlat siyosati darajasiga kötarilgani, aholining ijtimoiy himoyasi yölidagi saʼy-­harakatlar… hamma-hammasi şu aziz el buguni, ertasi va yoruğ kelajagi uçun emasmi?

Şubhasiz azaldan bir daraxtning tomiri kabi unib ösgan özbek qoraqalpoq elini heç kim ajrata olmaydi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning qoraqalpoğistonlik faollar oldida qilgan murojaatidagi: “Barçamiz uçun Vatan bitta. Bizni yagona, uluğ bir maqsad birlaştiradi. U ham bölsa, yurtimiz tinçligi, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligidir. Barçamiz birgalikda Yangi Özbekiston va Yangi Qoraqalpoğistonni albatta barpo etamiz”, — degan sözlari har bir vatandoşimizning yuragida aks-sado berdi. Bu uluğ niyat ijobatini köriş barçamizga nasib etsin!

Abdirasul JUMAQUL,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan