“Rostligini qayerdan bilamiz?”
Oxirgi darsning söngida kursdoşlar gurungi qizib ketdi. Hamma özini qiziqtirgan mavzuda gapirib heç kim bir-birini tinglamas hamma öz şerigi bilan miriqib suhbatlaşar edi. Nima böldi-yu tösatdan Marhabo kursdoşim gap boşlab qoldi:
— Şanba kuni öqişga kelayotgan edim. Çamasi, yigirma beş yoşlardagi yigit, körinişidan hali ön oltiga ham tölmagan bir qizni köçaning holiroq tomoniga ötqazib ayamay rosa döpposlardi. Qiz turişidan soddagina, qişloqdan kelganga öxşardi. Sal beriroqda odam gavjum, ularni deyarli hamma körib-kuzatib turardi.
Xona birdan quloqqa aylandi.
Töğrisi, voqeaga şundoqligiça köz yumib ketolmasdim. Menga öxşagan bir ojizaning tahqirlanişi vijdonimni oyoqqa turğizdi. Şahd bilan bordimu:
— Bir pas töxtang! Nima böldi özi? — dedim qaltirab.
— Siz aralaşmang! Bu mening singlim. Işingiz bölmasin.
— Yolğon! Men bu bolani tanimayman! — soçlari bolaning çangalidagi qiz (Garçi qiz bu gapi uçun battarroq zarba yeyişini bilsa-da!) yiğlagança tilga kirib ketdi. Biroq men navbatdagi muştni tutib qoldim.
— Tinçlanib oling, nima bölgan özi? Qanday sabab bölişi mumkinki, aka singlisini odamlar orasida tahqirlaşigaça olib keladigan. Töxtang aka, men sizni eşitaman, tuşuntiribroq ayting — xuddi unga işonganday körinib, vaziyatni yumşatmoqçi böldim. Taʼsir qildi. “Boks qopi bilan şuğullanayotgan sportçi” biroz tin oldi.
— Tört kundan beri uyga kelmaydi. Doim şu ahvol, hozir ham allaqayoqlardan topib kelyapman, nima qilişim kerak…
Qiz uning qölida tutilib turgan quşday tipirçilar edi. Nihoyat, qoçdi!.. Uşlab qoldim.
Ğazablangan “aka” meni ham “singlisi”ga qöşib asfalasofinga jönatib yuborgudek, hujum qilmoqçi edi hamki Xudo yorlaqab, sal naridagi “tomoşabin” yigitlardan biri bolani uşlab qoldi. “Zöravon”ning oğzidan bodi kirib şodi çiqqança qopqonga tuşgan böriday tutaqar edi-yu lekin u qadar vahşiylaşmasdi. Har qalay “tomoşabin”larning yordami bilan vaziyat biroz yumşadi.
Bu orada men qiz bilan gaplaşib, Sarvinozning Zangiotadan ekanligi, 9-sinfda öqişiniyu, bir haftadan beri dom-daragi yöq onasini şaharga izlab çiqib özlari tomonda yaşaydigan köça bezorisiga duç kelib qolganligi haqidagi hikoyasini tingladim.Tutaqib ketdim. Bir qizning “özi”ni himoya qilişi uçun şunça jasorat! Şartda yigitning oldiga bordimu:
— Singlingizning ismi nima? — kinoya bilan savol berdim yigitga.
— Yöldoşeva Sarvinoz! — javob berdi qölidagi allaqanday eskiligidan titilib ketayozgan guvohnomani yaşirişga urinib.
— Qanday isbotlaysiz?
Bola noiloj guvohnomani uzatdi. Qizdan familiyasini söradim. Umuman boşqa. Bola bilan qizning gapi va guvohnoma bir-biriga töğri kelmasdi. Hayron böldim.
Xöp, birorta qöşningizning raqamini beringçi, tasdiqlasa, heç kim sizga indamaydi. Oilaviy masala özingizni işingizu, lekin baribir bu degani zöravonlik qiliş kerak degani emas. Kim bölişingizdan qatʼiy nazar, ayol kişini bu darajada tahqirlab urişingiz mumkinmas.
Bola telefon raqam berdi. Javob berilmadi…
102 ga qönğiroq qilişga majbur edim. Yöqsa, bu bola qizni öldirib qöyişi tayin edi. Afsuski, telefonim oylik tölovli taʼrifda qöşimça mablaği yöqligi uçun javob bermadi. Keyin, şu atrofdan non olib ötib-qaytib yurgan amakidan telefonini söraganimda, rosa ikkilanib, ming bir oğriq bilan uzatdi. Darrov Içki işlar bölimiga telefon qilib vaziyatni aytsam:
— Sizni yolğon maʼlumot bermayotganingizni qayerdan bilamiz. Balki siz aldayotgandirsiz, — degan tiyiqsiz gaplar bilan ensasini qotirib javob qilişdi.
Şunday holat haqida qanday yolğon maʼlumot berişim mumkin! Xullas, jurnalistika universiteti talabasi, jurnalist ekanligimni aytganimdan keyin inspektor maʼlumotlarni qayta örganib, xodimlarini yuborişini aytdi. Birozdan keyin tegişli idoralardan odam kelib ularni olib ketişdi…
Hamma bir zum jim qoldiyu, darrov muhokama boşlanib ketdi. Kim qizni yolğonçiga çiqardiyu, kim yigitni aybdor qildi. Lekin bu yerda heç kim eʼtibor bermagan yana bir narsa bor ediki, dugonamizning dovyurakligi!
Qiz xoh yaxşi, xoh yomon bölsin, köçada körgan qismatdoşining taqdiriga befarq ötib ketolmay ğazabnok kişining qölidan tutib qoliş qiz bola uçun naqadar hayratlanarli?
Ha, bugun bu narsa qiz bolalarni qöya turing, kata-kiçik erkaklarda ham yöqolib bormoqda. Köçada, kuppa-kunduzi bir zöravon, ojiza bir beçorani yo bir bolani urib, tepayotgan bölsa-da, özlarini körmaganga olib ötib ketişaveradi. Şunga ham befarq, qörqoq, mehrsiz böliş mumkinmi?!
Umida SATTOROVA,
ÖzJOKU 2-bosqiç talabasi
