Vatan bir butundir, Vatan yagona
Men hayot sinovlarida toblangan
qoraqalpoq xalqining
donişmandligiga işonaman.
Ş. Mirziyoyev
Taqdir hayot dengizida suzayotgan kema,
Eşkak eşgan qöllaringni asra odamzod.
Anglab yetgin Vatan nima, xalq, millat nima?
Özing bir hovuç tuproqda ming sirli xilqat.
Kim deb atalar el-yurtning tinçin buzganlar,
Agar inson aziz bölsa, unda sen kimsan?
Yaxşilikning savob riştalarin uzganlar,
Yurtin pulga sotgan odam sotqin atalar.
Bir oila farzandiday ahil insonlar,
Ming yillarkim, asrlarkim birga yaşarlar.
Bir daryodan suv içib, bir quyoşda kuyib,
Bir-biriga bağrin oçgan aziz odamlar.
Ey, sen kimsan ismingni ham bilmaydi heç kim,
Faqat buzding kir nafas-la toza havoni.
Sen özingni mol-dunyoga aylading mahkum,
Unutdingmi, Odam Ato, Momo Havoni.
Bu zaminga kimlar kelib, kimlar ketmagan,
Bu tuproqning har qariçi qöşilgan jonga.
Kim adolat uruğini ekkan, ekmagan,
Kim suyansa, Olloh madad bölgan insonga.
Tarix varaqlari sözlab turibdi oçsang,
Qoraqalpoq ajdodlarning hikmatlarini.
Agar bilsang uşbu Vatan doim asragan,
Tarqab ketgan qoraqalpoq millatlarini.
Unutdingmi, Berdaq bobo duolarida,
Bağrikenglik, birodarlik mehri yaşaydi.
Yernazar-u, Mamanbiyning nidolarida,
Oğizbirlik degan uluğ hikmat yaşnaydi.
Tölapbergan, Ibroyimdan qolgan har kitob,
Bir bölaylik, bölinmaylik, deb mehr közlar.
Quloğingga kirmaganmi bu oliy xitob,
Sen toptagan millatingning ğururin sözlar.
Ey buzğinçi, yurt tinçini buzgan badkirdor,
Nodon boşdan tuşirdingmi sen qalpoğingni?
Bobolaring aziz tutgan boş kiyim nomdor,
Oyoq osti qilma millat qoraqalpoğingni.
Men bilaman, sen xalq emas, nodon olomon,
Yaxşilik köp qoraqalpoq xalqin köksida.
Sen eʼtiqod, iymonidan ayrilgan inson,
Öz millating ne köylarga solding öksitib.
Bobolaring qaçon körgan bunday uluğvor,
Obod, baxtu-saodatli davru-davronni.
Tinçlik uçun şukronalik hamma qalbda bor,
Nega tinçin buzding bu hur, ozod zamonning.
Yurt rahbari qoraqalpoq xalqin deb kuyar,
Zör bölsin deb qoraqalpoq elin ertasi.
Öğil-qizin, otalarin mehr-la suyar,
Beşikdagi norasta ham uning erkasi.
Biz bir Vatan, bir tuproqmiz, bitta davlatmiz,
Biz bir xalqmiz, ajratolmas ğayri raqiblar.
Biz bir yurtmiz bobolari aytgan hikmatmiz,
Karvon ötar hurib-hurib qoladi itlar.
Mening dono, kökragi keng qoraqalpoğim,
Onaman men, qoraqalpoq nevaralarim.
Qoni-qonga, joni-jonga qöşilib ketar,
Özbek onasining qoraqalpoq evaralarin.
Yaşna, mening yuragimning parçasi bölgan,
Qoraqalpoq kengliklarin boğu-böstoni.
Kelajagi baxt-saodat nuriga tölgan,
Yangi Özbekistonning Yangi Qoraqalpoğistoni!
Guliston Matyakubova,
Qoraqalpoğiston
xalq şoiri
