Masʼuliyat yuki
Ayol. U nozik yelkasida muqaddas oila masʼuliyat yukini turmuş örtoği bilan tengma-teng kötarsa-da, bu zahmatni pisand etmay, xonadonini beminnat obod etib kelayotgan noyob xilqatdir. Ayniqsa, ayni kunlarda bu zot jamiyatning turli jabhalarida xizmat körsatib kelayotgan nafaqat mehribon ona, balki fidokor rahbar, ilğor xodim. Şijoati, matonati tahsinga loyiq.
Biroq kaminani bir öy qiynaydi. Bu muştiparlarimizning nafis qalbi yuriş-turişi-yu muomalasi borgan sari dağallaşib borayotgandek. Bu ularning soğliği, eng açinarlisi, oilasiga salbiy taʼsir etmoqda. Özingiz öylang, kun böyi işdan horib-çarçab kelgan ayol turmuş örtoği, farzandlariga qanday vaqt ajrata oladi? Ösmir yoşlar tarbiyasidagi buzilişlar, ajrimlar sonining keskin oşib borayotganining eng asosiy sababi hozirgi zamon ayolining uydagilari, yaqinlariga yetarliça vaqt ajrata olmayotgani, baʼzi bir oila boşliğining masʼuliyat yukini ham öz gardaniga ortib olganida emasmikan?!
Nega or-nomusli, masʼuliyatli erkaklar tobora kamayib bormoqda?
Nega öğlonlarimiz otasiga emas, onasiga suyana boşladi?
Nima uçun ayrim qizlarimiz erkakşoda onalaridan andoza olib ösayapti?
Demoqçimanki, ayolning jamiyatda faol bölişi yaxşi, lekin bu uning şaxsiy hayotiga zarar yetkazmasligi, oilasi tanazzuliga olib bormasligi lozim.
Mamlakatimizda keyingi yillarda ayollar haq-huquqlariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Sir emas, uzoq yillar davomida ayolga bepisand munosabatda böliş, uni xörlaş odatiy bir narsadek qaralgan vaqtlar ham böldi. Ammo ertasini öylagan millat ayolga bölgan munosabati bilan buyuklikka erişişi mumkin. Zero, muqaddas kalomlarda ham ayolga eʼtibor, ğamxörlik birinçi masala deb tilga olinişi bejiz emas.
Muhabbatoy ABDUQODIROVA
