Ustoz “zulmi” ota mehridan afzalmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez umumiy örta taʼlim maktablarida öqituvçilar va öquvçilar örtasidagi kelişmovçiliklar tasvirlangan lavhalarga közimiz tuşadi. Kimdir öquvçini, kimdir öqituvçini qoralaydi. Menimça, bunday holat vujudga kelişida hammamiz, xususan biz, jamoatçilik aybdor. Aslida bugun farzandlarimiz kamoloti yölida fidoyilik körsatayotgan öqituvçining yonida turişimiz, taʼlim-tarbiya işiga unga kömakçi bölişimiz lozim.
Farzandlarimizning taʼlim-tarbiyasi, uning özini tutişi, muomalasi, kiyinişi, öqişi bilan köpçilik ota-onalar deyarli qiziqmaydi. Bolada biror salbiy holat kuzatilsa, albatta, faqatgina “aybdor” öqituvçi böladi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi öquvçi va uning ustozi bilan boğliq köngilsiz voqealarni kuzatar ekanman, biz, örta va keksa avlod vakillari bu voqeadan hozirgi yoşlardek “zavqlanmasligimiz” aniq! Negaki, öşa avlodlarning bir vakili sifatida men ham 45 yil oldin şu ösmir kabi maktab bitiruvçisi edim. Tan olaman, öqituvçilarimdan daşnom ham eşitganman. Bunday “nasiba”dan bironta sinfdoşimning quruq qolganini eslay olmayman. Öşa davrlarda va keyinçalik ham dars tayyorlamagan, nojöya işlar qilgan öquvçilar heç qaçon öqituvçilar tomonidan körib-körmaslikka, bilib-bilmaslikka olinmagan. Aksinça, ustozlarimiz daşnom bergan, dakki eşitib, bir-ikki ogohlantirgan. Yana takrorlasak şapaloq ham yeganmiz. Haq-nohaq şapaloq yesak ham uyga kelib, ota-onamizga aytmaganmiz, ustozimizdan şikoyat qilmaganmiz. Agar ularga bu haqda arz qilganimizda ham “ayb özingda”, deb oğzimizni yopib qöyişardi.
Ustozlarimizdan qançalik “jabrlansak” ham ularning qattiqqölligi, talabçanligi, bizga nisbatan mehru muhabbatini his qilib turganmiz va mana bugun öşa davrni yaxşi xotiralar bilan eslaymiz. Şu örinda maşhur donişmand Hasan Basriyning: “Ustozning zulmi ota mehridan afzal”, degan purmaʼno gaplarini yodga olmoq joiz. Demak, ustoz heç qaçon şogirdiga yomon böl, yomon yöldan yur, yomon işni qil, degan maqsadda ranjitmaydi, koyimaydi. Axir, bugungi jamiyatimizda eng eʼzozga, hurmat va eʼtiborga loyiq insonlar öqituvçilardir. Ular haqida bölar-bölmas gaplarni gapiriş, ijtimoiy tarmoqlar orqali olamga yoyib, “sensatsiya” qiliş yaxşi emas. Çunki öqituvçining qölida xalqimiz, mamlakatimiz, davlatimiz kelajagi kamolga yetmoqda. Şunday ekan, bugungi kunda öqituvçi va öquvçi örtasidagi oddiy hayotiy ziddiyatlarni çuqurlaştirib, ustozlar obröyini tökmaylik!
Albatta, beş qöl barobar bölmaganidek, öqituvçi va muallimlar orasida öz kasbiga noloyiq kişilar ham uçraydi. Ammo ular juda kam.
Boşlanğiç sinf öquvçisini polga yotqizib olib tepayotgan, oğzidan eng xunuk gaplar çiqadigan kimsalar—ustozlikka munosib emas. Biroq bu aslo halol, samimiy, mehribon, örni kelganda qattiqqöllik qila oladigan pedagoglar faoliyatiga soya solmasligi kerak.
Quvondiq XALILOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi
