Boylarning bolasi…

Bir odam hayoti davomida qaysidir masala böyiça biror qiyinçilikka duç kelib, ne-ne maşaqqatlar bilan unga yeçim topdimi, albatta Yaratganga şukrona keltirib, boşqa yaqinlari uningdek qiynalmasligini istaydi. Körgan-keçirganlaridan kelib çiqib, xuddi u kabi qiyinçi­liklarga uçragan odamlarga (hatto begona bölsa ham) yordam bergisi kelaveradi. Öziça maslahat qiladi, yöl-yöriq körsatadi.

Masalan, öqişga imkoni bölmagan odam özidan keyingi ukalari, nari borsa farzandlarini ziyoli bölişini çin dildan istaydi. “Men öqiy olmadim, bolalarim öqisin”, deb özini ötga ham, çöqqa ham uradi. Talabalik davrida öqişga beparvo bölgani bois diplom olganidan keyin ham iş topa olmayotganlar esa özining xatolari boşqalarda takrorlanmasligiga tirişadi.

Men ham qiyinçiliklar bilan talaba bölganligim tufayli ukamni öqişi uçun har qanday şaroitni yaratib berişga tayyorman. Bir paytlar oliy öquv yurtiga tayyorlaniş uçun arzimagan pulni topa olmay qiynalganim uçunmi, hamma narsani ukamga bekamu-köst qilib beray deyman-u lekin ukam heç quloq solay demaydi. Öqimaydimas öqiydi, biroq yoz vaqti turli mayda işlarda (dökonda, oşxonada, telefon ustaxonalarida) işlab, öquv yili boşlanganda repetitorga qatnaydi. Qöy, ukam bu işlaringni taşla. Yozda ham özing mustaqil öqib, oliygohga tayyorlanaver deb qança jon kuydirmay, öz bilganini qilaveradi.

Har gal uyimizga borganimda şu xususda köp tortişamiz. Hamma narsang yetarli bölsa, kiyim-keçagingni risoladagidek qilib berayotgan bölsak, repetitoringni ham oyma-oy pulini beramiz deyapmiz, munça öjarlik qilmasang deb özimça dakki beraverardim. Negaki men ham xuddi uningdek yoz oylari işlab, öquv yili boşlanganda öqirdim. Balki şu sababli oliygohga yaxşi tayyorgarlik köra olmay 2 yil ketma-ket imtihondan yiqilgandirman.

Ukam meni bu gaplarimni tinglab, böpti, xöp deydi-yu yana öz bilganidan qolmasdi. Ammo bu safar unday bölmadi. Gaplarim jonidan ötibdimi, aka bilaman, meni öylab mehribonlik qilayapsiz. Özingiz qança qiynalganingizni ham bilaman, lekin men ham hamma narsaga öz kuçim bilan erişay. Iltimos, tösqinlik qilmang. Siz bugun ança narsaga erişdingiz, ammo bular siz köp qiyinçilik körganingiz sababli emasmi?

Oçiği, ukamning bu noodatiy javobidan muzladim, uyaldim. Negaki uning “hamma narsaga öz kuçim bilan erişaman” degan gaplarini sira kutmaganligim uçunmi qotib qoldim. U bilan hisoblaşmay özimça unga mehribonlik qilganim uçun uyaldim. Mening yordamimni rad qilib, hamma narsaga xuddi mendek tengdoşlaridan ortda qolib erişişi mumkinligini öylab siqildim. Ammo endi ukamga yoş bolaga qaragandek qaramay qöydim. Rostdan ham u ançayin ulğa­yibdi, sezmab­man.

Şu topda mahallamizdagi bir badavlat qöşnimiz bilan bölgan suhbatni esladim. U ham öğillarini özi öqitib, iş joyini ham özi tayin qilib, özi uylab, joylab qöygandi. Savdo maydonlari, işlab çiqariş korxonalarini ham öğillarining ixtiyoriga berib özi nafaqaga çiqqandi. Bir yil böldimi-yöqmi öğillar otasi butun umri davomida yiğganlari, qiynalib topganlarining barini havoga sovurişdi.

Şunda öşa kişi menga dardini aytib, “öğlim, sen şunaqa narsalarni yozib yurasan-ku, meni ham kaltabinligimni yozgin, zora kimgadir foydasi tegsa” degandi.

Odam öziga yetarliça bölib oldimi nafsi hakalak otib farzandlarimga, nabiralarimga deb mol yiğişda davom etavermaslik kerak ekan. Axir, farzandlar ham özi uçun nimadir qilişi kerak-ku! Ular uçun ham bolaligidan hamma narsani muhayyo qilib beraversak, aqli bori-ku, özim ham nimadir qilay der, ammo bersang indamay olaveradigani tanballikka örganib qolmaydimi?

Demak, hamma narsaning meʼyori bölgani yaxşi. Hatto yaqinlarga va farzandlarga bölgan kömakning ham.

Avvallari badavlat oila farzandlariga havas bilan boqqan paytlarim ham bölgan, yaşirmayman. Endi bölsa, oçiği öz kuçi, mehnati bilan erişmaganlarga kim bölsa ham havas qilmayman, açinaman. Negaki, har kim ham qay darajaga erişmasin, uni öz mehnati, bilimi, harakati bilan qölga kiritsa yaraşiqli bölsa kerak, deb öylayman.

Kamoliddin RÖZIMATOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan