Xolislik — andişasizlik emas!

Gapni eng ommaviy, doim el nazari oldida bölgan televideniyedan boşlasam. Haqiqatan, hayotimizni televideniyesiz tasavvur etiş qiyin. Insoniyatning buyuk kaşfiyotlaridan biri bölgan “Oynai jahon” bugungi kunga kelib, katta taraqqiyot yölini bosib ötdi. Telejurnalistika jurnalistikaning muhim yönalişi sifatida hayotimizdan muqim örin egallagan. Haqiqatan, turli-tuman körsatuvlar, reklamalar, seriallar ekrandan tuşmaydi. Sohada köplab taniqli, tajribali kasbdoş­larimiz faoliyat yuritib, uni rivojlantiriş, yangi imkoniyatlarni izlab topişda fidoyilik körsatmoqdalar.

Bugungi telejurnalistikani esa boşlovçisiz, suxandonsiz tasavvur etib bölmaydi. Ammo maʼnaviy hayotimizning bir bölagi bölgan telejurnalistikada ham bir qator muammolar bor: ayniqsa, boşlovçilarning va telejurnalistlarning til ğaribligi seziladi.

Yaqinda “Özbekiston-24” kanalida bir yoş boş­lovçi sözamolligini namoyiş etmoqçi böldimi, “birinçi plan”da uning özi namoyon böldi. Odatda suhbat janrida suhbatdoşga köproq eʼtibor qaratiladi. Uşbu körsatuvda esa suhbatdoş muxbirning bir neça savoliga yarim-yorti javob beriş bilan çeklandi. Yoş hamkasbim negadir jön, oddiy savollarni qalaştirib taşladi.

Oqibatda körsatuv uçun tanlangan mavzu, uning iştirokçisi tomonidan oçilmay qoldi.

Bunday “dumbul” lavhalar, körsatuvlar har bir telekanalda uçraydi.

Sohamizning “keksa” yönalişlaridan biri, radiojurnalistika uşbu yönalişda söz maʼnosi, talaffuz meʼyori asosiy örin egallaydi. Biroq sözni takror-takror tilga oliş, noörin taʼrif va öxşatmalar köp uçraydi.

Yaqinda qiziqçilardan ikkitasi qandaydir eşittirişni efirga uzatişdi. Ularning ona tilimizga eʼtiborsizligi şunçalik ğaşga tegdiki, beixtiyor radioni “öçirib” qöygim keldi. Ular baçkana, hattoki hayosiz sözlarni ham işlatişdan çöçişmadi.

Toşkentça şevada “votti”lab sözlaşiş televideniye va radioda odatga aylangan. Qiziqçilar suhbatidan biron-bir maʼnoni uqiş oson bölmadi. Şunday qöpol, nojöya öxşatişlarni Toşkent şevasida “qoyillatib” efirga uzatişdi. Öşa eşittirişning muharriri qayerga qarayapti, degan savol tuğiladi. Teleradiojurnalistlar, boşlovçilarning köpçiligi “şeva kasalligi”ga çalingan. Adabiy tilda emas, şevada sözlaş körsatuv va eşittirişning taʼsirçanligini oşirmaydi-ku!

Ijtimoiy tarmoqdagi yaşin tezligida tarqalayotgan xabarlar uzoq-yaqin masofalarni ham bir neça soniyada bosib ötib, siz va bizga yetib keladi.

Axborot tarqatişning bu usuli jurnalistikada yangi yönaliş hisoblanadi. Bugun bu sohaga qöl urmagan jurnalist qolmadi, hisob. Biroq internet jurnalistikasida ham tilga eʼtiborsizlik, adabiy til mezonlariga bepisandlik sezilib turadi. Albatta, şov-şuvli xabarning bozori çaqqon böladi. Internet jurnalistikasining tahlil va uslubdan yiroqligi sohaning jiddiy kamçiligidir. Kamçilikni özimiz yaratmoqdamiz. Hattoki, biron-bir voqea, hodisa haqida boşqalarni tezroq xabardor qiliş maqsadida tahlilga, örganişga eʼtibor qaratmaymiz. Oqibatda bugun internet tarmoqlarini “palağda şov-şuv”lar bosib ketdi.

Xolislik – andişasizlik emas-ku!

Davr töqmoği bosma naşrlar boşida sinayotganligi bor gap. Ijtimoiy, moliyaviy qiyinçiliklar bosma naşrlarga jiddiy xavf solmoqda.

Yaqinda tuman gazetalaridan birining muharriri jamoasida yoş kadrlar yöqligi, barça ijodiy xodimlar nafaqa yoşidan ötganligini yozğirib qoldi. Bu — bor gap. Yoşlar negadir bugun telejurnalistika va internet jurnalistikasi yölini tanlaşmoqda. Balki tezroq közga köriniş uçun bu sohalarda imkoniyat kengroqdir. Nima bölganda ham bizningça yoş kadrlar bosma naşrlar çiğiriğidan ötib, tajriba töplasalar ertaga sohaning barça yönalişlarida erkin faoliyat yuritiş imkoniga ega böladilar. Bosma naşrning boşqa turdoş axborot naşrlaridan ustunlik tomoni bor. Bunda mavzuni çuqur örganiş, tahlil etiş, xulosa çiqariş imkoniyati katta.

Xullas, bugungi yoş hamkasblarim orasida tezroq taniliş, öz qiyofasini yaratişga bölgan iştiyoq kuçli. Bu narsa ehtimol yaxşidir. Ammo ming afsuski, bu iştiyoq öqiş-izlaniş bilan hamohang holda olib borilmayapti. Sababi maʼlum: tezroq nom çiqariş, maşhur böliş. Pala-partiş, tahlildan yiroq, tahrirtalab eşittiriş, körsatuv va maqolalar kun sayin köpaymoqda. Afsuski, yulduzlik kasali baʼzi havoyi xonandalardan ayrim hamkasblarimizga yuqmoqda, şekilli…

Bu fikrlarni sizlar bilan örtoqlaşişdan maqsadim aslo kimlarnidir tanqid qiliş emas. Faqat öz kasbimizga fidoyi bölgan holda faoliyat yuritsak, öynab yozsak ham öylab yozaylik, demoqçiman. Keyin axborot maydonida tanlov jarayoni qiyin keçadi.

Quvondiq XALILOV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi,

“Samarqand” gazetasi muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan