Attestatsiya korrupsiya bilan egizakmi?
Bir-biriga öxşaş odamlar, egizak farzandlar, şaharlar, binolar, köpriklar, minoralar borligini bilamiz. Lekin şunday sohalar borki, ularning egizak ekanligi odamda şubha uyğotadi. Masalan, ot bilan eçki, it bilan eşak öxşaş bölmaganidek, korrupsiya bilan attestatsiya qanday egizak bölsin? Biri odamni poraxörlik jinoyatiga boşlasa, biri ilmini, bilimini oşirişda imkoniyat yaratadi. Afsuski, odamning nafsi, jiğildoni tufayli bu ikki soha “egizakka” aylandi.
Masalan, taʼlim va tibbiyot sohasida bölayotgan jiddiy va izçil islohotlar tufayli korrupsiya va poraxörlik barham topsa kerak, deb katta umidlar qilgan edik. Umidimiz puçga çiqdi.
Qayerdaki, davlat byudjetidan katta-katta mablağ ajratilsa, öşa sohada öğirlik va poraxörlik avj olar ekan. Ayniqsa, taʼlim, maorif sohasida bölayotgan ayovsiz yulğiçlik, talon-tarojlik va poraxörlik haqida ijtimoiy tarmoqlarda öqib, telekörsatuvlarda körib yoqa uşlaysiz. Sohaning ayrim mutasaddilari “tekin bölsa, yamlamay yutadigan”lardan çiqib qoldi.
Maktab va taʼlim deyişimiz bilan köz oldimizga, avvalo, ustoz va öqituvçilarning muborak siymolari keladi. Keyin taʼlim va tarbiya namoyon böladi. Şu bois muhtaram Prezidentimiz taʼlim sohasida yirik tarixiy islohotlarni amalga oşirayotgani xalq va Vatanning nurli kelajagini öylab qilayotgan ulkan bunyodkorlikdir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev alohida taʼkidlaganidek: “Şunday jamiyat qurişimiz kerakki, öqituvçilik eng obröli kasb bölişi lozim! Bu yölda biz, avvalo, öz hayotini yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan, ming-minglab ustoz va murabbiylarga tayanamiz!”.
Darhaqiqat, taʼlim sohasi öz-özidan halollik va poklik tuşunçalari bilan boğlanib ketganligini inkor etib bölmaydi.
Insof bilan ayting, taʼlim sohasiga eng katta mablağlar ajratilyapti, öqituvçilarga qator-qator imtiyozlar berilyapti, oylik maoşlari muntazam oşirilmoqda. Davlat mukofotlariga sazovor bölayotirlar. Moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlanayotgan soha ham taʼlim ekanligini unutişga haqqimiz yöq.
Lekin korrupsiya ham koronavirusga öxşab, har xil ştamplarda namoyon bölmoqda. Bugun bitta şoxini kessangiz, ertaga yana ikkitasi ösib çiqadi. Masalan, taʼlim sohasida korrupsiyaning yangi-yangi usullari paydo bölayotgani juda taşvişli holdir.
Yaxşi bilamizki, maktablarimizda faoliyat yuritayotgan öqituvçilar vaqti-vaqti bilan bilimlarini yanada takomillaştiriş va sohadagi yangiliklarni örganib, bilim beriş maqsadida attestatsiyadan ötkazib turiladi. Bu jarayon öqituvçilar öz ustida jadal işlaş va izlanişni talab etadi. Attestatsiya esa halol va şaffoflik bilan ötkazilişi kerak.
Attestatsiya xalq taʼlimi tizimiga tegişli taşkilotlarning qarori bilan har beş yilda bir marta ötkazilişi aniq körsatib berilgan. Sönggi yillarda öqituvçilar uçun navbatdan taşqari attestatsiya joriy etildi.
Afsus nadomatlar bölsinki, korrupsiya degan balo-qazo navbatsiz attestatsiya jarayoniga ilonday sezdirmay kirib keldi. Yoki oldi-berdi bölgan bölsa, közga taşlanmagandir. Har qalay, attestatsiya degan toza olamga korrupsiya degan balo-qazoning kirib kelganini heç bir narsa bilan oqlab bölmaydi.
Baʼzan odam öylab qoladi: korrupsiya kirmagan, in qurmagan soha bormikin? Agar bor bölsa, qaysi soha u? Oğir savol. Aniq javob beriş murakkab. Lekin bir haqiqatni oçiq aytaylik, korrupsiyaga moyil, tekin bölsa yamlamay yutadigan baʼzi odamlar va amaldorlar toifasi borki, undaylar har qanday toza, ozoda muhitda ham poraxörlik oldi-berdisini imi-jimida yutadigan qulay va oson muhitni yarata oladilar. Bundan faqat bir töda muttahamlar huzur qiladilar, boyib ketadilar. Masalan, xalq taʼlimi sohasidagi ömarişlar, oldi-berdilar, poraxörlikdan avvalo maktab direktorlari, söng “RayONO” va oxirida yiğilib-yiğilib “Oblono”dagilar löq-löq yutadilar. Lekin ular özlarining farzandlari, nabiralarining haqqiga, rizqiga xiyonat qilayotganlarini bilarmikin?! Biladilar, albatta. Hamma balo şundaki, bilib nafs qurbonlariga aylanadilar.
Örni keldi aytişning, yana bir soha borki byudjetni kemirişda xalq taʼlimi abjirlaridan mutlaqo farq qilmaydilar. Bu tibbiyot sohasi. Poraxörlik tibbiyotda işga kirişdan boşlanadi. Ayrim insofsiz tibbiyot xodimlari işga kirgan kunidan bemorning qöliga qaraydi.
Aslida-ku, faqat tibbiyotda emas, maktabga ham işga kiriş oson emas. Oliy öquv yurtini qanday tugatişingizdan qatʼi nazar maktabga – direktor huzuriga çöntak degan narvondan ötib borasiz.
Qança soat dars olişingiz çöntakning semiz, oriqligiga boğliq. Şu bilan çöntak operatsiyasi boşlanadi. Çöntagi barakali öqituvçining iş faoliyati ham barakali böladi. Çunki, çöntak qurğur ayniqsa, attestatsiya mavzusida ham semirib-ozib turadi. Ayrim örtamiyona, dangasa öqituvçilar öz bilimlarini oşiriş, izlaniş örniga çöntakni qappaytiriş bilan maşğul böladilar.
Poraxörlik jarayoni siçqonni qopqonda tutiş yoki muşuk yordamida uşlaş öyiniga öxşaydi. Siçqonning hamişa yemişi tekin ovqat böladi. Tekinini topgan siçqon temirdan boşqasini kemirib, payhon qiladi. Baʼzan qopqonga qöyilgan luqmani ham ömarib, qopqonning zarbidan qutulib qoladi. Siçqon sezgirligi, ayyorligi bilan huşyor muşukni ham çuv tuşirib ketadi.
Aslida attestatsiya jarayonida oldi-berdi, poraxörlikka aslo yöl qöyilmasligi kerak. Lekin yili siçqon yoki siçqon mijoz kimsalar borki, turli poraxörlik usullarini öylab topadilar. Siçqon tekin töyib kemirganidek, ayrim attestatsiya taşkilotçilari ham davlat byudjetiga oçközlik bilan çang soladilar. Masalan, attestatsiyaning narxi turli viloyat va şaharlarda turli xil qilib belgilangan. Aytaylik, boy viloyat yoki tökin-soçin şaharlarda ança baland. Aytişlariça, beş yuzdan, ming dollargaça etib belgilangan emiş! Bunça mablağ maktab öqituvçisida bölmasligi mumkin. Lekin u attestasiyadan ötolmay, işidan ajralib qolişni istamaydi. Maoşini rözğoriga, farzandlari tarbiyasiga, öziga işlatmay yiğib-terib oqibatda, bir siçqonga yoki allaqaçon kalamuşga aylangan tekinxörga qöş-qöllab topşiradi.
Yaxşi bilamizki, ilm-fanda, texnika va texnologiyalar, sanoat işlab çiqariş sohalarida tez-tez yangiliklar yaratib, işni yengillaştiradigan asbob-uskunalar işlab çiqadigan konstruktorlik byurolari işlab keladi. Afsus nadomatlar bölsinki, osoyişta, halol-pok yaşaş yöllarini buzib, töğri odamlarni yöldan ozdirib haromxörlik, poraxörlikning yangi usullarini, yöllarini tadbiq etadigan oçköz, tekinxör kimsalar ham borki, bundaylar jamiyatga jiddiy ziyon yetkaziş bilan birga inson tarbiyasiga, maʼnaviy va maʼrifiy yuksalişiga tösiq böladi. Odamni halol va pok yaşaşini izdan çiqaradi. Tubanlikka boşlaydi…
Şu örinda juda muhim raqamlar – 2023 yilda taʼlim va soğliqni saqlaş sohalariga davlat byudjetidan trillionlab söm ajratilganligini alohida taʼkidlab ötmoqçimiz. Bu juda ulkan raqamlar. Lekin ulardan sohalar ravnaqi, taraqqiyoti uçun halollik bilan foydalanadigan mutasaddilar bilan birga firibgarlik, ğalamislik va nopoklik bilan ularni ömarişga şay turganlar borligini ham unutmaslik kerak.
Biz, bu mulohazalar bilan birga öqituvçilar attestatsiyadan faqat çöntakning kuçi bilan ötadilar, degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Albatta, bilimdon, öz ustida mudom işlaydigan fidoyi öqituvçilar köp. Ular öz bilimlariga işonadilar. Lekin attestatsiyada faqat çöntagiga suyanib, umid qilib keladiganlar ham kam emas. Bunday öqituvçilarning borligi attestatsiya mutasaddilarining çöntaklari qappayişiga madad böladi, xolos.
Biz, uşbu dolzarb mavzuni muxtasar etib, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilaridan attestatsiyani korrupsiyadan ajratib, ular nihoyatda inoqlaşib, egizak bölib ketişlarining tezroq oldini olişlarini sörab qolardik. Xalqimizda köz yarasi odamning tanasini egallamasdan burun, uni ildizi bilan olib taşlab, darhol davolagan yaxşi, degan gap bor.
Aşurali JÖRAYEV
