Öqimişli avlod dunyoni qutqaradi
Tarixni ğoliblar yozadi, degan falsafadan kelib çiqsak, millatparvar xalqlarga xos tabiat bizni öz tariximiz haqida muşohadaga çorlaydi. Bilimsizlik, jaholat, ayniqsa, xotin-qizlarga tuban munosabatda böliş jamiyatni qanday qiyofaga keltirgani haqida xulosa qilişimiz, bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan şart-şaroitlarning qadriga yetişimiz lozimligini anglaşimiz uçun uzoqqamas, yaqin ötgan kunlarimizga nazar solişimizning özi kifoya.
“Ötkan kunlar”ni öqimagan “Mehrobdan çayon”ni anglab yetmaydi. Çölponning “Adabiyot nadur”iga köz yugurtirmagan Avloniyni tanimaydi. Fitratning fitratli yillarni qömsab ötkazgan bedor tunlarini his qilmaganlar bugungi tinçlik zamonining qadriga ham yetmaydi.
Bugungi muşohada maydonida umidli yoşlarimizdan biri – Sevara Ziyo taxallusi bilan öquvçilarga “Köngil mavjlari”, “Kökdan tökilgan yulduzlar”, “Yaşil tuyğular” nomli ijod namunalarini taqdim etgan, adabiyotning badiiy publitsistika, nazm va nasr yönalişida 2022 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bölgan, köplab xalqaro platformalar iştirokçisi, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Şarq filologiyasi va tarjimaşunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Sevara Bahodirovadir.
– Ilk bor “Mehrobdan çayon” romanini öqiganimda, asar qahramoni – Raʼno mendan bir neça yoş katta edi, mulohaza yuritadi u. – Hozir esa singlimning hayotini öqigandek bölaman. Loydan kirlangan etagi uçun otasidan gap eşitgan, turmuş quriş haqida gap ketganda uyalib yuzi bilan onasining bağriga berkingan şöx va andişali Raʼnoning beğuborligi, ilmga çanqoqligi va yuksak tarbiyaga egaligi har doim havasimni keltirgan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining taqdirlaş marosimi munosabati bilan respublikamizning barça hududlaridan 28 nafar qiz yiğildi. Biri opam, biri singlim, biri tengdoşim bölgan qizlar bilan suhbatlaşganimda ularning ham xuddi men kabi bu darajaga yetib kelişlari oson bölmaganini his qildim. Öz yoşiga nisbatan tirişqoq, umidli yoşlar qatorida turganimdan iç-içimdan faxrlandim, rosti. Ular zamonamizning Raʼnolari. Hamma ham oilasining kömagi, keng imkoniyatlar, yaxşi şaroitlar tufayli yutuqqa erişavermaydi. Ularning biri tuşgaça maktabda öqib, tuşdan keyin repetitorlik qilib topgan puliga kitob sotib olgan, yana biri bir neça çaqirim yöllarni piyoda bosib, yölkira uçun berilgan pullarni musiqa maktabida öqişga sarflagan…
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan çayon” romani haqida yozarkan: “…men bu sönği marğub qahramonlarni özbek tarixining hazmi kötargan qadar öz holiça olişqa tirişdim. Ularning xon va ulamoga qarşi isyoni tabiʼiy – şarʼiydir. Çunki şundan ortiği soxta bölişi ustiga kitobning qadrini ham tuşurar edi. Şu ikki sinf kuraşini tasvir qiliş vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnöğrafiy lavhalar, özbek hayoti, qiziqçiliği, tanqidçiliği, özbek xotin-qizlari orasidaği isteʼdod, şoiralar, azkiyaçilik va boşqa yana köb nuqtalarni qamrab olindi”, deydi.
“Ötkan kunlar”ga nisbatan “Mehrobdan çayon”da xotin-qizlar timsoli bir neça barobar köproq qamrab olinadi. Yozuvçi takidlaganidek, ularning biri qiziqçi, biri tanqidçi – isteʼdodli xotin-qizlar. Ammo afsuski, ularning hayotlari va isteʼdodlari haram devorlarini yorib ötolmaydi.
Eʼtibor beradigan bölsak, erkakça libos kiyib, Anvarning qöliga qöl bergan Raʼno şijoati bilan yangi zamon, yaʼni maʼrifatli ayollar qiyofasiga çizgi beradi. Raʼno misoli ziyoga çanqoq, ilm oliş uçun ummonlar oşgan, taqdirini öz qöllari bilan yaratişga intilgan yuzlab xotin-qizlarimizning taqdirlari, ming afsuski, ularning keyingi aççiq qismatlari haqidagi öylar xayolimni çulğagan paytda yana bugungi tinç zamonaning qadriga yetiş haqidagi öylarimga qaytaman. Bizdek bölişni, Sevaradek yutuqlarga erişişni orzu qilgan ular…
– Öqişni şunçalik yaxşi körardimki, maktab yoşiga tölmasdan maktabda öqişni istardim, – bolaligini xotirlaydi Sevara. – Birinçi sinfga qabul komissiyasida imtihon qilgan öqituvçilar yoşimga yetmaganimni aytib qaytarişni istaşdi, “öşa kiçik imtihonçada” mendan davlat madhiyasini söraşgan. Jussam kiçkinaligidan böyim zörğa partaga yetardi, lekin har kun ertalab radioda eşitib yodlab olganim – davlat madhiyasini aytib berganman öqituvçilarga. Maktabdagi ilk kunlarimdan ilhomlanib, birinçi şeʼrimni yozganman öşanda:
Maktabim, jon maktabim,
Közim quvnab körganim.
Darslardan olib bilim,
Bölayin zukko, olim…
Bola şuurim bilan yozgan şu qisqa satrlardagi hayotni yaşayapman bugun. Maktabga çiqqunimgaça rasm çizişga unçalik qobiliyatim yöq edi. Boşqa köplab fanlar qatori tasviriy sanʼat darsi mening hayotimga yangi ranglar olib kirgan. Hatto biroz kattaroq bölganimda çizgan rasmlarim bolalar jurnallari va gazetalarida eʼlon qilingan. Hozir şu gazeta-jurnallarni körib, kiçkina Sevaraning qilmagan işi qolmagan ekan-da, deb qöyaman özimga-özim.
Lekin uning öquvçilik davrlaridagi eng gözal kunlar boşlanğiç sinflarni tamomlab, 5-sinfga ötganida, darslarga adabiyot fani kirib kelganida boşlangan. Ertak kitoblar öqib yurgan Sevara katta badiiy asarlar öqiy boşlaganini şunday eslaydi:
– Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” va “Mehrobdan çayon” romanlarining tarixiy voqealar aks etgan qismlari meni tuşkunlikka solar, Otabek-Kumuş, Anvar-Raʼno muhabbatlarini töliq tuşunmasam-da, ularning taqdirlari, qismatlari nima bilan yakun topişi meni qiziqtirardi. Ular bilan birga yaşardim. Şeʼr yozişimga maktabdagi ilk kunlarim ilhom bölgan bölsa, nasrdagi ijodiy maşqlarim badiiy asarlarga muhabbatim bilan çambarças boğliq. Litseyda öqib yurganimda ustozlarimning tavsiyasi bilan badiiy publitsistik maqolalar yoza boşladim. Universitetda tarjima sohasiga qadam qöya boşladim. Adabiyotga bölgan mehrim tufayli bugun u mening hayotimga mazmun olib kirayapti.
Sevaraning 2022 yilda Turkiyaning “Türk yayınevi” naşriyoti tomonidan naşr etilgan va amazon.com platformasiga joylangan “Türkçe`nin dünyadaki özbek sesi” 2-xalqaro antologiyasi”dan ijodiy işlari örin olgan. Öşa yili “Tarjimaşunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi mutaxassislari va “Bu qadimiy sanʼat” tarjima maktabi talabalari tomonidan tayyorlangan “Said Foiq Abasiyoniq hikoyalari” töplamiga tarjima qilgan hikoyasi kiritilgan. Buyuk Britaniya, Polşa, Rossiya, Bolgariya, Çexiya, Germaniya kabi davlatlarda bölib ötgan 10 ga yaqin xalqaro, Respublika ilmiy konferensiyalarida adabiyotga oid ilmiy maqola va tezislari bilan iştirok etib, sertifikatlarga ega bölgan. Moskva xalqaro fan va taʼlim markazi tomonidan naşr etiladigan “Studençeskiy forum” ilmiy jurnalida maqolasi naşr etilgani uçun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
Sevara Bahodirovaning erişgan yutuqlari köp. Ammo ularning har biri ortida ilm-maʼrifatga çanqoqlik, bedor tunlar, minglab kitoblarning mutolaasi, ijodiy izlanişlar, eng asosiysi – maqsaddan oğişmaslik yölidagi matonat va iroda bor.
Şuningdek, u beşta partiya negizida hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan hamkorlikda ötkazilgan “Yoşlar parlamenti modeli” Respublika konferensiyasida iştirok etgani uçun sertifikat va taşakkurnoma hamda “Yangi ovoz” Örta Osiyo yozuvçilar uyuşmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan ötkazilgan Xalqaro ijodiy işlar tanlovida ğolib bölgani uçun 1-darajali diplom, Respublika lider qizlar festivali, “Studençeskiy vestnik” ilmiy jurnalida maqolasi naşr etilgani uçun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlangan. Özbekiston yoşlar ittifoqi Jizzax viloyat kengaşi qoşida “Yoş ijodkorlar” va Özbekiston Respublikasi IIV Jizzax akademik litseyida “Intellekt” volontyorlar klublarini taşkil qilgan.
– Öqib olim bölarmidi, yaqinda turmuşga çiqadi, öqib nima qilib berardi qiz bola, degan qoliplarga isyon bilan javob qaytariş kerak emas. Öqib olima böliş, farovon hayot quriş, soğlom bolalarni tarbiyalaş orqali jamiyatga hissa qöşiş mumkinligini isbotlaşimiz kerak, – deydi Sevara zamonaviy yoşlarga xos fikrlab. – Bugun qizlarga öqiş uçun şunçalik imkoniyatlar köpki, ularni öylab aqling şoşadi. Bir qança tavsiyanomalar orqali qöşimça grand asosida talaba böliş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining tölov-kontraktini davlat va tegişli idoralar tomonidan tölab berilişi, taʼlim uçun uzoq muddatga, foizsiz kreditlar, magistraturada mutlaqo grand asosida öqiş imkoniyati, doktorantura uçun alohida kvotalar… Men taʼlim sohasidagi imkoniyatlarimizdan bir şingilini sanab ötdim. Qator kamçiliklarni sanab, nolib, çetga intilayotgan yoşlarga avval şu imkoniyatlardan albatta foydalanib körişni tavsiya qilaman. Men tasodif degan gapga işonmayman. Bu hayotda hamma narsaning bir sababi bordir. Hayotimizni nolib ötkaziş yoki uni mazmunli keçiriş özimizga boğliq. Biron narsaga erişa olişimiz ham, erişa olmasligimiz ham nasibdan. Muhimi, bundan töğri xulosa oliş. Zulfiya mukofotiga yetti yilda erişdim. Lekin heç qaçon bu yölga tuşganimdan afsuslanmadim. Çunki bu yölda men öz yölimni, ustozlarimni, karyeramni, döstlarimni va qadrdon kitoblarimni topdim. Qiz bola öqib kim bölardi, deydigan oilalarga ötinçim şuki, qizlaringizni, ayollaringizga böş vaqtlarini telefonda emas, hunar örganiş markazlarida, kutubxonalarda ötkazişlari uçun şaroit yarating. Orzulariga qanot böling. Biz sizning duolaringizga, qöllab-quvvatlaşingizga, işonçingizga muhtojmiz…
Sevaraning muşohadalarini öqib, bugun yurtimizning qaysidir burçagidagi qaysidir bir qizning bilim oliş orzusi niş urişiga, yana biriniki kurtak yozişiga işonaman. Bugungi jamiyat maʼrifatli böliş yölida har qanday maşaqqatni mohirona yengiş, tadbirkorlik bilan ularga barham beriş, matonat bilan ayollik jozibasini saqlab qoliş çinakam özbek ayolining ziynati ekanini isbotlaş har bir özbek qizining burçiga aylanişiga ehtiyoj sezadi.
Ziyoda AKBARQULOVA,
Respublika Maʼnaviyat va
maʼrifat markazi xodimi
