Mehrni gul kabi ulaşgan odam
Uni odatda aldaşardi.
Mayinligidan, feʼlining kengligidan, öziga qanday işonsa, boşqalarga ham ana şunday işonganidan aldaşardi. Eng qiziği, Abdulaziz aka Yaxşiliqov özgalarning aldaganini, çuvv tuşirganligini, yanada dangal aytadigan bölsak, oldiga somon taşlab ketişganini bilmay ham qolardi.
U uzoq yillar tuman, şahar va “Sirdaryo haqiqati” röznomalarida musahhih vazifasida işladi. Maoşi tuşligi-yu yölkirasidan salgina ortardi, desak töğri gapni aytgan bölamiz.
Öşa yillari viloyat röznomasini diyonatda köpga dars beradigan Saʼdulla Boqiyev boşqarardi. Bir kuni adabiy öqiş tugagaç, ustoz mana bunday dedi:
— Hamkasblar, Abdulaziz Yaxşiliqov ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini sirtdan tugatdi. Nega diplomingni boş muharrirga keltirib körsatmayapsan, deb sörang. Bir oğiz tugul, yarim oğiz ham jöyali javobni eşitib böpsiz! Kuladi, qöyadi. Xabarlari, lavhalari, maqolalari gazetada paydar-pay çiqib yotgan bölsa! Nega tortinasan, nega xayrli işni orqaga taşlaysan, ey musulmonning bolasi… Şulardan kelib çiqib, menda bitta taklif paydo böldi. Şu yigitni sanoat va quriliş bölimiga adabiy xodim qilib olsak, nima deysizlar…?
Yiğilganlar qarsak çalişdi. “Böladi, zör… Allaqaçon ana şunday qiliş kerak edi” deganlar ançagina edi. Xuddi noni yarimta bölib qolayotgandek çetga qarab tömşayganlar ham böldi.
U salkam çorak asr adabiy xodim bölib işladi. Viloyat va respublika röznomalarida uning çölquvarlar haqidagi yuzlab maqolalari çop etildi. Tahririyatga köpdan-köp minnatdorçilik maktublari tegirmonning novidagi şoli-yu buğdoydek oqib kela boşladi. Qisqa qilib aytganda, Abdulaziz Yaxşiliqovni el tanidi. U yurtning tiliga tuşdi. Köpdan-köp rağbatu mukofotlarga munosib deb topildi.
Gap kelganda otangni ayama, degan naql bor. Qahramonimiz bir xöjalik dalasiga şartnoma bilan yarim gektar karam ekdi. Kimdir “Muxbir aka pulga kömilib qolgandir-ov?”, deya möljal ham qilgandir. Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi, degan gap bor. Hamkasbimiz uyiga 10 pudning nari-berisida karam obordi, xolos. Xöş, nima böldi? Qurtu haşarot yeb ketdimi? Dalaga öğri tuşdimi? E, qayoqda! Yaşirib nima qildik, akamiz saxovatda Hotami Toyni yarim yölda qoldirib ketadigan bir inson edi. Gulistonda neki ijodkor bor, neki tanişi bor, velosipedda öşalarning uyiga xöb va köp karam taşidi.
Kimdir tuzlab oldi, kimdir banka yopdi. Akamiz duolarga kömilib ketdi. Akamizning kökragi toğ böldi. Kaftini kuvaça qilib öşa kuvaçaga yötalib-yötalib qöyarkan, ota-bobolari asl dehqon ekanligini takrorlaşdan toliqmadi.
Akamiz qöy boqdi. Oz emas, köp emas, ön yil şu işning etagidan mahkam tutdi. Kunduzi işga qatnaydi, işdan kelgaç esa ötu xaşak ilinjida paxtazordan ul-bul örib keladi. Uning eʼtiboridan kuzning barglari ham yaşirinib qololmaydi. Ammo bizning bu haqda köp gapiriş niyatimiz yöq. Biz aytmoqçi bölgan narsa şuki, uning qöylari soni neça-neça yillar ötsada sira köpaymaydi. Bölmasa qöylarning içida erkagi ham, urğoçisi ham bor.U böldi, bu böldi, oxiri biz bu sir-sinoatning ham tubiga yetdik. Bu işda bizga ustozning turmuş örtoği Rahbar opa “xolis” yordam qilib yubordi.
— Kim qarzga qöyu qöçqor sörab kelsa, “mana” deya arqoni bilan tutqazadigan odam kim deb sörasangiz, sira ikkilanmay xöjayinimni körsatgan bölardim. “Dadasi, bu kimsa yolğonçi ekanligini menga qaraganda özingiz yaxşi bilasiz. U ikki dunyo bir bölsa ham pulini bermaydi. Mana meni aytdi, deysiz deyman. Bu odam eʼtirozimga eʼtiroz bilan emas, yoyilib kuliş bilan javob qaytarardi. Qöyaver, onasi, menda bor ekan, iltimos bilan keldi. Aldab ketsa, öziga qiyin. Hö-ö, u yoqda javob beradigan joylari bor. Qöyu qöçqor deganlari odamning joni emas-ku?” der edi.
Yuqorida aytilgan gaplarga izohu şarh kerak emas, deb öylayman.
Ön yillar muqaddam akamiz biroz xasta bölib qoldi. Andakkina dardga çalinganday böldi. Biroq yuzidagi tabassumni, közlaridagi işonçni, hayot atalmiş turmuşning taşvişu ğurbatlarini çin ixlos bilan aççom-aççom qilib yaşadi. Nolimadi. Dardlarini dasturxon qilmadi. Onda-sonda öğli Abdulatifu qizlari Fotima-Zuhrolarga aytib turib, kiçik-kiçik hikoyalar yozdi. Köplab röznomalar bu mitti hikoyalarni quvonib-quvonib çop etdi.
Qiziğ-a, umrni oqar suvga öxşatişadi. Kimdir şu hayot suvi bilan dalalarga obi rahmat ulaşadi. Kamina esa negadir Abdulaziz aka Yaxşiliqovning umrini har doim momoqaymoqqa öxşatgim keladi. Bu gul qaçon qaramang, sovuq kunlarni, ayozli damlarni xivçin kötarib quvib yuradi. Dalv ötar-ötmas ariq uvatlarida, tepaliklarning kungay tomonlarida quyoşga qarab tinimsiz salom bergani bergan. Özi yoş bolaning kaftiday sap-sariq gul. Közga ham köpam ilaşavermaydi. Arava-yu odamlar uni bemalol bosib, yançib ötib ketaverişadi. Lekin bu gul köpning közu kipriklariga tabassumdan ösmalar suradi. Köpning lablari ziyiga kulgu ulaşişdan sira-sira tortinib ötirmaydi.
Xonadagi tuvaklarda ösadigan noz-karaşmali ne-ne gullarni bilamiz. Bir kun-yarim kun eʼtibor bermay qöysak, qoş-qovoqlarini zahar odamdek yumib oladi. Ularni epga keltirgunça esingiz ketadi. Ular gözal, ular rango-rangdir.
Biroq heç biri umri Abdulaziz akamning umriga qay jihati bilandir öxşab ketadigan momoqaymoqqa tenglaşib böpti! Momoqaymoq boyçeçaklarni ham, çuçmomalarni ham ortda qoldirib, sizga köklam atalmiş bir fasli nozanindan mujdalar olib kelgani-kelgan.
Aliqul XONIMQULOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan
jurnalist
