Ijtimoiy hayot va madaniyat muammolari
Mamlakat — yaxlit kompleks, undagi barça sohalar, institutsional tizimlar bir-biriga uzviy boğlangan Bu esa majmuaviy yondaşuvni, yaʼni barça sohalar, tizimlar va institutlarga, ulardagi ijtimoiy muammolarni örganişga yaxlit yondaşişni taqozo qiladi. Bundan taşqari, madaniyatning universal xususiyati, ijtimoiy borliqning barça sohalariga, inson hayoti va faoliyatining barça tomonlariga singib ketgani mavzumizga kompleks yondaşişni şart qilib qöyadi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni maʼnaviy madaniyat va moddiy madaniyatga klassifikatsiya qiliş ustuvor yondaşiş bölib kelgan. Töğri, uning keyinçalik semiotik, etnologik, etnografik, lingvistik, antropologik, sotsiologik, tarixiy, fenomenologik jihatlari ham alohida voqelik sifatida örganila boşlandi. Biroq madaniyatning universal va kompleks xususiyatga ega hodisa ekani inkor qilingan emas. Baʼzi adabiyotlarda maʼnaviyatni madaniyatdan alohida voqelik sifatida talqin qilişga intiliş uçraydi, ammo ular ham pirovard natijada madaniyatning universal, kompleks voqelik ekaniga iqror bölişadi.
Hududlar “jamiyat” deb atalgan murakkab institutning bir qismi, yönalişidir. Unda ikki — umumiylik va xususiylik mujassam.
Umumiylik jamiyat, xalq, millat, davlat va insoniyatga xos belgilarni ifoda etsa, xususiylik “umumiydan farqlananuvçi, özining içki immanent belgilariga ega, nisbatan alohida mavjud” obʼyektdir. Nisbatan alohidalik xususiylikning, bizning misolimizda, hududning boş belgisidir.
“2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi yetti ustuvor vazifalarga ijtimoiy-madaniy rivojlaniş maqsadi singdirilgan. Ustuvor vazifalar “inson qadri uçun” tamoyiliga, xalqimizning farovonligini yanada oşiriş, inson huquq va manfaatlarini sözsiz taʼminlaş, faol fuqarolik jamiyatini şakllantiriş asosiga qurilgani taʼkidlanadi. Bular mohiyatan ijtimoiy-madaniy xarakterga ega talablar va vazifalardir. Şu bilan birga, ustuvor yönalişlarning beşinçisi bevosita ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga taalluqli. U “maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlaş va sohani yangi bosqiçga olib çiqiş” deb belgilangan. Bu örinda “maʼnaviy taraqqiyotni” baʼzi tadqiqotçilar qilganidek, “ilohiy nur” kabi mifoteologik talqin qilmaslik kerak, u moddiy va maʼnaviy boyliklar yiğindisidir. Şunday keng talqin qilinsa, “maʼnaviy taraqqiyot” tuşunçasi jamiyat hayoti, real ijtimoiy muammolar, inson qadri, faolligi, turmuş farovonligi va axloqiy-maʼnaviy imperativlar, qadriyatlar, moddiyat bilan boğliq, umuman, moddiy va maʼnaviy boyliklar yiğindisi ekanini töğri anglaymiz.
“Taraqqiyot strategiyasi”da inson qadrini uluğlaşga qaratilgan dastlabki tadbirlar sifatida ijtimoiy himoya tilga olinadi. Unda 2026 yilgaça ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan töliq qamrab olinişi kerakligi yuklatilgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf öquvçilarini bepul nonuşta yoki tuşlik bilan taʼminlaş belgilangan. Ijtimoiy himoya davlatning sotsial funksiyalaridan biri, u davlatning xalqparvarligi ifodasidir. Ammo ijtimoiy himoya tekintomoq şaxslarni şakllantiriş omili emas, balki ularni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga qaytariş, tayyorlaş usulidir. U palliativ xususiyatga ega çora.
Taraqqiyot strategiyasi hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişni mahallalar bilan boğlaydi. Ularni faollaştiriş uçun 8 ta ustuvor yönalişlar belgilangan. 6-yönalişda “mahalla hududlarida davlat-xususiy şeriklik asosida sport va madaniy inşootlar, ijodiy klublar, bandlikka kömaklaşiş va öqitiş markazlari, tadbirkorlik obʼyektlari kabi infratuzilmalar yaratiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilsin”, deb körsatilgan. Bu mahalla hududining ijtimoiy-madaniy rivojlanişiga turtki beradi. Şu bilan birga, mahalla institutini hududni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişning boş subʼyektiga aylantiriş haqida boş qotiriş kerak. Mahalla institutini joriy etiş va rivojlantiriş bosqiçlarini örganiş körsatadiki, u hali hududiy muammolarni hal etişga qodir institutga aylantirilmadi, unga mahalliy va markaziy idoralar tazyiqi hamon kuçli. Bugun u oilaviy nizolarni yeçiş, obodonlaştirişda qatnaşadi, xolos.
Mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, madaniy xizmatlar infratuzilmasini yaratiş, turarjoylar kompleksi barpo etiş, yöllar va obʼyektlarni taʼmirlaşda u deyarli heç qanday taʼsir ötkazolmaydi. Mahalla instituti hokimlarga qaram, ularning yugurdagi bölib qolmoqda. Mahallaning yuridik statusini qayta körib çiqiş, uni taşqi tazyiqlardan xalos qilib, hududning çinakam egasiga aylantiriş zarur.
Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq mahallalarda yangi institut — yoşlar bilan işlovçi 9 300 dan ziyod yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etildi. U mahallalarni faollaştirişga xizmat qilişga daʼvat etilgan. Joylarda maʼlum bir tajribalar ham töplangan. Mahalla-tuman-viloyat- respublika vertikali şakllantirilgan. Ming afsuski, bu borada ham hali aniqlik yetişmaydi. Yoşlar yetakçisining yuridik statusi aniq emas, uning hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişdagi örni va vazifalari, fuqarolar yiğini, madaniyat markazlari va bölimlari, maktablar, öquv yurtlari, özini özi boşqariş organlari bilan funksional aloqalari doirasi belgilab berilmagan. Umuman, hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantiriş kimning vazifasiga kiradi? Bir qaraşda bu vazifani Madaniyat boşqarmalari va bölimlari bajarişi kerakdek, ammo ularning bu boradagi huquqiy, moliyaviy, arxitektura-quriliş, sanitariya, yöl-transport, iqtisodiy zonalar kabi köplab tizimlar bilan aloqalari oydinlik talab etadi. Şunday aniq meʼyor va talablarning işlab çiqilmagani tufayli baʼzi tarixiy-madaniy obʼyektlarga qaraşli yerlar va binolar tadbirkorlarning xususiy mulkiga aylantirilgan. Mening fikrimça, ziddiyatlarga töla madaniyat sohasidagi uşbu munosabatlarni milliy taraqqiyotimizga muvofiq keladigan qonunlar töplami — Madaniyat kodeksini qabul qiliş orqali hal etiş mumkin.
Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida yoşlar bilan boğliq qator hududiy ahamiyatga ega muammolar kun tartibiga qöyilgan. Unda yoşlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etiş zarurligi körsatilgan. Mohiyatan bu qaror yoşlarning hududiy-madaniy hayotini tubdan takomillaştirişga qaratilgan. Yoşlar yetakçilari zimmasiga:
— madaniyat va sanʼatni tarğib qiliş;
— soğlom turmuş tarzi va sportni ommalaştiriş;
— axborot texnologiyalaridan samarali foydalanişni taşkil qiliş;
— maʼnaviyat va kitobxonlikni tarğib qiliş;
— yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va ularning huquqiy savodxonligini oşiriş;
—tadbirkorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş kabi vazifalar yuklatilgan.
Ularni taşkil etiş va ğoyaviy-tarbiyaviy ahamiyatini oşirişda, avvalo, madaniyat muassasalari iştirok etadi. Busiz aslo mumkin emas. Demak, yoşlar yetakçiligiga madaniyat va sanʼatdan xabardor, bu sohalarda maxsus maʼlumotga ega yoşlar saylanişi darkor. Hududlardagi ijtimoiy-madaniy hayotdan va muammolardan yaxşi xabardor bölgan yoşlarni mahalliy hokimiyat Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga yöllanma beriş yoki malaka oşiriş kursiga yuboriş tartibini joriy qiliş maqsadga muvofiqdir.
Yoşlar yetakçisining funksiyalari, Prezidentimiz qarorida körsatilganidek, Madaniyat markazlari bilan öxşaş. Ular örtasidagi farq kam. Madaniyat markazlarining tadbirlari keng aholiga, yoşlar yetakçilariniki esa yoşlarga yönaltirilgan; birinçisi Madaniyat vazirligiga, ikkinçisi mahalliy hokimiyatga böysunadi. Ammo ikkala tizim ham hududni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişga xizmat qiladi. Asosiy funksiyalarining yaqinligi ularni hamkorlik qilib işlaşga undaydi. Bizda hokimiyatga yaqin har qanday şaxsni, lavozimni mutlaqlaştirişga intilişdek stereotip mavjud. Esda tutiş kerakki, tadbirkorlar bilan işlaşga daʼvat etilgan hokim yordamçilari ham, mahallalardagi yoşlar yetakçilari ham aholi va yoşlar örtasida madaniy, tarğibiy, tarbiyaviy hamda taşkiliy işlarni olib boruvçilardir. Ular madaniyat xodimlari tajribasiga tayanişga, ular bilan hamkorlik qilişga majbur. Uşbu ijodiy hamkorlik pirovard natijada hududni ijtimoiy- madaniy rivojlantirişga olib keladi.
Hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişda iqtisodiyot sohasining roli katta. Iqtisodiyot yaratadigan moddiy neʼmatlar, binolar, maydonlar, uy jihozlari öz navbatida moddiy madaniyat namunalaridir. Şuning uçun har qanday iqtisodiy faoliyat, moddiy neʼmatlar madaniyatşunoslar predmeti bölişi mumkin. Iqtisodiy-madaniy jarayonlarsiz umumiy, ijtimoiy taraqqiyot yöq. Demak, madaniyat iqtisodiyotdan nafaqat predmetini qidiradi, şuningdek, uni özining taʼsiri, elementlari va sotsiogumanistik merosi bilan boyitadi. Şu tarzda iqtisodiyot bir tomondan, insonning biologik, fiziologik va sotsial ehtiyojlarini qondirsa, ikkinçi tomondan, madaniyat taʼsiri ostida inson yon-atrofini gözallaştiradi, turmuşini farovon qiladi, tabiiy boyliklaridan samarali foydalanib, urbanizatsion va sivilizatsion taraqqiyotni taʼminlaydi.
Bugun yurtimizda iqtisodiyotning yangi-yangi yönalişlari, obʼyektlari va tuzilmalari paydo bölmoqda. Masalan, 180 ta mahsulot çiqarayotgan Angren, 160 ga yaqin turli mahsulotlar çiqarayotgan Navoiy erkin iqtisodiy zonalari yirik komplekslar hisoblanadi. Şuningdek, bugun Respublikamizda tadbirkor yoşlarning 186 ta iqtisodiy savdo-sotiq, işlab çiqariş va turli xizmatlar körsatuvçi markazlari, har bir tuman va şaharlarda IT parklar, 2 mingdan oşiq “Obod mahalla”, “Obod qişloq”, yangi “siti”-markazlar, turarjoy massivlari qad kötarganki, ularning har biri madaniyat muassasalari uçun tayyor auditoriyadir. Ammo ular ijtimoiy-madaniy jarayonlarga jalb etilayotganiça yöq. Töğri, ayrim yangi massivlar va IT parklarda pullik xizmatlar körsatuvçi kompyuter tuzatuvçi ustaxona, öquv zallari, öquv qurollari sotuvçi maskanlar, aksariyat yangi massivlar oldida oçiq sport maydonlari, salomatlik yölaklari bor. Bu joylarga hali madaniyat markazlarining nazari tuşmagan. Uşbu iqtisodiy sohalar va yangi massivlardagi aholining dam olişini uyuştiriş, ularda milliy madaniyat va sanʼatga qiziqiş uyğotiş madaniyat xodimlarimizning vazifasi hisoblanadi. Biroq madaniyat va sanʼat xodimlari iqtisodiyot talablarini örganişdan yiroqda. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini olaylik. Bu qanday voqelik? U iqtisodiy rivojlanişimizga nimalar beradi? Bu borada qanday bilimlarga ega böliş darkor? Uşbu muammolarni hal etişga madaniyat muassasalari ham öz hissasini qöşişi zarur. Respublikamizda 600 mingga yaqin tadbirkorlik subʼyektlari mavjud, ammo ularning maʼnaviy ehtiyojlarini qondiriş madaniyat va sanʼat xodimlarining vazifasiga hali aylanmadi. “Raqamli Özbekiston — 2030” konsepsiyasini tarğib etiş biz, madaniyatşunoslar uçun ham ulkan izlanişlar maydonidir. Biz iqtisodiyotga qanday xizmat qilsak, u ham bizga şunday xizmat qiladi, bizni moddiy qöllab -quvvatlaydi. Iqtisodiyot — madaniyat drayveri, uni hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişga yönaltiriş madaniyat xodimlarining ham vazifasidir.
Hududlarni ijtimoiy-madaniy rivojlantirişda har bir soha, institut va obʼyektning örni bor. Jamiyatimiz hayotida, kişilarimiz ongida “Uçinçi Renessans” ğoyasi şakllanmoqda. Bu ulkan mavzu, muammo.
Uni pozitiv voqelikka aylantiriş uçun butun intellektual salohiyatni, ijodiy kuçlarni harakatga keltiriş zarur. Bu borada ham madaniyat va sanʼat xodimlari biror taşabbusni ilgari surişgani yöq hali. Jamiyatni tubdan yangilaşga qaratilgan Yangi Özbekiston ğoyasini keng ommalaştiriş va obʼyektiv voqeʼlikka aylantiriş borasida ham sohamiz xodimlari orqada qolmoqda. Ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni tez ilğab, ularni madaniyat va sanʼat vositalari orqali ommalaştiriş bizning asosiy vazifamiz emasmi axir? Nazariyamiz bizni ijtimoiy va ijodiy faol, yon-atrofimizdagi yangiliklarga hozirjavob bölişga, fidoyilik körsatib, elni, ommani yuksak madaniyatli, gözal axloqli va vatanparvar qilişga undaydi. Aksariyat madaniyat xodimlarimiz maoşi pastligidan, muassasalari eski, asbob-uskunalar, vositalar yetişmasligidan nolişadi. Bu kasbiy stereotipga aylangan. Mening fikrimça, bu kasbiy va maʼnaviy-axloqiy zaiflik belgisi, u madaniyat xodimiga yaraşmaydigan qusurdir.
Kompleks yondaşuv hududlardagi har bir institutga, obʼyektga muvofiq keladigan ijtimoiy-madaniy vazifalarni belgilab olişni taqozo etadi. Inçunun, madaniyat va sanʼat sohasi ijtimoiy özgarişlardan orqada qolmasligi, balki ularni tez ilğab olib, yangilanişlar tarafdori va jarçisi bölişi kerak.
Viktor ALIMASOV,
falsafa fanlari doktori
