Taʼlimdan özga najot yöq!
Sözimiz avvalida alohida taʼkidlaşni istardikki, davlatimiz rahbari tomonidan şu yilning 27 mart kuni “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarişga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi Qonuni tasdiqlandi. Bu degani pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda maʼmuriy tarzda majburlaş uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kuçaytirildi. Sir emas, uzoq yillar davomida köça tozalaş böladimi, daraxtlarni oqlaş-u, dala yumuşlari böladimi, bari-bariga öqituvçilar balogardon edi. Endi jamiyatimizda öqituvçining nufuzini oşiriş, kasbiga xalaqit bermaslik kerak bölsa, Qonun bilan kafolatlab qöyildi. Bunday özgarişlar har bir pedagogni, yurtimizdagi har bir ziyolini quvontirdi, desak xato bölmaydi.
Ammo şunday bölsa-da, bugungi kunda taʼlim sohasida hali yeçimini kutayotgan masalalar, muammolar ham oz emas. Quyida köp yillardan buyon bir pedagog sifatida qiynab kelayotgan ayrim fikr-mulohazalarimni örtaga taşlamoqçiman.
Şuni aytiş joizki, sönggi paytlarda keng jamoatçilik faollari tomonidan ommaviy axborot vositalari, turli ijtimoiy tarmoqlarda taʼlim tizimimizdagi muammolar haqida har qaçongidanda oçiqroq, takror va takror aytilmoqda. Ammo ming afsuski, köp hollarda muammolarning amaliy yeçimiga kelganda qatʼiy qadam taşlanmayapti. “Taʼlim tizimida muammolar bor” deb şunçaki oğzaki aytib ötiş— natija emas. Birgina misol, 2020 yil noyabr oyining sönggida 6 bob, 32 moddadan iborat “Pedagog xodimning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi va jamoatçilik muhokamasi ötkazilişi uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylandi. Ammo negadir u loyihaligiça qolib ketmoqda. Ayrimlar tomonidan moliyaviy tomoni rökaç qilinmoqda. Mayli-da, moliyaviy tomonlarini qisman qisqartirib bölsa-da, qöşimça va özgartirişlar kiritgan holda bölsa-da, bu qonun loyihasini allaqaçon qabul qilişimiz lozim emasmidi?!
Öqituvçi va maktab maʼmuriyati uçun eng katta va tobora keng ildiz otib borayotgan masalalardan biri bu – ota-onalarning öqituvçilar bilan munosabati masalasi. Hozirgi kunda deyarli 70 – 80 foiz ota-onalar haftada bir marta tugul, oyda bir marta bölsa ham öz ixtiyorlari bilan, farzandlarining kelajagini öylab, ularning fanlarni özlaştirişi, tarbiyasi va kelajagi haqida maslahatlaşiş maqsadida maktab dargohiga qadam bosişmaydi. Açinarlisi şundaki, agarda, Alloh asrasinku-ya, maktabda qandaydir kiçik köngilsiz voqea bölsa, 20 daqiqaga qolmasdan ular hoziru nozir bölişadi va “senlar qaramading” qabilida iş tutib, maktab maʼmuriyati va fan öqituvçilari ustidan yuqori davlat organlariga şikoyat ham qilişadi. Ayrim hollarda esa ommaviy axborot vositalari va yuz minglab obunaçisiga ega bölgan turli ijtimoiy tarmoqlar öqituvçining bilib-bilmay bosgan birgina notöğri qadamini ovoza qiliş bilan vaziyatni yanada murakkablaştirişadi. Agarda hozirda faqatgina qoğozda mavjud bölgan “darslarni özlaştira olmagan, muntazam dars qoldirgan, şuningdek, davlat imtihonlarini topşira olmagan öquvçilarni sinfdan-sinfga qoldiriş” mexanizmi amalda ham qöllaniladigan bölsa, eh-he… qança öquvçilar sinfdan-sinfga qoldirilgan bölardi.
Açinarlisi, köp yillar mahalliy davlat hokimiyati tarkibidagi har bir taşkilot va muassasa “maktab” deb atalmiş “taʼlim va tarbiya dargohi”dan öz manfaatlari va maqsadlari yölida foydalandi. Nafaqat fan öqituvçilari, sinf rahbarlari, balki maktab direktorlarining ham ota-onalar va boşqa mansabdor taşkilot rahbarlari, mutasaddilar oldida heç qanday obrösi qolmagandi, desak yolğon bölmaydi. Tarbiyalanuvçilarning qarovsiz qoldirişi, eʼtiborsizligi va nazorat qilmasligi natijasida bola darsdan taşqari, tungi vaqtlarda yoki dam oliş kunlarida sodir etgan maʼmuriy yoki jinoiy huquqbuzarligi uçun ham, avvalo, maktab direktorlari va sinf rahbarlari hududiy içki işlar boşqarmasiga çaqirilib, “Tuşuntiriş xatlari” olinar (ota-onalaridan emas) va mazkur maktablarga “Taqdimnoma” kiritilardi. Şundan söng Xalq taʼlimi bölimi deb atalmiş taşkilotning har yiğilişlarida, hokimlik soatlarida mazkur maktab direktori turğizilib, eşitmagan gapi qolmasdi. Şu sababli ham yuqoridagi holatlarning oldini oliş maqsadida maktab direktorlari va sinf rahbarlari bolaning darsdan taşqari sodir etgan maʼmuriy va jinoiy huquqbuzarliklarini köpinça yaşirişadi. Har yili qançadan-qança sodir etilgan “erta nikoh” va “erta tuğruq” singari oğir holatlar oşkor etilmay qoladi. Qonunda bu kabi holatlarda ota-onalarga nisbatan “jarima” çorasi körilsa-da, barça bosimlar, avvalo, maktab maʼmuriyatiga nisbatan qöllaniladi. Vaholanki, maktab bolani jinoyat köçasiga yetaklaydimi?! Aksinça, öquvçi erişgan har bir yutuği uçun fan öqituvçisi, sinf rahbari va maktab direktori bolaning ota-onasi singari xursand böladi, faxrlanadi-ku!
Bejiz “Jamiyatda har qaysi sohaning rivojlanişi, avvalo, öşa tizimdagi rahbarlarga boğliq” deb aytilmaydi. Ayni hozirgi kunda vazirlik tamomila özgarib, tizimga sohada köplab yutuqlarga erişgan rahbar tayinlangani umidbaxş. Ammo uning hududiy boşqarma va bölimlarida nazarimda hamon “eski qöşiq kuylanyapti”. Bu tayinlovlarda qonunan qaralganda imtihon va suhbat asosida, amalda-çi? Bilamizki, Amerika qöşma ştatlarida istiqomat qilayotgan pedagogika fanlari doktori Mavluda Oripova 2018 yildan beri Texas ştatida 72 ta maktab taʼlimini nazorat qiladigan, öquvçilarni oliy öquv yurtlari va kasb-hunarga yönaltiradigan markazga rahbarlik qiladi. Özining taʼkidiça, mazkur vazifaga tayinlanişida Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning qizi ekanligi heç qanday omil bölmagan. Undagi sifatli taʼlim muhitini yarata olişlik qobiliyati, bilim va rahbarlik salohiyatiga ega ekanligi, ayni sohada ilm-fan bilan şuğullanganligi va köplab yutuqlarga erişgani inobatga olingan, albatta. Bunga erişiş uçun esa olima Turkiya, Qirğiziston va AQŞ singari davlatlarda özining 20 yillik umrini sarfladi. Şu örinda savol tuğiladi: bizda-çi? Bizda ham şundaymi?
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan maʼlumotlardan ham körinib turibdiki, ötgan yillar davomida sohada işlab uni dabdala qilgan, taʼlimga ajratilgan pullarni ayovsiz “tuya” qilgan zotlar yana xalq taʼlimi yoki maktabgaça taʼlim bölimlariga rahbarlikka tayinlanmoqda. Ajabo! Bu ne hol böldi özi?!
Açinarli tomoni şundaki, köp yillar davomida taʼlim tizimidagi köplab fidoyi öqituvçilar sohadan ketişga majbur böldi. Haligaça sohadagi köplab muammolarning yeçimini körsata oladigan, sifatli taʼlim tizimini yarata oladigan, “jadid”larning izdoşi bölgan pedagoglarni emas, balki asl holatdan bexabar, boşqa soha mutasaddilarini eşitib, ularning takliflariga qonuniy tus bermoqdamiz. Sohaga oid qabul qilinayotgan ayrim qonunlar esa sohaning rivojlanişiga emas, balki şunçaki vaziyatni biroz vaqt yumşatib turişga xizmat qilmoqda. Tizimda muammolar yuzaga kelganda uni isloh qiliş yoki keyinçalik ular takrorlanmasligi uçun qatʼiy harakat qiliş örniga holatga munosabat bildirib qöyyapmiz, xolos. Natijada pedagoglarimizning xorij davlatlariga borib, ularning taʼlim sifatini yuqori darajalarga kötarişiga yoki oliy maʼlumotli pedagoglarning tirikçilik uçun öz kasbini taşlab bozorlarda sotuvçilik qilişiga, çet ellarda sarson-sargardon holda köça supirişi yoxud qurilişlarda mardikor bölişini yuzaga keltirdik. Sodda til bilan aytganda “vatandan ketişlariga” kömak berdik.
Töğri, sönggi yillarda bilimli va köplab yutuqlarga erişgan, sifatli taʼlim beradigan fidoyi pedagoglarni rağbatlantiriş va ularga yil davomida yuqori foizli ustamalar berib borilişi taʼminlandi. Bu masalalarda bundan 5-10 yil oldingi davrga qaraganda köpgina ijobiy özgarişlar böldi. Biroq baribir maktab direktorlarining erkin faoliyati va mustaqil qaror çiqarişi yildan-yilga qiyinlaşib bormoqda. Maktab direktorlarining fidoyi va yuqori natijalar körsatgan öqituvçilarni rağbatlantirişidan tortib, yangi pedagoglarni işga olişigaça bölgan barça qaror va buyruqlari Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bölimlari tomonidan “ijobiy xulosa” berilganidan sönggina amalga oşişi mumkin. Buni “sohada korrupsion holatlar köpayganligi sababli” deb oqlaş mumkindir. Biroq bu kabi holatlar maktab direktori va öqituvçilarning mustaqil davlat taşkiloti sifatida erkin faoliyatiga tösqinlik yaratadi. Albatta, guruç kurmaksiz bölmaydi, endi işga kirayotgan pedagoglardan yoki öquv yili boşlanişidan oldin dars taqsimoti paytida pora olinişi holatlari hozirgaça mavjud. Ammo mana şundaylar kasriga butun tizimni jilovlab taşlaş töğrimi?
Yana şuningdek, maktabga hududiy gaz taʼminot xodimlari, elektr energiyasi-yu maktab obodonligini talab qiladigan mutasaddilardan tortib, mahalliy xalq tilida hali-hanuz “SES” deb atalmiş taşkilot işçilarigaça taşrif buyurişadi. Aslida ularning maktabga ziyoni emas, foydasi tegişi kerak. Lekin ular tomonidan “yöq” bölgan taqdirda “bor” qilib körsatiladigan kamçiliklar topilar va hattoki jarimaga tortiliş holatlari ham kuzatiladi. Yuqoridagi mahalliy davlat hokimiyati mutasaddi taşkilotlari tomonidan bartaraf etilişi talab va nazorat qilinadigan barça muammolarning yeçimi mablağga taqaladi. 80-90 foiz holatlarda maktab direktori va öqituvçilar öz hisoblaridan muammolarni bartaraf etişadi yoki “komissiya” bilan “kelişiladi”. Aks holda XTB yiğilişlari va hokimlik soatlarida yana maktab direktorlarining “pöstagi qoqilişi” şubhasiz.
Yana bir mulohaza. Sönggi yillarda ota-onalarning yuqori davlat taşkilotlariga arz qiliş holatlari köpaydi. Yuqori davlat taşkilotlari ham “kamçiliklar ijobiy bartaraf etilsin” qabilida iş tutib, işni özidan soqit qiladi. Natijada yana maktab direktori va öqituvçilarning obrösizlanişiga zamin yaratilmoqda.
Bundan taşqari, mantiqsiz turli tadbirlarda zalni töldiriş maqsadida öquvçi va öqituvçilardan foydalaniş amaliyoti hali hanuz baribir saqlanib qolmoqda. Mazkur tadbirlar esa dars soatlari vaqtida ötkazilmoqda. Natijada öquvçilarning böş zalni töldiriş tadbirlari kunlaridagi dars soatlarini özlaştirişi qolib ketmoqda. “Tepadan kelgan buyruq” qabilidagi bunday holatlarda na maktab rahbariyati, na sinf rahbari, na fan öqituvçisi qarşilik qila oladi. Yuqoridagi davlat taşkilotlarining röyxatini davom ettiradigan bölsak, deyarli barça mahalliy taşkilotlarni sanab ötişimizga töğri keladi. Taʼlim sifatining ösişiga xizmat qilmaydigan turli jadval, hisobot va tadbirbozliklardan közlangan maqsad nima? Ayni şu sabablar tufayli ham jamiyatda maktab direktori va öqituvçilarning örni, ularga bölgan hurmat kötarilmayapti.
Hozirgi kunda nodavlat taʼlim muassasalari, repetitorlarning öquvçi-yoşlarni oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişidagi örni sezilarli darajada oşib bormoqda. Çunki nodavlat taʼlim muassasalaridagi öqituvçilar har xil keraksiz qoğozbozlik, tadbirbozlik bilan şuğullanişmaydi, ularga kunora turli davlat taşkilotlaridan “komissiyalar” taşrif buyurmaydi. Kundan kunga köpayib borayotgan bu tizim oson va sifatli, ammo eʼtiborli bölaylikki, ularda öquvçilarga taʼlim bilan bir qatorda tarbiya, Vatanparvarlik ruhi, özaro ijtimoiy munosabatlar va erkin ijodiy yondaşuv, tanqidiy fikrlaş va jamoaviylik örgatilmaydi.
Zero, aynan maktab taʼlim-tarbiyasini isloh qiliş ana şunday omillar tufayli ham zaruratdir.
Ayting-çi, Buxoro viloyatidagi Qoraköl maktabi yoki Navoiy viloyati Xatirçi tumani “Tamabaxrin” mahallasidagi maktablarning respublika miqyosidagi eng yuqori sifat körsatkiçlariga ega bölişida asosiy sabab nima? Maʼlum bölişiça, mazkur maktablarga hattoki boşqa hududlardan ham öquvçilar kelib tahsil olişadi. Bunday sifat körsatkiçida boş omil — ota-onalar, maktab rahbariyati va fidoyi ustozlarning jonkuyarligidir. Mazkur hududdagi mutasaddi taşkilotlar ham “taʼlim va tarbiya” masalasini eng asosiy masala sifatida körişida. Bunga qöşimça tariqasida yana bir misol keltiradigan bölsak, tuzilganiga unça köp bölmagan, “Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi” (avvalgi “Prezident taʼlim muassasalari agentligi”) tarkibidagi ixtisoslaştirilgan maktablar juda qisqa fursat içida yuqori taʼlim körsatkiçlariga erişa oldi. Çunki, bu taʼlim dargohlari ham keraksiz turli tadbirbozliklaru qoğozbozliklardan xoli hisoblanadi.
Taʼlim tizimi masʼullaridan umidimiz şuki, vaqtni uvol qilmaylik, Yurtning ertasi va egasi hisoblanmiş yoş avloddan öz manfaatlarimiz yölida foydalanmaylik! Zero, “taʼlimdan özga najot yöq!” Prezidentimiz har safargi yiğilişlarida taʼlim haqida gapirişlari bejiz emas. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar barça hududlarda birdek joriy etilsa, faqatgina qoğozda emas, balki amalga ham tadbiq etilsa köpgina muammolar öz-özidan yeçimini topardi. Xullas, taʼlim tizimiga nisbatan eskiça qaraşdan butunlay voz keçişimiz lozim.
Kamina şu sohadagi mehnat faoliyatim va tajribamdan kelib çiqib, tizim islohi yölida bir neça takliflarimni bildirmoqçiman:
- Maktab direktori lavozimiga nomzod öz mutaxassisligi doirasida xalqaro tan olingan yoki milliy sertifikatga ega, kamida 5 yil pedagogik mehnat tajribasi bor va faoliyati davomida viloyat yoki respublika miqyosida natijaga erişgan maktab öqituvçilaridan tayinlanişi kerak. Maktab direktorlarining oylik iş haqi masalasida amaldagi mavjud “öquvçi sonidan kelib çiqqan holda” tizimidan voz keçilib, ular uçun bir xil miqdorni joriy etiş lozim. Direktorlarning iş haqini hozirgidan 25 foiz miqdorida oşiriş zarurati bor. Şunda maktabda ular tomonidan yöl qöyilayotgan korrupsion holatlarning oldi olingan bölar edi. Şuningdek, poraxörlik holati qonuniy tasdiqlangan hollarda mazkur maktab direktori bilan nafaqat mehnat şartnomasini bekor qiliş, balki uning pedagogik faoliyat bilan şuğullanişi man etilişi lozim.
- Öqituvçining öz ustida işlaşi va sifatli taʼlim tizimini mustahkamlaş maqsadida “mutaxassis” toifasidagi öqituvçi “ikkinçi toifa”ga ötişda ketma-ket uç marotaba öz fani doirasidagi imtihondan öta olmasa, u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qiliş kerak. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yönalişlarini bitirayotgan talabalar yakuniy davlat imtihoni sifatida “Mutaxassis” toifasi darajasini oliş uçun sinovdan ötişlari, mazkur imtihondan öta olsalargina, Oliy taʼlim muassasasini bitirganlik töğrisidagi diplom berilişi zarur.
- Barça fanlar doirasida xalqaro yoki milliy sertifikatlarni qölga kiritgan öqituvçilar oylik iş haqiga qöşimça tarzda kamida 50 foizlik ustama tizimi joriy etilsa, ular örtasida erkin raqobat tizimi yaratilib, pedagoglarning öz ustida işlaş mexanizmi paydo bölardi.
- Öqituvçi yoki maktab maʼmuriyati faoliyatiga asossiz aralaşgan yoki ularning ustidan yuqori davlat organlariga yozma tarzda murojaat qilganlarning şikoyati “uyuştirilgan” yoki “asossiz” deb topilsa, ular tegişli tartibda jarimaga tortilişi kerak.
- Fuqarolik pasporti oliş yoşiga yetgunga qadar öquvçi-yoşlarning ayrim ijtimoiy tarmoqlardan (Tik-tok, Instagram kabi) foydalanişini çeklaş lozim. 16 yoşga tölgunigaça bölgan vaqt bolalarda psixologik ötiş davri bölib, bu kabi çeklovlar ularning kelajakdagi oliy maqsadlaridan çalğimasligi uçun ijobiy xizmat qilgan bölardi.
- Avvalgi vazirlikning “tuman xalq taʼlimi bölimi” boşqaruv taşkilotlaridan butunlay voz keçilib, yangi vazirlikning hududiy boşqaruvi sifatida “viloyat bölimi” tizimini joriy etiş lozim. Şuningdek, maktab va boğçalarning asosiy buyruqlari elektron holda şakllantirilişi kerak. Har bir maktab ijtimoiy tarmoqlarda öz rasmiy sahifalarini oçib, amalga oşirgan çora-tadbirlarini joylab boradigan bölsa, mazkur maktablar vazirlik yoki uning viloyat bölimi tomonidan örganilganda taʼlimdagi köpgina tösiqlar va qoğozbozliklardan voz keçilgan, maktab direktorlarining erkin faoliyati taʼminlangan bölardi. Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining viloyat bölimi boşliği va uning tarkibidagi ştatning huquqiy majburiyatiga, eng avvalo, “maktab direktori va fan öqituvçilarining erkin ijodiy mehnat faoliyatini taʼminlaş”, “taʼlim sifatiga tösiq böladigan turli tekşiruv va ortiqça qoğozbozliklarning oldini oliş”, “bola tarbiyasi uçun, avvalo, ota-ona javobgarligini taʼminlaş” va “mansabdor şaxslarning taʼlim tizimiga aralaşişining oldini oliş” kabilarni kiritiş lozim.
- Umumiy örta taʼlim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fani darsliklari mazmunini qaytadan körib çiqqan holda mazkur fanga haftasiga kamida 2 soat örin beriş lozim. Yangi darslikka xalqaro tan olingan huquq normalari va rivojlangan davlatlar qonunçiligini kiritiş, şuningdek, respublika fan olimpiadalariga “Davlat va huquq asoslari” fanini ham qöşiş mumkin.
- Içki işlar vazirligining hududiy içki işlar boşqarmalari tomonidan maktablarga nisbatan işlatiladigan “Taqdimnoma kiritiş” tizimini butunlay bekor qiliş kerak. Şuningdek, öquvçining darsdan taşqari yoki dam oliş kuni sodir etgan har qanday xatti-harakati uçun maktab maʼmuriyati yoki sinf rahbarini boşqarmaga çaqirgan, yana şuningdek, asos va sababsiz, özlarining hisobot va “reja”larini bajariş uçun dars jarayonlarini buzgan IIB xodimlariga çora köriş lozim.
- Tarbiya fani doirasida yuqori sinf öquvçilariga (albatta, bolaning yoşi va uning psixologik holatini inobatga olgan holda) har oyning boşida bitta badiiy kitob mutolaasi mustaqil iş sifatida berilsa va oy oxirida “badiiy kitob tahlili” soatida fan öqituvçisi va öquvçi-yoşlar tomonidan asar tahlil qilinsa, maqsadga muvofiq bölardi. Bu nafaqat yoşlarning dunyoqaraşini boyitişga, asardan özi uçun xulosa olişiga va erkin tanqidiy fikrlaşga, balki buyuk yozuvçi-adiblarimiz tomonidan yozilgan asarlarga qiziqişni orttirib, öquvçilar örtasida kitobxonlikning yuksalişiga xizmat qiladi.
- Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tarkibida “Taʼlimda mavjud muammolar va ularning yeçimlari” bölimi taşkil etiş lozim. Vazirlikning hududiy boşqarmalari tarkibida ham mazkur bölim uçun alohida ştat oçilsa. Bu xodimlar töğridan-töğri faqatgina vazirga hisobot bersa, maqsadga muvofiq bölardi.
- Yangi öquv yilining boşlanişi (2023 yil 1 sentyabr)ga qadar respublika miqyosidagi barça umumiy örta taʼlim maktablari öquv xonalarini kuzatuv kameralari bilan taʼminlaş rejasi amalga köçişi lozim. Buning natijasida nafaqat sifatli taʼlim va dars kafolatlanadi, balki öquvçi, ota-ona va öqituvçi örtasidagi munosabat va mavjud muammolar ham ijobiy hal etiladi.
- Qolaversa, yana bir muhim taklif şuki, tizimdagi barça içki va taşqi hujjatlar lotin alifbosiga asoslangan yozuvda, özbek tilida joriy etilişi va buning ustidan nazorat örnatilişi lozim. Şundagina qisqa fursat içida davlat tilining hayotimizdagi örni mustahkamlanadi, millatidan qatʼi nazar davlat tilini örganiş va uni hurmat qiliş anʼanasi şakllanadi.
- Yana bir mulohaza: maktab öquvçilarining qölidagi telefon masalasi. Mayli, öquvçilar telefondan foydalanişsin. Ammo maktabda darsi tugagandan söng. Şu bois, barça maktablarda öquvçilar taʼlim öçoğidagi maxsus xonada va masʼul şaxsga telefonlarini topşirib kirişlari, maktabdan qaytişayotganda esa, marhamat, olib ketişlarini yölga qöyiş kerak. Ana şundagina öquvçi dars paytida çalğimaydi, xayoli joyida böladi.
Zavqibek MAHMUDOV,
ÖzR FA Tarix instituti kiçik ilmiy xodimi,
Yuqori Çirçiq tumanidagi
34-maktab direktori örinbosari
