Jurnalist masʼuliyati

Tan olişimiz kerak, keyingi olti-yetti yil içida   jurnalistikamizda röy bergan özgariş, yangilaniş va rivojlanişlarni ilgari tasavvur etiş qiyin edi. Jamiyatimizda röy berayotgan voqea-hodisalar, bir söz bilan aytganda, islohotlar jarayonlarini yoritişning qotib qolgan qolipini buziş qiyin keçdi. Işni zamon talabi darajasida taşkil etiş oson bölmadi. “Eski hammom, eski tosga qaytiladi” deguvçilar uçradi. Ammo unday bölmadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning söz erkinligi taʼminlanişida sobitligi, oçiqlik siyosati, bu boradagi islohotlarning ortga qaytmas tus olgani, sohaga oid qonunçilikni takomillaştiriş bö­yiça qöyilgan qadamlar, qolaversa, OAV vakillarining har jihatdan qöllab-quvvatlanişi keng imkoniyatlar eşigini oçdi. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida tanqidiy ruhdagi materiallar köpaydi. Noanʼanaviylik, sifat va tezkorlik taʼminlanişiga harakat qilinmoqda, bunga qaysidir maʼnoda erişilmoqda ham. Yopib qöyilgan köplab xorijiy saytlar oçildi, internet naşrlari köpaydi, teleradiokanallarimizda jonli efir soatlari oşdi.

Sohada amalga oşirilgan islohotlar natijasida telekanallarimiz yuz foiz raqamli formatga ötdi. “Özbekiston24”, “Özbekiston tarixi”, “RenessansTV” kabi yangi davlat va nodavlat telekanallar taşkil etildi. Faoliyati töxtab qolgan bir neçta gazeta va jurnallar tiklandi. Qayta naşr etila boşlangan “Toşkent oqşomi” gazetasi va “Muştum” jurnallari şular jumlasidandir.

Bu kabi omillar milliy mediamaydonimizda öziga xos raqobat yuzaga kelişi va kuçayişiga, aytiş mumkin, soha rivojiga turtki berdi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötardi, ommaviy axborot vositalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar uçun keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratdi.

Yaqinda Qaşqadaryoga taşrif buyurgan Prezidentimiz öqituvçilar va bir guruh faxriylar bilan uçraşuvda ham ommaviy axborot vositalari adolatli bölişini, töğri tanqid qilişini, qilingan tanqid qişloqlarga, maktab­larga, taʼlimga foydasi keltirişi lozimligini bejiz alohida taʼkidlamadi.

Ötgan uç-tört kuni içida bir neça nafar jurnalistlar bilan şu masala xususida fikr almaşdik. Ular Yurtboşimiz tomonidan bildirilgan fikrlarni qöllab-quvvatlamoqda. Yetarliça asosga ega bölmagan, adolat taʼminlanmagan, tanqidiy material muallifi – u jurnalistmi, blogermi tegişli tartibda javob berişi, qonun oldida hamma tengligini alohida taʼkidlaş joiz.

Kezi kelganda aytiş lozim, berilgan bu kabi imkoniyatlardan ayrim jurnalistlar tomonidan şaxsiy manfaat, sox­­ta obrö orttiriş yölida foydalaniş holatlari kam bölsa-da kuzatilmoqda.

Şu bois, Uyuşmamiz va uning hududiy bölimlari tomonidan baʼzi jurnalist va blogerlarda uçrayotgan bunday kamçiliklarni bartaraf etiş işiga munosib hissa qöşiş yölida ötkazilayotgan seminar-treninglarda sohaga oid qonunçilik, Özbekiston jurnalistlarining kasb etika kodeksi mazmun-mohiyatini keng tuşuntirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 28 yanvar kuni Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida Özbekis­ton Jurnalistlar uyuşmasi va uning viloyat bölimi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda voqelikni yoritiş: talab va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati ötkazilgani, şu yilning 10 mart kuni Navoiyda “Tanqidiy material tayyorlaşning öziga xos jihatlari” nomli seminar-trening taşkil etilayotgani ana şu maqsad yölida amalga oşirilayotgan işlar jumlasidandir.

Bugun ommaviy axborot vositalarida ijod qilayotgan jurnalistlarimizga   heç kim uni yozma, buni yoz deyayotgani yöq. Erkin faoliyat olib borilmoqda, istagan mavzu böyiça materiallar tayorlayapmiz. Jurnalist va blogerlar tanqid ostiga olgan muammolar örganilmoqda, yeçim topmoqda.

Maʼlumotlarga köra, 2023 yilning yanvar oyida ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarda markaziy davlat va mahalliy boşqaruv organlari faoliyatiga daxldor 1374 ta tanqidiy material eʼlon qilingan.

Yurtimizda jurnalistikadek şarafli va masʼuliyatli sohada minglab hamkasblarimiz faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda ular qatoriga yuzlab yangi avlod vakillari qöşildi. Davlatimiz tomonidan ularga sifatli taʼlim beriş, kasb sir-asrorlarini örgatiş, haqiqat va adolatni taʼminlaş yölida faoliyat olib borişni örgatiş böyi­­ça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Zero, davlatimiz rahbari “Men haqiqat va adolatni öz eʼtiqodi deb biladigan barça jurnalistlarni islohotlarning faol iştirokçilari deb bilaman va ular hamişa Prezident himoyasida” deya alohida taʼkidlagan.

Xolmurod SALIMOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi raisi v.v.b.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan