Milliy ğurur — vatanparvarlik çiroği
Ustoz nimaiki aytsa, şogird uni jon dili bilan eşitişi, çin köngil bilan qabul qilişi va olgan bilim hamda malakasini amalda ado etişi kerak.
Xusayn Voiz KOŞIFIY
Ardoqli şoirlarimizning biri yozgan “Özbek, Özbekiston” degan qasida-şeʼrida özbek xalqining ğururi va vatanparvarligi yorqin ufurib turgandek. Uşbu satrlarni qayta-qayta öqiyman:
Tarix yozaversam… osmon erur past,
Bugun istiqlolni kuylagayman, bas,
Vatanim ertasin buyukligi rost,
Yurtboşidir sarbon, yöldadir karvon –
Özbek, Özbekiston!
Yillar ötaveradi, dunyoda özbek xalqi özligini namoyon qilaveradi. Iymon-eʼtiqodi, milliy ğurur va Vatan tuyğusi maʼnaviy kuç-quvvat bölib, olğa boşlayverajak. Zero, Hazrati Alişer Navoiyning:
El netib topğay menikim,
Men özimni topmasam
degan purmaʼno satrlari özbekning milliy ğururi, xalqparvarligi, oliyjanob millat ekanligidan dalolat emasmi? Qaysi millat özining izzatini, qadr-qimmatini joyiga qöya olsa, boşqa elatga mehr-oqibati ortadi, u jahon hamjamiyatida uluğ millat vakiliga aylanib, xalqaro hurmat topişiga şak-şubha yöq!
Milliy ğurur va vatanparvarlik neça asrlardan buyon özining insonparvarligi bilan muştarakdir. Ne insonlar, ne istiqlolçilar ötmadi bugunni qömsab! Behbudiy, Fitrat, Çölpon, Qodiriy, Mustafo Çöqay, Ahmad Zakiy Validiy, Fayzulla Xöjayev va yana yuzlab, minglab özbek, boşqa millatlar ziyolilari millat hamda elat sofligi, ozodligi, mustaqilligi uçun jon fido qildilar, bosqinçilarga qarşi ayovsiz kuraş boşladilar.
“Ey muqaddas Turonim, sendan ayrilmoq mening uçun ölim… Panohim, sajdagohim, umidim! Yovlar seni şu kungami soldilar! Dunyoning butun balolari boşimga tökilsa, zulm çölining temir tikonlari közimga kirsa, yana seni qutqaraman!”. Evoh! Bu qalb nidosi – faqat Fitrat emas, özbek xalqining faryodi, istiqlolçilar şiori edi.
Şu bois ham Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev qayd qildi: “Umuman, biz jadidçilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini çuqur örganişimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qança köp örgansak, bugungi kunda ham bizni taşvişga solayotgan juda köp savollarga töğri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qança faol tarğib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz bugungi tinç va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”.
XX asr boşlarida-çi? Uluğ bobomiz Mahmudxöja Behbudiy Turkiston uçun taraqqiyot yöli – bu xalqlar va elatlar hamkorligi, evolyutsion yöl deb körsatib, bolşeviklarning zöravonlik yöliga qarşi ekanligini baralla aytgan hamda milliy ğoya va ğururning imperalizm rivoji davridagi öziga xos mafkura ekanligini ifoda qilgan edi. Mana sizga dalil, uzoqni va porloq istiqbolni köra biliş… Bunday ğoya va ğururni faqat millat faxri bölgan özbek kişisigina olğa olib çiqadi. Biroq öşa “kommunistik mafkura” inqilobçilari ming xil nayrang bilan maʼrifatçi Behbudiyni jisman yöq qiliş yölini topadilar.
Milliy ğoya va ğururning tagdor – vatanparvarlik ildizlari milliy-ozodlik harakati tariximizga “bosmaçilik” harakati deb kirgan, aslida xalq qahramonlari bölgan millat farzandlarining 1918-1931 yillardagi kuraşi bilan çambarças boğliqdir. Millat milliy ğoyasi va ğururi yöl-yöriq, millat va xalqning istiqboli, kelajagi uçun maʼnaviy ozuqadir. Şu örinda Farğona vohasidagi islom laşkarlari kömondoni Ibrohimbek şöro Turkistoni rahbariyati bilan sulh tuzişni taklif qildi, uning safdoşi Şermuhammadbek: “Şörolarga işonmanglar, ular xalqni aldaydi”, degan edi.
“Turkiston muxtoriyatida tinç hayot qaror topişi uçun sizning fikringizça, nimalar qiliş kerak?” degan savolga Ibrohimbek qatʼiy va keskin javob berdi: “Birinçidan, savdoga yöl qöyiş, joydan-joyga köçiş erkinligi; ikkinçidan, mulkni musodara qilişni taqiqlaş, adolatli sudni joriy qiliş, uçinçisi, tinç-totuv yaşaş, vaqf yerlarini egalariga qaytarib beriş”.
Buyuk va uluğ allomalarimiz çuqur tafakkurlari va ğoyalari bilan milliy taraqqiyotga asos solgan al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Xöja Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Xöja Ahror Valiy, Bahouddin Naqşband, Alişer Navoiy, Bobur Mirzo, Boborahim Maşrab, Ogahiy, Berdaq kabi bobolarimiz oldida hamişa taʼzimdamiz, ulur bilan ğururlanamiz. Çunki ularning bebaho merosi hamişa boşimizni baland, qaddimizni tik qiladi, özbek xalqining buyuk davlatçilik rivojida jahon ayvonida turib, öz iymonu ruhlari bilan qöllab-quvvatlaydilar. Darvoqe, yangi Özbekiston asosçisi Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasi tarixida ilk marotaba – 75-sessiyasida özbek tilida nutq sözlab: “Bundan uç yil muqaddam men Birlaşgan Millatlar Taşkilotining oliy minbaridan Özbekistonning tub islohotlarni amalga oşiriş böyiça qarori qatʼiy ekanini aytgan edim. Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qiliş böyiça keng kölamli çora-tadbirlarimiz natijasida yangi Özbekiston şakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik özgarişlar ortga qaytmaydigan tus oldi”, degan qaʼtiy ötli sözlari har bir vatandoşimizni ğurur va iftixorga çölğadi.
Özbek xalqining vatanparvarligi – ötmiş bölmay, bugungi kunda ham yaqqol namoyon bölmoqda: keksalar va uluğlarga hurmat, yoşlarga mehr-şafqat, beçora, ğarib miskinlarga, yetimlarga xayr-saxovat, ota-onaning köngliga qarab iş tutiş, döstlarga, qarindoş-uruğlarga yaxşilik qiliş, boşga taşviş tuşganida ğamxör, madadkor böliş, topganini yaxşilikka sarflaş va boşqa juda köplab milliy qadriyatlarimizda ravşan körinadi. Ammo xalqimizning mana şu nodir fazilatlarini egallaş hammaga ham nasib etavermaydi. Bu milliy merosdan bebahra odamlar ham borki, ular xudbinligi, baxilligi, hasadgöyligi, oçközligi, ğarazgöyligi bilan özbek xalqining obröyini tökadilar. Bunday odamlarga xalqimiz “yaxşi odam emas”, deb dangal aytib qöya qoladi! Vatanparvarlik – bu kelajak uçun kuraş, mehnat qilmoq şarofatidir. Kuraşiş esa yaxşilikka, ezgulikka, inson orzu qilgan orzu-umidlarga olib keladi!
Milliy ğoya va mafkurani öz ongiga singdirgan tuyğu inson uçun tabiiydir. Çunki özbek bolasi ota-onasidan meros qilib olgan va ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinçi sözida: mehr-muruvvat, ğurur, insonparvarlik va vatanparvarlik ifoda qilinadi. Öz xalqining milliy ğoyasiga, anʼanalariga, tili va madaniyatiga muhabbat va kattalarga hurmat va izzatni tarbiyalamasdan turib, öz xalqini millatlarning butun jahon nazdida tenglardan teng hamda özligini anglaganlardan biri sifatida idrok qiluvçi haqiqiy insonni, öz Vatan jonkuyarini tarbiyalaş mumkin emas.
Şu örinda faxr va ğurur ila muhtaram Şavkat Miromonoviçning yangi saylangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimiga bağişlangan Oliy Majlis palatalari qöşma majlisidagi nutqidan iqtibos keltirsak: “Jonajon vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bölgan davlat bayroğimiz, madhiyamiz va gerbimizga menga topşirilgan Prezidentlik oliy nişoni va bayroğiga yuksak hurmat bajo keltiraman.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanişimni Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida olib borayotgan siyosatimizning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilaman”.
Darvoqe, inson ğururi va vatanparvarlik olamining yuksalişi? deganda nimani tuşuniş kerak. “Ollohning özi bizga buyurgan ğururli inson böliş, halol va adolat bilan hayot keçiriş, Vatanni sajdagoh kabi asraş” bölib, uşbu qoidani tuşuniş hamda eʼtirof etişning özi kifoya emas, balki aynan şu eʼtiqodga amal qilib yaşaş, yaʼni asosiy mezonga aylantiriş kerak! Takror aytişga töğri keladi: ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada huşyorlikni yöqotmasligimiz, yoşlar tarbiyasida aslo beparvo bölmasligimiz zarur. Prezident: “Yangi Özbekiston – inson qadri ustuvor bölgan jamiyat va xalqparvar davlatdir”, degan mavzuda Özbekiston liberal demokratik partiyasining X sʼyezdidagi nutqida qayd qilgan edi: “Içki işlar organlarini xalqqa va har bir oilaga yanada yaqinlaştiriş, bu tizimni çin maʼnoda xalqçil tuzilmaga aylantiriş borasida boşlangan islohotlarimizni izçil davom ettiramiz.
Ayniqsa, bu sohani maʼnaviy pok, öz burçiga sodiq, xalqparvar va masʼuliyatli xodimlar bilan töldirib borişga alohida eʼtibor qaratamiz.
Bundan buyon içki işlar organlari faoliyatini baholaşda aholi muammolarini hal etiş va fuqarolik murojaatlari bilan işlaş natijadorligi asosiy mezon etib belgilanadi.”
Maʼlumki, qayerda kamçiliklar röy-rost aytilmas ekan, u joyda ijobiy özgariş hamda barça muammolarni bir kunda, bir hamla bilan yeçib bölmaydi. Maʼnaviy barkamol avlod ğururi va vatanparvarligini tarbiyalaş bir umrlik iş. Ammo har bir işda yolğon qadamlardan, oson yeçimlar qidirişdan ehtiyot bölmoğimiz juda muhim.
Tarixdan bilamiz, Markaziy Osiyo xalqlari, ayniqsa ziyolilari azaldan başariyatning tafakkur xazinasi bölmiş ilm-fan, madaniyat, vatanparvarlik va qadriyatlar taraqqiyotiga unutilmas hissa qöşib kelganlar. Demak, ularning boy va rang-barang merosi milliy qadriyatlarimiz hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy ravişda yuksalib, kelajak avlodning tafakkuri va dunyoqaraşini ğururimiz hamda vatanparvarlik qadriyatlarini yuksaltirgan holda bunyodkorlik faoliyatini oşiriş – yangi Özbekiston davlatçiligi poydevorini mustahkamlaşning asosiy garovidir! Har birimizning aziz Vatanimizga mehrimiz çeksiz. Şu buyuk mehr bizni jonajon yurtimizni asrab-avaylaşga, hamjamiyat va ahil yaşaşga, yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlardan unumli foydalanişga undab turadi. “Eng muhimi bugun xalqimiz dunyoqaraşi özgargan, ezgu maqsadlarga erişişga katta işonçi şakllangan. Demak, Taraqqiyot strategiyamizda közlangan maqsadlar va undan keyingi qutluğ marralarni zabt etişimizga heç kimda şubha yöq”, deydi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
Albatta, heç bir xalq özligini anglagan holda, milliy madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib, boşqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Yangi Özbekistonning kuç-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqiçlarida ijtimoiy hodisalarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon böladi. Xususan, mustaqilligimizning birinçi kunidan boşlab hayotimizning barça jabhalarida “Qadriyatlar”, “Milliy tiklaniş”, “Milliy ong”, “Milliy ğurur” “Milliy vatanparvarlik” kabi atamalar tez-tez işlatiladigan bölib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.
Zotan, ğururimiz, Vatanimizga bölgan mehr-oqibat, uning “Inson qadri uçun” tamoyiliga asoslanadi. Muhtaram Prezidentimiz bu borada haqli ravişda taʼkidladilar: “Milliy qadriyatlarimizda alohida örin tutadigan avlodlar örtasidagi anʼanalar davomiyligini saqlaş, uruş va mehnat faxriylarining, muhtaram otaxon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qiliş nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burçimizga aylanmoqda. Şuningdek, biz Yangi Özbekistonni barpo etişda azmu şijoatli yoşlarimizni xalqimizning çinakam tayançi va suyançi, deb bilamiz”.
Endi ikki oğiz özbekçilik haqida. Şuni ham aytiş kerakki, bundan milliy çeklaniş, öz qobiğida öralib qoliş maʼnosi çiqmaydi. Ming yillardan buyon “özbekçilik” degan olijanob tuşunça borki, baʼzi birovlar notöğri talqin qilib, hatto “millatçilik” degan ğoyani ilgari surmoqçi böladilar. Yoki ayrim rahbarlarning yerdan oyoği uzilişi: xudbinlik, loqaydlik, xasad, köra olmaslik, manmanlik kabilar. Zero, har bir millatning öz ğoyasi va mafkurasi, ğururi, iftixori, özligi, mentaliteti, yaʼni milliy hayot tarzi bölmasa, u millat bölib şakllanmaydi.
Yoki inson bolasi dunyoga özi kelib, öz-özidan tarbiyalanib, biron-bir kasb egasi böla olmaydi. Bolani ota-ona dunyoga keltiradi, jamiyat va davlat unga tarbiya hamda taʼlim beradi, kasb-korga ega böladi. Demak, har bir mutaxassisda ota-ona, jamiyat va davlatning maʼnaviy haqqi bor. Vatanparvar öz xalqining oğir kunlarida u bilan birga böladi, xalqning yaxşi va yomon kunlarini birga baham köradi. “Boyliging bölsa – Vatanimsan, bölmasa duşmanimsan, qabilida iş yuritmaydi! Özga yurtlarda yaşab, unga taʼlim-tarbiya bergan, kasb-hunar örgatgan xalqni “nodemokrat”, “inson huquqlarini buzuvçi” deb atamaydi, balki öz bilimi va kasb-kori bilan umrguzaronlik qilayotgan Vatanini rivojlantirişga harakat qiladi. Öz boyligini Vatan boyligidan izlaydi”. Hind xalqining davlat va jamoat arbobi Indira Gandi şunday taʼkidlagan edi.
Darhaqiqat, milliy ğoya aynan şunday vatanparvarlarni tarbiyalaşni öz oldiga maqsad qilib qöyadi. Yangi Özbekistonning har bir fuqarosini haqiqiy vatanparvarlarga aylantiriş milliy ğoyaning tarixiy missiyasidir. Bunday talab mutaxassislarning qoğozda emas, amalda bölişini anglatadi. Heç kimga sir emaski, mutaxassislikni egallaşning yagona yöli – bilim oliş, malaka oşiriş. Bilim esa kitob mutolaasini talab etadi. Inson kitob öqiş, öqiş va undan hayotda malakaviy foydalaniş mantiğini örganmas ekan, heç qaçon ulğaymaydi, rivojlanmaydi, mutaxassislikni yaxşi egallay olmaydi!
Sir emaski, ayrim hayotiy tajribaga ega bölmagan yoşlar: “kitobsiz amaliyotning özi bilan mutaxassislikni egallaş mumkin”, “kitob – boşqa, hayot boşqa” kabi yangiliş tuşunçalar bilan fikrlaydilar. Bu yangiliş fikr kasbiy mutaxassislikni egallaş yölidagi maʼnaviy va axloqiy-ruhiy ğovdir. Bunday fikr jamiyat uçun, inson uçun öta xavfli fikrdir. Demak, kitobga nisbatan nigilistik munosabatni maʼnaviy tahdid sifatida qarab, unga qarşi kuraşiş zarur!
Şu sababdan ham ilmiy nazariyani amaliyot bilan qöşaloq holda olib borgan şaxs puxta va teran faoliyat körsatadi. Demak, yaxşi mutaxassis böliş uçun birinçi galdagi vazifa bilim, yaʼni uning manbai kitobxonlik madaniyatini egallaş va oşira borişdir. Hozirgi zamon axborot texnologiyalari, jumladan, internet kitobxonlikka salbiy taʼsir körsatmasligi lozim. Haqiqat internetda emas, ilm-fandadir. Internetga bilim olişni nazorat qiliş vositasi sifatida qaraş kerak.
Fikrdan fikr, asosiy muddao şuki, milliy ğurur va vatanparvarlik ğoyasi zamonaviy kadrlarning yuksak maʼnaviyatli, yangi Özbekistonning keng qamrovli mutaxassisi bölib yetişişlarini obʼyektiv zaruriyatga aylantiradi.
Karim NORMATOV,
Özbekiston Respublikasi
Qurolli Kuçlar akademiyasi professori,
tarix fanlari doktori
