Taʼlim daraxtga öxşaydi
Töğri parvariş qilinmasa, doimiy eʼtibor berilmasa yetarli rivojlanmaydi
Mamlakat taraqqiyotining ustuvor yönalişlari qatorida taʼlimni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yönalişda aholiga aynan hayot uçun kerak böladigan könikmalarni örgatiş, yaqin kelajakda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişi kutilayotgan iqtisodiyot sohasining aniq tarkibiy tuzilmalarini belgilab, şu borada bilimlarga erişiş, törtinçi sanoat inqilobida zaruriy ilmiy poydevorga ega böliş kabilar yuksak maqsadlarimizdan sanaladi.
Taʼkidlaş joizki, taʼlimni rivojlantirişda globallaşuv şaroitidan kelib çiqib, yoşlarga asosiy fanlarni örgatiş, ixtisosliklarini aniqlab beriş va ularni kreativ fikrlaşga örgatiş muhim rol öynaydi. Rivojlangan mamlakatlar tarixiga nazar solsak, ular boşidan inqiroz va turğunlik davrini ötkazarkan, avvalo, taʼlimni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, unga katta sarmoyalar ajratiş orqali yutuqlarga erişganini köramiz. Misol tariqasida Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va boşqa rivojlangan mamlakatlarni olaylik. Ular faqat taʼlimni töğri boşqariş, uni rivojlantiriş va sarmoyalar bilan qöllab-quvvatlaş, öqituvçilarning qadrini oşiriş, maqomini vazir darajasiga kötariş, vazir oylik-maoşini belgilaş, bu orqali intellektual salohiyatga ega kadrlar yetiştiriş bilangina rivojlangan davlatga aylana oldi.
Taʼlim daraxtga öxşaydi. U töğri parvarişlanmasa, öz vaqtida eʼtibor berilmasa, yetarli rivojlanmaydi. Parvariş töğri qöllanilsa, öz vaqtida möl hosil beradi. Taʼlimga ham sarmoya kiritmay turib, eʼtibor bermay turib, malakali kadrlar yetiştirib bölmaydi. Binobarin, Singapur tabiiy resurslari juda kam ölka bölib, uning aholisi kambağal edi. Biroq mamlakat, avvalo, maktabgaça taʼlim, örta taʼlim va undan keyingi bosqiçli taʼlim jarayonlarini ilmiy asoslarda qamrab oliş, işçi-kadrlarni qayta tayyorlaş orqali inson resurslarini rivojlantirişga katta eʼtibor qaratdi.
Şu nuqtai nazardan taʼlimni kelajak garovi sifatida hayotga ilmiy-amaliy tatbiq eta oldi. Taxminan 1955 yildan boşlab Singapur taʼlim tizimida til muammosi hal qilindi, şu yili ota-onalarga törtta taʼlim yönalişidan birini tanlaşga ruxsat berildi. Grant oliş huquqiga ega bölgan talabalar sinovlardan ötkazilib, tanlab olindi. Hukumat yoşlarga taʼlim-tarbiya berişda aniq fanlar, tabiiy fanlardan keng foydalaniş, fundamental va sodda-takomillaştirilgan darsliklar, öquv adabiyotlari yaratiş, til örganişni asosiy vazifa qilib belgilab berdi. Yaratilgan şart-şaroitdan kelib çiqib, asta-sekin ingliz tilini örgatadigan maktablar paydo böldi, hatto tez fursatda ommaviy tus ola boşladi. Natijada mamlakatda “işçi” til ingliz tili bölişiga qaror qilindi. Bu davlat jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlaşni şu tarzda amalga oşirdi. Oğzaki va yozma ingliz tili standartlari va Singapur versiyasining paydo bölişi şundan boşlandi, islohotlarda ingliz tili dialekt, yagona til hisoblandi. Bugungi kunga kelib hatto davlat hujjatlarini tayyorlaşda ham ingliz tilidan foydalaniladi. Bunday bosqiçli institutsional taʼlim-tarbiya jahon taʼlimi, iqtisodiyoti va intellektual bilimlari bilan integratsiyalaşa olişga, dunyoning eng rivojlangan davlatiga aylanişiga zamin böldi.
Bundan taşqari, Singapur taʼlim tizimini rivojlantirişda globallaşuv muammolari va u taqdim qilayotgan yangi imkoniyatlarni, xususan, internet va taʼlim sohasidagi raqobatni ham hisobga oladi. Bu esa allaqaçon xalqaro amaliyotlarda mamlakat uçun samara bera boşlagan. Köplab islohotlardan söng davlatning taʼlim tizimi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: ikki tillilik, öquvçilarni qobiliyatiga köra toifalarga böliş, bir neça tillarda öqitiş, ingliz tili va matematikaga köproq eʼtibor beriş, raqamlaşgan taʼlimning rivojlangan tizimini keng joriy etiş, şu jumladan, texnik ixtisoslaşgan institutlar va universitetlar innovatorlaştirilişi, mustaqil va avtonom maktablar faoliyati, umumiy örta taʼlim maktablarining hokimiyat tasarrufidan çiqqanligi, öquv muassasasini direktorlarga mustaqil yuritişga topşiriş kabi innovatsiyalarni keng joriy etdi.
Şuningdek, bu mamlakat pedagoglarni rağbatlantirişning samarali tizimini yaratgan, milliy taʼlim dasturi doirasida Singapur axloqi va tarixini örgatiş yölga qöyilgan, axborot texnologiyalaridan keng foydalanadi. Iqtidorli bolalar uçun taʼlim dasturi, aqliy qobiliyatlarni rivojlantiriş, kuçli moliyalaştiriş dasturi, yuqori stipendiyalar, maxsus yordam rejasi kabi tamoyillar amal qiladi. Şunindek, önta yirik xalqaro universitetlarning filiallarini mamlakat hududiga jalb qiliş orqali “Şarqning Bostoni” böliş böyiça ulkan rejalarni hayotga tatbiq qilmoqda. Bu mamlakat taʼlim falsafasi, uning natijalarini aniq tasavvur qiliş, uning siyosiy ahamiyatini anglaş va xorijiy tillarni biliş, umrbod taʼlim oliş zarurligini hayotga joriy qildi.
Şunday bölsa-da, ekspertlar tomonidan Singapurning bir qança hal etilmagan muammolari hanuz mavjudligi taʼkidlanmoqda: baʼzi talabalarning öquv körsatkiçlari pastligi, baʼzi öquvçilar maktabni bitirmasdan çiqarib yuborilişi, hali ham saqlanib qolingan samarasiz fanlarni örganiş, rasmiyatçilik kabi kamçiliklar isloh qilinişi kutilmoqda.
Bizga esa Singapur taʼlim tizimi quyidagi sabablarga köra örganiş uçun qiziqiş uyğotadi:
Birinçidan, bu davlat taʼlim tizimi muvaffaqiyatli bölib, u ixçam va idrok etiş oson. Ikkinçidan, u hajmi va surʼati böyiça zamonaviy XXI asr boşidagi iqtisodiy rivojlanişga mos keladi. Yangi platforma sifatida yoş, rivojlangan mamlakat. Bundan taşqari, u eng taraqqiy etgan davlatlar taʼlim dasturlarining konstruktiv xususiyatlarini özida mujassam etgan va “Singapur iqtisodiy möʼjizasi”ning asosiy omili sifatida inson resurslarini samarali boşqara olmoqda.
Til har bir davrda “robitai jahon” bölib kelgan. Buni ötmiş allomalarimiz ögitlarida ham köriş mumkin. Şu nuqtai nazardan qaraganda, ötgan 25 yilgi avlod bilan, keyingi 6 yilda voyaga yetgan yoşlar örtasida farq katta. Hozirgi yoşlar ingliz tilida bemalol sözlaşa oladi. Ingliz tili öquv markazlari nafaqat markaziy şaharlarda, balki tuman markazlarida ham keng ommalaşişi oddiy holga aylandi. Bu jarayon xuddi Singapur taʼlim sohasi bosib ötgan yölini eslatadi.
Davlatimiz rahbari nafaqat til, balki taʼlim sifatiga davlat siyosatining ustuvor vazifasi deb qaraş bilan birga bu tizimga byudjet mablağlarining 4/1 qismini yönaltirib kelayotgani barçamizga maʼlum. Xususan, Yangi Özbekiston taʼlim tizimini yangi asrimiz talablariga moslaştiriş, uni zamon talabi, ruhi bilan uyğunlaştiriş, oddiy til bilan aytganda, qoğozbozlik, tekşir-tekşir, keraksiz yuklama va tösiqlardan xalos qiliş yölidan borilmoqda.
Ötgan yillardagi yöqotişlarning örnini töldiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, xuddi şu yilning 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar asosida oliy taʼlim tizimi tubdan qayta körib çiqilib, tayyorlanadigan mutaxassislar, malakali kadrlar jahon intellektual mulk bozoriga yönaltirilganda öz örniga ega bölişi közda tutilgan. Prezidentimizning “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni esa öqituvçilarni paxta terimidan ozod qiliş, ularning qadrini, maqomini, obrö-eʼtiborini oşirişda ustuvor ahamiyatga ega. Jarayonda Özbekistonda taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, uni xalqaro standartlar asosida boşqariş, mehnat bozori talabiga mos malakali kadrlar tayyorlaş, Uçinçi Renessans ğoyasini röyobga çiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkaziş maqsad qilib qöyildi.
Özbekiston taʼlimini jahon taʼlimi bilan integratsiyasi ijtimoiy rivojlaniş, iqtisodiy ösiş, samarali xöjalik yuritiş, uzluksiz öqitiş, tayyorlaş, avvalo, maktabgaça taʼlim, örta maktab va oliy taʼlim, undan keyingi ilmiy bosqiçlar bilan keng qamrab oliş masalasi öz yeçimini topdi. 2017-2021 yillarda oliy taʼlim bilan qamrab olinişni oldingi 9 foizdan 28 foizga oşirişga erişildi. Şu nuqtai nazardan, maktab bitiruvçilarini oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasini 2030 yilga borib 50 foizga yetkaziş, qabul qilişda davlat grantlarini 2 barobar köpaytiriş maqsad qilingani quvonarli. Integratsiyalaşuvda oliy taʼlim muassasalari soni 200 taga yetdi, qabul örinlari 66 mingtadan 182 mingtaga oşdi. Xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining 26 filialida mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyilib, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi taʼminlanib, professor-öqituvçilarning maoşi örtaça 3,5 barobarga oşirildi.
Ilgari yoşlarimiz uçun çet el oliy öquv yurtlarida tahsil oliş amri mahol edi. Endilikda dunyo taʼlimi bilan integratsiyalaşiş natijasida jahonning eng maşhur oliy taʼlim muassasalari filiallari özimizga olib kelindi. Yoşlar bugun Rossiya, London, Janubiy Koreya, Finlyandiya kabi köplab mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida özimizda turib öqib, diplom olişmoqda. Bundan taşqari, tumanlarda universitet taşkil qilinadi desa, işonarmidik? Albatta, yöq. Bugun aholini rozi qiliş, çekka hududlarda sohalarni malakali oliy taʼlim kadrlari bilan taʼminlaş uçun universitet filiallari taşkil qilingan. Misol uçun, sönggi beş yilda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda 67 ta yangi oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallari barpo etildi. 2021-2022 öquv yilidan boşlab “Yangi Özbekiston universiteti” öz faoliyatini boşladi.
Bunday xalqaro integratsiyalaşuv, professor öqituvçilarning tajriba almaşinuvlari, xalqaro formatdagi ilmiy-amaliy, innovatsion konferensiyalar taşkil qilinişi, muammolarga institutsional yondaşilişi yoşlarimizning bir vaqtda bir neçta oliy öquv yurtiga hujjat topşiriş masalasini ham hal etilişini taʼminladi.
“Inson qadri uçun” davlat dasturi asosida “mahallabay” işlanib, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga amaliyot ötagan vaqtida subsidiyalar ajratiş dasturi doirasida yarim milliard sömlik mablağ ajratilib, 968 nafar “Yoşlar daftari”ga kiritilgan öquvçilarga subsidiyalar berildi. Şuningdek, professional taʼlim taşkilotlarida tahsil olayotgan “Yoşlar daftari”dagi öquvçilar soni 363,3 ming nafarni taşkil etadi.
Endi esa mana şunday imkoniyatlar samarasi ölaroq sifatli taʼlim berişni yölga qöyiş ustuvor vazifamiz bölib turibdi. Yuqorida taʼlim sifatini oşiriş va taraqqiyotga erişişda Singapur tajribasini misol keltirdik. Umid qilamizki, bir kun kelib Özbekiston taʼlim tajribasi ham köplab davlatlarga örnak bölsa.
Qönğirotboy ŞARIPOV,
Toşkent davlat iqtisodiyot
universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor
