Dunyoga ezgulik soğingan inson

Olam muvozanatda. Kunduz — tunsiz, yoz esa qişsiz kemtik. Oq va qora, ezgulik va yovuzlik, ğolib va mağlub mudom raqobatda. Busiz insoniyat tamadduni tasavvur etilişi ham duşvor. Şu maʼnoda, odamning-da dunyoga kelişi bilan tolib bölişi — zarurat. Ammo uşbu nozik haqiqatlarni teran anglaş, olam va odamni bir butunlikda qadrlaş, xatoliklarini keçiriş, saboq olişiga umid, işonç bildiriş ham köplarning qölidan kelavermasligi ayon. Qoronğilik intihosida yoruğlik, xatoliklar saboğida esa ibrat borligini tuşuniş ham oson emas-da, aslida.

Bunday inja tuyğu beğubor bolalikda, teran tafakkur esa haqiqiy donişmandlarda bölişi qadim hikmatlarda bot-bot bitilgan. Şu maʼnoda, jurnalistika ilmida professor, filologiya fanlari doktori Halim Saidovni ana şunday donişmand va qalbidaryo, şogirdlarga keçirimli, ularning kamolotidan doimo umidvor USTOZ deb bilaman. Bunga ilk bor uzoq Nişon tumanidagi oddiy bir maktabning yoş (hali 3-kursda öqiyotgan talaba) öqituvçisini respublikadagi eng yetakçi naşr — “Ma’rifat” gazetasiga işga qabul qilişdagi ilk samimiy suhbatdayoq iqror bölganman.

Keçagidek yodimda: oliy taʼlim dargohida sirtdan öqiganim bois, maktabni bitiriboq dastlab kiçikroq bir taşkilotda çilangar, keyinçalik esa taʼlim muassasalarida öqituvçi, tuman gazetasida muxbir sifatidagi mehnat faoliyatim davomida köpgina rahbarlarning xodimga “munosabati”ni körib ulgurgandim. Şu bois bahorgi semestr yakunlangaç, taʼlimga doir bir-ikki xabar va kiçik tanqidiy qoralamamni akalarça tuzatib, tahrirlab, “Ma’rifat”da çop etilişiga kömaklaşgan boş muharrir örinbosari Ikrom Böriboyevga minnatdorlik bildiriş uçun xonasiga kirganimda, u kişining meni qadrdondek kutib olganidan könglimdagi ikkilanişlar bir zumda tumandek tarqagandi. Şundan söng, yozganlarimni boş muharrir ham öqib, eʼtibor qaratganini aytib: “Yuring, hozir xonalarida edilar”, deb töğri Halim Saidov bilan taniştirgandi. Şunda ilk körişgandayoq ustozning heç bir rasmiyatçiliksiz, samimiyat bilan işga taklif etganidan boşim osmonga yetgani rost. Binobarin, bunday taklif hattoki oliy taʼlim dargohini kunduzgi şaklda öqib bitirgan mutaxassislarga ham aytilavermasligini keyinçalik köp kördim…

Ustoz bilan bölib ötgan öşa ilk samimiy suhbat saboği meni hamişa sergaklantirib turadi. Zotan, boş muharrirning barça xodimlarga hurmat bilan muomalada bölişi, jamoadagi iliq va döstona muhit, doimo yangilikka intiliş uçun berilgan rağbat keyinçalik ham biz uçun ibrat maktabi böldi.

“Ma’rifat” gazetasi tahririyatida faoliyat yuritgan har bir kunimiz aslida öziga xos hikmat va tajribalarga boy bölganini bugun hamkasblar bilan köp eslaymiz. Zero, ziyolilar naşri hisoblangan “Ma’rifat” — “Uçitel Uzbekistana” gazetalari tahririyatida çin maʼnoda ustoz-şogird anʼanasi, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat, döstona muhit, samimiyat doimo qadrlanganini jamoada işlaş davomida qalban his qiliş baxtiga muşarraf böldik. Bunda boş muharrir va örinbosarlar örtasida yoki bölim muharrirlari va muxbirlar orasida faqat özaro hurmat, aka-ukalik hamda opa-singillik munosabatlaridan özga, yolğon yoki ğaraz tuşunçasi bölmaganini bugun yillar ötib, yaqin riştalar uzilmaganida ham köriş, eʼtirof etiş mumkin. Çunki özim ham tahririyatda ustozimiz bergan ögitlar, örgatgan tajribalar hamda körsatgan qöllab-quvvatlovi asosida salkam ön ikki yillik faoliyatim davomida oddiy muxbirlikdan boş muharrirning birinçi örinbosari, boş muharrir vazifasini bajaruvçi lavozimigaça bölgan şarafli yölni bosib ötganimdan faxrlanaman.

* * *

Lekin şunça mehr, qöllab-quvvatlov va işonçga zid ravişda köngilga bir ğaşlik soladigan voqea ham aynan uşbu tahririyatdagi faoliyatimda sodir bölganidan çin köngildan xijolat ham tortaman. Çunki maʼlum muddat ustozdan söng “Ma’rifat” — “Uçitel Uzbekistana” gazetalari tahririyatida boş muharrir vazifasini bajaruvçi bölib, turli gap-sözlar va şubha-gumonlar içida yanada toblanişimga töğri kelgandi. Afsuslanarlisi, mazkur voqealar taniqli jurnalist, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, boş muharrir Halim Saidovning tunu kun tahririyatni rivojlantiriş, uning nufuzini oşiriş borasidagi ön yildan oşiq vaqt davomidagi samarali mehnati mevasini endi körayotgan bir paytda, tösatdan bir kunlik alğov-dalğovda tahririyatni tark etişga majbur bölganidadir…

Bugungi kunda birinçi hukumat davrida ommaviy axborot vositalari faoliyatining mustaqilligi, söz va fikr erkinligi bilan boğliq vaziyatlarga köpçilik tomonidan baho berilmoqda, öziga xos xulosalar çiqarilmoqda. Bunda öşa davrda faoliyat körsatgan davlat va jamiyat arboblari, jurnalistlarning fikr-mulohazalari hamda dalillari jamiyat taqdiriga befarq bölmagan har bir soğlom fikrli kişini öyga toldiradi.

Darhaqiqat, sobiq ittifoq davridagi “Qayta quriş” siyosati va undan söng davlat mustaqilligining ilk yillaridagi fikr va söz erkinligi ruhida yozilgan maqolalar öşa vaqtda butun jamiyatni birlaştirib, yillar davomida töplanib qolgan köpgina muammolarni oşkor etgan holda oddiy xalq hayotiga yangi epkinlarni olib kirganligini bilamiz. Natijada davlat va jamiyat bir tanu bir jon bölib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaşga, dunyoda öz sözi va örni bor xalq hamda davlat sifatida namoyon bölişga maʼlum maʼnoda erişilgani ham haqiqat. Ammo şundan söng yana katta davralarda taʼkidlanganidek, “qarsaklar” davri boşlandi…

Buni qarangki, öz davrida dolzarb muammolarni kötarib çiqqan va töğri sözi uçun xalqimizga tanilgan köpgina ustozlarimiz, ayrim boş muharrirlar ham bu vaqtda ming mulohaza bilan fikr aytadigan bölib qoldi. Şu bois ustozlarning: “Jurnalistikaning noni qattiq, uning şirin taʼmini tuyiş uçun tunu kun mehnat qiliş, doimiy öqib-örganiş, maʼnan va siyosiy jihatdan sergak böliş kerak”, deb uqtirgan sözlari bizga şunçaki oddiy gapdek tuyulardi. Gohida esa: “Jurnalist har bir sözi uçun javob bersa, boş muharrir butun gazeta uçun, hattoki har bir harf uçun javobgar. Harbiy askar jang maydonida tahlika ostida bölsa, boş muharrir uçun gazeta sahifalaridagi har bir söz, harf “mina” singari xavfli, qaçon “portlaşi”ni bilmaysan”, degan fikrlarni köp eşitardik. Ammo öşa vaqtda biz kabi aksariyat yoşlar yozilgan töğri söz, öz örnida kötarilgan muammo nega boş muharrir yoki jurnalist boşiga taşviş keltirişi mumkinligini töliq anglamaganimiz rost.

* * *

…2008-2010 yillarda “Ma’rifat” — “Uçitel Uzbekistana” gazetalari deyarli barça taʼlim muassasalari, hattoki minglab fidoyi öqituvçilar xonadoniga kirib borar edi. Gazetani varaqlagan borki, tahririyat jurnalistlarining aksariyatini ğoyibona tanir, qalami borlar öz öy-fikrlari va voqea-hodisalarga munosabatini tahririyatga yozib yöllardi. Şunga yaraşa tahririyat boş muharriri, örinbosarlari-yu jamoa ham tinim bilmas, davlat va jamiyat boşqaruvidagi deyarli barça tadbiru jarayonlarda faol iştirok etişga harakat qilardi. Bu holatning bir jihati ijobiy bölsa, ikkinçi jihati şunda ediki, aksariyat hollarda boş muharrir yoki örinbosarlardan biriga hattoki oylab tahririyatga keliş, öz vazifasini bajariş imkoni qolmasdi. Çunki respublikadagi eng yetakçi naşr rahbariyatining fikri, sözi, qalami davlat va jamiyat miqyosida işlab çiqilayotgan qaysidir farmon yoki qarorning mukammal çiqişiga xizmat qilişi lozim bölardi…

Gazeta çop etilib bölingaç, uni “tahrir” qilib bölmaydi. Yoki ijtimoiy tarmoqlarga qöyiladigan postlar, internet naşrlaridagi kabi materialni öçirib taşlaşning imkoni bölmaydi. Şuning uçun ham bosma matbuot — haqiqiy matbuotdir, desak, xato bölmas. Aytilgan söz — otilgan öq kabi, gazeta çiqdimi, böldi, uni heç kim orqaga qaytara olmas.

2009 yilning oxirlarida bir ustoz professorning maqolasi çop etildi. Boş muharririmiz Halim Saidov mehnat taʼtilida edi. Maqola qahramoni öşa paytdagi kattakonga yoqmay qolibdi. Öşa davr “siyosati”ga mos kelmadi, xullas. Rosa şov-şuv, töpolon bölib ketdi. Ne tongki, heç qanday aybi bölmasa ham, taʼtilda bölsalar ham aybsiz aybdor — Halim Saidov böldi. Arizasini olişdi. Işdan nohaq ketkazildi. Mayli, bu yerda köp tafsilotlar bor, bariga töxtalib ötirmay. Ammo kamina gazeta muharriri vazifasini bajaruvçi sifatida turib, bu işga jim qarab tura olmasdim. Yuqori idoralarga, naşrimiz muassisi bölgan vazirlikka çiqdim. “Ayb bölsa, faqat menda böldi, men işdan keta qolay” deb yonib-kuydim. Lekin hukm çiqarib bölingan edi…

Bu narsalarni tuşuniş qiyin edi, albatta.

* * *

“Bahodirjon, bu yerda sizning umuman aybingiz yöq. Men 14 yil davomida bir joyda işladim. Qoidaga köra, har qanday davlat taşkiloti rahbari bir joyda ikki muddat (har biri beş yildan) işlaşi, rotatsiya bölişi kerakligini aytib, bir neça bora yuqori lavozimlarga taklif etişdi. Vazir yoki hokim örinbosari darajasidagi vazifalar… Behbudiy yöli — maʼrifat yöli menga maʼqul, gazetçilikni yaxşi köraman, ijozat bölgunça işlab turayin, deya takliflarni doim rad etdim… Asosiy sabab şu. Lekin barçasi uçun Allohga şukr qilaman. Axir birgalikda “Maʼrifat”da yomon jamoa tuzmadik, şunday emasmi?”

Xullas, Halim Saidov “öz xohişiga köra” ariza yozganini aytib, jamoaga taşakkur bildirib, rozilik sörab, taʼtil vaqtida davolanişda bölgani bois, yana şifoxonaga qaytib ketdi…

Men esa, baribir, yana salkam bir yil zimmamdagi öşa oğir yukdan soqit bölolmay yurişga majbur böldim. Bu fursatda ham ustozning menga nisbatan işonçi sönmagani, doimiy kömagi va daldasi eng katta tayanç böldi. Öşa qadim hikmat saboği: tasodiflar tasodifan sodir bölmas ekan. Tumanlar tarqagaç, atrof-olam ravşan bölganidek, vaqt ötib, barça vaziyatlar va iddaolar oşkor bölayotgani köngilga biroz taskin beradi…

* * *

Halim Saidov eng avvalo haq sözga, adolatga va kimningdir buzilgan huquqini tiklaşda OAVning örni hamda öz aytar sözi bölişi kerakligiga qalban iqror bölgani uçun biz kabi yoşlarning bir qolipga tuşib qolişimizni heç ham istamasdi. Şu bois köp hollarda barça masʼuliyatni zimmasiga olib, biz kiçik bölsa-da qaysidir muammoni kötarganimizda, özi ham dildan xursand bölib, har qanday zuğum yoki tuhmatga toğdek kökrak tutganini bilaman. Eng muhimi, maqolamizda aytilgan fikr yoki tanqid zarbasi boşqa bir begunoh mutaxassisning gardaniga tuşib qolmasa bölgani edi.

Esimda, bir gal obuna mavsumi davrida “Ma’rifat kunlari” tadbirlari doirasida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutining katta anjumanlar zalida respublikaning turli hududlaridan kelgan 500 nafardan ortiq taʼlim xodimlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda boşqa taʼlim naşrlari qatorida “Ma’rifat” — “Uçitel Uzbekistana” gazetalari boş muharriri Halim Saidov ham sözga çiqib, barkamol avlod tarbiyasi yölidagi islohotlar samarasida OAVning ham munosib örni borligi, buning uçun tahririyat tomonidan ustozlarga ilmiy-metodik va ijtimoiy-huquqiy jihatdan kömak berişga imkon qadar harakat qilinayotgani yuzasidan fikr bildirdi. Buning uçun, eng avvalo, ustoz-muallimlarning özlari ham faol bölişi, naşrlardagi yangiliklardan boxabar holda öz ilğor amaliy tajribalarini hamkasblari bilan örtoqlaşişi zarurligini taʼkidladi. Eng muhimi, “Ma’rifat” — “Uçitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati taşabbusi bilan faol öqituvçi-muallimlarning respublika OAVida naşr etilgan uslubiy tajribalari “Respublika miqyosida ommalaştirilgan ilğor tajriba” sifatida, viloyat va tuman naşrlarida çop etilgani esa öz maqomida eʼtirof etilişiga erişilgani eʼlon qilindi. Bu taşabbus, albatta, Halim Saidovning fikrlari asosida Xalq taʼlimi vazirligining buyruğiga kiritilgan bölib, köplab ustozlarga rağbat bergani çin. Çunki öz pedagogik mahoratini respublika miqyosida ommalaştirişga erişgan öqituvçilarni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş tizimi ham mavjud edi-da. Bu Halim Saidovning joylardagi oddiy öqituvçilar manfaatini doimo qadrlaşini körsatiş bilan birga, uning naşr muassislari bilan ham mustahkam amaliy hamkorlik örnatganini anglatadi. Buning ahamiyati esa bugungi tahririyatlar faoliyatida ham juda muhimdir.

Yana bir muhim jihat: öşa yiğilişda bir öqituvçining: “Nega gazetangizda tanqidiy maqolalar juda kam?”, deya bergan savoliga H. Saidovning javobidan barça iştirokçilar davr muammosini anglagandek bölgandi. Ustoz muallimning savoliga javob berarkan, hayotiy bir misolni keltirdi: bundan ikki-uç yil ilgari olis tumandagi bir maktab faoliyatidagi kamçiliklar, direktorning eʼtiborsizligi va pedagogik jamoadagi salbiy muhit oqibatida taʼlim sifati pasaygani muammosini kötardik. Maqola respublika miqyosida şov-şuv böldi. Gazetamiz va jurnalist eʼtiborga, eʼtirofga sazovor böldi. Ammo aynan şu maqola ortidan dastlab maktab direktori işdan olindi. Biroz ötib tuman xalq taʼlimi bölimi rahbariyati ham butunlay almaşdi. Buni qarangki, muammoning asl yeçimiga heç kim eʼtibor qaratmasdan, viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi rahbariyati, hattoki taʼlim vazirligining masʼullari ham jazolanişi, işdan olinişi ehtimoli yuzaga keldi.

Endi bir öylab köring: asl jurnalistika muammoni yoritişda uning yeçimidan, ijobiy hal etilişidan manfaatdordir. Töğri, gohida qaysidir darajadagi muammoning yuzaga kelişiga rahbarning ham daxli bordir. Lekin tuman, viloyat va hatto respublika darajasidagi masʼullarga çora körilişidan avval kötarilgan muammoni bartaraf etiş asosiy maqsad bölişi kerak emasmi?! Aslida öşa vaqtda biz kötargan muammo respublikaning aksariyat maktablarida mavjud ekani heç kimga sir emas edi. Mana — tanqidga munosabat, mana — muammoni “hal etiş” usuli! “Bunday holatda jurnalistda, uni çop etgan boş muharrirda halovat qoladimi?!”, deya Halim akaning köziga yoş kelganini körib, mening ham tomoğimga bir narsa tiqilgan, öpkam tölgan edi…

Darvoqe, öqituvçining savolini ham biryoqlama qabul qilib bölmas edi. Çunki birgina maqola ortidan işdan oliş “çorasi” bilan muammolar göyoki hal etilavergaç, tajribali muharrir Halim Saidov gazetada “Bir tumanda ikki xil manzara”, “Mulohaza” kabi öziga xos ruknlarni taşkil etib, haqiqatan taʼlim-tarbiyaga eʼtibor qaratmagan, öz holiga taşlab qöygan rahbarlarni tanqid etişda davom etdi, davr muammolarini kötarib çiqişni kanda qilgani yöq. Eʼtiborlisi, taʼlim-tarbiyada, dolzarb masalalarga yeçim axtarişda, eng avvalo, örnak qilib körsatiş, ilğor tajribani barçaga ommalaştiriş quruq tanqiddan köra taʼsirliroq ekanini ustoz hamişa taʼkidlardi. Şu bois xizmat safarlariga çiqqanda, paxta terimi-yu uni çopiq qilişdan ortgan vaqtlarda köça va yöllarni tozalaş-u qandaydir tadbirlarni “töldiriş”ga jalb etilgan bölsa-da, ÖQITUVÇI degan şarafli kasbni ardoqlab, öquvçilariga yangi bilim beriş maqsadida tunlari uxlamasdan izlanişda bölgan muallimlarni qöllab-quvvatlaş, ularga kömak beriş, könglini kötariş uçun “Ilğor tajriba”, “Taşabbus”, “El ardoğidagi muallim” kabi ruknlarda ibratli maqolalar yozişga katta urğu berilgani şundan edi.

…Bugun Yangi Özbekistonni bunyod etiş, Uçinçi Renessans poydevorini mustahkam qöyiş jarayonida zamonaviy jurnalistika, söz va fikr erkinligi kabi tuşunçalar ham asl mohiyatiga köra yangilanmoqda. Şu bilan birga, jurnalistikaning qaysidir tarmoği ildamlab, boşqa biri uzoq yölda horigan, biroz nafas rostlayotgan davr.

Lekin bugun ham ustoz Halim Saidov zamondan ildam, peşqadam, soha muammolariga malham bölişda, ilğor yutuqlarini dunyoga körsatişda faoldir. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori, filologiya fanlari doktori sifatida yoş jurnalistlarga saboq beriş bilan birga, tadqiqotçilarga ilmiy rahbarlik qiliş, ilğor tajribalarni, sohadagi muammolarni ommaviy axborot vositalarida yoritiş uçun tunlari qalam tebratib hormaydi. Zero, yurtimiz tinçligi, davlat va jamiyatimiz barqarorligi, xalqimiz farovonligi hamda yoş avlod kamolotida jurnalistika fanining, jurnalist kasbining vazifalari nihoyatda zalvarli. Bu yölda ustoz Halim Saidovga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyat, oilaviy baxt va uzoq umr tilaymiz.

Bahodir JOVLIYEV.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan