Hamidulla Akbarov: “Olim bölsang, olam seniki”

Taniqli olim, sanʼatşunoslik fanlari doktori, professor Hamidulla Akbarov tabarruk 90 yoşni qarşilaganiga qaramay, hamon qizğin ijod oğuşida samarali izlanişlar bilan band. Ustoz bilan suhbatimizda u kişining 40 yildan ziyod vaqt davomidagi sanʼatşunoslik va televideniye sohasidagi faoliyati, badiiy ijod hamda ilmiy izlanişlar jarayonlari, oliy öquv yurtlaridagi taʼlim-tarbiya tizimiga oid çop etilgan kitoblari, Ovröpo va Osiyo mamlakatlariga qilgan safarlari haqidagi muşohadalarini yoritişni niyat qilgan edik. Ustoz bilan suhbatimiz, özlari lutf etganlaridek, “şirin, naşʼali pallalari bilan birga jindek zahmat” borasida keçdi.

— Ustoz, ijod etgan, naşr ettirgan kitoblaringiz soni ellikka yaqinlaşdi. “Jahon adabiyoti” jurnalida sizning qalamingizga mansub Gulbadanbegimga bağişlangan badiiy film ssenariysini öqib, “Şarq yulduzi” jurnalida esa Nabi Ğaniyev siymosi gavdalangan köp qismli badiiy film ssenariysi bilan tanişib, juda taʼsirlandim. Boburning sevikli qizi haqida nihoyatda nafis, estetik şaklda yangi, taʼsirçan söz aytibsiz. Bu asarni yoziş jarayoni haqida sözlab bersangiz.

— Gulbadanbegimning padari buzrukvoriga, umuman, aqrabolariga bölgan mehri (bu örinda akasi Komron istisno) va sadoqatini alohida taʼkidlab ötardim. Britaniya muzeylari, kutubxonalari, hatto nihoyatda boy gözallik xazinasi — noyob yodgorliklarning yagona bazasida ham XV asr miniatyuralarini örganib, hozirça Gulbadanbegimning portretini topa olmadim. Lekin bir miniatyurani zarrabin bilan sinçiklab örganayotganimizni, qiziqib qolganimizni sezgan muzey xodimi oçiq çehra bilan: “Şu kompozitsiyada Gulbadan qiyofasi ham bor”, dedi. Ammo aniq körsata olmadi. Miniatyurada saroy ahli, Akbarşohning uzoq ayriliqdan keyin onasi bilan uçraşuvi, raqqosalar, ayol sozandalar… Ular orasidan Gulbadanbegimni topa olmagan muzey xodimining diqqat-eʼtiborini raqs tuşayotganlarga qaratdim. Ularning ikkitasi raqs ijrosi davomida çetda turgan bir ayolga taʼzim qilib, navbatdagi nafis harakatga ötyapti. Doira çertayotgan sozanda ayol ham doirani biroz çetga olib, nigohini öşa ayolga qaratgan. Muzey xodimi quvonib ketdi. Bunday yöl bilan Gulbadanbegimni miniatyura kompozitsiyasidan izlaş xayoliga ham kelmaganini aytdi.

Malika qaddi-qomati kelişgan, sarvqomat bölgan ekan. Yuzining bir qismi biroz xiralaşgan çiziq va rangda ifodasini topgandek. Malika miniatyura kompozitsiyasining çap qismida römolga öralgan holda tasvirlangan. Katta qizğiş römol tagidan peşonasiga durraça tuşib turibdi. Nigohi esa serharakat raqqosalar va sozandalarga qaratilgan…

Men öşa davr musavvirlarining mehnatini juda-juda qadrlayman. Hazrat Alişer Navoiyning miniatyuradagi tasviridan ham zavqlanaman. Ayniqsa, musavviri nomaʼlum portretda buyuk bobomizning asoga tayanib, bizga qarab turişini soatlab örganiş istagi tuğiladi. Mahliyo etadigan çehrada olam-olam fikr mujassamdek körinadi. Ularning qaysi biri bu gal ustun kelgan ekan? Menga qolsa, u bizga — uning qadriga yetadigan avlodga qarab “şirin” tabassumini yöllagandek. Şu kabi naşʼali damlarda mazkur miniatyura durdonasi şoir barhayotligida emas, keyinroq — XVI-XVII asrlarda çizilgan, deb öylayman. Nomaʼlum rassomga, taxminimizça, Xondamirning “Makorimul axloq” asari, Boburning taʼrif-tavsifi, dösti Husayn Boyqaroning samimiy sözlari asosiy manba bölganmikan? Bobomizning libosi XV-XVI asr miniatyuralaridan olinganmikan?

— Sözlaringizni tinglab, kitoblaringizda ilgari surilgan ilmiy, badiiy konsepsiyalarni eslayapman.

— Kezi kelganda aytay: suhbat-muloqotlar jarayonidan minnatdorman. Suhbatdoşlarim hamişa oqil, odil, farosati yuksak insonlar bölgan. Mirzakalon Ismoiliy, Sobir Abdulla, Asqad Muxtor, Galiya Izmaylova, Erkin Vohidov, Çingiz Aytmatov… Ular juda köpçilik, sanasam, 200 nafardan ortadi. Bunday aqli teran, adolatli, samimiy şaxslarga röbarö qilgani uçun Tangriga şukronalar aytaman.

Aslida ilm va badiiyat bir-birini oziqlantiradi. Ijod va ilmiy faoliyat muştarakligida asrlar davomida vujudga kelgan manzaralar kişiga estetik zavq beradi. Bir davr va makonda yaşab, ijodning yuksak namunasini körsatgan Forobiy hamda Firdavsiyning özaro munosabatlariga doir biror manbani hanuz uçratganimça yöq. Biroq faylasuf olim Forobiy haqida faqat Arastu asarlarini tarğib qilibgina jahonga tanilgan, deb yozilgan (“Iran-name”. Nauçno-vostokovedçeskiy jurnal. 2008 y. №1.). Ammo uning şaxsiy dahosi nihoyatda kuçli bölgan. Forobiyning dohiyona muşohadalari, masalan, XX-XXI asr ixtirosi — televideniyening tuzilişi, tarkibi va sintetik tabiatini teran anglaş yölini körsatib bergani hayratlanarli. Bu allomaning falsafasi “Şohnoma”ning badiiy konsepsiyasida ham sezilmaydimi?

Yoki musiqa tarixi bilimdoni, mohir ijroçi Darveşali Çangiyni olaylik. U “Risolai musiqa” asarini zör qiziqiş hamda öşa davrdagi hamkasblaridan çeksiz minnatdor bölib yozganidan goh köz yoşi tökkan, goh yoş boladek quvongan. Jondan sevgan çolğusi — çangni maqtab, şu bahonada musiqa va uning xizmatida bölgan zamondoşlarini ehtirom bilan qalamga olib, milliy musiqamizning keçagi kuni haqida bebaho meros qoldirgani uçun biz unga XXI asrda ham taşakkur bildirgimiz keladi. Abdurauf Fitratning bu haqda iliq sözlar aytganidan könglimiz toğdek kötariladi. Darveşalining asarini Fitratning qarindoşi, musiqiy savodi yuksak Dilbar Raşidova fors tilidan rus tiliga ögiriş harakatida bölganidan xabardormiz. Qölyozmani örganib, köpgina qimmatli maʼlumotlarga ega böldik. Badiiy-publitsistik film ssenariysini yozib, kinostudiyaga topşirganimizga ham 10 yildan oşdi. Ötmiş musiqamiz haqida muhim estetik maʼlumot bergan olim va sanʼatkorga bağişlab film yaratiş masalasiga “Özbekkino” mutlaqo beparvo qaraşidan, bu dargohdagi loqaydlik çegara bilmasligidan hayratda qolaman.

Darveşali risolasi tahlili davomida xuddi u bilan yuzma-yuz gurunglaşgandek böldim. Xöja Ahror vataniga bordim. U kişining xonadonida tunadim. Erta tongda katta hovlida yaşnab, şox yozib turgan körkam daraxt ostida mavlononing öz uyida yurganini tasavvur etdim… Şunda musiqamizning bir nozik hamda murakkab masalasini hal etiş yölini topdim. Ançadan beri öşa muammoning yeçimini izlab yurgan edim.

— Bu gal mulohazalaringizni qanday ilmiy konsepsiya birlaştirib turdi?

— Men fikr yuritiş yönalişini, odatda, sarlavhaga olib çiqaman: “Ilmiy matn poetikasi. Darveşali Çangiyning “Risolai musiqa” risolasiga kino-televizion yondaşuv”. Asardan uç jumlani keltiray: tanbur — çolğularning ustozi; çang — barça çolğularning kelinçagi; ud — çolğular şohi. Çolğuga tirik insonning xususiyati, holati, hatto maqomi berilişi mavlono Çangiyning şaxsiyatiga ham berilgan taʼrif emasmi?

— Gulbadanni ança oğir olişuv, kuraş jarayonlarida ham pokiza, samimiy holda saqlab qolasiz. “Oydin keçalar”da esa Sayram tuyğusiga berilib ketgan, oila qurib, farzand körgan erkak oilasiga xiyonat qiladi. Xullas, ruhiyatning ikki xil körinişi. Ayting-çi, “erkak qölini ilk bor uşlagan qiz” betoqat, uning xuştori esa haddan taşqari xotirjam körinib qolmaganmi?

— Bunday ruhiy keçinmalarda vaziyatning nozikligi faqatgina ikki qahramonga emas, ularni ssenariyda va filmda gavdalantirayotgan şaxsga ham özini tiyib qalam tebratiş masʼuliyatini yuklaşidadir. Ikki kadr tasavvurimdan ketmasdi. Uning birida Zuhraning qölini uşlaşga ham botinmagan Tohir, ikkinçisida Tohirni Mohimdan raşk qilib, yonib turgan Zuhra. Birida ularga “Otmagay tong”, “Qalamlar”ni aytib, Tohir yölini yoritadigan tong şuʼlasini kutayotgan Zuhra, ikkinçisida sandiqçilar mahallasida kamon öqi “siri”ni biliş ilinjida yurgan Tohir. Ssenariy böyiça Tohir roli ijroçisi Vodilda mototsikl haydaşni örgangan Zuhra — Yulduzxon va öşa xuşröy dilbar bilan tuman markaziga tamom bölib qolgan “Kazbek” papirosini izlab borganlar. Böstonliqda Tohir solingan sandiqni daryoga taşlaş sahnasi tasvirga olinişi damlarini eslayotgan, firoq ötida yongan öşa aktyordan: “Muztar Yulduzxon — Zuhraning köz yoşlari durdek tökilganida yuragingiz “jiz” etmaganmi?” deb söraganimda, undan: “Urkuya bonuga fotiha qilingan edim-ku”, degan javobni olganman.

Ehtimol, zamon, makon va qahramon hayotiga çuqur kirib borganingda assotsiatsiya hodisasi yuz berar: tasavvurda jonli, harakatdagi tasvirlar majmuasi paydo böladi va pirovardida yozma ifodasini topadi. Tasavvurdagi manzaraning oğzaki va yozma ifodasi bir-biridan farq qiladi, albatta. Ijodning bu kabi sirlari esa tobora boyib boraveradi…

— Ilmiy matn özgaça taraddud va puxta yondaşuvni talab etadi. Yozilayotgan asarning saviyasi, darajasi muallifning isteʼdodi, tajribasi va bilimi kölamiga ham boğliq. Bu haqda qanday fikrdasiz?

— “Olim bölsang, olam seniki”, degan naql bor. Olam bu örinda boylik emas, balki maʼnaviy-maʼrifiy kenglik maʼnosida. Aslida, boy olimning özi kam böladi. Borlari ham saxiy va mehrli keladi, binobarin, topgan davlatini ilm yölida sarflab, umrining oxirigaça ilm fidoyisi sifatida yaşab ötadi. Şunday insonlarni bilaman va doimo eʼzozlab kelaman. Ulardan biri marhum akademik Naim Karimov edi. Bunga yana köplab misollar keltiriş mumkin.

Televideniyeni kim bilmaydi? Har kuni köramiz, tinglaymiz, axborot olamiz, turli körsatuvlarni tomoşa qilamiz. Buning heç bir sirli tomoni yöqdek göyo… Aslida esa televideniye bir butun olam emasmi? Uning ixtiro qilinişi, taraqqiyot bosqiçlari, tasvir va tovuşning efirga sinxron tarzda uzatilişi, ranglar jilosi, köçma maʼnolarni anglatişi, estetik zavq berişi va maʼnaviy ehtiyojlarni qondiriş yölidagi izlanişlar şular jumlasidandir. Elektron texnika oddiy tasvirga oliş va uzoqqa uzatiş qurolidan yuksak badiiy ifoda vositasiga aylandi, badiiy sintez tuşunçasining kölamini kengaytirdi — bular TVga bevosita taalluqli masalalarning bir qismi, xolos. Ular örganilişi, çuqur tadqiq etilişi kerak emasmi? TV salkam bir asrlik faoliyati davomida hali mukammal mustaqil metodologiyaga ega bölgani yöq. U ham kino, radio kabi boşqa sanʼat turlari va OAVda qöllanadigan usullarga murojaat etadi. Televideniyening bevosita “ajdodlari” bölmagani sababli, u köp asrlik tarixga ega badiiy ijod, folklor, musiqa etnografiyasi tajribasidan va ularni tadqiq etiş metodologiyasidan saboq oladi, örganadi. Şu televideniye tarixidagi biryoqlama muloqot — TV (tomoşabin kadr ortida qolişi) bosqiçidan ikkinçi bosqiç — TV va tomoşabin örtasidagi faol muloqot (tomoşabin — TV) sari katta özgarişlar yuz berib borişi muqarrardir. Nazariyaning permanentligi, yaʼni uzluksiz mukammallaşib borişi tabiiy hol. Bu esa TV milliy qiyofasi va tabiatini ilmiy metodologiyalarni öz örnida qöllagan holda örganişni, bu serjilo obʼyektga yondaşiş yöllari hamda metodikasini işlab çiqişni taqozo etadi. Kaminaning TVga bağişlangan ming sahifalik yangi kitobida tahlil qilinganidek, ertaklardagi “oyna”da turli voqealar namoyon böladi. “Oynai jahon”da Farhodning olis yurt malikasi Şirinni körib, hayratga tuşişi, öşa muhit tomon otlanişini şeʼriy misralarda tasvirlab, oynadagi benazir malika tasvirini (“yirik reja”) hamda bu ajib gözallikdan hayratga tuşgan Farhodning holatini taʼriflaşi — bugungi TVning aynan özginasi desak, aslo mubolağa bölmaydi.

— Televideniyening bugungi şakllanişi va kelajagiga munosabatingiz qanday?

— Yorqin teletasvir köp qirrali bugungi kunimizga xizmat qiladi. Miniatyura sanʼatimiz ham, nomaçilik anʼanalarimiz ham, xalq oğzaki ijodining rang-barang körinişlari ham, milliy musiqa sadolari va ularning maromi ham (kuyga solingan serjilo söz, misra, iboralar ham) TV kesimida çuqur örganilsa, haqiqiy milliy televideniyening qaror topişiga mustahkam poydevor böladi. Baxşiçilik sanʼati, folklorning tarkibi, tabiati va tuzilişi bunga boy maʼnaviy ozuqa beradi. Xalq teatrining tomoşabin bilan uzviy aloqa örnata olişi, oddiy sahnalarning bir zumda ijodiy ustaxonaga aylanib, maşq jarayonlarining tomoşa davomida bevosita qabul qilinişi — bu kabi teleobʼyektivga mos, tomoşabin uçun qiziqarli bölgan kadr va epizodlar televideniye nuqtai nazaridan muntazam örganilişi lozim. Biz filologiya fanimizning yutuqlaridan, hamkasblarimizning kaşfiyotlaridan voqif bölib, qutlov sözlarini aytamiz. Biroq hazrat Alişer Navoiyni, buyuk nasr ustasi Abdulla Qodiriyni, Abdurauf Fitrat kabi adiblarimizni faqatgina filologiya fani nuqtai nazaridan örganişimiz yetarlimikan? Navoiy ustaxonasidagi ranglar silsilasi va jilosi beqiyos-ku! Abdulla Qodiriy nasrida musiqaning örni qanday? Bizningça, beqiyos darajada zör! Bu ularning eng ibratli qirralari, badiiy ixtirolaridan biridir. “Umar hukmronlik qilgan mamlakatda” ssenariysini yoza boşlagan Fitrat va Sulaymon Xöjaning taşabbusi olimu fuzalolarimizda, adiblarimizda yangiça fikr uyğotmaydimi? Mana şu masalalar xususida endi bemalol bahs-munozara olib boriş fursati yetdi, deb öylayman.

— Albatta. Mazmunli va qiziqarli suhbatingiz uçun sizga katta rahmat!

Oltinoy TOJIBOYEVA

suhbatlaşdi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan