Kitobga döst bölaylik

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Özbekistonda  xizmat körsatgan jurnalist Qöçqor Norqobil özi tuğilib ösgan Oltinsoy tumanida bir guruh yurtdoşlari bilan kitob va kitobxonlikni, adabiyotni tarğib etuvçi uçraşuvlar ötkazdi. Bu zaminda kitobga, adabiyotga, sözga özgaça mehr bilan qaraladi. Bu göşa özbek adabiyotining zabardast vakili Toğay Murodni ham kamolga yetkazgan.

Dastlab adib Qöçqor Norqobil tumandagi 13-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabida böldi. U yerda Toğay Murod asarlari böyiça tuman maktablaridagi yuqori sinf öquvçilari örtasidagi “Bu dunyoda ölib bölmaydi” şiori ostidagi inşolar tanlovi jarayoni bilan tanişdi.

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, taniqli adib, Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murod ham şu zamin farzandi. Uning “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kişnagan oqşom”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Yulduzlar mangu yonadi” kabi asarlarini öqimagan, öqib hayajonga tuşmagan yurtdoşlarimiz bölmasa kerak.

Yozuvçi Qöçqor Norqobil yoşlar bilan bölgan suhbatida öquvçilarga badiiy adabiyot, söz qadrini uluğlaş, kitobga mehr, yoş ijodkorlar öz qobiliyatini rivojlantiriş uçun nimalarga eʼtibor beriş kerakligi borasida fikr­lari bilan örtoqlaşdi. Tumandagi  15-sonli Bolalar musiqa  va sanʼat maktabida ona tili va adabiyoti fani öqituvçilari hamda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçilar bilan dildan suhbat qurdi.

Adabiy keçada TerDU öqituvçisi Ahad Şukurov, viloyatdagi tarmoq naşrlaridan biri bölgan “Xalq  va hayot” gazetasi muharriri Normurod Temirov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi xodimi Ortiq Elmurodovlar qatnaşdi.

— Özing ösib ulğaygan yurt odamlari bilan dildan suhbat quriş juda-juda  maroqli, — dedi Qöçqor Norqobil. — Bir neça kundirki, tuman rahbari Bahrom Maxmatraimov bilan maktab­larda, yangi loyihalar amalga oşirilayotgan manzillarda  böldik. Özgariş­larni körib közim quvondi. Bugun esa siz yoşlar va ustozlar bilan diydorlaşib turganimdan baxtiyorman. Eng asosiysi kitobxonlik  haqidagi suhbatlar kişiga zavq beradi. Biz uyali aloqa vositalaridan çarçadik, zada böldik. Ayniqsa, ertangi kun egalarini kitob­­ga oşno etmasak, mehr-oqibat yöqoladi. Kattalarni hurmat, kiçiklarni izzat qiliş nimaligini bilmay qolamiz. Şunday ekan, kitobga döst bölaylik. Ana şunda Yangi Özbekistonimiz egalari ilmli, töla savodli bölib voya­­ga yetişadi.

Haq gaplar. Inson tafakkurining boyişi, kamol topişida kitobning, adabiyotning örni beqiyos. Sevimli adibimiz ham qölida qalami, sözida ilm buloği bölgan ijodkor sifatida “Kaftimdagi qizğaldoq”, “Xosiyatli tuş”, “Deraza rahidagi gul” kabi bir neçta şeʼriy töplamlar muallifi sanaladi.

Bundan taşqari yozuvçi Qöçqor Norqobilning “Daryo ortidagi yiği”, “Kulib tur, azizim”, “Quyoşni kim uyğotadi?..”, “Közlaringni körgani keldim”, “Afğon: 2-rota”, “Osmon ostidagi sir”, “Biz jangdan qaytmadik…”, “Samodil”, “Uruşning birinçi kuni”, “Uruş tugasa, ayting, qaytib kelaman”, “Olislarda osmon yöq edi” deb nomlangan nasriy kitoblari öz muxlislariga ega.

Şu bilan birga adibning “Taqdir sinovlari”, “Quyoşni sen uyğotasan”, “Nur soyada qolmaydi”, “Omad biz tomonda”, “Suv körmay etik yeçma”, “Zamindan olis ketma”, “Dildagi doğ”, “Öz uyingdan baxt izla”, “Ayyorgina ayollar”, “Toğlardek baland böl!” kabi dramalari respub­lika va viloyat teatrlarida sahnalaştirilgan.

Xullas, mazkur uçraşuv taassurotli voqealarga boy böldi. Yakunda esa Toğay Murod xotirasiga  bağişlangan inşolar tanlovi ğoliblari aniqlanib, ularga tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining faxriy yorliqlari, esdalik sovğalari hamda Qöçqor Norqobilning kitoblar jamlanmasi topşirildi.

Yöl-yölakay tumandagi Axborot-kutubxona  markazida bölgan adib uning faoliyati bilan tanişar ekan, yaxşi bir taklifni ham örtaga taşladi. Tumandagi barça korxona, taşkilot hamda öquv muassasalari rahbarlarini uşbu kutubxonaga tez-tez taklif etiş, ularni jalb qilgan holda kitobxonlikni yanada keng tarğib qilişni yölga qöyiş kerak.

Uşbu taklif köpçilikka maʼqul böldi.

Töramurod RAHMONOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi,

Oltinsoy tuman hokimligi

Axborot xizmati boş mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan