Bizni kemirguvçi illatlar

Mahmudxöja Behbudiy 1915 yil “Oyina” jurnalining 13-sonida çop  etgan uşbu  maqolasida  Turkis­ton  xalqini  kemirguvçi  illlatlarga  şunday taʼrif  bergan edi: “Bizni turkistoniylarni şahri va qişloği, yoinki,  yarim madaniy, yarim vahşiy  sinflarimizgaça istillo etib,  butun  tirikligimizga sotilgan, bizni  inqiroz­­ga  va tahlikağa  yumalataturğon  töy va aza  ismindagi  ikki  qattol  duşmandi  derman”.

Taassuflar bölsinki, “Bugungi  kunga  kelib,  Behbudiy  tomonidan qariyb bir asr avval qattol  duşman”, deya taʼriflangan töy va aza ismidagi millatimizni kemirguvçi illatlarni huddi bir anʼana, urf-­odat, milliyligimiz deya qabul qildik. Ammo ahvol hamon öşa-öşa: hamon boylar gunburlatib töy-maʼraka ötkazib qançadan-qança narsani isrof qilsa, kambağal bir neça yil işlab, oilasining, özining rizqidan tiyib yiğgan pullari evaziga, bu ham yetmasa taniş-bilişidan qarz olib yoxud bankdan muddatli tölovga mablağ kötarib xalqqa oş beriş açinarli hol bölmay qoldi. Xalq bunga tabiiydek qarab, inson obrösini, uyiga  borganda oldiga yozilgan das­turxon bilan ölçaydigan zamonimiz bir asrdirki, bu borada heçam özgarmadi. Biroq özbek millatini, qadim turkiylarni kemirguvçi yangi  bir illat paydo  bölganki,  u töy va aza taşvişlaridanda vahşiyroq bir  duşmandir. U  xalqimizni xonavayron qilmaydi ammo undanda yomonroq ahvolga soladi. Maxmudxöja Behbudiy talqini bilan ayt­ganda yarim maʼdaniy, yarim vahşiy sinflarimizgaça istillo etib, butun tirikligimizga  sörilgan, bizni inqirozga va tahlikaga qöyadigan  ijtimoiy tarmoqlar bugungi kun  illatidir.

Veb-sahifalar, onlayn platformalar va şu kabi ijtimoiy tarmoqlar töğri foydalanilmayotganligi  sababli  butun  bir özbek xalqining kelajagi tarbiyasiz, maʼnaviy ongi past yoşlar qöliga qaram bölib qoliş arafasida. Buning uçun faqat  yoşlarni ayblaş xato böladi, nazarimda. Çunki tuğilmasdanoq ona qornida, tuğilgan zahotiyoq öz qölida mobil telefonni körgan bolalar, albatta, ijtimoiy tamoqlarga moslaşib, virtual hayot bilan voyaga yetadi. Ota-onalar  işdan böş  vaqtlarida farzand tarbiyasiga vaqt ajratmay, uning örniga bu qimmatli fursatlarini ijtimoiy tarmoqlarda ötkazayotgani faqatgina öz farzandining  emas, butun  bir millatning ösib kelayotgan yoşlarga bölgan umidini söndirmoqda. Töğri, hammasi  emas, ammo aksariyat ota-onalar farzandidan vaqtini  qizğanadi. Ular bilan  köçada birga vaqt ötkazmaydi, sayr qilmaydi, teatrlarga  bormaydi. Bularning örniga farzandi  boğçada, maktabda özini yaxşi tutsa, unga yangi telefon olib berişini  vaʼda qilib, yoşligidan korrup­siyani ongiga singdirib  boradi. Yoş bolaning fik­ri şunga monand şakllanadi va albatta maktabga, boğçaga  bilim oliş uçun emas, ota-onasi şuni istagani uçungina boradi. Ularning xohişi bilan iş tutadi, natijada, zamonaviy manqurtlar yetişib çiqadi. Bu esa yuqorida taʼkidlanganidek, bir bolaning emas, har kuni bot-bot taʼkid­lanayotgan yoşlar qölida bölgan kelajakning kelmasidan avval vayron bölişiga sababçi böladi.

Xöp, yaxşi. Öz vaqtingizni ijtimoiy  tarmoqlarda, serial yoxud futbol körib  sarf  qiling, barbod  qiling. Xöp. Lekin farzandingizga, uning tarbiyasiga ajratişingiz kerak  bölgan  vaqtni behuda sarf qilmang. Axir  bu  öz taqdiriga özi  bolta  urişdan  boşqa iş  emas-ku. Bobomiz Mahmudxöja Behbudiy  töğri aytgan edi, agar hozirgi  holatimizda  davom  etsak, din va dunyoda zillat (tubanlik)  va miskinlikdan  boşqa nasibamiz  qolmaydi.

Zulxumor ALIQULOVA,

Özbekiston Jurnalistika va

ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti 2-bosqiç  talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan