Taqdirlangan jurnalistlarning dil sözlari

ARAFA KUNIDAGI TONG

Inson har tong uyğonganida, Yaratganga şuk­ronalar aytib, elu yurtga tinçlik, omonlik tilab niyat qiladi. Har holda mening yoşimdagi odamlarning kunlik tilagi şu. Bugungi tong, ayni arafa kuni ham şunday niyatlar bilan yorişdi. Kasb bayramimiz bölgani uçun döstu birodarlarni, ustozlarni tabrikladim. Kunning ikkinçi yarmiga borganda xuşxabar eşitdim.

Kamtarin xizmatlarimiz inobatga olinib, muhtaram Prezidentimiz Farmoni bilan “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlanibman. Farmon matnini öqiyotib, davlatimiz rahbarining biz jurnalistlarga berib kelayotgan eʼtiborining amaldagi natijasi ekani şuurimdan ötdi. Albatta juda hayajonlandim.

Bosib ötilgan yarim asrlik jurnalistik fao­liyatim, tunlarni tongga ulab bitilgan maqolalar köz öngimdan ötdi. Kasbimiz xayrli va şarafli,  elu yurt manfaatini közlab işlaydigan kasb. Jurnalist qalamiga tayanib kun köradigan jamoa. Uning bayrami eʼtirof. Şunday katta eʼtirofga loyiq körilganimizning özi baxt.

Oldinda şarafli mehnat jabhasi turibdi. Bor bilim va imkoniyatlarimizni mamlakatimizda Yurtboşimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan, maʼno va mazmuni inson manfaatiga qaratilgan tub islohotlarni ommaga tarğib qilişga sarflaymiz. Bu yölda barça hamkasblarimizga omad tilayman.  Menga berilgan mukofot hamkasblarimga berilgan katta eʼtiborning ramzidir.

Söz orqali inson, jamiyat, yurt uçun mehnat qiliş naqadar şarafli ekanligini yana bir bora yurakdan his qildim.

Öktam  MIRZAYOROV,

“Guliston” va “Teatr” jurnallari

bölim muharriri,

“Mehnat şuhrati” ordeni sohibi.

 

KAMTARONA MEHNATIMGA YUKSAK EʼTIBOR

Fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi hamda uni ifodalaş insonning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. Albatta, sönggi yillarda mamlakatimizda jurnalistlarning emin-erkin faoliyat olib borişi, axborot, undan foydalaniş, uni tahlil qiliş va tezkorlik bilan tarqatiş borasida salmoqli işlar amalga oşirildi.

Davlatimiz rahbari aytganidek, “Jamiyatimiz hayo­tining barça jabhalarini erkinlaştiriş, söz va matbuot erkinligi, oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini çuqur qaror toptiriş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatçilik nazoratini örnatiş böyiça boşlagan işlarimiz ortga qaytmas tus olmoqda”.

Haqiqatan ham, har qanday murakkab şaroitda ham adolat tamoyiliga, özining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qoliş, odamlarni qiynayotgan kamçilik va muammolarni dadillik bilan kötarib çiqiş, ularni bartaraf etiş uçun jamoatçilik fik­rini şakllantirişga, avvalo, jurnalistlar qodir böladi.

Özim faoliyat olib borayotgan Adliya vazirligi tizimida ham bu borada, jumladan, söz va matbuot erkinligini qonunlarimizda mustahkamlaş, OAV vakillarining mafaatlarini himoya qiliş böyiça köp­lab işlar yölga qöyildi.

Inson öz mehnatining samarasini körsa, kuçiga kuç, quvonçiga quvonç qöşiladi. Davlatimizning yuksak mukofoti meni rağbatlantiriş bilan birga, yanada ğayrat bilan işlaşga undaydi. Kamtarona mehnatlarimga berilgan uşbu nufuzli davlat mukofoti nafaqat menga, balki butun tizimimizdagi xodimlarga berilgan işonç deb bilaman.

Sevara URINBAYEVA,

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

Axborot xizmati rahbari – jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

boşliği,“Şuhrat” medali sohibasi.

EʼTIROFDAN BOŞIM KÖKKA YETDI

Kuni keça Çilonzor tumanidagi 163-sonli umumiy örta taʼlim maktabini aʼlo baholarga bitirgani uçun qizim Xonzoda oltin medal bilan taqdirlandi. Bundan qançalar quvonganimni söz bilan ifodalab bera olmayman. Ota uçun farzandining yutuği, muvaffaqiyati neçoğlik buyuk quvonç ekanligini şunda his qildim. Farzandimga tengdoş öğil-qizlarning yonib turgan közlarida ğayrat-şijoatni, bilimga taşnalik va yuksak orzu-maqsadlari sari intilişni körib ğururlandim.

Qizimning ism-familiyasi  oltin medal olgan öquvçilar röyxatida öqilganda, u sahnaga çiqqanida va erişgan yutuğini olib yonimga kelganida qanday holatga, hayajonga tuşganimni taʼriflaşim juda qiyin. Bu katta baxt edi.

Buni qarangki, omad, xursandçilik, eʼtirof deganlari kelsa qöşaloq kelar deganlari rost ekan. Hammasi ezgu niyatga boğliq bölsa kerak. Özim Prezidentimizning “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoniga muvofiq  “Şuhrat” medali bilan taqdirlandim. Baxtdan, quvonçdan, yuksak eʼtirofdan boşim kökka yetdi.

Matbuot sohasidagi salkam 30 yillik faoliyatim davomida köplab gazeta-jurnallar bilan ijodiy hamkorlik qildim, biron mavzuda maqola yozib bering, deyişsa, buni qölida kamtarona qalami bor jurnalist sifatida inkor etişni özimga ep körmadim. Maqolam çiqqan har bir gazeta-jurnalni qayerdan bölsa ham topib öqişga odatlandim. Muhimi, men yozgan maqola yaxşilikka xizmat qilsin, kimgadir fikr-mulohaza yuritişga undasin, deb qalam tebratdim. Bugun esa ana şu mehnatlarimning samarasini körib turibman.

Suyundik MAMIROV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi

boş mutaxassisi, “Şuhrat” medali sohibi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan