Ijod bayrami

Har bir xalqning öz suygan, ardoqlagan şoiri böladi. Zamonlar ötgan sari şoirning ijodi, şaxsi asta-sekin xalq hayotiga kirib, uning tafakkuriga singişib boradi va xalq qalbining ajralmas bir uzviga aylanadi.

Ajiniyoz Qösiboy öğli qoraqalpoq xalqining ana şunday vatanparvar şoiri edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yilning 16 iyul kuni “Atoqli qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qösiboy öğli tavalludining 200 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Bu hamma ijod ahlini, xalqimizni behad quvontiradigan, madaniy va adabiy hayo­timizda katta voqelik böldi. Qarorni öqib, beixtiyor hayajonga tuşasan, mamlakatimizda Möynoqdan tortib Marğilongaça, Termizdan tortib Toşkentgaça, maktablarda, mahallalar, oliy öquv yurtlari, ijod maktablarida qoraqalpoq xalqining jonfido şoiri Ajiniyoz Qösiboy öğlining şeʼr­lari jaranglaydi, uning ijodi teranroq örganiladi, inşolar yoziladi, filmlar olinadi, oliy öquv yurtlarida, Toşkentda va Nukusda şoir ijodiga bağişlangan anjumanlar ötkaziladi. Davralarda uning qöşiqlari yangraydi. Şoirning şeʼriy kitoblari naşrdan çiqariladi. Ajiniyozning “Tanlangan asarlar”i özbek tilida Toşkentda 1962 yilda bosmadan çiqarilgani esimda… Xullas, Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi yurtimizda haqiqiy adabiyot, ijod bayramiga aylanadi! Bu muhtaram Prezidentimizning maʼnaviyatga, adabiyotga muntazam ravişda katta eʼtibor berib kelayotganining yana bir yorqin namunasidir.

Ajiniyoz Qösiboy öğli adabiy merosidan bizga yuzga yaqin şeʼr va dostonlari yetib kelgan. Şoir şeʼrlarida mehnatkaş xalq quvonç-taşvişlari, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi gupurib turadi. “Kerak”, “Böladi”, “Bölmasa”, “Yaxşi”, “Yigitlar” kabi asarlarida Ajiniyozning kelajakka umid tuyğulari, falsafiy qaraşlari aks etgan. Şoir aytişuv janrida ham mohir hisoblanardi. Uning “Qiz Mengeş bilan aytişuv” asari xalq orasida keng yoyilgan. Taniqli qoraqalpoq yozuvçisi Karamatdin Sultonov 1967 yilda şoirga atab “Ajiniyoz” romanini yaratgan. Özbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov ”Ajiniyoz” operasi librettosini mahorat bilan bitgan edi.

Ajiniyoz Qösiboy öğli ijodiga nazar taşlar ekan, öz-özidan qoraqalpoq mumtoz adabiyoti vakillari Jiyen Jirov, Kunxöja Ibrohim öğli, Berdaq Qarğaboy öğli va ularning qalamiga mansub “Xuş böling, döstlar”, “Hoy yigitlar, yigitlar”, “Uloğim”, “Yuragimda köp doğim”, “Öroqçilar”, “Oq qamiş”, “Çöponlar”, “Boy bolasi”, “El bilan”, “Mening bolam” singari el içida maşhur qoraqalpoq şeʼriyatining yorqin namunalari, “Uluğ toğ”, “Xonavayron xalq”, “Ahmoq podşo” kabi yirik dostonlari yodingga keladi. Zero, Ajiniyoz Qösiboy öğli yuqorida nomlari keltirilgan şoirlar qatorida turadigan siymodir.

Ajoyib adabiyot bayrami hammamizga muborak bölsin!

Muhammad ALI,

Özbekiston xalq yozuvçisi,

Davlat mukofoti laureati,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston Davlat mukofoti sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan