Onam duolari qöllab…

Yunus BÖRONOV,

“Yangi Özbekiston” gazetasi bölim muharriri,

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun XIX xalqaro tanlovining “Eng yaxşi jurnalistik material uçun” (bosma naşrlar) böyiça birinçi örin sohibi:

— Keç bölganda Jurnalistlar uyuşmasidan qönğiroq qilib, ertaga “Özbekiston” anjumanlar saroyiga kelişim lozimligini, men uçun yaxşi yangilik borligini sirli ohangda aytişganida, gapning oçiği, boşqaça bölib ketdim. “Nahotki mening ham kamtarona ijodimni jurnalistlar örtasida ötkaziladigan nufuzli mukofot – “Oltin qalam” mukofotiga munosib körişgan bölsa?!” degan savol, şirin bir mujda ötdi könglimdan. Bunga işonişim qiyin edi. Allaneçuk bölib ketdim. Juda xursand böldim.

Bu yangilikni eşitib, birinçi qişloqqa – onamga telefon qildim. Bu yutuğimni, quvonçimni onam bilan bölişgim, volidamni xursand qilişni çin dildan istadim. Axir har bir insonning yutuğidan ona kabi köngildan sevinadigan, özingdan-da köproq quvonadigan ODAM bölmasa kerak.

— Mukofotlanişingni televizordan körsatişadimi, bolam? — deb söradi volidam.

Işonçim komil, onajonim keça barça işlarini yiğiştirib qöyib, kun böyi televizor qarşisida ötirgan bölsa kerak.

Ona, sizga öğlingizning “Oltin qalam” mukofoti muborak bölsin! Bu sizning zahmatli mehnatlaringiz samarasi! Barçasi uçun sizga qulluq, ona. Sizning duolaringiz sabab boşim baland, Yaratganga şukrki, omad ham kelib turibdi.

Fursatdan foydalanib, tanlov hakamlar hayʼatiga, barça ustozlarimga özimning samimiy minnatdorçiligimni bildiraman. Bu rağbat kelgusidagi ijodiy faoliyatimga yangi kuç, ğayrat berişi şubhasiz.

Prezidentimizning, hukumatimizning ijod ahliga, matbuot ahliga eʼtiboridan mamnunmiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan