Ustozga ehtirom
Haq yölinda kim sanga bir harf öqutmiş ranj ila,
Aylamak bölmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Hazrat Navoiyning bu sözlarida heç qanday mubolağa yöq. Darhaqiqat, ustozlarning şogirdlar oldidagi haqi beqiyos. Inson kim bölişidan qatʼi nazar, qaysi soha vakili bölmasin, bilim oliş uçun ustozga muhtoj.
Ustozga hurmat, ehtirom tuşunçasi yuksak milliy qadriyatlarimizdan hisoblanib, bunda asrlar davomida şakllangan tartib-qoidalarga amal qilib kelinadi. Azaldan xalqimizda ota öz öğlini ustozga şogirdlikka berarkan, “Eti sizniki, suyagi bizniki”, deya lutf qilgan. Bu bilan ustozga öğlining kelajak taqdirini bus-butun işonib topşirayotganini bildirgan.
Ajdodlarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxşi bilganlar, ularning qadri neçoğliq baland ekanligini yaxşi his etib, şunga köra muomala qilganlar.
Uluğ muhaddis, hofiz Şayx Aydarus ibn Umar al-Hazramiy: “Kimga Alloh taolo ustozlardan taʼlim oliş neʼmatini nasib etsa, unga ularni doimo yodda tutiş, ularning fazilatlari va foydalarini ommaga yetkaziş, haqlariga duo qiliş, Allohdan ular uçun rozilik söraş kabi işlar bilan şukr bajo keltiriş lozim böladi. Bu — şogird zimmasidagi eng muhim vazifalardandir. Zotan, ustoz unga otasi bergandan köra afzalroq bölgan abadiy saodatga yetkazuvçi narsani taqdim etgandir. Binobarin, ustozning hurmati otaning hurmati kabi, balki undan-da yuksakroqdir. Şu bois har bir tolibdan ustozi va unga taalluqli barça narsalarni ehtirom qilişi, uluğlaşi va unga nisbatan ulamolarimiz bayon qilgan odoblar bilan munosabatda bölişi talab qilinadi”, deydi.
Uluğlarimiz bu borada faqatgina nazariy körsatma va tavsiyalar taqdim etibgina qolmay, yuksak darajadagi amaliy namunalarni ham körsatib berganlar. Uluğ sahoba, yetuk olim Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu buyuk martaba bilan Rasulullohga qarobat sohibi bölişiga qaramay, Ustozi Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga otining uzangisini tuta turib: “Ustozlarimizga şunday ehtiromda bölişga amr qilinganmiz”, deganlar.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Men ustozim Hammodning hurmatidan uning uyi tomonga heç ham oyoğimni uzatmadim. Uning uyi bilan mening uyim orasida yettita köça bor edi”, degan ekanlar.
Buyuk bobomiz Amir Temur ham ustozini uluğlab, özini uning poyiga dafn etişlarini vasiyat qilganligidan ham ustozga bölgan buyuk ehtiromni köriş mumkin. Tarixning oltin sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan bu bitiklar afsona emas, balki ayni voqeiy haqiqatdir.
Agar şogird şayxulislom, agar qozidur,
Agar ustoz rozi — Tangri rozidur.
Alişer Navoiy hazratlarining bu hikmatlari yuqoridagi fikrlarga aynan mos tuşadi. Buyuk bobomizning “Mahbub ul-qulub” asari 18-faslida ham ustozlik mehnati maşaqqati xususida şunday deyiladi: “Uning işi odam tugul, hatto devning ham qölidan kelmaydi. Bir kuçli kişi bir yoş bolani saqlaşga ojizlik qilar edi, u esa bir töda bolaga ilm va adab örgatadi. Lekin şunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari böladi. Muallim bu kabi hollarda yuzlab maşaqqat çekadi. Şu jihatdan olganda, bolalarda uning haqi köp, agar şogird ulğaygaç, podşohlik martabasiga erişsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”.
Ammo ming afsuski, bugungi kunda ustozlarning buyuk xizmatini unutib qöyayotganlar ham oramizda uçramoqda. Hatto baʼzi maktablarda ustoziga qöl kötarayotgan betarbiya ösmirlar, öqituvçini döpposlayotgan johil otalar haqida eşitib yoqa uşlaysan kişi.
Şuni unutmaylikki, jamiyatning kelajagi bölmiş avlodlarni tarbiyalaşdek uluğ vazifani zimmasiga olgan hazrati inson — ustozlar har qança eʼzozga, har qança ehtiromga loyiqdir.
Orzigul BEGANÇOVA,
Buxoro şahridagi
13-umumiy örta taʼlim
maktabining oliy toifali
özbek tili öqituvçisi,
Vazir jamğarmasi
ustamasi sohibasi.
