Oydek oydin Oysara
“Ibratli oila” kökrak nişonini oliş hammaga ham nasib qilavermaydi. Ayniqsa, işlaydigan ayollarga bu borada qiyinroq keçadi. Men bilganlarim, aniqroği dugonalarim orasida faqat birgina Oysara Dadayeva şu eʼtirofga loyiq körilgan. U haqiqiy ibratli oilaning munosib bekasi. Işda ham, oilada ham hurmat-eʼtiborga ega ayol. Oysara har tomonlama namunali umr yöliga ega. Turmuş örtoğini “Hazrat, Hazratim!” deb muomala qilişi köpinça biz dugonalari örtasida askiyaga sabab bölsa-da, bunda katta hurmat va ehtirom maʼnosi mujassam.
Umr yöldoşi Abdumalik aka oilada 11 farzandning ikkinçisi, 9 öğilning eng kattasi. Oysara — qaynonasining tönğiç kelini. Ötgan yili uning oilasi töğrisida körsatuv tayyorlagandik. Qaynonasi gapirdi. U qaynonasini maqtadi. Xullas, ahil oila körinişi yorqin holda namoyon böldi. Efirdan biroz vaqt ötib, dugonam qönğiroq qildi.
— Voy, men qaynonaparvar bölmay ketay, faqat qaynona-qaynotamni eslabman-u, ötib ketişgan ota-onamni bir oğiz tilga olmabman. Körganlar söraşganidan keyin öylab qoldim, — desa böladimi?
— Şundoğam ularning ruhi şod. Sizning bugungi rohatingizni körib ruhlari şod bölsa kerak, — dedim.
Çunki otasining vafotidan keyin onasi 9 farzand bilan yolğiz qolsa-da, maktabda oşpaz bölib işlab, ularni voyaga yetkazib, öqitdi. Maoşini qarzga tölab, keyingi oylikkaça yana qarzga kun körişganini Oysara tez-tez eslab, gapirib berardi. Bir kuni ovqat qilmoqçi bölib qaraganida, uyda heç narsa qolmaganidan paxta yoğiga piyozni qovurib, qotgan nonni böktirib, ovqat qiladi. Şu payt opasi va poççasi mehmonga kelib qolişadi. Yoşgina Oysaraning farosati va qöli şirinligini rosa maqtab, ovqatdan tanovul qilişadi. Hatto ular uyda masalliq yöqligidan şunday qilganini ham payqaşmaydi. Şunday. Oysara yöqdan bor qilişni yoşligidan örgangan.
Vaqt ötib, turmuşga çiqdi. Ketidan ovsinlar tuşdi. Katta öğil Abdumalik oilasi bilan özi tuğilib ösgan Örta Çirçiq tumanidagi Akmal qişloğidan işlaydigan joyi — Olmaliq şahriga köp qavatli uyga köçişdi. Har yakşanba kuni qaynona va qaynotani yöqlab keliş odatga aylandi. Albatta, imkon qadar qöli-qönji tölib kelişga intilişardi. Issiq jon, bir dam oliş kuni qişloqqa kelişning imkoni bölmay qoldi. Şunda keyingi haftadagi katta bir tadbirda köpçilik orasida qaynona katta keliniga, yaʼni Oysaraga pisanda bilan gapira boşladi. Kelin xijolatlik bilan:
— Mazam bölmadi, — deya oldi, xolos.
Qaynona qaynab ketsa, deng:
— Sen kelmasang, öğlimni yuborsang bölardi-ku! Şunga aqling yetmadimi?..
Bir uy odam sukunatda qaynona-kelin mojarosini kuzatib, jim bölib qolişdi. Şunda kelin şartta turib, qaynonaning oyoq tomoniga ötirib, boş egib: “Meni keçiring, oyijon! Yoşlik qildim. Aqlim yetmabdi, keçiring, boşqa bunday qilmayman!” — dedi. Bunday javobni hatto qaynonasi ham kutmagandi. Şartta kelinini bağriga bosib: “Oyoğingga issiq kiymabsan-u, qizim, issiq çoy içib ol, sovuq qotib ketibsan!..” — deya mehribonlik körsatdi…
Mana sizga muomala! “Yaxşi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan piçoq qinidan çiqadi”, deyişlari bejiz emas-da. Oysara şu voqeani eslaganida biroz ökinç, ham ğurur bilan qaddini tik tutadi.
“Öşanda nima sizga dalda berdi? Nega bunaqa deb keçirim söradingiz?” — desak, u: “Mening qizlarim ham kelin böladi. Duo oliş yaxşi. Opalarim ham: “Hozir janjal bölib ketmasa edi”, deb turgandik”, deyişdi. Bir oğiz keçirim bilan hammasi iziga tuşib ketdi. Öşa payt qaynonamning qayta mehri tovlanib, bağriga bosişini körsangiz edi…”
Ana şunaqa! Dunyodagi eng risoladagi ayol neçta bölsa, Oysara — bittasi. Töğrisi, şunday kursdoşim, yaqin qadrdonim bölganidan mamnun bölaman. Baʼzan bilib-bilmay gapirib qöyişimiz ham bor gap. Hatto özim rahmatli qaynonamga: “Men tanigan-bilgan xotin-qizlar orasida eng aqllisi Oysara”, deganimda, jahllari çiqib ketgandi. Köngil baribir nozik xilqat ekan-da. Buning uçun qaynonamni ham ayblay olmayman, albatta.
Oysara hammaning könglini ola biladi. Lekin uç nafar qizi va bir öğliga öta qattiqqölki, hayratda qolarli darajada. Bolalari yoş paytida mehmonga borgandim. Öşanda qizlari televizor körib ötirişgan ekan. U joy solişni aytib, özi boş bölib, körpaçalarni olib kela boşladi. Kattalari yordamga şoşilişdi-yu, kiçigi Öğiloy televizorga tikilib turib qoldi. Şunda dugonam qiziga qarab, şunday jiddiy gapirdiki, hali eslasam, hayratlanaman.
— Nima? Kino körging kelyaptimi?
— Yöq, oyijon, körgim kelmayapti!
Tarbiyada har kimning öz uslubi bor. Aniq qoida yöq. Oysara boşidan qatʼiyat bilan talabçanlik qildi. Lekin urib, sökmadi. Bolalari şunga örganişdi. Har bir sözini qonun bilişadi. Hozir hammasi öqimişli, oliy maʼlumotli. Kamola va Nursora — jurnalist, Abduhamid — yurist, Öğiloy — şifokor. 7 nafar nabiraning mehribon buvijonisi sifatida Oysara ularga parvona.
Uning işdagi, jamiyatdagi faolligi ham eʼtiborga loyiq. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” matbuot xizmati rahbari bölib işlagan kezlari xodimlarga bölgan munosabatidagi samimiylik va mehr-oqibati bugungi kunda asqatadi. Çunki jurnalistik faoliyatini davom ettirib, “OKMK TV”da “Buvijonim ertagi” rubrikasi ostidagi çiqişlari orqali şogirdlariga örnak bölib, yangi yönalişlar topdi. Avvallari rahbarlikda va ayni kunlarda ijodiy tomondan şaffoflik körsatgani uçun unga şogirdlari katta hurmat bilan qaraşadi. Oysaraning yana bir fazilati borki, u ham juda ibratli. Halol, haqiqatgöy va birovning haqidan qörqadi. Töğri yaşaş — uning şiori. Turmuş örtoği Abdumalik Dadayevning tergovçi bölib işlab, polkovnik darajasiga kötarilişida ham, ozmi-köpmi, uning ham hissasi borligiga şubha yöq. Çunki közi oç ayol erni qinğir işga qöl urişga majbur qilsa, közi töq xotin erning yonidan çiqib, boriga baraka kirgizadiki, erning işdagi yutuqlariga sabab böladi. “Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin” deyişlari şundan kelib çiqqan bölsa, ajab emas.
Talabalik kezlarimiz biz — dugonalar ming xil orzular bilan yaşardik. Oysara köp bolali bölişni, işda, mahalla-köy içida hurmatga sazovor bölib yurişni niyat qilardi. Mana, bugun uning işdagi muvaffaqiyatlari ham çakki emas. Qator milliy ruhdagi maqolalarini, telekörsatuvlarini birma-bir sanasak köp vaqt ketadi. Faqat bitta misol. Erkak xiyonati haqidagi maqolasidan keyin bir notaniş kişi kelib, unga dağdağa qiladi. Hatto qölida piçoq kötarib olgani uçun şov-şuvga sabab böladi. Biroq Oysara uni tanimagani, yozgan maqolasidagi voqea esa bu şunçaki tasodifiy öxşaşlik bölib, unga salbiy taʼsir körsatgan bölsa, özini oynada körgandek bölganini tuşuntirib beradi. Oxiri, öşa oila yana qayta tiklanib, oilaviy rahmat aytgani tahririyatga kelişadi. Bu kabi voqealar uning ijod yölida köp uçraydi. Eng muhimi, u öz ijodi orqali ham öquvçini mukammallikka çorlaydi, oilaviy ahil-inoqlikni tarğib etadi. Qisqasi, Oysara Dadayeva jurnalistik faoliyatda ham namunali yölni bosib ötmoqda.
Oysara haqida yana uzoq töxtaliş mumkin. Aslida ham u şunga loyiq.
Umr şunçalik tez ötib ketarkanki, köz oçib yumgunça ham bölmay… oltmiş yoş! Lekin köngil qarimaydi deganlari singari haliyam bir-birimizni körganda “Qizlar!” deya çaqirişdan huzur qilamiz.
Bir kuni uyimizda kiçik tadbir munosabati bilan mehmonlarni joylaştiriş haqida gap ketgandi.
— Qizlarni ham qudalar bilan ötqazamiz-da, — dedim.
Şunda öğlim:
— Qaysi qizlarni? — deb söradi.
— Şu dugonalarimni-da, boşqa kim bölardi?
— Şunaqa demaysizmi? Men jiyanlaringiznimi, debman, — deganida hammamiz kulib yuborgandik.
Töğrisi, dugonalarim köp, lekin qadrdonlarim sanoqli. Ular orasida Oysara men uçun oydek sara. Uni körganimda oltin davr — talabalik, yoşlik xotiralari yodimga tuşadi. U juda xuşçaqçaq, quvnoq, har gapingizdan bir kulgili detalni topib, askiyaga sabab böluvçi xuşmuomala ayol. Uning orzulari hali köp. Oydan-da oydin orzulari uni oppoq manzillar sari yetaklayveradi.
Saodat ÖRMONOVA.
