Çamanlar lol qolar bölsa, u qoşlari kamondan sör
Munavvara TILLABOYEVA
Muallif haqida:
Munavvara TILLABOYEVA — 1944 yili Andijon şahrining Çahorguzar mahallasida tuğilgan. Şahardagi 32-örta maktabda öqigaç, Andijon davlat pedagogika instituti — hozirgi ADUning tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan.
Şoiraning “Muhabbat tumori”, “Izlaganim sen”, “Allali tong”, “Zafarjonning qöşiği”, “Qalb nidolari”, “Köngil qatralari”, “Oy tölgan keçada”, “Oymomo”, “Olislardan taralar qöşiq”, “Bolam borki”, “Qorboboning sovğasi”, “Olmazor boğlarda” va 6 jilddan iborat “Saylanma” kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
ÇAMANDAN SÖR
Mening ölkam çiroyini sahar çoği çamandan sör,
Çamanlar lol qolar bölsa, u qoşlari kamondan sör.
Dehqon, paxtakorin donği ketmiş keng jahon içra,
Uning qadrin bilar bölsang, borib turli tomondan sör.
Kişilar mehnati birla qadr topsa ajablanma,
Bu rohat, bu halovatni aziz yurti omondan sör.
Diyorim bağrida ösmiş neça turfa gulu rayhon,
Özi rayhon, sözi xandon çiroyi bir jahondan sör.
Kulgisi tongni uyğotgan dilrabolar yaşar bunda,
Ular maskan qilib ermiş baxtiyor bu makondan sör.
Tavozeda qölim doim marhabo, jon marhabo,
Uluğ xalqim topib bergan muqarrar imkondan sör.
Sinmagay sevgining sozi qolmagaydir aro yölda,
Munavvar baxtga yor etgan ajab şirin zamondan sör.
* * *
Könglimiz bedard emasdir, boşda işq ğavğosi bor,
Biz köngil qöygan malakning könglida savdosi bor.
Noumid bölmoq neçukkim, ul umidning şohi böl,
Biz gado böldik ul ersa bizga na parvosi bor.
Qilmasa parvo netaykim, bori jonim örtanar,
Nozu işva xöp yaraşgan bir ajab dunyosi bor.
Toza işq gavhar erur, ağyor anga loyiq emas,
Çunki ağyorning hamişa qöynida olmosi bor.
* * *
Bunda har bir insonning baxti bir kam bölmasin,
Oçilib kulsin vale közida nam bölmasin.
Topsin ul öz örnini körgani bölsin quvonç,
Yayrasin şodon kulib balki sitam bölmasin.
Oqil-u, dono bilan keçsa umri voajab,
Istasa topsin murod könglida ğam bölmasin.
Töğri sözlab ötsin ul bu hayot mahv etmasin,
Er-yigitning ori bölsin boşlari xam bölmasin.
Bölsa imkon Munavvar kuyla inson könglini,
Baxt bitib peşonaga zarra alam bölmasin.
* * *
Ey falak, nodon bilan bir lahza oşno etmagin,
Yondirib jismu dilimni köp tamanno etmagin.
Oh, uningsiz ham dunyo johil bilan töladir,
Feʼli rasvo norasolarga tavallo etmagin.
Holimi sörmas neçukkim, befarosatni netay,
Toza gulzorim uning böyi-la rasvo etmagin.
Boşima yoğdirsa garçi ul balolar toşini,
Zor etib battar yana oldida şaydo etmagin.
Ey Munavvar, yaxşiyamki, döstu yoring bor ekan,
Sindirib köngling uyini, özni tanho etmagin.
