Yangi Özbekistonnoma

“Vatan uçun yaşaylik” körik-tanloviga

 

Tölqin EŞBEK

 

Muallif haqida: Tölqin EŞBEK (Tölqin Eşbekov) — 1963 yili Samarqand viloyati, Iştixon tumanida tuğilgan. 1985 yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ijodkorning   qissa va hikoyalardan iborat “Jigarbandlar” (1992), “Şabada esgan kun” (1992), “Qişloqlik bola qissasi” (1994), “Jaydari hangomalar” (1996), “Adaşgan qiz qismati” (2000), hajviy şeʼrlari jamlangan “Özbekning yomoni bölmaydi” (2020), publitsistika, esse va badialari örin olgan “Hayot karvonlari” (2005), “Qutluğ qadamlar” (2005), “Samarqand farzandi” (2020), “Olimning beqiyos olami” (2020), “Generalning mangu yulduzi” (2023), hajviyalar, hangomalar, hikoyalardan iborat “Ikki asr odami” (2022) singari köplab kitoblari naşr etilgan.

Muallif qator badiiy va publitsistik asarlari uçun adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti (1993) va xalqaro “Oltin qalam” (2008) milliy mukofotiga sazovor bölgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

                   Yangi Özbekistonnoma

Özbekiston Respublikasi

                                                           Mustaqilligining 32 yilligiga

 

Dunyoning ostu usti bor va tört tomoni,

Biroq yöqdir özbek degan elning yomoni.

 

Yoşi Tangritoği ila bahslaşib kelgan,

Tarixidur minglab asrlarning pinhoni.

 

Samarqanddan sovğa doim Noni Osiyo,

Oçlik payti köpga yetgan Toşkentim noni.

 

Makkadan ham qaytar emuş çumçuq soğinib,

Ana şunday xislatlidur tuproğim doni.

 

Odam olasi içida derlar azaldan,

Ötab borar bundaylarni tarix ketmoni.

 

Şoli orqasidan kurmak suv içsa mumkin,

Buğdoy şopirganda qolar kam-tun somoni.

 

Arzon beillat bölmas, ham qimmat – behikmat,

Dur ila toş aralaşdir olam marjoni.

 

Xalqim ötmişiga doxil neki azizdir:

Jangçi malika Tömaris, Şiroq çöponi.

 

Buddaviylik Hindistondan ötgan şimolga,

Otaşparast yodlab ötgandir “Avesto”ni.

 

Bir saltanat boşqasiga örin böşatgan,

Markazi Iştixon bölgan Köli Miyoni.

 

Turonzamin Ipak yölin çorrahasidir,

Ilmu irfon ham taşigan savdo karvoni.

 

Makka tuproğidan Islom qadami yetgaç,

Muqaddasdir yurtda Usmon yiqqan Qurʼoni.

 

Mahşargaça yetgay Samarqanddan yetişgan,

Imom Buxoriydan sahih hadislar şoni.

 

Ovröpoda bir surat bor – Suqrot yonidan,

Joy olgandir al-Forobiy, ham al-Farğoniy.

 

Hanafiylik mazhabiga Moturidiy kuç,

Imomi Aʼzamga göyo vazir Maoniy.

 

Moturidiy tuğilganda Buxoro taxtin,

Qölga oldi yoş yigit – Ismoil Somoniy.

 

Rödakiy mahoratidan arab aruzi

Forsiy nazmni ayladi marvarid koni.

 

Arobiy lisonga berib zeb az-Zamahşar,

Mulki arabda bölmişdi til nuktadoni.

 

Al-jabrning otasi – al-Xorazmiy esa,

Ibn Sino şu kungaça – Luqmoni-soniy.

 

Sulton Mahmudning yonida Hind sori yetgan,

Beruniydan meros “Urjuza”, “Hindiston”i.

 

Yassaviydan Naqşbandga uvays tariqat,

“Dil ba yor”ni közga surtganlar Ğijduvoniy.

 

Şundan Buxoroi şarif madaddur dinga,

Köhna Samarqanddir, magar körki dunyoni!

 

Yurtim kökida bir yulduz porlar abadiy,

Elda nomi – Temur otliğ Sohibqironi!

 

Temur bobom etagini tutgan nevara –

Daryo ortidan ergaşgan ilm ummoni.

 

Uluğbek va şogird Ali Quşçidan yodgor

“Ziji Köragon” jadvali – falak narvoni.

 

Yurtlar şohi köp bölgay, ammo söz mulkin

Navoiydir to qiyomat yolğiz sultoni.

 

Dariğo-kim, yildan-yilga topdi fatorat

Temurbekdan qolgan meros – yaxlit Turoni.

 

Quroq yurtni birlaştiray deya Oroldan

Çerik tortib keldi ul Muhammad Şayboniy.

 

Otadan yoş yetim Bobur jönadi diltang,

Ortda qoldi tuğilgan yurti – Andijoni.

 

“…Baʼzi tunlar quloğimga ilinar elas

Panipat jangida Boburşohning suroni”.

 

Öz yurtiga siğmaganning biridir Maşrab,

Şoh nomini oldi – tuzilmasdan devoni!

 

Söng uzoq arosatda qoldi bu kenglik,

Vaqt ötardi – na sanoği boru, na soni.

 

Jadidçilar islohot deb bong urdi yurtda,

Yetişdilar Fitrat, Avloniy va Çölponi.

 

Qodiriyning özin çaqdi Kalvak mahzumlar,

“Muştum”, “Ötkan kunlar” ham “Mehrobdan çayon”i.

 

Yoş niholdek bevaqt öz yurtidan yulinib,

Sibirlarda ado böldi şoir Usmoni.

 

Salla keltir desa, kalla keltirgan zamon:

Kimga foyda beribdi keçikkan puşmoni?!

 

Qança yetim-yesirlarni olib bağriga

Özbek böldi zamonning Hazrati Insoni!

 

Ustoz Hamid Olimjondan ijodkorlarga

Meros qoldi yangi ijod uyi – Dörmoni.

 

Örta Osiyoning davlat dorilfununi

Yetiştirdi yurtda yuzlab doktor unvoni.

 

Akademik Habib Abdullo Qizilqumda,

Köhna oltin konlariga burdi dunyoni.

 

Köz jarrohi Muhammadjon Komilov domla,

Kör közlarga yana qayta berdi ziyoni.

 

Ğafur Ğulom taʼrif etgan xalqim sanʼatin:

Halima, Tamara, Jöraxon, Komiljoni.

 

“Uç ildiz”dan unib çiqqan Pirimqul Qodir –

Avlodlarga atalgan çöng nasr sarboni.

 

Özbek eli kosmosga ham qöydi-ku qadam:

Kosmonavtlar Jonibekov va Solijoni!

 

Istiqloldan madad oldi yurtim yangidan,

Yangi tarix erur tadbirkorlar zamoni!

 

Ilk yurtboşi Islom Karim olam minbari

Uzra ilk bor söylagani – özbek zaboni!

 

Ammo çetda tinç turmadi ğalamislar ham,

Bu dunyodir mafkura — kuraşlar maydoni.

 

Şahidlikka bel boğlagan neça ongipast,

Boşqalarga qöşib böldi qöşmozor joni.

 

Ammo azallardan sobit aqida bulkim:

It huradi – ötaverar zamon karvoni.

 

Özbek sarkardasi bölsa Sobir Rahimov,

Şoir Erkin va Abdullo – xalq qahramoni!

 

Toşkent çiroy oçayotir, yer osti-usti,

Metrosida tinmay yelar önlab vagoni.

 

Bor tovoğim-kel tovoğim bu yoği faqat:

Har bir kiçik magazindir – “Dunyo dökoni”.

 

Uçinçi Uyğoniş tamal toşini qöygan,

Xalqiga yölçi yulduz – Şavkat Miromoni!

 

Menikidir, senikidir, hammamizniki:

Har bir jonning bunda erur Özbekistoni!

 

Doniş domla duosida bul “al-omoni”:

To abad uçramagay özbekning yomoni!

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan