Ezgu taşabbus

Nufuzli adabiy gazeta “Özbekiston ada­biyoti va sanʼati” gazetasi hamda Toşkent şahar Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi hamkorligida taʼlim sohasida yangi bir ezgu taşabbus yölga qöyildi. Unga köra, Toşkent şahridagi umumtaʼlim maktablarida namunali faoliyat körsatayotgan, hamkasblari, öquvçilar va ota-onalar hurmatiga sazovor bölgan fidoyi öqituvçilarning ibratli faoliyati gazeta sahifalarida muntazam yoritib borildi hamda ular asosida Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida “Zilol buloq” naşriyoti tomonidan 1000 nusxada kiril va lotin alifbolarida “Maktab – mening hayo­tim” deb nomlangan oçerklar va maqolalar töplami naşr etildi.

Davlatimiz rahbarining “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini öqituvçi va murabbiylarga işonib topşiramiz. Mana şunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bölgan bu möʼtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom körsatişimiz kerak”, degan sözlari bilan boşlanadigan mazkur kitob Yangi Özbekiston taʼlim tizimi, xususan, umumtaʼlim maktablari tizimida muhim yangilaniş jarayonlaridagi özgarişlar markazidagi oddiy maktablarning tajribali öqituvçilari turganini körsatib beradi. Toşkent şahridagi umumtaʼlim maktablarida namunali faoliyat körsatayotgan, hamkasblari, öquvçilar va ota-onalar hurmatiga sazovor bölgan fidoyi öqituvçilarning ibratli faoliyatini körsatiş asnosida respublikamizdagi barça oliyqadr ustozlar hayoti haqida yangi asarlar yaratiş taşabbusini ilgari suradi.

Eʼtiborli jihati şundaki, “Maktab – mening hayotim” töplamidan joy olgan oçerk va maqolalar Muhammad Ali, Adhambek Alimbekov, Şoyim Bötayev, Hakim Sattoriy, Humoyun Akbar, Muhiddin Omon, Turob Niyoz singari taniqli ijodkorlar bilan bir qatorda Şuhrat Azizov, Hulkar Hotamboyeva kabi ular izidan borayotgan iqtidor sohiblari qalamiga mansub. Bugungi kunda taʼlim sohasi yutuqlari bilan bir qatorda undagi muammolarni ham öz içiga olgani tufayli ham bu kitob ilk tajriba sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Hulkar HOTAMBOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan