Hayot maktabidan saboqlar
Bir şoiraning yubileyi davom etardi. Davrada ijod ahlining turli vakillari ötiribdi. Muqaddas opa ikki qator narida ötirgan yigitni eslay olmadi. Yonidagi hamkasbidan söradi. “Bu yigit taniqli yozuvçi-ku, tanimadingizmi?” deganda esladi va beixtiyor:
– Ha, bu baxt öğrisi-ku, – deb yubordi.
Köplab ijodkorlarning ustozi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Muqaddas Abdusamatova işq, vafo, sadoqat haqida yozib, gapiga amal qilmagan ijodkorlarni ayab ötirmaydi. Axir biz ijod ahli oila qurişda namuna bölişimiz kerak, — deydi.
Yaqinda “Zarvaraq” naşriyotida çop etilgan “Oila – muqaddas” deb nomlangan kitoblarini mazza qilib öqib çiqdim. Muallif oilani bir muqaddas imoratga öxşatib, iroda, sadoqat, sabr-toqat, poklik, şirinsuxanlik, odamoxunlik, matonat kabi fazilatlarning bu bino qurilişidagi örnini körsatib beradi. “Aytaylik, yangi oila bunyod böldi, — deb yozadi muallif. — Kelin yangi uyga, şaroitga könikma hosil qilişi uçun vaqt kerak. Xonadonda qayerda nima turişi, qaçon qaysi işni bajarişi kerakligini sekin-asta örganadi. Baʼzida ayrim qaynonalar sabri çidamasdan kelinni koyişga, uquvsizlikda ayblaşga tuşişadi. Bunday paytda kelinda örganişga intiliş susayadi, qiladigan işini ham bajarmay qöyadi”. Uşbu satrlar kitobning “Sabr – oila ustuni” bobidan olindi. Albatta, hamma narsaga bir lahzada erişib bölmaydi. Buning uçun kelin ham, qaynona ham sabr qilişi kerak. Juda köp insonlar ana şu sabr tufayli baxtli hayotga erişganliklarini muallif yaxşi biladi.
Kutilmagan mehmonni qanday qarşi oliş kerak? Albatta, dasturxonga qöyiladigan noz-neʼmatlar öz yöliga. Eng avvalo, oçiq çehra bilan gaplaşiş talab qilinadi. Yuzni tund qilsangiz, har qança urinmang, mehmon sizdan xursand bölmaydi. Kitobda odamoxunlik va şirinsuxanlik haqida yaxşi misollar keltirilgan. Şunisi borki, muallif özi guvoh bölgan ibratli voqealarni hikoya qiliş orqali falsafiy umumlaşmalar yasaydi. Bu usuldagi fikr kitobxonning qalbiga yaxşi yetib boradi.
Keyingi bob “Söz sehri” deb atalib, unda bolaning uyiga kelgan payti gödakni ilk bor erkalaşdan to birinçi “aya” degan sözni aytiş damigaça hikoya qilinadi. “Birinçi qadam” bobida esa rivojlanişning keyingi bosqiçi haqida söz ketadi. Şu öringa kelib bolakayning ilk yurişi, boğçaga borişi, maktab sari qadam qöyişi, kamolga yetişi bayon etiladi. Yuragimiz zavq-şavqdan jumbuşga kelsa, beixtiyor bu sözlar şeʼrda ifodalanadi. Muqaddas opa ham haqiqiy şoira sifatida boblar orasida şeʼriy satrlar bitadi. Kitobning söngida nabiralarga bağişlab yozgan şeʼrlarini joylaştirgan.
Oilani muqaddas deb bilsak, jamiyat ham gözal böladi. Namunali oilalar yangi Özbekistonimizga bezak bölayotgani jonli misollar orqali hikoya qilinadi. Qaçonki, inson vatanning asosiy böğini bölmiş muqaddas qörğonining mustahkam bölişiga harakat qilib yaşasa, hayoti mazmunga töladi. Bularni yanada teranroq his qiliş uçun esa uşbu kitobni albatta öqiş kerak.
Şuhrat JABBOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist
