“Temuriylar renessansi va “Boburnoma”
yoki “Sohibqiron yurti”dan çiqqan uluğ zotlar haqida faxriya
“Biz Yangi Özbekistonni barpo etiş va Uçinçi Renessans poydevorini yaratişda ziyolilarimizga katta işonç bilan qaraymiz”.
Bu fikrlar Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobidan iqtibos olindi.
Taniqli adabiyotşunos Burobiya Rajabovaning 2022 yili “Fan” naşriyotida çop etilgan “Temuriylar Renessansi va “Boburnoma” monografiyasi qölimga yetib kelganida, dastavval, Yurtboşimizning yuqoridagi daʼvatli sözlari öyimdan keçdi. Davlatimiz rahbarining doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlaşişga intilişlari va bunday muloqotlarni yuksak qadrlaşlariga köp bor guvoh bölganman. Çunki, Prezidentimizning işonçu inonçlariga köra, “olimlik – Alloh nuri tajassum etgan uluğ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi”.
Şu maʼnoda, B.Rajabova mazkur yangi kitobi misolida, bir tomondan, Prezidentimizning yuksak işonçini oqlagan bölsa, ikkinçi tomondan, davlatimiz va jamiyatimizning Yangi Özbekistonni barpo etiş va Uçinçi Renessans poydevorini yaratişdek ezgu saʼy-harakatlariga özining muxtasar ilmiy-amaliy hissasini qöşdi. Kitobning naşr vaqti aynan “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi” tasdiqlangan davrga töğri kelgani ham muallifning niyati xolisligi, ezgu amallari ijobatga qaratilganidan dalolatdir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvarda qabul qilingan “Buyuk şoir va olim, maşhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori esa mamlakatimiz maʼnaviy hayotida mantiqan töla asosga ega ulkan voqea böldi.
Qarorda buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yoş avlodimiz intellektual va maʼnaviy salohiyatini oşiriş, farzandlarimizni şu asosda Yangi Özbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalaş borasidagi ulkan örni va taʼsirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada çuqur örganiş va tarğib etiş zarurligi taʼkidlangan.
Şu kunlarda şoh va şoir bobomizning qutluğ tavallud sanasi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şaxsan tasdiqlagan Dastur asosida – mamlakatimizda va jahon miqyosida tizimli tartibda hamda keng kölamda nişonlanmoqda. Şunday qutluğ ayyomda “Temuriylar Renessansi va “Boburnoma” asarining keng kitobxonlar eʼtiboriga tuşgani bejiz emas.
Olima öz asari avvalida, Bobur Mirzo talqini bilan aytganda, “oqila, mudabbira” onajonisi nomiga armuğon bitar ekan, uluğ şoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyning: “Jahonda kitobdan yaxşi yor bölmas, Davr ğamxonasida ğamgusor bölmas”, degan baytini keltiradi. Ayni çoğda, kitob bilan tanişiş asnosida uşbu salmoqli asarning öz muxlislariga nafaqat “yaxşi yor” va “ğamgusor” bölişiga, balki yurtimiz ziyo ahliga maʼnaviy madadkor bölib, yoşlarimizga esa qanot bağişlaşiga ham amin böldik.
B.Rajabova öz kitobining dastlabki bobida Uyğoniş davri va Temuriylar Renessansi haqida atrofliça tuşunça beradi. Bu xususda söz yuritiş asnosida, muallif öz kitobxonini olis tarixdan bugungi kun voqeligiga mohirlik bilan boşlab keladi.
Yaʼni: “Mamlakatimizda Uçinçi Renessansning maʼnaviy poydevorini mustahkamlaş maqsadida “Ikkinçi Renessans adabiyoti” ruknida tarixiy-adabiy mavzudagi kitoblar naşri ham yölga qöyildi”, deb qayd etadi kitob muallifi.
Monografiyada buyuk Boburiylar saltanatining asosçisi bölmiş Temuriy podşoh va dilbar şoir Zahiriddin Muhammad Boburning jahonda eʼtirof etilgan “Boburnoma” asarida tilga olingan uluğ ajdodlarimiz hayoti va faoliyati Temuriylar Renessansi madaniy muhiti bilan boğliq holda atrofliça talqin etilgan.
Xususan, muallif “Boburnoma” asarida söz yuritilgan 8 ta aniq yönaliş böyiça qiziqarli mavzularni tadqiq etgani juda muhim. Bu örinda:
birinçidan, Temuriylar Uyğoniş davri va davlat arboblari – Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Sulton Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo;
ikkinçidan, Temuriylar Uyğoniş davri va ijodkorlar – Sulton Husayn Boyqaro, Alişer Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Kiçik Mirzo, Amir Şayxim Suhayliy, Şarafiddin Ali Yazdiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy, Atoulloh Husayniy;
uçinçidan, Temuriylar Uyğoniş davri va Temuriy malikalar – Gavharşodbegimning bunyodkorlik işlari, Eson Davlat Begimning mudabbirligi, Xonzoda Begimning matonati;
törtinçidan, Temuriylar Uyğoniş davrida ilm, fan, adabiyot, sanʼat, tarix va madaniyat rivoji;
beşinçidan, Temuriylar Uyğoniş davrida astronomiyaning örni– Samarqand, Mirzo Uluğbek va u qurdirgan rasadxonaning ahamiyati;
oltinçidan, Temuriylar Uyğoniş davrida harb işi va taktikasi;
yettinçidan, Temuriylar Uyğoniş davrida tibbiyot masalasi – Alişer Navoiy qurdirgan “Dor uş-şifo” va tabiblarning jonli obrazi tasvirlangan lavhalar;
sakkizinçidan, Temuriylar Uyğoniş davrida savdo va pul munosabatlari – bozorlarning tartibga solinişi, nazorati hamda oltin va kumuş tangalarning zarb qilinişi va muomalasi bilan boğliq tasvirlar, eng muhimi, Buyuk ipak yölining tiklanişi mavzulari xususida söz bormoqda.
Muallif tomonidan faxr ila söz yuritilgan millatimizning uluğ zotlari orasida, heç şubhasiz, Sohibqiron Amir Temur hazratlari peşqadam örinda turadi. Amir Temur şaxsi bilan qança ğururlansak, iftixor etsak, şunça munosibdir. Aynan buyuk Sohibqiron öz faoliyati bilan Temuriylar Uyğoniş davrini boşlab bergan, bugungi saodatli kunlarimizning poydevorini qöyib ketgan.
Sohibqiron bobomiz siymosi haqida söz borganda, Prezidentimizning: “Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va uluğ laşkarboşilarimiz ögitlarini, ularning harbiy merosini çuqur bilişi kerak, deb qayta-qayta taʼkidlab kelaman. Bu ölmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga çeksiz ğurur baxş etadi, muqaddas tuproğimizga sadoqat tuyğularini kuçaytiradi”, degan eʼtiroflarini alohida taʼkidlaş maqsadga muvofiqdir.
Temuriylar sulolasining röyxati 193 nafar şahzoda va 300 dan ziyod malikadan iborat ekanining özi hayratomuz fakt! Bu sulola jami 488 yil (!) hukmronlik qilgani haqida gapiriş uçun esa, til ojiz. Tarixda bu qadar uzoq yaşagan sulola bölgan emas.
Amir Temurning 35 yillik hukmronligi davrida 27 mamlakatni birlaştirgan ulkan saltanat barpo etilgan. Bu saltanatning hududi Hindistondan Sirdaryo va Zarafşongaça, Tangritoğ (Tyan-şan)dan Bosforga qadar yoyilgan edi.
Ayni vaqtda Markaziy Osiyodagi bu voqealarning aks-sadosi boşqa bir qator mamlakatlar uçun ijobiy yangilanişlarga sabab bölganini ham qayd etiş darkor. Qisqaça aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelişi bilan harbiy iş sohasida muhim özgarişlar yuz bergan, ular Şarqu Ğarb harbiy-nazariy tafakkuri taraqqiyotida katta rol öynagan.
Şu nuqtai nazardan, B.Rajabovaning: “mamlakatimiz va xorijda qilingan baʼzi tadqiqotlarda noxolislik bilan Temuriy va Boburiylarga nisbatan “buyuk möğullar” atamasi qöllanadi. Biz bunday kamsituvçilarning fikrlariga mutlaqo qöşila olmaymiz”, degan fikrlari juda örinlidir. Biz söz yuritayotgan monografiyada bunday noxolis atamalarning ilmiy isteʼmolda işlatilişi notöğri ekani ilmiy-tarixiy manbalar asosida isbotlab berilgani diqqatimizni tortdi.
B.Rajabova “Boburnoma”da Amir Temur haqida 31 ta maʼlumot qayd etilgani haqida yozadi. Olima, ayniqsa, Bobur Mirzo öz asarida: “Temuriylar davlati boşqaruvida bölgan Xuroson davlati va Movarounnahr davlatiga nisbatan sodda, xalqona tilda, tuşunarli qilib “Temurbekning yurtida” iborasini mahorat bilan qöllagani”ni faxr va hayrat bilan taʼkidlaydi.
Tadqiqot asnosida Amir Temur hazratlari bilan bir qatorda, Bobur Mirzo va “Boburnoma” alohida va doimiy eʼtibor markazida turgani juda muhim. Binobarin, avvalo, “Boburnoma”ni mutolaa qilar ekan, “kitobxon butun asar davomida öz sarguzaştlari va ajoyib hayoti bilan zamonasining voqeligini aks ettirgan tarixiy şaxs Bobur obrazini köz oldiga keltiradi”.
B.Rajabovaning monografiyasini öqiş davomida ham hamişa Bobur Mirzo siymosi köz öngingizda gavdalanib turadi. Çunki kitobdagi oltita bobdan törttasi, yaʼni 2-bob – “Boburnoma”da Amir Temur tasviri”, 3-bob – “Ravzat us-salotin”da Amir Temur va Bobur podşoh zikri”, 5-bob – “Boburnoma”da xotin-qizlar obrazi” hamda 6-bob – “Boburnoma”da ğoya va tasvir” deb atalgani ham bu fikrimizni tasdiqlaydi.
Britaniyalik taniqli şarqşunos va tarixçi Vilyam Raşbruk Zahiriddin Muhammad Boburga “Ön oltinçi asrning bunyodkori”, deb yuksak baho bergan.
Özbek olimasi ham Bobur Mirzo şaxsi va “Boburnoma” asarining imkon qadar yangi qirralarini kaşf etişga intilgan. Buni, jumladan, “Boburnoma”da muhrlangan karam, afv, adolat, vafo, ehson, mehr-oqibat singari fazilatlar timsolida Bobur şaxsi va ijodiga xos yaxşilik hamda insonparvarlik talqini, boburona uslub bilan bitilgan inja tasvirlar teran tahlilga tortilgani yaqqol körsatib turibdi.
Kitobning 4-bobi Temuriylar Uyğoniş davrining buyuk şoirlari Alişer Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyga bağişlangan. B.Rajabova har ikki uluğ siymoning hayoti va ijodiy faoliyatini Renessans jarayonlari tufayli yuzaga kelgan yuksak madaniy muhit bilan uyğunlikda tadqiq etadi. Olimaning yozişiça, “Boburnoma”da Alişer Navoiy haqida – 14 ta, Abdurahmon Jomiy haqida esa 7 ta tarixiy lavha va maʼlumotlar bayon etilgan.
Şu örinda Alişer Navoiyning asarlari bilan Faxri Hiraviyning “Ravzat us-salotin”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi tazkiralari özaro qiyosan örganilganiga alohida eʼtibor qaratmoqçimiz. Fikrimizça, ayni yondaşuv monografiyada aks etgan eng muhim ilmiy yangiliklar qatoriga kiradi.
Monografiyaning yana bir muhim yangiligi – Sulton Husayn Boyqaro bilan Mirzo Bobur munosabatlarining ilmiy negizda xolis oçib berilgani, nazarimizda.
Olima taʼbiri bilan aytganda, “Öşa davrda “Temurbekning yurtida” tarix maydoniga çiqqan yoş temuriy hukmdor Bobur uçun eng baland poğonada turgan temuriy hukmdor bu – Sulton Husayn Boyqaro edi”.
Fikr-mulohazalarimiz yakunida “Boburnoma”da qöllangan ayrim teran maʼnoli tuşunça va atamalar, xususan, “murabbiy va muqavviy” söz birikmasining mazmuni B.Rajabova tomonidan nihoyatda sinçkovlik va çuqur ilmiy-nazariy asosda şarhlab berilganini eʼtirof etamiz.
Olima taʼkidlaganidek, “Bobur memuarda qöllagan murabbiy va muqavviy, tarbiyati va taqviyati birikmalarini faqat öz asarida tilga olgan Temuriylar Uyğoniş davri vakillariga nisbatan işlatgan. Bu holat ularning yaratuvçanlik qobiliyatlariga hamda moddiy va maʼnaviy sohalarda amalga oşirgan bunyodkorlik, saxovat, futuvvat, baxşiş xarakteridagi işlariga, aql va qöl ixtirolarining yaratilişi, mamlakat böylab joriylanişiga hamda köpayişiga boş qöşgani, moliyalaştirganiga ham işoradir”.
Albatta, uşbu salmoqli monografiyaning butun mazmun-mohiyati va tub ilmiy yangiliklarini birgina maqola yo taqriz doirasida ifodalab beriş imkonsiz. Şuning uçun ikkita xulosa bilan kifoyalanamiz.
Birinçidan, Burobiya Rajabovaning “Temuriylar Renessansi va “Boburnoma” monografiyasi mamlakatimizning madaniy va ilmiy-maʼrifiy hayotida ulkan voqea böldi. Asar muallifi mavzuni nafaqat adabiyotşunos va huquqşunos, balki tilşunos va tarixçi sifatida ham teran tahlil etgani alohida eʼtiboru eʼtirofga arziydi.
Ikkinçidan, ğazal mulkining sultoni Alişer Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo kölamida nişonlanayotgan ayni kunlarda mazkur ajoyib kitob şu ikki qutluğ töyga möʼjaz va munosib tuhfa böldi.
Akmal SAIDOV,
akademik
