Sangardak hayratlari

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan Sariosiyo tumanidagi 16-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga 2000 tadan ziyod kitoblar sovğa qilindi

Sangardakda bölganmisiz?! Albatta, bölgansiz, heç bölmaganda bu gözal maskan haqida eşitgansiz va “Oynai jahon” orqali körgansiz. Axir, dunyo biladi, butun olamga maşhur bu makon. Ha, aslo mubolağa emas. Kökdan yerga nurday… ha-ha, nurday taralgan şarşara — Sangardak şarşarasini kim ham eşitmagan deysiz? Toğlarning tuğligi özida. Yuksaklikning siyratida hamişa sir böladi. Uni goh anglaymiz, goh anglay olmaymiz. Anglayolmasak bunda ne möʼjiza, deb bilgimiz kelib, intilamiz. Anglasak esa… sehrlanib, mehrlanib talpinamiz. Uluğ toğlar, uluğliklar, inson qalbini mangu çorlab turadi…

Bu safar…

Sangardak bizni yana bir möʼjiza bilan hayratlantirdi. Yuragimizni hapriqtirdi. Borliğimizni hayajonlantirdi.

Toşkentdan kitoblar karvoni Sangardakka borayapti! Ana, xuşxabar! Toşkentdan Termizgaça, Termizdan Sariosiyogaça, Sariosiyodan Sangardakkaça uçaverdi bu — ovoza. Xumo quşiday… Hayot navosiday… Qadim dunyo karvonlarni köp körgan. Ammo kitob karvonlarini-çi? Beruniy, Ibn Sino zamonlarida unga duç kelganlar. Amir Temur, Navoiy davronlarida kitob karvonlari Samarqanddan Hirot sari yurgan. Afsuski, ne-ne asrlarda kitob karvonlari emas, sarob karvonlari u tomondan bu tomonga evrilib aylandi. Kitob karvonlari esa goh qizil, goh qaro töfonlarda, çang-tözonlarda közga körinmay qoldi…

Biz yaratganga şukrki, mang­layida quyoşi bor xalqmiz…

Kuni keça 2000 dona kitobli katta maʼnaviy karvon Sangardakka yetib keldi. Kökda quyoş çaraqlaydi. Bu yerda… Sariosiyodagi 16-maktabda kitoblar nuri ila çaraqlayapti. Yoruğlikning yoruğlikka qöşilgani xuş! Bir tomonda soy şarqiraydi, bir tomonda toğlar haybatlanadi.

Örtada, Sangardakning naq yuragida, 16-maktab bağrida uluğ insonlarning buyuk kitoblari yarqiraydi. Maktab öquvçilariga qöşilib, boşqaçaroq qilib aytsak, şu maktabning öquvçisiga aylanib, kitoblar sari yugurdim, könglim bilan, qalbimu aqlim bilan, kitoblarga qiziqişlarim bilan.

Oltinu kumuşrang qutilardan kitoblar çiqarilib stollar ustiga qöyilayapti. Şu damda maktab ustozlarining, öquvçilarining yuragidan toşqinlanib ötayotgan tölqinlarni his etarmikansiz?! Közlardagi quyoşlarni anglarmikansiz?! Ana, kitoblar-u, mana, ki­toblar!

Alişer Navoiy hazratlarining “Xamsa”si, “Abdulla Oripov dahosi”, Erkin Vohidovning “Saylanma”lari… Hamma-hammasi olamni-yu odamni hayratga solgan asarlar, millatning tafakkurini toğlantirgan kitoblar…

Könglingizdan ötayapti-yov, “Karvon kim bilan keldi ekan?”, degan mulohaza. Sangardakka uşbu kitob karvoni Özbekiston xalq şoiri, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan birga keldi! Şu nurafşonliklar içida, yoruğliklar yonida turganimdan bir yurt farzandi sifatida men ham ğururlandim, sevindim. Taqdirimdan minnatdor böldim.

Hammaning nigohi Sirojiddin Say­yidda. Kitoblar böstoni… Ustozlar safi ğururli, öquvçilar qatori sururli. Toğlar ham tinglayotganday. Xalq şoiri söz aytadi:

— Toğlarda hikmat köp. Toğlar bejizga paydo bölmaydi. Oltin konidan faqat oltin çiqadi, derdi ustozimiz Abdulla Oripov. Toğlar qöynidagi qanday muhtaşam maktab. Toğday maktab bu. Kitoblar aziz. Lekin sal avval yaşirmaslik kerak, kitob degan nurli neʼmat… nari-berida qolgandi. Beş yildirki boşqaça. Prezidentimiz millatning nigohini yana kitobga qaratdi. Köp… köp kitob keldi. Karvon bölib. Buni öqiş kerak. Buni uqiş kerak. Mana, “ Abdulla Oripov dahosi” kitobi, “Abdulla Oripov fenomeni” edi. Uni “Abdulla Oripov dahosi” dedik. Men köp gapirişim mumkin. Lekin kitobsiz heç narsaga erişib bölmaydi. Öqigan odam özini biladi. Hayotni tuşunadi…

Sirojiddin akani eşitayapman. Sözlayversinlar, tugatmasinlar, deyman. Könglingiz bilan tinglaysiz. Sözlarida gavharlar, javharlar, hikmatlar. Goho bitta gaplari bitta kitobday. Sizni öylantiradi, kuçlantiradi. Ilmu mohiyat sari undaydi. Sözdan sözning farqi bor. Oltin sözlar baribir, oltin sözlar-da.

Bolalar intiq tikilgan. Öquvçilar borliği bilan eşitmoqda! Ustozlar söz möʼjizasiga röparaday hol ila dil bilan tinglamoqda… Maktab direktori Rahmonberdi Tursunov xursand. Baxtiyorligi butun Surxondaryoga tatigulik.

Örtada kitoblar. Ilm podşosining xazina sandiqlari oçilganday. 16-maktab! Bugun har kungidan-da haşamatli, koşonavor. Bolalar heç qaçon bunçalar sevinişmagandek. Közlar quvonçdan yonadi. Ilmu kitoblar haqidagi gurunglar qizigandan-qiziyapti. Ustozlar, ota-­onalar, öquvçilar, mehmonlar sözlayaptilar…

Barçani maktab kutubxonasiga çorlaydilar. U katta dorilfunun kutubxonasi misol keng, yoruğ kitoblar bilan yanada uluğvor. Us­tozlardan biri tortinibgina taklif qildi:

— Şu kitobingizga dastxat yozib bersangiz, Sirojiddin aka…

Ustoz şoir bir lahza öyga toldi. Toğlar panohida, maktab kutubxonasida, minglab ki­toblar yonida…

Dastxat yozilayapti. Gözal jimlik. Nigohlar Sirojiddin Sayyidda. Kutubxona havosidagilar bor intiq iştiyoqda “ Nima deb yozayapti ekanlar?” Mana, dastxat bitildi. Ustozlar, öquvçilar öqimoqqa şoşildilar:

“Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanining 16- örta maktabidagi barça aziz ustoz­lar va qadrli öğil-qizlarimizga — bugungi uluğ Vatanimizning buyuk allomalari, kelajakning haqiqiy egalarini tarbiyalaşdagi betimsol xizmatlari uçun

taʼzim va ehtirom bilan,

Sirojiddin SAYYID.

Behikmat bölmagay toğlarning toşi!

Oltin konidan faqat oltin çiqqan!

Sizlarga baxt va omad yor bölsin!

           17.09.2021”

Hamrohlik qilayotgan Husniddin hoji bobo Nizomiddinov yöl boşladi:

— Sirojiddin aka, maktabda şoirlar tögaragi bor. Qoyil qiladi sizni! Öquvçilar… lekin katta talantlar. Şeʼrlarini eşitsangiz…

Sirojiddin akaning   najib xislatini bilasizmi? Sport desangiz, karate desangiz, futbol desangiz, kutilmaganda yayraydilar, “oçilib” ketadilar. Sportçilar bilan gurung alomat tus oldi. Hazillar qizidi… Jiddiy suhbat esa baribir yoş şoirlar bilan böldi…

Özimda öquvçiga aylandim. Sangardakda, 16-maktabda. Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning sözlarini eşitayapman. Sahrodagi taşna odamday sözlarni simira­yapman. Maʼnolarni töla-töla içayapman. Köng­lim maʼno çaşmasidan miriqayapti… Sirojiddin aka mehr bilan gapirayaptilar:

– Hayot – kuraş maydoni. Adabiyotning jonida söz kuraşadi. Söz maydoni bu. Sözlar… sözlar… Buni aytaversam özim ham hayron qolaman. Asli buni Lutfiy bobo aytganlar. Siyo­satda ham sözning kuçi nihoyatda katta…

Ijod… endi… uluğ zotlarga köp duç keldim. Xudoning özi ato qildi. Ulardan olasiz-da. Goh u sözni, goh bu sözni, baʼzan kutmaganingiz bir maʼnoni eşitib lol qolasiz. Keng-da bu dunyo. Söz—çeksiz olam. Navoiy hazratlarini öqiyman. Abdulla aka aytardilar: “Navoiy boboga u yoqdan… samodan quyilib kelgan. U aziz zot yozganlar, yozaverganlar. Bunday nasiba hammaga ham ato qilinmaydi”, deb. Körganlarim, bilganlarimdan aytsam, Abdulla akani oling, Erkin Vohidovni köring, boşqa katta adiblarni… Hammalari köp, juda köp kitob öqişgan. Uqib öqiganlar. Öquvçisizlar, yoşsizlar, şeʼr yozasiz… mayli, yozavering, lekin, men sizga aytsam, daho şoirlarning, uluğ adiblarning kitoblarini albatta, öqiş kerak. Öqilmasa, uqilmasa, isteʼdod ösmaydi. Haqiqiy öqiş, ilm oliş diplomdan keyin boşlanadi. Bu rost. Bu jiddiy gap. Qanday qilib şoir böldingiz deb, mendan köp joyda söraşadi. Töğrisi, heç qölimdan kitob tuşmagan. Bobur hazratlari,

“Yölni na bilgay kişi,

To rahnamo körsatmagay”, —

deb bitganlar. Bu gaplar oddiy emas. Biliş kerak. Öqigan biladi. Nima deyayotganini, nima yozayotganini tuşunadi.

Yot ellarning boği bilan boğçasi,

Öz elimning yantoğiça körinmas.

degan gaplar bor. Kitob öqimagan buni qanday anglaydi?! Hamma gap kitobda.

Savollar berilaverdi. Yoş isteʼdodlar şeʼrlarini öqiyverdi. Yana şeʼr… yana şeʼr­lar öqilaveradi…

Sirojiddin Sayyid ustoz Abdulla Oripovning quyidagi şeʼrini öqidilar:

Qança diyorlarda sayr etib yurdim,

Qança manzillarda tuzdim oşyon

Va buyuk hikmatga oxir yuz burdim,

Siylangan joyida azizdir inson.

Yurtim, senda ekan nasibam tugal,

Sen özing maskanim, sen özing şonim.

Sen — onam, sen — singlim, yorimsan azal,

Ey, jonim, jahonim — Özbekistonim!

Ista, qismatimga özing ber barham,

Ista, yaxşi kunda nomim qilgil yod.

Mensiz ham mukammal ekan bu olam,

Mensiz ham baxtga yor ekan odamzod.

Yurtim, faqat sening qölingdan tutib,

Bolangday ergaşib keta olsam, bas.

Sen piri komilsan, men senga muhib,

Seni tanimagan meni ham bilmas.

Eʼtibor qiling, bor-yöği 16 qatorli şeʼr. Ammo göyo dunyo şunda mujassamdek. Qança maʼnolarni 4 kupletga joylaganlar. Örganaylik. Nasib bölsa, katta şoirlar, el-yurt uçun jonfido insonlar çiqadi oralaringizdan…

Suhbat rosa qizidi. Vaqt ötayotganini heç kim bilmadi. Kitoblar, ilmu tafakkur, şoiru şuur borasidagi gurungning nihoyasi körinmasdi…

Ijodiy uçraşuv tugaşi bilan Husniddin hoji bobo qatʼiy turib oldilar:

— Bir piyola çoyimiz bor…

Bir piyola çoy ustida ham, yölda ham, xayr-xöşlarda ham, Sangardakka kelgan kitob karvoni, elning donişmand uluğlari, Sangardakning tarixi, yurtning kelajagi, kitoblar va tafakkur dunyosi haqidagi fikrlar, suhbatlar samimiy davom etdi.

Mengnor OLLOMUROD,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan