Olis-yaqin özlik jilvalari

“Hazrat Alişer Navoiyning qölingizdagi uşbu ikki muhtaşam asari tarjima qilinmadi, bir tildan boşqa tilga ağdarilmadi. Tabdil ham qilinmadi, yaʼni bir söz örniga boşqa söz qöyib çiqilmadi. Asarlar bayoni ham emas. Bizdan uzoqlaşgan otamizga yuzimizni ögirdik”, deb boşlanadi Hazrat Alişer Navoiyning “Mahbubul-qulub” va “Muhokamatul-luğatayn” asarlari ögirmasi naşrining sözboşisi. Xayrli bu işning ijroçisi – adib Bahodir Qobuldir.

Bahodir Qobulni taʼriflaşga hojat yöq: unutilayozgan turkiy ruhiyatni uning asarlaridan topsa böladi. U şunday ruhiyatki, insonlardan taşqari, oğoçlarga, suvlarga, ör-qirlarga, jilğalarga, köçalarga, oy yoruğida paydo bölgan toğ soya­siga, katta-kiçik, past-baland qiş­loqlarga-yu ular bağridagi suronlardan darak beruvçi nomlariga ham birday mehr-muhab­bat, mahliyolik bilan boqadigan, öxşaşsiz bir özlikka ega. U özlikka har kim oşno böla olmasligi ham bor gap: çunki oşnolik dunyoqaraşlarning darajasi, öxşaşligidan tuğiladi.

Uşbu muazzam kitob mutolaasiga kirişişdan avval xayolga Bahodir Qobulning “Toşbitiklar ohangida” turkumi keldi.

“Manglay bitigi”ni öqiymiz:

Tonglari quyoşli, peşona terli,

Turk Alp Er bahodir…

…Bumin xoqon,

…Istami… Eltariş…

…Bilga… Kul tigin…

…Usmon… Boyazid…

…Sohibqiron Temur…

… Uluğbek sulton…

… Bobur bahodur…

Töqson avlodi yetişgan irq,

Kunduz uxlamas, keça uxlamas,

qizil qonin tugatib,

qora terin yugurtib,

qönğir qöyi,

oq otini katta qiladi…

Xoqon otalar karami va ğazabi köngildagiday…

Bu yaxşi…

Şu bir neça satr xayolni naq ikki ming yil olisga olib uçadi.

“Manglay bitigi”deyilgani zahoti xayolga “Manglayimga bitilgani şu ekan” degan xalqona, köhna matal keladi va şuning özi ham yetarli böladi. “Kunduz uxlamas, keça uxlamas…” – bu Bilga Xoqonsöziga işora. “Turk budun uçun tun uxlamadim, kunduz ötirmadim. Inim Kul Tigin birla, ikki şad birla ölib-yitib qozondim…” deydi Bilga Xoqon. Oq ot xoqon ramzidir. “Bizkim, maliki Turon (Turon davlati egasi), amiri Turkistonmiz. Bizkim, Turk öğli turkmiz, millatlarning eng qadimgisi va uluği Turkning boş böğinimiz”, deydi Amir Temur. “Bu yaxşi …” ifodasi esa yana bir köhna meros — “Irq bitigi”ning asos kalit sözlaridan biri. Elimizning bolasiga “Bu yaxşi”, “Bu yomon” deb hozirgaça saqlanib  qolgan, beradigan ming-ming yillik tarbiyasi tarzi. Bu tarbiya tutumi, oqimi qayerdan oqib kelayotganni özi bilib-bilmay berayotgan bölsayam.

Şugina şeʼr şunça taassurot hosil qildi!

“Kaft bitigi” ham kutilmagan mazmunlar paydo qiladi. Kaftimizdagi çiziqlarni umr başorati deydiganlar bor:

 

Qadimiy yoruğlikni tanidingmi?

Qiliçday keskir, qalamday sodiq,

Bir vaqtlar ilkingda bölgan

Eski jörangni?

Xayolingga qöndimi…

Jon bolam, özingni aldama,

Bu – yomon…

 

“Yukunç bitigi”, “Kör bitik” “Qoraşom bitigi”, “Beklik bitigi”, “Şaraf bitigi”, “Sarğargan bitik”, “Tanglay bitigi”, “Quroq bitik”, “Çaqmoq bitigi”, “Iltijo bitigi”, “Kun bitigi”, “Suv bitigi”, “Nur va soya bitigi”, “Töğrisöz bitigi” va boşqalar mana şunday dardu iztiroblardan sözlaydi! Bitiklarning otiyoq sizni özingizdan uzoqlaşgan xayolingizga yuzma-yuz qiladi.

Bu — juda olis tarix. Jangjular qişloqni yoppa talaşdi. Çopqinda bir böğoz xotingina qutulib qoldi. U örmonga qoçib, bir böri inini topdi. Inga kirib, közi yoridi. Kökyol ona böri iniga qaytganida, törtta börivaçça yoniga beşinçi — inson bolasi qöşilib qolgan edi. Kökyol Ona böri gödakni yemadi, sababi, unda sut isi bor edi. Odam bolasini öz bolalariga qöşib emizaverdi. Dovyurak bahodir Aşina şunday ulğaydi… Aşina qadim tilimizda Böri demak! Qoraşina –Kattaböri, Otaböri.

Bir xayolda, bugun Möğuliston aymoqlarida kökka böy çözgan bitiklar juda olisday, bizga aloqasi yöqday, sulolalarning qay bir halqasida çatişib-çatişmagani nomaʼlum özga elatlar taqdiridan hikoya qilayotganday tuyulsa-da, u uluslarning ota yurti, oltin beşigi — bizning Vatanimiz, buyuk sohibqiron Amir Temur aytganidek, millatlarning eng qadimi va eng uluği Turkning boş böğini bölmiş kişilar makon tutgan, otalar qonidan hansirab yotgan qutluğ tuproqlardir.

Bahodir Qobul şulardan hikoya qiladi. Sen hazilakam xalq emassan, juda uluğ, töğri, töğri söz, tarbiyali, axloqli millatsan, deydi. “Titra! Özingga qayt!” deydi.

 

Sizni otingiz… bek…

Ökinmadingiz, körmadingiz, butlamadingiz…

Sizning bahodirlik ismingiz – Öz.

Kişanlangan fikr,

Qörqitilgan xayol,

Qulf urilgan oğiz,

Tilkalangan til,

Çöği olingan köz munğayar.

Daydi yel in qöygan boş çanoqlar uvvosin…

“Sizning otingiz – bek, bahodirlik ismingiz – Öz…”, “Ökinmadingiz, körmadingiz, butlamadingiz…” — bular ham Örxun-Enasoy mangu toşlaridagi bitiklar, xabarlardir.

Bahodir Qobulning uşbu turkumi haqida ança sözlasa böladi. Gap şundaki, Bahodir Qobul olis tarix voqealariga nazar solib, u yerlarda yaşiringan asl, toza sözlarimizni ilğab, topib, bugungi tilimizdagi öxşaşlariga taqqoslab, şeʼr uzugiga zargarona köz qöygani tahsinga sazovor. Qadim bu bitik turi, neça ming yillik bitigimiz janri, turku de­yiladi. Qadim maqolimizda aytilganidek: “Turku aytsang turlanma!”. Turku esa elimiz otidan kelib çiqqan va “töğri söz aytmoq” deganidir.

Faqat va faqat Amir Alişer Navoiyning, söz mulkining sultonigina yozişga maʼnaviy, tugal, sözsiz huquqi bölgan uşbu uluğvor ikki asarlariga qöl urilganining sababi ham şunda: u muhtaram zot qöllagan serjilo mazmunlarni bugungi tilga öz sözlarimiz bilan ögirişday xayrli niyatdir.

Anglab, sezib, körib turganingizdek, adib bilan birga xunlar, yağmolar, çigillar, qipçoqlar, qarluqlar, öğuzlar dovruq solgan zamonlardan ming yil beriga — hazrat Alişer Navoiy zamonasiga kelmoqdamiz.

Qaniydi, bugunimiz kişisi hazrat Alişer Navoiyning yuksak sanʼatga yöğrilgan, pok eʼtiqod va çöng tafakkur hosilasi bölmiş asarlarini öqib, tugal anglay olsaydi! Bu iş deyarli imkonsiz, çunki oradan yana beş yuz yildan ziyod vaqt ötdi, adib aytmoqçi, u davrlardan, şu bilan birga, tildan ham şitob-la olislaşib ketdik.

Misol uçun, “Mahbubul-qulub”da hazrat Alişer Navoiy yozadi:

“Ammo baʼd: fuqaroning gadoyi va ğaroib masturalarining çehrakuşoni al-faqir ul-haqir Alişer al-mulaqqab bin-Navoiy (ğoffaro zunubihi va sattoro ayyubihi) mundoq arz qilur va adosin öziga farz bilurkim, bu xoksori parişon rözgor şabob avonining bidoyatidin kuhulat zamonining nihoyatiğaça davron voqeotidin va sipehri gardon hodisotidin va dahri fitnangiz buqalamunluğidin va zamonai rangomiz gunogunliğidin muddati madid va ahdi baid har navʼ şiq va suratda aqdom urdum va har tavr suluk va kisvatda yugurdum va özumni yaxşi-­yamon xizmat va suhbatiğa yetkurdim. Goh mazallat va ano vayronida şevan körguzdum va goh izzat ğino böstonida anjuman tuzdum”.

Ohang oqimini köring, sözlar tartib bilan, uzukka köz qöygandek örnaşganini va saf tortganini köring, har yer-har yerida maʼni girdobçasini köring, har söz tevaragidagi jilvasini köring, har jumla içida mavj hosil qilayotgan içki qofiyasini köring! Biroq bu sözlarning ança-munçasi tuşunarsiz va şu sababli ham, Bahodir Qobul ayni şu ruhni, özi aytmoqçi, otaruhni saqlab qolgan holda, uni bugungi jonli tilimizdagi sözlarimiz bilan ifodalaşni, Hazrat xayolini bir qadar bölsa-da, tuşunişga xizmat qilişni lozim köribdi.

Bahodir Qobul bu asarni “Köngillarning sevikliligi” deb ögirgan:

“Ammo baʼd: xalq muhtojlarining gadoyi va ğaroyib, qiziq, kam topiladigan, pardalangan, berkitilgan, yaşiringanlarning  yuzini oçuvçisi, yuzoçari al-faqir-beçora ul-haqir-qadrsiz Alişer Navoiy al-mulaqqab bin Navoiy (mağfirat qiluvçi va qabohatlarni pardalovçi bölgan zot uning gunohlaridan keçib, ayblarini  berkitsin),  mundoq arz qilurkim va adosin öziga  farz  bilurkim, bu ayançli, oyoqosti etilgan, xayoli har tomon soçilgan yoşlik yillarining  boşlanişidan örta yoş zamonining oxirigaça tiriklik davron voqealaridan va aylanuvçi osmon hodisalaridan va dunyoning öziga tortuvçi, fitna qözğovçi oğmaçiligidan va ranglarni bölğuvçi zamonning  xilma-xilligidan  uzoq  vaqt  va  ahdi  yiroq har nav bölak jumboq va  suratda  qadam  urdum va har turli yuriş-turuşli, xulq, muomala va taşvişda yugurdim va özimni yaxşi-yamon xizmat va suhbatiga yetkurdim. Goh haqorat va maşaqqat vayronasida, xarobasida bökirib yiğladim va goh boylar böstonida izzat körib, anjuman tuzdim”.

Buni öqib, sözlarning mazmunini anglab yetgan kişi yana asl matnga qaytib, takror öqisa, hazrat Navoiy bitiklarining latofati va nazokatidan köproq bahramand böla oladi.

“Bu navʼ ashob va ahbobğa intiboh qilmoq va alarni bu navʼ holatdin ogoh qilmoq vojib körundiki, har toi­­fa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidin şuurlari bölganki, munosib el xizmatiğa şitob qilğaylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilgaylar va bori el bila maxfiy rozlarin sözlaşgaylar va şayotin va ins makru firibdin boziy yemagaylar. Va har navʼ el suhbat va xususiyatiki, alarga havas bölğay, bu faqirning tajribasi alarğa bas bölğay”.    

Yaʼni:

“Bu  nav  suhbatdoşlar  va  döstlarni uyğotişva ularni bu nav holatdan ogoh qilmoq şart iş körindi, Xudo   buyurgan   vojib   körindiki, har toifa xislatlaridan, yaxşi-yamon qiliqlaridan xabardorliklari va hartabaqa ahvolidan ang­laşlari, fahmlaşlariga yordam bölgayki, munosib el xizmatiga şoşilgaylar va nomunosib el suhbatidan özlarini çetga tortişni vojib bilgaylar va bori — el bilan, hamma, köringan bilan maxfiy, yaşirin sirlarni söz demagaylar, sözlaşmagaylar şaytonlar va insonlar hiyla-aldovlari, makru firiblaridan laqillab qolmagaylar, laqqa tuşiş öyinin yutqiziğin yemagaylar. Va har nav el suhbat va xususiyatiki, öqib ularga havas bölgay, bu faqirning tajribasi alarga bas, yetarli bölgay…”

“Mahbubul-qulub” asarida Alişer Navoiyning 127 tanbehi keltirilgan. “Tanbeh” sözining maʼnosi bugungi tilimizda “dakki”ga yaqinlaşgan, Navoiy matnida esa u öz mazmunida –“Uyğon! Közingni oç! Örningdan tur” demakdir. Uşbu tanbeh ne sababdan yozilganini u zoti şarif öz asarining muqaddimasida keltirib ötgan.

“Muhokamatul-luğatayn”da Alişer Navoiy ona tilimiz haqida yozadi:

“Ammo çun şuur sinniğa qadam qöyuldi, çun Haq  subhonahu va taolo tabʼğa ğarobat sari maylni zotiy va diqqat va duşvorpisandliqqa şuruʼni jibilliy qilib erdi, turk alfoziğa doği mulohazani lozim köruldi — olame nazarğa keldi, ön sakkiz ming olamdin ortuq; anda zeb va ziynat sipehri tabʼğa malum böldi, töqquz falakdin ortuq; anda fazl va rifʼat maxzani uçradi, durlari kavokib gavharlaridin raxşandaroq va gulşani yöluqti, gullari sipehr axtaridin duraxşandaroq; harimi atrofi el ayoği yetmakdin masun va ajnosi ğaroyibi ğayr ilgi tegmakdin maʼmun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulşanining tikani behad va şudgor. Xayolğa keldikim, hamonoki, bu yilonlar neşi naştaridin tabʼ ahli xirad­mandlari bu maxzandin bahra topmay ötupturlar. Va köngulga andaq evruldikim, göyo bu tikanlar sarzanişi zararidin nazm xayli guldasta bandlari bu gulşandin bazm tuzguça gul iliklay olmay yöl tutupturlar.

Çun bu tariqda himmat oliy erdi va tabʼ bebok va louboliy, ötarga qöymadi va tamoşosidin töymadi. Ul olam fazosida tabʼ sipohi turktozliğlar tuzdi, va ul sipehr havosida xayol quşi baland parvozliğlar körguzdi va ul ganj javohiridin zamir sayrafisi nihoyatsiz qiymatliğ laʼl va durri samin oldi. Va ul gulşan rayohinidin köngul gul çini had va ğoyatsiz nakhatliğ gul va yosman qöyniğa soldi…”

Bahodir Qobulda:

“Ammo keyinroq, tuşuniş, anglaş yoşiga qadam qö­yilişi bilan, qadam qöyilgaç, Haq subhanahu va taolo asl taʼbimga ğarobot sari mayli xohişni – tabiiy, asliy va diqqat va qiyin-oğirçilikni pisand qilmaslikni, muşkulliklarni körişni tuğma qilib erdi. Turk tiliga xizmat qilişga yana mulohazani — qattiq öylab köriş lozim körildi — olamlar köz oldimga keldi, ön sakkiz ming olamdin ortuq, anda fazlu yuksaklik, baland martabalik va xazina uçradi, durlari yulduzlar gavharlaridan porloqroq; va bir gulşan, çamandurki gullari osmon yulduzidan yaltiroqroq va dur  soçuvçiroq;  boğu hovlisi atrofi el ayoği (oyoği) yetmoqdan, yetişidan asralgan va gullarning turlari, jilolari begona, özga, ğayr iligi, qöli tegişidan omonda, himoya etilgan. Ammo bu xazinaning yiloni, iloni qoniçar va gulşani tikaniningsanoği behisob, behad. Xayolga keldikim,  xazinaki–şundayki,  bu  yilonlar tili zahridan taʼb ahli – ijod ahli donolari, aqllilari bu xazinadan bahra topmay, köngli tölmay,  köngillarni   töldirolmay   ötupturlar va köngulga andoq evrulurkim, köngilga şunday azoblar berurkim, kelurkim, göyo bu tikanlar koyişi, tanbehi, haqorati, sazo beriş zahridan nazm tödasining guldasta boğlovçilari bu gulşandin  bazm  tuzguça  gul  iliklay  olmay, qölga  gul  uşlay  ololmay  yöl  tutubdurlar,  ötib ketibdurlar.

Çunki himmat bu tariqa oliy erdi va taʼb – köngil bebok – botir, qörqmas, bahodir va beparvo, indamay, jimgina ötarga (ötirişga) qöymaydi va ötar dunyo tomoşasidan töymaydi. Ul olam oçiq maydonida taʼb otliği turk­tozliğlar tuzdi va ul osmon havosida xayol quşi bilan parvozliğlar körguzdi va ul xazina javohiridan köngil pul maydalovçisi nihoyatsiz qimmatliğ laʼl va qimmatbaho durlar oldi. Va ul gulşan rayhonlaridin köngil otliğ gul teruvçi çek-çegarasiz yaxşi hidlik gul va yosuman (gunafşa) qöyniga soldi…”

Bahodir Qobul ögirmasida Navoiy misol tariqasida faxrlana-faxrlana keltirgan (100 ta feʼl) sözlarning bugungi kundagi asl maʼnolari şarhlanadi, ularning yöqolib ketmaganligi taʼkidlanadi:

“…Nevçunki, turk alfozi vozii asru köp vaqtda mubolağa izhori qilib, juzviy mafhumot uçun alfoz vazʼ qilibdurki, sohib vuquf kişi to zohir qilmas, inonsa ham bölmas.”

Bahodir Qobul ögirmasida:

“Neçunkim, turk sözlarining tuzuvçisi asru köp vaqtda mubolağa izhor qilib, andakkina anglaşilgan maʼnolar uçun sözlar vaʼz qilibdurki, biluvçi kişi to aytgan gapini aniq-ravşan qilmasa, işonib ham bölmas.”

*  *  *

— Har bir işning amalga oşiş vaqti-soati bölişini, odam zoti qançalik istasin-istamasin buyurilgan kunida yuzaga çiqişining neça martalab guvohi bölganmiz. Hazrat Alişer Navoiyning uşbu ikki muhtaşam asari – “Mahbub ul-qulub” va “Muhokamat ul-luğatayin”  tarjima qilinmadi, bir tildan boşqa tilga ağdarilmadi. Tabdil ham qilinmadi, yaʼni bir söz örniga boş­­qa söz qöyib çiqilmadi. Asarlar bayoni ham emas. Bizdan uzoqlaşgan otamizga yuzimizni ögirdik, begonalaşgan tilimizga könglimizni ögirdik. Hazratning har bir sözi tugul har bir harfi, tovuşini asraşga harakat qildik. Hazrat bitiklari bilan begonaday emas, balki ota-bola, katta ota va nevara gaplaşganday öqişni neça bir avlod orzu qilib ötdi. Uşbu asarlar birinçi marta töliq holda hozirgi jonli tilimizga ögirildi. Bu sözsiz, yurt Mustaqilligining, til Mustaqilligining körkam körinişidir.

Uşbu javohir buyuk şoir va millat faxri Alişer Navoiyning 580 yillik töyiga munosib sovğa bölişiga hamda Prezidentimiz taʼkidlaganiday, uluğ bobomizning könglini xalqimizga yanada yaqinlaştirişga, bu qadr­­li merosni maʼnaviyatimizning hayotbaxş manbai va tarkibiy qismiga aylantirişga xizmat qiladi, degan umiddamiz — deydi naşrga tayyorlab ögiruvçi adib Bahodir Qobul.

*  *  *

Aslida, adib qadimgi turkiy tarix sari — bugun özbek degan nom birlaştirib turgan qadimgi turk uluslari ila yuzma-yuz bölmoq sari yölga çiqqanday,boş böğin ulusning qahramonliklariga, ölmas ruhiyatiga nazar soliş uçun borayotib, bu yöl uzra quyoşdek nur soçib turgan Alişer Navoiy siymosi qoşida unga şu tarz ehtirom bildirib, yölida davom etganday, göyo.

“Toşbitiklar ohangida” turkumini şu maqsadda misol qilib keltirdik. Özligimiz, öz sözlarimiz va ular bağridagi olamjahon voqea-hodisalar jilvalari mahliyo qilar ekan, bu azim safarda to hazrat Navoiy taʼkidlab ötgan, ota duosiga muşarraf bölgan hamda naslidan payğambarlar çiqişi başorat qilingan hazrati Yofas Abut Turk zamonasi sözlariga qadar yetib borişiga tilakdoşmiz, albatta.

Isajon Sulton.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan