Yamoq yoxud aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi
Muştariylarimizga maʼlumki, gazetamizning şu yil 6 sentyabr sonida “Qurilişdagi xavotir yoki özidan-özi qulab tuşayotgan binolar ogohlikka çorlamayaptimi?” sarlavhali tanqidiy-tahliliy maqola eʼlon qilingan edi. Unda quriliş sohasidagi közböyamaçiliklar, kamçiliklar xolis tanqid qilingandi. Uşbu maqola çop etilgandan keyin Özbekiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi mutassaddilari munosabat bildirib, tahririyat vakillari bilan suhbat taşkil qilgan, sohaga oid turli savollarimizga javob berişdi. Bu haqda “Hurriyat”ning 13 sentyabrda çop qilingan sahifasida “Qurilişdagi xavotirimizga asos yöq (mi?)” deb nomlangan maqola ham eʼlon qilindi.
Uluğlarimiz “Moziyga qarab iş körmoq xayrlidir” deyişgan. Matbuotda mavzuga qaytmoq ham ezgu iş desak xato bölmasa kerak. Çunonçi, taniqli publitsist, yozuvçi Aşurali Jörayev yöllagan quyidagi maqola gazetamizda eʼlon qilingan dolzarb masala böyiça bir munosabat vazifasini ötaşi şubhasiz. Demak, qurilişdagi muammolar, yöl qöyilayotgan katta-kiçik kamçiliklarga befarq böliş aslo mumkin emas.
Tahririyat.
Sarlavhani öqib, birdan ajablanmang. Odam uçun ham, matbuot uçun ham yamoq mavzusi yangilik emas. Hamma zamonlarda ham yamoqqa ehtiyoj sezilgan. Ayni paytda yamoqsiz ham yaşab bölmaydi. Luğatlarda yirtilgan, teşilgan, uzilgan joyni mato yoki çarm bilan yamaş yamoq deyiladi. Köçma maʼnoda tuzalgan yara izi, çandiq yoki yuzdagi, quloqdagi yamoq, deb ham yuritiladi.
Yamoqçi kosib deyiladi. Bu hunar avloddan-avlodga ötib keladi. Hozir ham kosiblarni köplab uçratiş mumkin. Ularga hamon ehtiyoj katta.
Biz esa mamlakatimizda bölayotgan ulkan özgarişlar, islohotlar jarayonida közga taşlanib qolayotgan ayrim husnbuzarga öxşaş kurmak yamoqlar haqida munozara qilmoqçimiz.
Yangi qurilayotgan uy-joylar, taʼmirlanayotgan yöllar, yölaklar obod mahalla va qişloqlarda tugallangan qurilişlar topşirilganidan söng, ozgina vaqt ötar-ötmas ulardagi sifatsiz, qöl uçida qurilgan yarim-yorti işlarning yamoği çiqib qolyapti. Masalan, özim istiqomat qilayotgan, Yunusobod tumani, 17-mavzening barça içki yöllari asfaltlandi va yölaklari taʼmirlandi. Ayrimlari yangi qurildi. Ayniqsa, yölaklarga yotqizilgan rang-barang yölak ğiştlarning aholi közlarini uzoq vaqt yaşnatişga qurbi yetmadi. Nobop ğiştlar nuray boşladi. Ğiştlar bir yilga bormay sinib, yorilib, uvoqqa aylanib bormoqda. Qisqa muddatda katta mablağ evaziga şoşma-şoşarlik bilan bajarilgan bunday işlarning yamoği çiqib qoldi. Bundan kim köp aziyat çekyapti. Albatta, xalq! Byudjet mablağlarini kör-körona işlatiş, qöl uçida bajarilgan işlarning bari xalq pulini röy-rost ömarişdir.
Qurilişlar qizğin ketayotgan kunlari işni çala-çulpa, şunçaki qöl uçida bajarayotgan quruvçilarning işlarini körib, bittasidan sekin söradim.
— Quruvçimisan, özing qayerliksan, oğayni?
— Bizni mardikor bozordan olib kelişgan. Quruvçi emasman… — dedi kattaqörğonlik sodda yigit.
Aslida quriliş işlarini mahoratli quruvçilar bajarişlari kerak emasmi? Qaçonki biz, yirik qurilişlarga, muhim obʼyektlarni bunyod etişda arzon, qölida hunari yöq, yollanma işçilardan qaçongaça foydalanamiz?!.
Qişloqdagi suvçi yoki boğbondan şaharda ğişt teruvçi yoki asfalt yotqizuvçi örnida foydalaniş mumkinmi?..
Bir aççiq haqiqatni tan olaylik. Yangi qurilayotgan massivlar, mavzelarda qad rostlayotgan uy-joylarni körib, közlar quvnaydi. Va yangi uylarga köçib kirayotgan köpçilik yurtdoşlarimizning xursandçiliklariga şerik bölamiz. Bizning xalqimiz ham yangi, zamonaviy uylarda yaşayotganidan ğururlanamiz. Bölar ekan-ku, deb taskin topamiz.
Lekin bu quvonçimiz uzoqqa çözilmaydi. Ayrim şahar, tuman va qişloqlarda qurib bitkazilgan va egalariga topşirilgan yangi uylardagi jiddiy nuqsonlarni körib açinasan kişi. Masalan, respublika telekanallari orqali berilayotgan tanqidiy körsatuvlardan ayonki, köproq Andijon, Farğona, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida qurilib, foydalanişga topşirilayotgan ayrim yangi uylarning egalaridan köplab şikoyatlar tuşayotganiga guvoh bölamiz.
Bunday ayrim çala, şoşma-şoşarlik bilan qurilgan, işga tuşmasdan taʼmirga muhtoj yangi uy-joylarni egalariga qöl uçida topşirişga urinayotgan quruvçilar yamoqçimi yoki tomoqçi?
Yamoq hodisasi, ayniqsa, yöl qurilişlarida köplab sodir bölayotir. Yirik şaharlarning köçalaridagi katta-kiçik yamoqlar faqat haydovçilarning emas, yölovçilarning ham asablarini qaqşatayotir. Bizda yöllar taʼmirlanmaydi. Aksinça yamoqlar silliqina yamaladi. Köp ötmay yamoqlar yana oçilib, “jamoli”ni namoyon etadi. Baʼzi yöllarda yamoqlar asta-sekin öralarga aylangan. Öraga tuşgan maşina ham, odam ham omon qolmaydi-ku, Xudo asrasin!..
Yöllardagi yamoqlarning turgan-bitgani taşviş va ulardan yuriş asabbuzarlik xolos. Bunday yurak öynoği qiladigan yamoqlarni kim tuzatadi va ulardan qaçon qutulamiz? Yöl quruvçilarning çöntaklaridagi yamoq izlari köpmi yo tomoq izlari?!.
Nahotki, yölçilarning hakalak otgan tomoq izlariga huquq-tartibot xodimlarining söroq izlari yetib bormayotgan bölsa? Axir yöllardagi hisobsiz yamoqlar ömariş va kemirişning yorqin namunasi emasmi?
Bizda yamoq köçalar ham köpayib ketdi. Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Hasanboy nomli mahallada istiqomat qilayotgan yaxşi bir inson qazo qildi. Taʼziyaga boriş uçun bir döstimiz telefonga yöl xaritasini taşladi, dovruği doston Hasanboyga kam borganimizdan bölsa kerak, avvalo osmonöpar qasrlar (ularni uy deyişga uyaldim)ning pala-partiş qurilganidan hayron böldim. Hovlilarning betartib qurilganini körib, ğirt “özbekona” mahalla bölibdi-da deb öyladim. Negaki, kim qanday xohlasa, şunday qurgan. Bunday ğaroyib işni faqat özbeklar yaşaydigan mahallalarda uçratiş mumkin. Tartib degan narsaga amal qilmaymiz. Agar tartibga amal qilib, bir tekis quriliş qilsak özimizga öxşamay qolamiz-da. Şu bois, köçalar ham yamoq boşi berk köçalardan iborat. Butun va ravon köçani körmaysiz. Bir amallab, ança vaqt sarflab maʼrakaga yetib bordik.
Bu açinarli yamoq, holatlar faqat şaharlarda emas, qişloqlarda ham köplab uçraydi. Ayniqsa, yer ömarişga, egallaşga juda öçmiz. Iloji boriça, qöşnining yeridan bir quloç ömarmasak könglimiz joyiga tuşmaydi. Yoki bir tekisda qurilgan yonimizdagi imoratlardan devorimizni tört-beş qadam oldinga çiqarmasak bir joyimiz kamayib qoladi.
Endi uylarning tomlarini aytmasak ham böladi. Bulutga yetkazmasak uy-uydek bölmaydi. Şu bois ham özboşimçaligimiz tufayli qurayotgan uylarimiz va yöllarimizda yamoqlar tugamaydi yo mabado qilolmaysiz…
Yana bir taşvişli yamoq voqeasi. Yaqin oylarda Toşkent aeroporti yölida qurilayotgan haşamatli köprikning qulab tuşgani köpçilikning yodida. Xayriyat, köprik işga tuşmasdan quladi. Agar işga tuşirilganidan söng şu açinarli holat röy berganida, talafot katta bölar edi. Bu hodisani quruvçilarning aybi va jinoyatlarini röyi rost körsatadigan katta va jiddiy yamoq deyiş mumkin. Bu yamoqlari uçun ular qonun oldida javob berişlari şart. Vaholanki, ularning ayblarini körsatmoqçi bölgan telejurnalistlarga dağdaga qildilar. Bu aybdorlarning yamoği jiddiy va katta ekanligini isbotladi. Bilib qöying, döq yoki muşt bilan yamoqni yamab bölmaydi.
Bu yamoqlar sementni qumga, qumni şağalga, armaturani simga, butun ğiştni singan yoki yarimta ğiştga almaştirib bajarilgan soxta işlarning oqibati bölsa kerak.
Yamoqçilik kasalidan qaçon qutulamiz?
Yana bir tuzalmasdan kelayotgan yamoq haqida aytmasa bölmaydi. Toşkent metrosi Yunusobod yönalişining işga tuşganiga köp bölgan emas. Lekin metroning oxirgi “Turkiston” bekatidagi katta yamoq hali tuzalgan emas. Yönalişning ustki — köça qismi qulab tuşgandan söng uzoq vaqt qayta taʼmirlandi. Söng metroning yer ostidagi yamoği körinib qoldi. Bunga nima deysiz?
Bu yamoqlar çala loyihaningmi yoki qurilişdagi şoşma-şoşarlik tufaylimi yoki nahang tomoqlarning yamlamay yutişlari oqibatimi, bilib bölmaydi. Lekin bu şörlik bekat hamon metro yönalişida jiddiy yamoq bölib turibdi.
Biz, aynan yöllar, uylar va boşqa yönalişdagi qurilişlarda sodir bölayotgan yamoqlarni yozib ado qilolmaymiz. Agar ularni astoydil yozadigan bölsak, “Ming bir keça” ertaklariday uzundan-uzoq hikoyatlarga çözilişi aniq.
Hozirça yuqoridagi açinarli misollar bilan maqolani yakunlamoqçi edik. Lekin kutilmagan bir savol tuğilib qoldi. Xöş, yöl, uy va katta-kiçik qurilişlardagi yamoqlarni körib, ularni qurayotgan va bevosita bu qurilişlarga rahbarlik qilayotgan ayrim rahbarlar va quruvçilarning qalblarida, ongu şuurlarida ham yamoqlar yöqmikin, deb öylab qoldik.
Ularni umumlaştirib maʼnaviyatimizdagi, tarbiyamizdagi yamoqlar qayerdan paydo bölyapti, degan oğir savolga duç keldik. Bu illatlar nafs yamoği, vijdon yamoği, iymon yamoği, aql yamoği va xarakterimizdagi boşqa mayda-çuyda yamoqçalar tufayli sodir bölmayotganmikin?.. Agar nafs yamoği şunçalar öpqonga aylanmaganida biz ham bunçalar közböyamaçi va oçköz bölmasdik… Mutafakkir Fariduddin Attor yozganidek:
Inson içida eng ablah inson,
Nafs-havo ketidan böladi sarson…
Qança yesayam yeb töymaslik, qöliga tuşgan narsani yamlamay yutib yuboriş, goh qopi, goh vagoni bilan ömariş – hammasi ildiz otayotgan kalamuşizim kasalligining avj olib ketişiga keng imkoniyatlar yaratmayaptimi? Şöro davrida bunday yaramas işlarni qilganlar özlariga “davlatning mulkini öğirlayapmiz” deb özlariga taskin berganlar. Hozir-çi, kimning mulkini, boyligini öğirlab, talon-toroj qilyaptilar?
Masalan, ayrim vijdoniga yamoq tuşgan maktab direktori yoki vijdoni bemor, oq xalatining katta-katta yamoği bor boş vraçlar kimning haqini yeb, kimning mablağidan ömarmoqda? Çöntaklari yamoq beçoralarning rizqlariga çang solmoqdalar, xonavayron qilmoqdalar.
Muhtaram Prezidentimiz “Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi”, degan buyuk ğoyani islohotlarning boş mezoni etib belgiladi. Bu ezgu niyat har bir Vatandoşimizning kalbida aks-sado berayotir. Ayniqsa, bu jarayon ziyolilar, ijodkorlar, öqituvçilar, maktab mutasaddilarining fidoyilik va jonbozlik faoliyatiga aylanişi lozim.
Maktabga, uning mulkiga xiyonat qilayotgan ayrim viloyat, tuman va maktab rahbarlarini tomoq-yamoq kasaliga mubtalo bölgan kimsalardir desak xato bölmas. Yamoq maktab bir kuni yemirilib ketganidek, yamoq taʼlim-tarbiya ham uzoqqa bormay, çokidan sitilib ketiş ehtimoli ham yöq emas…
Xullas, mamlakatimizda yangi islohotlar, jadallik bilan amalga oşirilayotgan özgarişlar davrida, yangi Özbekistonda bunyod etilayotgan ulkan yangilaniş zamonida şijoat va ğayrat bilan bajarayotgan har bir ibratli va rejali işlarimiz kelajak avlod uçun yuksak namuna bölişi lozim. Biz qurayotgan binolar, yöllar, maktablar va boşqa köplab sohalarda amalga oşirayotgan islohotlarimizni körganlar hayrat va hayajonga tuşsinlar. Bizdan albatta ibrat olsinlar!.. Biz ularga şunday gözal va beqiyos Vatan qoldiraylikki, bu Vatanning nomi asrlarga teng bölsin! Şon-şuhrati asrlarga tatisin va dunyo havas qilsin, ona yurtimizga!
Aşurali JÖRAYEV
