Vaʼda beriş osonmi?
Sirdaryo tumanidagi 71-maxsus maktab-internat rekonstruksiyasi boşlandi-yu taşlandi. Şu tumandagi 32-umumtaʼlim maktabi esa hamon “avariya” holatida…
Bugungi Özbekiston ulkan quriliş maydoniga aylangani heç kimga sir emas. Lekin “guruç kurmaksiz bölmaydi” deganlaridek, Sirdaryoda keyingi yillarda bitişi içakdek çözilib kelayotgan, “tuya göşti yegan” quriliş obʼyektlari bir-ikkita emas. Xususan, Toşkent – Guliston katta magistral yölida qayta qurilayotgan köprik bir neça yildirki, sira bitmaydi. Ming-minglab yölovçilar tirbandlikdan xunob. Ayniqsa, katta yuk maşinalari qatnaydigan uşbu magistral yöldagi tirbandlik baʼzida viloyatlararo davom etişiga sabab bölmoqda. Hatto ana şu muhim obʼyektning işga tuşmagani viloyat markazi — Guliston şahriga ham salbiy taʼsir qilib, bu yerda ham tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Ammo quyida bu “olamşumul” quriliş haqida emas, bundan kiçikroq, lekin ahamiyati jihatdan öta muhim çala bunyodkorliklar haqida töxtalmoqçimiz.
Dastlab yana Sirdaryo tumanidagi 71-maxsus maktab-internat rekonstruksiyasi haqida ikki oğiz.
“Yana” deganimizning boisi – uşbu quriliş obʼyekti haqida şu yilning 27 mart kuni “Adolat közgusi” gazetasida kattagina tanqidiy maqola eʼlon qilingan edi. Lekin u viloyatning hozirgi paytdagi “gazeta öqimas” rahbarlari eʼtiboridan çetda qoldi. Açinarlisi, oradan ötgan 8 oy davomida quriliş obʼyektida loaqal 8 dona ğişt bir joydan ikkinçi joyga olib qöyilmadi. Maʼlum bölişiça, maktab-internat binosini qayta quriş 2019 yilda boşlangan.
Dastlab uşbu bilim maskani butun jihozlari, 240 nafarga yaqin öquvçisi va 100 kişilik pedagogik jamoasi bilan Sirdaryo tumaniga qöşni Baxt şahridagi yengil sanoat kollejining böşab qolgan binosiga köçirilgan. 3,5 gektarni egallagan uşbu bilim dargohi qurib bitirilsa, uning mamlakatimizdagi eng körkam, barça qulayliklarga ega öquv va tarbiya maskanlaridan biriga aylanişi şubhasiz edi…
Biroq viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi mutasaddilarining taʼkidlaşiça, 2020 yilgi pandemiya işning beliga tepgan. Şu sababli qurilişda depsiniş boşlangan emiş. Barça işlar deyarli töxtabdi. Bu orada pudratçi korxona — “Great builders” MÇJ quruvçilari bir qavatli öquv binosini ikki qavatliga aylantiriş, boşqa binolarning tomlarini yangilaş, isitiş va yoritiş tizimi uçun salkam 10 milliard sömlik ajratilgan mablağini allaqaçon sarflab tugatişgan. Qoyilmisiz?! Yomon tomoni, şu bilan barça işlar ölda-jölda taşlab ketilgan-da!
Töğri, respublika hukumati maktab-internat binosi rekonstruksiyasini nihoyasiga yetkaziş yuzasidan şoşilinç çora-tadbirlar rejasini körgan. Jumladan, hukumat tomonidan 3 ta yirik korxona:
“SFI Management Group” MÇJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” hamda “Özbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatlarining taşabbusli ajratmalari mazkur obʼyektning rekonstruksiyasini taʼminlaş uçun asosiy moliyalaştiriş mablağlari etib közda tutilgani qöllab-quvatlangan. Agar iş boşlanişida 10 milliard söm sarflanganini hisobga olinadigan bölsa, qurilişni yakunlaş uçun yana 25 milliard söm mablağ zarur ekan. Taassufki, hali-hanuz yuqoridagi obröli va saxovatpeşa homiylar mablağidan esa negadir darak yöq ekan.
Bu — masalaning iqtisodiy jihati. Biroq masalaning maişiy-maʼnaviy tomonlari ham bor.
Yaʼni, maxsus maktab-internat jamoasi köçirilgan kollej binosi 4 yildirki, ruhiy va jismoniy rivojlanişida nuqsoni bölgan öquvçilar uçun muayyan qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda. Misol uçun, kollejning katta va baland şiftli xonalarini isitiş qiyin. Ularni bir amallab moslaştirib, amal-taqal faoliyat yuritişayapti. Biroq kollej yotoqxonasida öquvçilar haftada loaqal bir marta bu yerda yuvinişiga heç qanday şaroit yöqligi çatoq ekan.
Noiloj, ota-onalar har hafta 50-100 kilometr yöl bosib, uy va maktab-internat oraliğida sarsonu sargardon bölişmoqda. Bu esa aholi orasida turli noroziliklar tuğdirayotgani sir emas.
— Baxt şahriga haftada 2 marta Oqoltin tumanidan qatnayman, — dedi Rahmatilla Ğofurov. — Yaʼni, duşanba kuni bemor öğlimni yöl maşinasida maktabga olib kelaman, şanba kuni uyga qaytarib olib ketaman. Yuvintirib, duşanba kuni yana olib kelaman. Olis masofa, yölkira ança madorimni quritib qöydi. Yul azobidan bemor öğlim ham ezilib ketdi.
Biz suhbatlaşgan boşqa ota-onalar ham şu fikrga yaqin gaplarni aytişdi.
Albatta, bu ahvoldan bugungi viloyat mutasaddilari xabarsiz, desak, adolatdan bölmas.
Ötgan yilning 1 dekabrida öşa paytda viloyat hokimi vazifasini bajarib turgan Akmaljon Mahmudaliyev tegişli taşkilotlar rahbarlari iştirokida quriliş obʼyektiga taşrif buyuradi. Bu yerdagi ahvol bilan atrofliça tanişib, vaziyatni önglaş yuzasidan tegişli körsatmalar bergan. Ertasi kuni esa viloyat rahbari Baxt şahriga, hozirda maktab-internat joylaşgan kollej binosiga ham kelganlar. Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan önlab öquvçi öğil-qizlarga sport kiyimlari va boşqa sovğalar hadya qilibdi. Lekin ming afsuski, viloyat rahbarining jamoa muammolariga munosabati şu bilan yakun topibdi.
Endi eʼtiboringizni “Hurriyat” gazetasining şu yil 29 mart sonida eʼlon qilingan “Ögay maktab” sarlavhali maqolaga qaratmoqçimiz.
Unda Baxt şahridagi 32-maktabdagi “avariya” holati haqida söz borgan edi.
Taassufki, bundan 50 yil muqaddam qurilgan uşbu maktab ötgan vaqt mobaynida biron marta ham kapital taʼmirlanmagan ekan.
Eʼtiborli jihati şundaki, maqola gazetada eʼlon qilingaç, viloyat hokimi sifatida tölaqonli iş boşlagan Akmaljon Maxmudaliyev katta-kiçik rahbarlar qurşovida 32-umumtaʼlim maktabigada taşrif buyuribdilar. Sinfxonalarni aylanib, “avariya” holatiga şaxsan guvoh bölgan. Viloyat rahbari maktabni şu yilning özidayoq joriy taʼmirlaş yuzasidan Sirdaryo tumani hokimiga, viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi rahbarlariga tegişli körsatmalar bergan. Lekin…
Hurmatli muştariy, 71-maxsus maktab-internat va 32-umumtaʼlim maktabi örtasida qanday boğliqlik bor, deb öylarsiz. Hamma gap şundaki, biz yuqorida tilga olgan Baxt yengil sanoat kollejining böşab qolgan binosiga aslida mana şu 32-maktab jamoasi köçirilişi belgilangan edi.
Bugun esa na maktab-internatning yangi binosi qurib bitkazildi, na 400 örinli 32-maktab binosi joriy taʼmirdan çiqarildi. Qisqasi, hamma vaʼdalar vaʼdaligiça qolib ketmoqda.
Ne tongki, “bergan vaʼdalaring qani?”, deb söraydigan mard topilmayapti. Viloyat rahbarining esa işi köpligidan bölsa kerak, biz aytayotgan maktab-internat hamda 32-sonli maktab böyiça jiddiy şuğullanişlariga vaqtlari bölmayaptilar, çoği.
Mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Şavkat Mirziyoyev har bir katta-kiçik rahbardan, avvalo, taʼlim sohasiga eʼtibor qaratişlari lozim ekanligini hamişa uqtiradilar. Şu bois yaxşi niyatda bölib turamiz. Ajab emaski, viloyat mutasaddilari bergan vaʼdalarini eslab qolişsa?!
Haydarali MAMATOV,
“Hurriyat” muxbiri.
