ZIYORAT — özini köz-köz qilişmi?

Yaqinda  yaqin bir birodarimizning buvisi Umra ziyoratidan keladigan böldi. Meni ham kutib olişga aytişdi. Borsam, tumonat odam. Qişloqning deyarli yarmi yiğilgan edi. Taʼbimni xira qilgani şu böldiki, kutib olişga çiqqanlarning har birining qölida yo körpaça, yo joynamoz, yoki belboğ. Yerga uzun qilib töşab taşlaşdi, poyandoz solişdi.

— Bu nima endi, aka? – deb söradim qarindoşimizdan.

— Körmayapsizmi, buvimlar muqaddas joylarni ziyorat qilib kelmoqdalar. Tabarruk qadamjolarga tekkan oyoqlari ostiga töşalgan narsalar esa irim-sirim-da. Albatta, “Yaxşi niyat — yarim davlat”. Bizga ham şunday joylarga boriş nasib etsin.

— Axir bularning bari beʼmanilik emasmi, odatda, bunday işlar köz-köz qilinmaydi-ku?

— Sekinroq gapiring, odamlar eşitib qolişsa, naq sazoyi bölasiz-a?

Oçiği, ğalati bölib ketdim. Tuppa-tuzuk öqimişli odamning gapini qarang. Men notöğri yoki nojoiz gapirmadim, şekilli? Xullas, ziyoratçilar kelişdi. Uyoğini gapirmasam ham, yozmasam ham özingiz tuşunib olgan bölsangiz kerak. Oriyat yuzasidan marosimni kuzatib turdim. Ketib yuborişga “hurmatsizlik bölmasin”,  deb istihola qildim.

Ming afsus!

Juda taniş manzaralar, şunday emasmi? Ayniqsa, bugun ijtimoiy tarmoqlarda muborak Haj yoki Umra  ziyoratini ado etib kelganlarni kutib olişda ziyoratçilar qadami ostiga uzundan-­uzun şolçalar, turli matohlar töşalgani, yoş bolani ziyoratçining oyoği ostiga bostirilişi aks etgan videolavhalarni körmayotgan yurtdoşimiz bölmasa kerak. Negadir şu tobda “Körmaganning körgani qursin” degan naql esga tuşadi.

Ana şunday holatlar yuzasidan Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi quyidagiça munosabat bildirgan:

“Haqiqatda umra ibodatiga borib kelayotgan ayrim ziyoratçilar va ularning yaqinlari bilgan yoki bilmagan holda riyokorlikka yöl qöyişi kuzatilmoqda. Baʼzi hollarda umra safaridan kelganlarni dabdaba-yu asʼasa ila kutib oliş, köça boşidan poyandozlar soliş holati köpaymoqda. Bu kabilar dinimizga mutlaqo zid bölib, unday işlarni qilayotganlar öta johil va nodon kişilardir. Ehtimol, bu işlari bilan ular özlarining Allohning baytiga bölgan ehtiromlarini yoki uni tavof qilib kelgan kişiga nisbatan hurmatlarini ifodalamoqçidir. Lekin ibodatga hurmat-ehtirom bu tarzda namoyon qilinmaydi. Aksinça, bu riyokorlik va oğir gunoh”.

Öylab qolasan, odamlarga nima bölyapti? Axir ana şunday dabdabali marosimlar uçun qilinadigan sarf-xarajatlarni tejab, yon-atrofdagi muhtoj kişilar, oilalarga berişsa ham böladi-ku!

Yoki yana bir holat. Köp bölmadi, bir muddat ilgari ijtimoiy tarmoqlarda bir video-­lavhaga közim tuşdi. Unda bir yigit onasining oyoği yuvilgan suv­ni qöllariga olib içayotgani aks etgan. Ana sizga yana bitta köz-köz tomoşasi! Ey, baraka topkur, har kim ham ota-onasini hurmat qilişi,  eʼzozlaşi kerak. “Jannat onalar oyoği ostidadir” degan purmaʼno hikmatlar bejiz aytilmagan. Ammo… ota-ona roziligi hammaga köz-köz qilib, ularning oyoqlari yuvilgan suvni içiş bilan emas, balki  farzand umri davomida ularning xizmatlarini qilişi, ularga nisbatan doimo xuşmuomala bölib, aziyat bermasligi bilan böladi. Şunga köra, farzand ota yoki onasining yuvingan suvini içişi va buni ijtimoiy tarmoqlar orqali boşqalarga köz-köz qilişi… ota-onani emas, avvalo, özini köz-köz qiliş, saviya, farosatdan ança uzoqda ekanligidan dalolat bermaydimi?

Uşbu holat böyiça Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi quyidagiça munosabat bildirdi:

“Dinimizda ota-onani rozi qiliş katta savob hisoblansa-da, ularning oyoği yuvilgan suvni içib, uni barçaga köz-köz qiliş joiz emas. Çunki, bu birinçidan, dinda ğuluv (çuqur) ketiş sanaladi. Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu haqida ogohlantirib, şunday deganlar: “Dinda ğuluv (çuqur) ketişdan saqlaning. Zero, sizlardan oldingilarni faqatgina dinda ğuluvga ketişlari halok qilgandir” (Imom Nasoiy, Ibn Moja va Ahmadlar rivoyati).

Ikkinçidan, bu işda riyo belgilari bor. Yaʼni, mömin odam har bir amalini xolis Alloh uçun qilib, imkon qadar boşqalardan yaşirişi lozim. Aks holda, qilgan amalining savobidan mahrum böladi. Eng yomoni, baʼzilar mana şunday nojoiz işni qilib, kamiga suratga ham oldirib tarqatmoqdalar. Natijada boş­qalar “bu işlar juda uluğ amal ekan”, deb nojoiz işlarni ibodat darajasiga kötarib yubormoqda. Kör-körona ergaşib ketmoqdalar. Imom Rabboniy quddisa sirruhu “Maktubot”da aytadilar: “Biror amal şariat körsatmasiga muvofiq bölsagina Haq taolo huzurida maqbul böladi. Aksinça bölsa, Alloh taolo rozi bölmagan iş hisoblanadi. Qanday qilib Alloh rozi bölmagan iş savob örni bölsin?! Balki u jazoga loyiq amal sanaladi”. Demak, ota-onani rozi qiliş ham şariatimizga muvofiq tarzda bölsagina maqbul böladi…

Gap oçilganda yana bir holatni aytib ötsak. Ming afsuski, bunday dabdabali holatlar oilaviy tadbirlarimiz, töylarimizga ham begona emas. Ayniqsa, töylarning kundan-kunga dabdabali tus olayotgani, kimdir puldan, kimdir dollardan nimça kiyib, töyga kelganlarning oğzini oçayotgani heç kimga qiziq emas, aslida. Ota-ona, avvalo, farzandining baxti-kamolini köriş niyatida töy qiladi.

Eʼtibor bersangiz, hozir ham rivojlangan davlatlarda maşhur kişilarning töyi sanoqli kişilar bilan, ommaviy axborot vositalari xodimlaridan imkon qadar yaşirilgan holda nişonlanadi. Oddiy aholining töyi esa yanada odmi ötadi. Xöş, bizda-çi? Maşhurlar, ayniqsa, sanʼatkorlarning töyini butun respublika internetdan bemalol töğridan-töğri tomoşa qiladi. Undagi haşamatli stollar, ikki-uçtadan qöşiq aytib ketayotgan “yulduz”lar, allambalo şoular boşqalar köngliga şunday töy ötkaziş tuyğusini soladi. Xuddi dabdabali töy qilinsa, yoşlar baxtli-taxtli bölib ketadigandek. Hayotda esa teskarisini körayotganimiz xayolimizga ham kelmaydi.

Bobo-buvilarimizning aytiş­lariça, bizda yaqin-yaqingaça kelin kuyovning xonadoniga boşdan oyoq öralgan holda olib kelingan. Yomon nazardan asraş maqsadida kelin begonalarga körsatilmagan. Hozir ham qaysidir hududlarda bu anʼana bordir, ammo köpçilik kelinni avval “ZAGS”ga, keyin töyxonaga, söngra kuyov xonadoniga oçiq-soçiq tarzda olib bor­yapti. Avval töylarda kelin davraning malikasi bölib, yoşlar uçun tayyorlangan stolda boş egib ötirgan bölsa, endi ayrim kelin bölmişlar töyning boşidan oxirigaça raqsga tuşyapti, hatto qöşiq kuylamoqda! Kundan-kunga “zamo­naviylaşib” ketayotganimizdan kelinimizni hammaning köz öngida soatlab raqsga tuşirib qöyişdan uyalmayapmiz. Avvalgi kuyovlar töyda kelinning yuzini oçişga ruxsat bermasdi, qizğanardi. Hozirgi kuyovlar kelinning boşqalar bilan raqs tuşayotganiga ham parvo qilmayapti, töğriroği, or qilmayapti. Kundan-kunga milliyligimizdan, özligimizdan uzoqlaşib borayotganimizdan dalolat bu!

Jadid maʼrifatparvarlaridan Hoji Muin 1919 yilda “Töy va aza marosimi haqinda” nomli maqolasida bildirgan uşbu fikr­larga quloq tuting-a: “…ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uçun axloqiy va moliy jihatdan ğoyat köb zararlar körmakda bölğon bir millatmiz. Bizning xalq “mol va jon ketsa ketsun, obröi ketmasun”, xatna  yoki nikoh va yo aza  marosimini örnuğa keturmak uçun qöllarida bor narsalarini 1-2 kunda barbod etadilar, qarzdor böladilar. Qarzlarini ado eta olmağaç, oxiri, “molni odam topar, odamni mol topmas”, deb öz boğ va hovlilarini sotib, qarzlariğa berarlar”.

Taassuf… Oradan salkam 100 yil ötsa hamki, hamon deyarli öşa-öşamiz…

Yana mavzuga qaytsak. Xabaringiz bor, ötgan yilning 22 dekabr kuni Prezidentimiz raisligida Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişi ötkazilgan edi. Mana şu uçraşuvda Davlatimiz rahbari Haj va Umraga borib kelgan har bir yurtdoşimiz maʼnaviyat tarğibotçisi bölişi kerak degan fikrlarini ilgari surdi.

“Maʼlumki keyingi yillarda Haj, Umra ziyoratlariga keng yöl oçyapmiz, minglab fuqarolar mana şunday qutluğ ziyoratlarga borib kelayotganiga hammamiz guvohmiz. Bu borada ilgari ham aytgan bir fikrimni takrorlamoqçiman: Hajga, Umraga borib kelgan har bir yurtdoşimiz maʼnaviyat tarğibotçisi bölişi, odamlarni yaxşilikka boşlaşi kerak. Afsuski, hamma joyda ham şunday bölmayapti. Ziyorat bahona özini köz-köz qiliş, manmanlikka beriliş kabi bizga yaraşmaydigan xunuk holatlar közga taşlanyapti. Bular, albatta, barçamizni öylantirişi kerak”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Haq gap. Biz — özbekmiz. Tomiri ming yillarga borib taqaluvçi elatmiz. Bizning millatimizga xos töy-marosimlarimiz bor. Ular haqiqiy xursandçilik bilan, hayotimizdagi eng yorqin kun sifatida muhrlanişiga nima yetsin. Xoh töy bölsin, xoh çaqaloqni tuğuruqxonadan kutib oliş, xoh Hajdan qaytgan bobo, buvilarga, ota-onalarga  ehtirom körsatiş bölsin. Muhimi, barçasi özaro mehr-oqibat, hurmat-izzat, odob, hayo, kamtarlik degan tamo­yillarga monand tarzda keçişi maqsadga muvofiq bölar edi.

Yaqinda Özbekiston musulmonlari idorasi rahbari,  muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Umra ziyoratidan qaytganlarni kutib olişdagi isrofgarçiliklar, ortiqça dabdabalarga munosabat bildirarkan, şunday dedi:

“Muhtaram Umraning niyatida yurgan hoji ota, hoji onalarimiz… Agar Alloh taolo meni Kaʼbatulloh tavofiga muşarraf qilsa yoki Payğambarimiz Muhammad S.A.V. ravzalariga borib namoz öqişni, ul zotning qabr­lariga qarab salavot-u salomlar aytiş baxtini bersa, uşbu ibodatdan qaytib kelganimdan keyin heç qanday riyo qilmaslikka, isrof qilmaslikka, balki heç bölmaganda ikki kambağal oilaga qöldan kelgança yaxşilik qilişga Alloh nasib qilsin, deb vaʼda qiling. Agar yilda 70 ming nafar odam Umraga borayapti desak, hozirga qadar 40 mingga yaqini bordi. Agar har bir 40 ming kişi ikkitadan kambağal oilaning boşini silasa, 80 mingta oilaning xonadoniga baxt kirib boradi.

Siz özi Umradan kelgandagi tadbir-u marosim, isrofgarçilik, riyo, xöjakörsin marosimga ketadigan xarajatni ikkita kambağal oila bolasining maktabi uçun, taʼlimi uçun bersangiz edi, yoki bolasini davolatiş uçun, ota-onasini davolatiş uçun dori izlayotgan odamga bersangiz edi, bugun topgani oşga, nonga yetib, zörğa yaşayotgan azizlarning xonadoniga öşa xursandçilikni kirgazganingizda edi, uning savobi bu dabdababozlikdan çandon-çandon köp bölar edi”.

Xöş, muftiy hazratlarining bunday ajoyib daʼvatlariga nega munosabat, amaliy munosabat yöq? Nega jimmiz? Nahotki, dabdaba, kim özarga musobaqa afzal ayrim yurtdoşlarimiz uçun?!

Ming taassufki, globallaşuv şaroitida moddiy çegaralar tobora nisbiylaşib, maʼnaviy qadriyatlar asta-sekin umumiylaşib borişi kuzatilmoqda. Bunday pallada esa milliy öziga xoslikni saqlab qoliş, milliy özlikni anglaş va qadriga yetiş tuşunçalari ustuvor maqsadga aylanmoği lozim. Zero, milliy özlikni anglaş va qadrlaş jarayoni maʼnaviy qadriyatlarimizning poydevori bölib xizmat qiladi.

Islom ASILBEKOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan