Matbuot xizmatiga “ögay” matbuot
Yodingizda bölsa “XXI asr” gazetasining şu yilgi 32-sonida (sanasi 3 avgust) jurnalist Rözimboy Hasanning “Anna German Urgançning “ögay” qizi(mi)!?” sarlavhali tanqidiy maqola bosilib çiqqaç, ançagina şov-şuvlarga sabab böldi. Boisi, juda qisqa muddat içida Xorazm viloyati hamda Urganç şahri hokimliklari matbuotdagi bu asosli çiqişga eʼtibor qaratib, maqolada kötarilgan muammoni ijobiy hal qilişdi. Albatta, masʼullarga taşakkur aytiş kerak.
Tanqidiy maqolamizda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2021 yil 3 may sanasidagi “31/1-990” raqamli çora-tadbirlar rejasining 32-bandida Urganç şahridagi 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Anna German nomini beriş va hovlisiga yodgorlik örnatiş belgilangan bölsa-da, ötgan ikki yildan ortiq vaqtda bu masalaga eʼtibor qilinmayotgani tilga olingandi.
Urganç şahar hokimi zudlik bilan farmoyiş çiqarib, haykalni tayyorlaşga va örnatişga ketadigan tegişli mablağni ajratdi va 25 avgustda — Anna German vafot etgan kuni yodgorlik örnatildi!
Yaxşi-ya!
Albatta. Quvonmay böladimi!
Buni quvonç bilan yozayotganimiz sababi – sönggi yillarda idora-taşkilotlar, mahalliy hokimliklar vaqtli matbuotda çop etilayotgan tanqidiy çiqişlarga eʼtiborsizlik bilan qarab kelayotgani inkor qiliş qiyin bölgan haqiqat edi. Biror tumandan tayyorlangan tanqidiy material xususida matbuot xizmati rahbariga boğlanişimizga töğri kelganda, odatda, ulardan bir xil qolipdagi javobni eşitişga örganib qolganmiz: “Iya, qaçon çiqdi? Xabarim yöq ekan!”
Prezidentimiz farmoni bilan idora-taşkilotlar, tuman hokimliklarida matbuot xizmati taşkil qilinganiga tört yildan oşib qoldi. Bu xizmat zimmasiga ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda oydinlanayotgan tanqidiy çiqişlarga munosabat bildiriş vazifasi birinçi navbatda yuklatilgandi. Ammo ming taassufki, aksariyat tizimlardagi matbuot xizmatlari “özlarining birinçi navbatdagi vazifasi sifatida ijtimoiy tarmoqlar (hatto ayrim xorijiy va mahalliy OAV hamda saytu telegram guruhlari)da bölar-bölmas, u asoslimi, asossizmi, baribir, çiqqan bölsa tamom, tanqidiy çiqişlarga tezkor munosabat bildiriş” deb bilişadi.
Matbuot xizmatlari masʼullari erta-yu keç planşetu qöl telefonlaridan nigohlarini uzmay ötiradi: xöş, qani, qaysi tarmoqda öz tizimi, hududiga aloqador biror noxuşroq “negativ” narsa çiqibdi, şuni nazorat qiliş bilan ovora-yu sarsonlar!
Va hatto texnika taraqqiyoti şaroitida hozir kun böyi telefonga termilib ötiriş şart emas, unga maxsus dastur örnatib, öz tumani yoki tizimi atamasini kiritib qöyişsa…qarangki, qaysi tarmoqda biror narsa tarqalsa, böldi, hamma havolalar çiqib kelaveradi.
Lekin buni qarangki, öşa dasturga OAV kiritilmagan. Bosma naşrlar, radio va televideniye ham “unutilgan”.
…Matbuot(Axborot) xizmati rahbari bölgan bir tanişimiz qiziq gapni aytib qoldi: “Bizlar birinçi navbatda yurtimiz şaʼni, obrösini saqlaşimiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi har bir narsani dunyo kuzatadi. Ayniqsa, tanqidga moyilroq çiqişlarni odamlar kiprik qoqmay öqiydi. Köpçilik deyarli maqtov va ijobiy narsalarni ötkazvoradi, aksinça, köngilsiz voqealar tez tarqaladi. Mabodo bizning idoramiz nomi keltirilgan tört qator tanqidiyroq narsa çiqsa, urdi Xudo, şu zahoti töpolon boşlanadi. Qanday qilib bölsayam yaşin tezligida “andavalangan” munosabat bildirmasak, uyimiz kuyadi. Nima emiş, bunday çiqişlarga befarq bölsak… unda yurtimiz imijiga putur yetadi. Gazetalar esa mamlakat içida tarqaladi, yana adadi oz…”
Fikrlaşga qarang! Ana sizga saviya, ana sizga daraja!?
Vaqtli matbuot heç qaçon tanqidiy çiqişi orqali mamlakat obrösini tökişni öz oldiga maqsad qilib qöymagan, qöymaydi ham. Qolaversa, qaysidir tuman hokimi yoki taşkilot mamlakat imijini belgilamaydi. Har bir tanqidiy çiqiş ortida muammosiga yeçim izlagan mustaqil davlatimiz fuqarosi bor, xalqning bir vakili bor, INSON bor axir! Qay bir tumanda islohotlarning paysalga solinayotgani, davlat rahbari imzolagan farmon va qarorlar yoki hukumat tomonidan belgilangan vazifalar ijro qilinmayotgani, asossiz paysalga solinayotgani haqida bong uradi matbuot.
Baʼzan közimiz tuşadi: hatto ismi-şarifini çala-çulpa yozadigan özini bloger deb ataydigan şovvoz qaysidir mahallaga tortilgan içimlik suv quvuri bexos yorilgani haqida (boşqa mavzularni qöyavering, YTH, janjal-töpolon, kurakda turmaydigan haqoratli videolar va hokazo…) oğiz köpirtirib, yana “Hoy, hokim, prokuror va boşqa mutasaddilar, qayerdasiz, hammangiz uxlab yotibsizlarmi?” degan savodsizlarça yozilgan, lekin vahimali sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqda çiqiş qiladi va… Oradan uç-tört soat ötar-ötmas, xuddi öşa viloyat-tuman-şahar yo qaysidir nomi ot hurkitadigan idora matbuot xizmati “öşa kamçilik tezkorlik bilan tuzatilgani” haqida axborot-xabarça eʼlon qiladi. Bu yoqda esa bosma naşrlarda öşa tumanda tadbirkorlar öz loyihalarini amalga oşiriş uçun yillab kredit ololmayotganlari, işlab çiqarişni yölga qöyolmay, bor mahsulotni ham sotolmayotganliklari uçun qarzlar kundan-kun “bolalab” borayotganidan norozi bölişayotgani yoki qaysidir yurtdoşimizning haq-huquqlari buzilayotgani, bir-biridan farq qilmaydigan “idoralararo “otpiska”lardan odamlarning hafsalasi pir bölayotgani haqidagi jiddiy, fakt va raqamlarga asoslangan tanqidiy çiqişga tezkor emas, öz muddatida, yaʼni qonunda belgilangan tartibda munosabat bildiriş öşa, davlatdan otning kallasiday maoş olib, nuqul murosasozlik qilayotgan matbuot xizmatining tuşiga ham kirmaydi. Yanada qiziği, tanqidiy çiqişlarimiz taʼsirçanligini oşiriş maqsadida, biz öşa materiallarimizni ijtimoiy tarmoqlarga joylab boramiz. Kuzatuvçilar bu havolalarimizga imkon qadar öz munosabatini ham bildiradi, hatto ayrimlari qiziqqonlik qilib, masʼullar şaʼniga nordonroq sözlarni ham yozişadi. Xuddi ana şunday paytda öz rahbari atrofida “Xitoy devori” qurib olgan “sodiq himoyaçi” — matbuot xizmati “tirilib” qoladi. Bu “jonlaniş” isboti u qönğiroq qilib, öşa maqolani ijtimoiy tarmoqdan olib taşlaşni iltimos qiliş bilan yakunlanadi…
Bunday ikki xil standart qaçongaça davom etadi? Kim bu savolga jöyaliroq javob beradi?
Aslida, barça OAV vakillari, şuningdek, ijtimoiy tarmoqda özining xolis va adolatli sözini aytmoqqa harakat qilayotgan insonlarning ezgu maqsadi, yoruğ niyati bitta: u ham bölsa, şu ozod Vatanimizning nurli kelajagi, istiqboli, taraqqiyoti, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, jonajon xalqimizni rozi qilişdir. Demak, bu jabhada toifa yoki taraflarga ajratiş yaxşilikka olib bormaydi.
Norqobil JALILOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, “XXI asr” gazetasi
Boş muharriri.
