KÖZBÖYAMAÇILIK OQIBATI

Rahmatli bobom quriyotgan daraxt qanday dardga çalinganini, uning hayotini saqlab qoliş mumkinmi-yöqligini bilar va şunga qarab iş körar edilar. Hovlimizdagi serhosil şirin gilos uçidan quriy boşlaganda katta-kiçik hammamiz açinib, muhim bir narsadan ajrab qolayotganday taşvişga tuşganmiz. Bobom esa: “Buning ildiziga qurt tuşgan. Tozalab taşlab, yaxşi parvarişlasak, gurkirab ösib ketadi” dedilar-da, işga kirişdilar. Gilos atrofini ildizlari  köringunga qadar kovlab, söng qandaydir kulrang kukunni suvga qoriştirib, kerakli joylarga quyib çiqdilar. Xiyol ötmay, har biri barmoqday keladigan qoramtir qurtlar halokatdan qutulib qoliş uçun ildizlar osti-ustidan tözğib çiqişdi.“Gilosni quritmoqçi bölganning jazosi şu”, deya bobom ikkov ularga qiron keltirganmiz. Keyin tomirlarga yana eritma sepib, ustidan mahalliy öğit va toza tuproq solib, suv quyib turişni kanda qilmadik. Uç-tört kun ötib, gilos şoxlari kuç olib, barglariga jon kirdi.

Öşa paytdagi quvonçimizni körsangiz edi. Hovlimizning körki bölgan gilosni hayotga qaytargan bobomdan minnatdor bölib, qayta-qayta rahmatlar aytganmiz. “Bobong Miçurindan ham zör” deganlar otam kulib. Yoşim ulğaya borgan sari otam bu taʼrifni bekorga aytmagan ekanlar derdim özimga özim. Çunki bobom qaysi daraxtga nima kerakligini, u bilan qanday muomala qilişni, nimalar evaziga möl hosil berişini man degan olimdan köproq bilişlarini vafotlaridan söng, qöni-qöşnilar-u qişloğimiz qariyalaridan köp va xöb eşitganman. Bunday gaplar mening bobomga bölgan mehrimni yanada oşirar, şunday insonning nabirasi bölganligim bilan juda-juda faxrlanar edim. Şuni ham aytiş joizki, bobom qattiqqöl va qatʼiyatli edilar. Biron bir joyda  qurigan daraxtga közlari tuşsa bormi, bu fayzu-barakani qoçiradi deya uni tomoşaga qoldirmas, darhol kundakov qildirib, örniga biron bir mevali daraxt ektirar edilar. Keyin-keyin bildimki, bularning bari insonni bolaligidan tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalaşda, yaşillik olamini turli ofatlardan asraşni  va ularni bebaho boylik sifatida qadrlaşni örgatişda bir akademiya  vazifasini bajargan ekan. Mana şu akademiya öz nufuzini yöqotmagani uçun ham qişloqlarimiz hamonki, şaharlarimiz bozorlari peştaxtalarini polizu sabzavot mahsulotlaridan tortib, meva-çevagaça töldirib turibdi. Buning uçun bobodehqonlarimizga-yu mirişkor boğbonlarimizga har qança tahsinu tasanno aytsak arziydi.

Afsuski, qator-qator ekologik muammolar paydo bölayotgan bugungi kunda yaşillik olamini boyitiş va uni asraş masalasida poytaxt Toşkentda xayrli, boringki, savob işlar qatorida vaʼdabozlik, mendan ketgunça – egasiga yetgunça qabilida iş tutiş, közböyamaçilik keng quloç yozayotganligidan köz yumib bölmaydi. “Tabiat bizning hayotimiz, hayotimizni asraylik!” — deya bong urayotgan bölsak-da, ayrim joylarda tabiatni tabiat qilib turgan daraxtlarni sunʼiy ravişda quritişni, imi-jimida gumdon qilişni qoyillatib, gunohidan qörqmayapmiz. Mana, bir misol: Toşkenti azimning Mirobod tumanidagi Şarof Raşidov nomli mahallasi şaharning qoq belida joylaşgan bölib, bu yerdagi köp qavatli turar-joy binolari 1966 yilgi yer silkinişidan keyin barpo etilgan. Uylar oraliğida, yöl va yölaklar böylarida qatorlaşib turgan neça yuzlab oltmiş-yetmiş yillik daraxtlar mahallaning körkiga körk, çiroyiga çiroy qöşib turardi. Böyi 50-60 metr keladigan çinorlaru qarağaylar şoxlari bir-biriga tutaşib ketgan, yoz jaziramasi kunlarida bu yerning soya-salqiniga hammaning havasi kelardi. Bu daraxtlar içida xalqimizning ardoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov öz qöli bilan ekkan daraxt ham kökka böy çözib turar, uning uluğvorligi mahallaga özgaça bir fayz baxş etib turgandek edi. Har biri bir imoratni obod qiladigan bu daraxtlarni kimlardir köz ostiga olib yurgan ekanmi, ön ikki yil muqaddam e yöq, be yöq tanlab-tanlab kesib olib ketişdi. Odamlarning baqir-çaqiriyu dod-voyiga qayrilib qaraydigan biron bir tabiatparvar mard topilmadi öşanda.

Tört-beş yil oldin esa “Istiqlol” deb nomlangan bolalar boği örnida mahalla guzarini bunyod etiş bahonasida beş qavatli  bino qurilişi bu yerdagi öttizga yaqin daraxtni (ularning içida davlat arbobi  Ş.Raşidovdan yodgor bölib qolgan daraxt ham bor edi) jahannamga ravona qilişdan boşlandi. Toqati toq bölgan mahalla ahli bu gal çidab turolmadi. Daraxtlarni kesişni bas qilişni qatʼiy talab qildi.

Murojaat böyiça kelgan şahar ekologiya qömitasi vakillari esa bir qarorga kelmay turib, boşlarini sarak-sarak qilgança jönab qoldilar. Gazeta, televideniye va radio jurnalistlari yeng şimarib keldilar. Biroq, Özbekiston televideniyesida berilgan tanqidiy körsatuv ham, xorijiy muxbirlarning dunyo­­ga tarqatgan reportajlari ham “bunyo­d­­­­­­­k­orlar”ni orqaga qaytara olmadi. Odamlarning hokimiyatlar, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va yuqori taşkilotlar qabulxonalarida soatlab sarğayib ötirişlaridan ham biron-bir natija çiqmadi. Bu paytda kundakov qilingan daraxtlar boradigan joyiga borib bölgan, xarobaga aylangan bolalar boği örnida qudratli texnikalar kuçanib-kuçanib, yeru kökni larzaga solib işlayotgan edi. Mahalla ahlining asabi yanada tarang­laşgan bölsa-da, umid bilan oqni oqqa, qorani qoraga ajratib beradigan odil sud­­ga murojaat qildi. Afsuski, tuman sudi işni çözib ötirmay, ğalaba qarorini “quruvçi” qöliga tutqazdi. Bu ham mahalla fidoyilari könglini sovuta olmadi. Iş Toşkent şahar maʼmuriy sudida körilib, öşa avqtdagi tuman hokimi qarori bekor qilindi.

Ana şunda ança-munça sirlar foş böldi. “Men bu yer (salkam yarim gektar joy) uçun hazilakam mablağ sarflaganim yöq” dedi “quruvçi” boşini çangallab. U daraxt­larni kestirişda boş-qoş bölganlarni ham quruq qöymaganligi oğzining bir çetidan çiqib ketdi. Lekin şunça qilğilikni qilgan nafsi öpqonlarning heç qaysi biri javobgarlikka tortilmadi. Nega? Mahalladoşlar vayron bölgan joyni asta-sekin özlari obod qildilar. Lekin, endi bu yerda tangadek soya yöq. Bolalar esa ota-onalarining yetovida “Kök gumbazlar” boğiga borib öynaydilar.

Xöş, şu bilan mahalla tinçib ketdimi? Yöq! Ikki yil muqaddam köp qavatli beşta uyga tutaş bölgan haşamatli binoga nufuzli bir taşkilot köçib kelişi munosabati bilan yana keng kölamli “obodonlaştiriş” işlariga qöl urildi.  “Buzib-tuzişda” kattagina tajriba orttirganlar qilinadigan işlardan aholini    voqif etişni istamagan holda işga kirişdi. Oyni etak bilan yopib bölmas deganlaridek, haş-paş degunça haqiqatga aylangan miş-miş quloqdan-quloqqa yetib, odamlar obodonlaştiriş loyihasini talab qildilar. Uni heç kim körsata olmadi. Mardikor bozoridan olib kelingan odamlar özlariga öxşagan bir “dono” nima desa şuni qila boşladilar. Ğazabi qaynagan odamlar tuman hokimiga rasman murojaat qilişdi, ammo foydasiz. Ertasi kuni mardikorlar soni öttizdan oşdi. Ikki-uç kun ötib, ekskavatorlaru yuk maşinalari yordamga keldi. Ularning biri yölaklarni kovlasa, biri çiqindilarni olib ketadi. Texnikaning “ehtiyotkor”ligi bilan uy oldi boğçalari toş va şağalga qorilib, mevali daraxtlari yakson qilindi. Ellik beş yildan buyon uylar oralaridagi suv oqib turadigan lotoklar kömib taşlandi. Bu közböyamaçilik avjiga çiqayotganligidan dalolat edi.

Keçasi beton yotqizilgan yölaklarning qiyşiqligi, notekisligi, nuqsonlari bilan heç kimning işi bölmadi. Yaşovçilar parvarişida bölgan boğçalar xarsang toşlardan tozalanmadi ham. Uylarning olaçipor böyalganini hisobga olmaganda örnatilgan suv purkagiçlar quvurlari yorilib, butunlay yaroqsiz holga keldi. Yer ostidan suv tortib beradigan 380 voltli qurilma bolalar uçun juda xavfli bölgan joyda örnatilgan bölib, eşigi oçiq turibdi. Umuman, obodonlaştiriş işlari  çala-yarim taşlab ketildi. Eng muhimi, suvdan mahrum bölgan bu yerdagi daraxtlar birin-ketin qurimoqda. Tuman ekologiya xizmatidagilar “Yer osti suvi sakkiz metrga tuşib ketgan. Buni biz heç narsa qilolmaymiz. Qurigan daraxtlar masalasida şahar ekologiya qömitasiga murojaat qilasizlar. Kesiş-kesmaslikni ular hal qiladi” degan javobni berişdi. Oltmiş metr çuqurlikdan tortib olinayotgan suv esa yaşillik olamiga emas, yorilib yotgan quvurlardan qaynab çiqib, uylarning yertölalariga tuşmoqda. Xullas, böl-böl bilan qöl uçida qilingan bu ğaroyib “obodonlaştiriş” haqida bir yildan buyon murojaat qilinmagan joy qolmadi. Qabulxonalar navbatçilari esa ism-şarifingizni, manzilingiz va telefon raqamingizni yozib olib, “albatta, boşliğimga yetkazaman”dan nariga ötmaydi. Şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari rahbarlarining javobi bitta: “bu bizga tegişli emas!” Unda bu közböyamaçilikning egasi kim?! Buni faqat va faqat respublika prokuraturasining ekologik muammolar bilan şuğullanadigan mutasaddilaridan boşqa birovning aniqlaşi muşkul. Şu bois, endigi murojaatimiz ularga böladi. Prezidentimiz taşabbusi bilan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilinib, yurtimizda daraxt ekiş va parvarişlaşga hukumat darajasida eʼtibor qaratilyapti. Poytaxtda joylaşgan Şarof Raşidov mahallasida esa uzoq yillar davomida daraxtlarga qiron keltirildi. Bunga sababçi bölganlar esa jazosiz qolmasligi lozim. Zero, har qanday quriliş, har qanday obodonlaştiriş daraxtlarni nobud qiliş evaziga bölmasligi kerak.

Nuriddin OÇILOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan