Ayb folbindami?
yoxud ayrim odamlarning vahimaga öçligi haqida
Buvim rahmatli har gal tança atrofiga biz — nabiralarini yiğib söz boşlasalar albatta ibratli, hayotning past-u balandini isbotlagan, yillar, asrlar mobaynida öz tasdiğini topgan hikmatga töla voqealarni aytib berişdan erinmasdilar. Şunday kunlarning birida huda-behudaga vahima qilib, paşşadan fil yasaydigan insonlar haqida bir nimalarni gapirib qoldilar. Maʼlum bölişiça, bir kişi öz kelajagini oldindan bilişga ahd qilibdi va folbinga boribdi. Folbin nimalarnidir öziça minğirlab, keyin tilga kiribdi va debdi:
— Ança vaqt baxtli yaşaysan, ammo oxirida devor bosib qolib, ölasan…
Buni eşitgan haligi kişi nima qilarini bilmay sarosimaga tuşibdi va özini qutqariş maqsadida kimsasiz çölu biyobonga çiqib ketibdi. Yöl yuribdi, yöl yursa ham möl yuribdi va axiyri çarçabdi. Ehtiyot şart yana atrofga alanglabdi. Birorta devor körinmaydi. Köngli xotirjam tortib endi közi ilinganda esa ustiga ohista şamolda uçgan şuvoq kelib tuşibdi. Devor bosdi, deb xayol qilgan haligi kişining yuragi yorilib, şu topdayoq til tortmay jon beribdi. Aslida esa uni devor emas, vahima bosgan edi. Devor emas, hadik öldiribdi.
Esimda. Ötgan yili ramazon oyi edi. Işda edim. Birdan çiroq öçdi. Oradan yarim soat ötar-ötmas bu holat butun respublikada hatto qöşni davlatlarda ham kuzatilayotgani haqidagi xabar köpçilikni vahimaga solib qöydi. Işxona röparasidagi dökonda odamlar töplangan, gavjum bozor bölib ketdi. Qiziqib bordim, kuzatdim. Hamma suvga yopişgan. Kimdir ikki, uç bakal, kimdir esa yarim bakal suv olib ketişmoqda. Men ham barça qatori yarim litr suv solingan bakalaşkani olib, ustidagi qoğozga köz yugurtirib öqib tursam ortimdan bir kişi keldi-da: “Nima qilib ötiribsan, öqişga balo bormi, sotib olmasang menga ber” deya qölimdagi suvga çang soldi. Hayratdan yoqa uşladim.
Yoki ötgan yili kuzatilgan Markaziy Osiyodagi blekautni olaylik. Bir neça kun nafaqat Özbekistonda balki qöşni Qozoğiston va Qirğizistonda ham svet böyiça muammolar yuzaga keldi. Şamning narxi esa keskin ravişda oşib ketdi. 3 ming sömlik şamlar 6-7 mingga kötarilib ketganiga nima deysiz? Nahotki, bir neça kungi favquloddagi vaziyatlarda ayrim “uddaburon tadbirkorlar” şamning narxini ikki-uç baravargaça oşirib olişgan bölsa degan öy-xayollar bilan yurdim.
“Ilgari ham “svet” öçardi, lekin şam bu darajada qimmat bölmagan edi-ku? – deydi ikkita şamni 16 mingga sotib olgan qöşnim öşa kezlari. Aslida xalq boşiga taşviş, iş tuşganda oddiy odamlar koriga şu tadbirkorlar labbay deb yaraşi kerak emasmi? Uç-tört sömlik foydani deb vaziyatdan foydalanib qoliş, daromad oliş buyuradimi?
Bilasizlarmi, bunday vahima kasalligi koronavirus çiqibdi deganda ham juda avj olgan edi. Esimdan çiqmaydi, birinçi karantin paytida qişloqqa borib bir muddat qolişimga töğri keldi. Qöşnimiz bozordan ön qop un sotib olib keldi. Göyoki yurtga oçarçilik keladiyu, hamma joyda un tugaydi. Körib ğalati bölib ketgan edim. Oradan bir hafta ötib qazo qilib qoldi. Sotib olgan unlar esa janozadan keyingi maraka marosimlariga ketdi.
Vahima… Eng qiziği, u ham virusga öxşaydi. Çunki psixologiyaga oid kitoblarda vahimaga his-tuyğu va kayfiyatning buzilişi sifatida qaraladi. Vahimada odamni asossiz qörquv bosadi, kişi nimadandir xavotirlanib, hadiksiraydi, bezovta böladi, köngli ğaşlanib, oromi yöqoladi. Unga kelajakda falokat bölişi muqarrardek, özi yoki yaqinlarining hayoti xavf ostida turgandek tuyulaveradi. Virusga öxşaş jihati esa vahimaçi bilan sözlaşgan kişining ham yuragiga ğulğula tuşadi. Hadik oralaydi.
Hamkasbim aytib qoldi. Tongda işga kelayotsa, bir kişi u ötirgan taksini töxtatibdi. Taksiga ötirib ulgurmasidan yuziga tutilgan niqobni yulqib olibdi-da, vahimani boşlab yuboribdi.
— Bu dardisar qayoqdan çiqdi, odam nafas ololmayapti. Aytgança, keça “Axborot”ni kördinglarmi? Yana yangi “zapret”lar qöyilibdi. Bunça çeklovlar qöyilayaptimi, demak, vaziyat jiddiy. Bir tanişimning aytişiça, koronavirusga çalinganlar 55 ta emas, minglab emiş. Asl holatni davlat yaşirayotganmiş. Uning gap-sözlari “Şum bola”dagi bekorçi naşavandlarning Abo Muslim haqidagi rivoyat yuzasidan qilgan tortişuvini eslatib yuboradi…
Qadimda bir şaharda vabo tarqab ketibdi. Odamlar sarosimada, qariyalar çorasiz, bolalar esa oçlikdan tinmay yiğlar, najot esa yöq ekan. Şahar çetidagi bir taşlandiq qişloqda közi ojiz tabib yaşar ekan. Biroq odamlar uni “bu söqir, odamlarni davolay olmaydi, agar çindan ham tabib bölganida özini davolagan, kör bölib yurmasdi” deya uni omma orasiga qöşmas ekan… Öşa tabib tuş köribdi. Şaharda vabodan odamlar birin-ketin vafot etayotgan, çorasizlikdan hamma töğri kelgan tomonga boş urarmiş. Uyğonib ketib qarasa haqiqatdan ham voqealar şunday tarzda bölayotganini anglabdi. Hassasiga tayanib şaharga boribdi. Ahvol oğir. Hammayoq parokanda. Tabib odamlarni bir joyga töplabdi va şunday debdi:
“Vahima va sarosima bu eng katta “kasallik”dir. Buning bitta davosi bor. Bu ham bölsa sizlar menga işonişingiz va ortimdan ergaşib, men aytgan muolajalarni bajarişingiz kerak. Bölmasa barçamiz ölib ketamiz…” Uning gaplariga köpçilik işonmabdi, uni yolğonçi, közböyamaçi deb haqoratlab oğilxonaga qamab qöyişibdi…
Vaziyat esa kundan-kun oğirlaşsa oğir bölibdiki, yengillaşmabdi. Qariyalar, gödaklar jon taslim qilişaveribdi. Imkonsiz qolgan “aqlsizlar”ga insof berib tabibni bandilikdan çiqarib, yordam söraşibdi. Tabib esa ularni maxsus guruhlarga ajratib, 40 kunlik çilla va tozalikka rioya etişini aytibdi. Qolaversa, kasalga çalinmaganlar toğdan darmonga boy ösimliklar, giyohlar terib kelişib unga yordam beribdi. Belgilangan muddat tugagunça heç kim uning gapini ikki qilmay bajaribdi va kasallikni yengib ötişibdi… Şahar ahli tabibga minnatdorlik aytiş va uni mukofotlaş uçun uning kulbasiga kelibdi. Ne köz bilan körişsin u qölida bir hovuç quritilgan giyohni uşlagança (u ham vabo yuqtirib olgan edi biroq unga qarşi damlama tayyorlab içolmay) vafot etgan edi… Yillar ötib odamlar kengaşgan holda şaharga uning nomini berib, hatto haykal örnatişgan ekan…
Nega bularni yozayapman? Hammamizga maʼlumki, yaqinda yurtimizda katta siyosiy jarayon – Prezidentlik saylovi ötkazildi. Bu jarayonda xalqimiz özlarining siyosiy tafakkuri, porloq kelajagi hamda qaʼtiy qarorlari bilan tanlagan nomzodlariga ovoz berişdi. Millionlab xalqimizning xohiş-irodasi ölaroq Şavkat Mirziyoyev nomzodi 87,5 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi. Bu albatta özbek xalqining, millatimizning odil tanlovi böldi.
Ammo bir tanişimning aytişiça, qişloğidagi baʼzi bir odamlar saylov ötar-ötmas “Saylov ötsa narx-navo kötarilib ketadi, un, yoğ, oziq-ovqat mahsulotlari ğamini yeb oliş kerak” degan vahima bilan qoplab un, 20-30 litrlab yoğ sotib olişibdi. Töğrisi, uning bu gaplarini eşitib yoqa uşladim. Odamlarga nima bölgan-a? Bunday gap-sözlarni qayerdan öylab topişar ekan? Mana saylov ham ötdi. Hammasi joyida-ku. Narxlar ham barqaror. Bozorlarda un yoki yoğ tugab qolgani, kimdir oçlikdan oziq-ovqatsiz qolgani yöq. Vahimaga ne hojat?
Şu örinda bir qiziq latifa yodga tuşadi. Bir kuni Afandi köçada ketayotsa bir töda bolalar öynab yurişgan ekan. “Töxta, şu xumparlarni bir boplayin” debdi u. “Hoy bolalar, köçaning boşida tekinga olma tarqatişayotgan ekan, bormaysizlarmi”, debdi. Bolalar yoş emasmi, barçasi birdan gur etib öşa tomon çopib ketişibdi. Ularni kuzatib turgan Afandining yuragiga ğulğula tuşibdi va oradan heç qança vaqt ötmasdan “Çindan ham olma tarqatişayotgan bölsa-çi”, deb özi ham ular ketidan çopib ketgan ekan…
Islom ASILBEKOV,
jurnalist
