Xorijiy yozuvlar “jimjimasi” bizni qaçongaça öziga “maftun” etadi?

Nazarimda, bugun gapiruvçi köp, eşituvçi yöqdek. Na yozilgan qonunlarga amal qilamiz, na yozilmagan axloqiy meʼyorlarga. Hamma narsani özimizning taʼbimizga, rayimizga qarab moslaştirib olyapmiz.

Yozuvçi Said Ahmadning “Kelinlar qözğoloni” spektakli qahramoni Farmonbibi aytgan “Xörozqand çet elniki bölsa…” degan naql bugun tilimizdagi ğalizliklar va imlomizdagi xatoliklarga köçib, “Yozuv çet elniki bölsa…” tarzida ifoda etilayotganday. Bu töğrisida oldin ham (“Hurriyat” gazetasining 2022 yil 37-soni “Masʼuliyat faqat masʼullarga(mi?)” va 2023 yil 7-soni “Tasvirlarda özligimiz aks etsa”) sarlavhali maqolalarimizda aytib ötgan edik.

Bundan taşqari OAVlarida muntazam köp va xöp gapirilmoqda, mutaxassislar tomonidan tuşuntirişlar olib borilmoqda, tarğibot işlari amalga oşirilmoqda. Şunday bölsa-da, ayrim tadbirkorlar, fuqarolar tomonidan davlat tilida iş yuritiş, “Reklama töğrisida”gi qonunlarga, til va imlo qoidalariga amal qilmaslik holatlari kamaymayapti. Aksinça, oşib bormoqda. Bularni biz köça-köydagi yozuvli tasvirlarda körişimiz, kuzatişimiz mumkin.

Guliston şahrida “Davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça hokimlarning viloyat, tuman va şahar maslahatçilari” va masʼul taşkilotlar vakillari, OAV xodimlari birgalikda yozuvli tasvirlar böyiça örganiş­lar olib bordi. Natijada til va imlo qoidalariga bepisandlik, özbilarmonlik bilan, iş tutayotgan bir qança fuqarolar, tadbirkorlar aniqlandi, ogohlantirildi.

Xususan, “Jidkiye oboi” – Suyuq gulqog‘ozlar, “Master” – Usta, “Stroy gorod”- Shahar qur, “Mir kraski” – Bo‘yoqlar dunyosi, “Mir (s) sveta” – Ranglar olami, “Klinika Ibn Sino” – Ibn Sino klinikasi, “Aviakassa” – Aviya chiptalari, “Mejkomnatnыe dveri” – Xonalararo eshiklar kabi til va imlo qoidalariga rioya qilinmagan tas­virli yozuvlarning muqobil variantlari tavsiya etildi. Açinarli tomoni şundaki, özbek tilidagi yozuvli tasvirlarning aksariyati “Mingchinor” – “Ming Chinor”, “Shohona” – “Shoxon”, “O‘zbek” – “Uzbek” tarzida xato yozilgan.

Söz birikmalarini notöğri qöllaş “Nur kafesi” – “Kafe nur” tarzida yozilgan holatga ham guvoh böliş mumkin. Özlaşmagan xorijiy sözlar orqali “yangi sözlar” hosil qiliş holatlari ham yöq emas. “Cho‘ntak burger”, “Mebel sity” yoki bevosita ingliz tili qoliplariga ergaşiş holatlarining uçraşi kuzatildi (“Sher kafe bar”, “Ixtiyor DUNYO Market”, “OK Malika Budur”, “Murzachul donald duck”).

Ayrim joylardagi yozuvli tasvirlarda çiziqça va nuqtalarning ham notöğri qöllanilganiga ne deysiz? Masalan, “Mening – ona shahrim Guliston”, “Uz.bek restoran” tarzida.

Bu jarayonda asosiy eʼtibor imlo qoi­dalariga töğri rioya etiş va nomlaş jarayonida milliy anʼanalarimizni, urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni inobatga olgan holda yondaşiş eʼtiborga olinişi haqida tavsiyalar berildi. Til va imlo qoidalariga rioya qiliş qonun-qoi­dalari tuşuntirildi. Xato yozilgan yoki belgilangan qonunlarga javob bermaydigan yozuvli tasvirlar olib taşlandi.

Birgina Guliston şahridagi yozuvli tas­virlarda yuzdan ortiq ham imloviy, ham uslubiy xatoliklar, ham til qoidalariga rioya qilmaslik holatlari uçrasa, bu son yurtimiz böylab hisoblanganda, qança bölişini tasavvur qilib köring. Bugun yurtimizda turizmni rivojlantiriş masalasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Yangi turistik hududlar taşkil etilmoqda. Kelayotgan xorijiy sayyohlar öz imlomiz va tilimiz qoidalariga bunday bepisandligimiz, loqaydligimizni körib qanday xulosaga kelişini ham öylaydigan vaqt keldi, axir!

Köpçilik xorijiy atamalardan foydalanayotgan tadbirkorlarning fikrlariga köra, nomlaşdagi xorijiy sözlar jarangdor bölarmiş. Baraka topgur, millating özbek bölsa, öz tiling, millatingdan qaçon faxr etasan?!—deging keladi. Şunday ekan, sen yuritayotgan MÇJ, YATT yoki boşqa tadbirkorlik subʼyektlari ham senga begona emas. Ularni xorijiy atamalarda nomlaş yoki qonunlarga mos bölmagan tartibda ataş orqali özimiz bilib-bilmay millatimizdan, tilimizdan, imlomizdan uyalişimizni namoyon etayotganligimizni anglaşimiz kerak. Tas­virli yozuvlardagi nomlarning töğri va aniq yuritilişi milliy qadriyatlarimizga mos bölsa, bu insonlarning közini quvnatadi, taʼlim beradi, tarbiya qiladi. Ota-bobolarimiz tomonidan rivojlantirilgan xattotlik sanʼati faqatgina gözal yozuvni emas, töğri yozişni ham özida aks ettirgan.

Şu örinda bir taklifni ilgari surişni lozim topamiz. Davlat tili töğrisida qonun bor. Köpgina davlatlar qatorida boşqa millat vakillari tillariga hurmatni saqlagan holda tegişli qonunlarda, şu jumladan, “Reklama töğrisida”gi qonunda ham xorijiy sözlardan foydalanişni kamaytiriş kerak bölsa, taqiqlaş lozimdir balki.

Özimizni isloh qilaylik, boşqalar ham bizdan örnak olsin. Zotan, bu kabi xato va kamçiliklar faqatgina masʼullarning harakati bilan bartaraf bölib qolmaydi.

Bahrom BOYMURODOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan