“Direktorni körsak taniymiz…”

Ötgan yakşanba kuni Sirdaryo şahar dehqon bozoridan bir neçta mevali daraxt köçatlarini xarid qildim-da, temir yöl yoqalab uyga qaytdim.

Birozdan söng quloğimga ortimdan kelayotgan bolalarning özaro tortişuvi çalindi. Yarim ögirildim. 14-15 yoşlardagi 3 nafar öğil bola.

Kiçikroği gapga juda çeçan edi. Buning ustiga, deyarli har gapida rus tilidagi bironta sökinişni işlatardi.

Jahlim çiqdi.

Ösmirlar yonimdan ötayotganida, ularga yuzlandim va boyagi mahmadonadan:

— Menga qara, jöra, hozirgina rusça sökinding. Özing şu sözning maʼnosini bilasanmi? — deb söradim.

Bola biroz önğaysizlandi-da, yöq, bilmayman, dedi.

— Bu juda uyatli söz, boşqa aytmagin. Sizlar ham aytmanglar, — dedim örtoqlariga qarata.

Bolalar “xöp” deganday boş irğaşdi. Söng yöl-yölakay ular bilan suhbatlaşib ketdim.

Yaxşi bolalar ekan.

Ikki nafari qöyarda-qöymay qölimdan köçatlarni olişdi.

Bolalarning ismi Hojiakbar, Nuriddin va Ozodbek edi.

— Qoyil, uçovlaringga ham maşhur artistlarning ismini qöyişgan ekan. Sizlar ham qöşiqçi bölasizlar şekilli?

— Yöq, biz artist bölmaymiz, boşqa kasblarni tanlaganmiz.

— Masalan, sen kim bölmoqçisan? — deb söradim “mahmadona”dan.

— Ingliz tili böyiça tarjimon. Turizm sohasida işlamoqçiman, — dedi u.

— Yaxşi. Sen-çi? — deb sörayman kattaroğidan.

— Arxitektor bölaman.

Uçinçi bola esa doktor böliş istagidaligini bildirdi.

Suhbatimiz qizigandan qizidi. Muxbir emasmanmi, köproq men savol berdim, ular javob qaytarişdi.

Afsuski, bolalar özlari tanlagan soha bö­yiça boşlanğiç bilimga ham ega emasdilar.

Misol uçun, ingliz tilini örganmoqçi bölayotgan Nuriddin oddiygina “street” sözining özbekça tarjimasini aytolmadi. Bölajak arxitektor va doktorning ham bilimlari sayoz edi.

Suhbat asnosida ularning qaysi maktabda öqiş­larini söradim. Şahardagi maktablardan birini aytişdi.

— Direktorlaring kim? Ism – şarifini bilasizlarmi?

— Körsak taniymiz.

Semiz amaki. Lekin otini bilmaymiz,— deb javob qaytardi bolalarning kattaroği.

— Böyi uzun kişi, — deb qöşimça qildi “maxmadona”.

— Maktabga yaqinda kelibsizlar-da yoki direktor yangimi? — deyman ajablanib.

— Yöq, birinçi sinfdan şu maktabda öqiymiz. Direktor ham eski. Faqat u odamni juda kam köramiz. Körsak ham, biz bilan gaplaşmaydi. Şuning uçun otini ham, familiyasini ham bilmaymiz…

Bu orada uyimizga yaqinlaşib qoldik. Bolalarning qöllaridan köçatlarni olib, rahmat aytdim, ularni yaxşi öqişga undab, iliq xayr­laşdim.

Uyga kelib, yuqoridagi tasodifiy suhbat mazmunini 30 yil öqituvçi bölib işlagan ayolim­ga aytib berdim.

— Avvalgi rahbarlar hozir yöq, bölsa ham juda kamçilik, — deb mulohaza qildi u.

— Maktabimiz direktori Nasiba opa bilan zavuç Saodat esingizdami? Mingdan ziyod öquvçining deyarli har birini nomma-nom bilişardi. Ular har kun ertalab eşik oldida turib, bolalarni birma-bir kutib olişardi.

Öquvçilar ham:

— Assalomu alaykum, Nasiba opa!

— Assalomu alaykum, Saodat opa! — deb, şodu-hurramlik bilan salomlaşardi.

— Vaalaykum assalom, bolajonlar! Tezroq kiraqolinglar, hozir qönğiroq çalinadi, — deb bolalarni şoşirib ham turişardi ustozlar…

Beixtiyor köz öngimdan 4 nafar farzandimiz tahsil olgan poytaxtdagi 320-maktab sobiq direktori Nasiba opa Şorahmetova, hamda ilmiy bölim mudiri, keyinroq direktor bölgan Saodat Akbarovaning kulib turgan çehralari namoyon böldi.

Öşanda maktabga borib qolsam, bu ikki rahbarni köpinça hovli yoki koridorda öquvçilar qurşovida körardim. Ular har gal öğil-qizlar bilan nimanidir qizğin gaplaşayotgan bölardi…

Öylanib qoldim.

Xayolimda öqituvçi nomini balandga kötargan toşkentlik ayol ustozlar va öquvçilar ismini ham bilmaydigan sirdaryolik maktab direktorini adolat tarozisining ikki pallasiga alohida-alohida qöyib kördim.

Nazarimda har safar   “semiz amaki” qöyilgan palla ança yengil keldi.

Yuragim uvuşdi…

Haydarali MAMATOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan