Negativ odam şunday ekan…

Tabiiy ekologik muhitning buzilişi, isteʼmol mahsulotlarida turli kimyoviy unsurlarning köpayişi, axborotlar xuruji, ijtimoiy tarmoqlarning taʼsiri bugungi davr kişilarining özlarini tarbiyaga muhtoj qilib qöymoqda nazarimda. Bu esa hammadan köra ona va bolalar ruhiyatiga jiddiy xavf bölmoqda. Ruhiyati nosoğlom onalik ostonasidagi ayollar bola qornidalik vaqtida norozilik, (pessimistik) kayfiyati bolaga ötişini xayoliga keltirişmaydi. Bola tuğilgandan söng bu salbiy kayfiyat ona suti orqali ham bolaga singgadi. Natijada har qanday voqea-hodisalarning salbiy jihatlarini köradigan, faqat manfiy nuqtai nazardan muşohada qiladigan, har narsadan kamçilik topadigan farzandlar kamolga yetadi.

Şu sababdan “sut bilan kirgan jon bilan çiqadi” degan ibora asosan odamlar orasida har narsadan kamçilik topadigan, tirnoq ostidan kir qidiradiganlar uçun köproq qöllanilar ekan. Nega şunday ekan? Ibn Sinoning oldiga olti oylik farzandini qanday tarbiyalaş lozim, deb kelgan ota-onaga alloma “sizlar olti oyga keçikibsizlar” degan fikrlarni aytadi. Zamonaviy tibbiyot farzandni tarbiyalaşdan avval bölajak ota-onalarni tarbiyalaş lozimligini uqtirib kelmoqda.

Bebaho hayotni, bir martalik umrni faqat qora böyoqlarda köriş, har narsadan yomon jihatni axtariş, har kişining aybini izlaş negativ qidiruvçi odamlarga xos xususiyatdir. Ular bilan suhbat asno dunyo haqida fikrlaşsangiz özi bir kam edi insoniyat uni yanada kamçiliklarga botirib taşladi. Hayvonot va nabotot olamining yetkazgan salbiy taʼsiri kammidi deyişadi.

Jamiyat haqida söz oçsangiz demokratiya yöq, hamma sohalarda muammolar qalaşib yotibdi. Odamlarning dardini heç kim eşitmaydi. Rivojlangan davlatlarda undoq, ularda bundoq deydi.

Işxonasi haqida gap ketsa, undan boşqa hamma xodim yalqov, işyoqmas, öz işini bilmaydigan, umuman bu sohaning mutaxassisi emas.

Özi haqida gapirsangiz meni bilasizku hamma narsani rost sözlayman. Hamişa xalq dardini aytib, işçi xodimlarning muammolarini kötarib yuraman. Lekin gapirganing, kuyganing, yugurganing bilan foydasi yöq. Şuning uçun menga nima, bitta menga kerakmi deb qöya qolamanda, deyişadi.

Bir inson bir şahardan ikkinçisiga köçib borayotib, öşa şaharda yaşovçi insondan sörabdi, — bu şahar qanday şahar odamlari yaxşimi, avvalgi yaşagan joyimda insonlar juda yaxşi edi. Şunda unga şahar fuqarosi: “Ha birodar, bu şahar juda yaxşi, odamlari ham yaxşi” degan ekan. Har bir kişi feʼliga, aʼmoliga   yaraşa borliqni köradi. Borliq ham unga şunday aks-sado beradi.

Demak, tafakkurlaş kerakki, özimiz qanday bölsak, javob şunga yaraşa böladi. Yaʼni biz oqdan qorani izlaşni emas, aksinça qoradan oqni topa oliş, köra oliş qobiliyatiga ega bölişimiz lozim. Har narsaning ijobiy jihatlarini anglay olsak, bizga nisbatan javob ham ijobiy böladi. Bu esa yaxşilik va ezgulikning yanada keng quloç yozişiga zamin yaratadi.

Bahrom BOYMURODOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan