Işda ham, sportda ham faol

Vatanimiz tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaşdek maşaqqatli va şarafli kasbga özlarini baxşida qilayotganlar orasida ayol harbiy xizmatçilarning ham borligi quvonarlidir. Ular nafaqat öz işida, balki sport sohasida ham köpçilikka örnak bölmoqda. Ana şunday xodimlarimizdan biri — Maʼmura Aşurova. Bugungi kunda u DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçisi. Samarali mehnati eʼtirof etilib, “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Sir emaski, ayollar sport bilan muntazam şuğullansa, eng avvalo, özining salomatligi yaxşilanadi, jamiyatdagi faolligi oşadi, qolaversa, farzandlari ham jismonan soğlom, baquvvat bölib ulğayadi. Şu maʼnoda yurtimizda xotin-qizlarning sport bilan şuğullanişi uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan. Mamlakatimizda ayollar salomatligini mustahkamlaş, ularni sportga keng jalb qiliş orqali jamiyatda soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham sözimiz isbotidir.

Maʼmura Aşurova sportning karate turi bö­yiça 2021, 2022 yillari ötkazilgan Özbekiston Res­publikasi çempionatida faxrli birinçi örinni qölga kiritgan. Joriy yilning sentyabrida ötkazilgan karate böyiça jahon çempionatida ham ğoliblikni begona qilmadi. 33 davlat sportçilari bellaşgan musobaqada u munosib iştirok etdi. Natija aʼlo böldi. Bir emas, 3 ta oltin medal bilan yurtimiz bayroğini munosib himoya qildi.

Albatta, bu kabi ğalabalar bizni quvontiradi. Maʼmura Aşurova özining tirişqoqligi, qatʼiyati, fidokorligi hamkasblariga örnak bölmoqda.

K.KOZOKOV,

DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçisi, serjant.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan