Paxtaçilik ilmi fidoyisi
Elimiz qadim-qadimdan ilm-fan, maʼnaviyat, maʼrifatga taşna bölgan. Ular yaratgan ilmu urfon millatimiz mulki, insoniyatning bebaho boyligidir. Quyida ana şunday ilm fidoyilaridan biri — qişloq xöjalik fanlari doktori, professor, “Şuhrat” medali sohibi Imom Rahmatovning ibratli hayot yöli haqida muxtasar söz aytişni niyat qildik.
Mamadiyor aka asli Qarşi tumani (hozirgi Nişon)ning maʼnaviyatli odamlaridan bölgan. Kunlarning birida el oqsoqoli, öşa paytdagi viloyat ijroiya qömitasining raisi bölib faoliyat körsatgan Çöli ota Begimqulov uni huzuriga çaqirib: “Mamadiyor, qişloqda sizdan ötadigani yöq. Davlat ahamiyatiga molik idoralarda işlagansiz. Uzoq fikr-mulohazalardan söng sizni kolxozga raislikka lozim kördik” – deganida, bu tasodifiy taklifdan biroz şoşib, roziligini izhor etdi. Garçi u xöjalikda qisqa muddat işlagan bölsa-da, odamlarni hamjihatlikka undadi. Şu orada yoş Mamadiyor köngillilar safida frontga otlanib, jangu jadallarda faol qatnaşdi. Biroq soğliği tufayli uruşdan qaytgaç, yana el bilan hamnafas böldi. Turmuş örtoği Momoxol opa, farzandi Boboqul bilan umrguzaronlik qildi. Şu orada ikkinçi öğil dunyoga keldi. Unga Imom deb, ezgu niyatlar bilan ism qöyişdi. Lekin şunday bölsa-da, Ikkinçi jahon uruşining jarohati Mamadiyor akaning soğliğiga salbiy taʼsir etgan edi. U qirçillama qirq yoşida bu foniy dunyoni tark etdi. Endigina 36 yoşga kirgan Momoxol opa ikki öğli — Boboqul va Imomni oq yuvib, oq taradi. Ularga ham onalik, ham otalik mehrini berdi. Maktabda aʼlo baholarga öqigan Imom özining tirişqoqligi, ilmga çanqoqligi bilan alohida ajralib turdi. Bundan köngli ravşan tortgan ona: “Öğlim, sizlarning yoruğ kunlaringizni körsam armonim yöq”, deb duo qilardi. 2001 yil 90 yoşida hayotdan köz yumgan onaxonning iltijolari röyobga çiqdi. Imom Rahmatov volidai muhtaramasining duosini olib kam bölmadi. Ustoz-öqituvçi Mömin Şaropovning matematika, Xöjaqul Adiyevning fizika, Soatböri Xolmurodovning kimyo fanidan bergan saboqlari Toşkent qişloq xöjalik instituti (hozirgi Toşkent davlat agrar universiteti)da taʼlim olgan kezlarida asqotdi. Ayniqsa, dehqonçilik, xususan, paxtaçilik ilmiga bölgan qiziqiş amaliyotda qöl keldi. Oliy dargohdagi tahsil jarayonida guruhdoşlari örtasida fizika fanidan olgan bilimi eng yuqori baholanganligi ham bejiz emas.
Talabalik yillari ortda qoldi. U oliy dargohdagi tahsildan söng dastlab Qarşi tumanidagi sobiq “Leninizm”, söng esa Engels nomli xöjalikda oddiy hosilotlikdan boş hosilotlikkaça bölgan yölni bosib ötdi. Keyingi yillar uning qizğin mehnat jarayoni Özbekiston paxtaçilik ilmiy-tadqiqot institutidagi aspirantura yönalişi bilan boğliq böldi. Bu orada I.Rahmatov Özbekiston paxtaçilik ilmiy-tadqiqot instituti Qaşqadaryo filialida yöllanma asosida izlanişlar olib bordi. Bu yerda ilmiy xodim, filialning suğoriş laboratoriyasi rahbari, direktorning ilmiy işlar böyiça örinbosari, şuningdek, ğöza seleksiyasi va yangi navlar agrotexnikasi bölimiga rahbar bölib, özining taşkilotçiligi va işçanligini amalda körsatdi. Undagi ğayrat-şijoat rahbariyat, keng jamoatçilik tomonidan eʼtirof etildi. I.Rahmatov qariyb 10 yil davomida Özbekiston paxtaçilik ilmiy-tadqiqot institutining Qaşqadaryo filialiga direktor sifatida katta kölamdagi işlarni bajarişda bevosita boş-qoş böldi. Fidoyi rahbar ilmiy işni ham bir maromda davom ettirdi. U 1973 yilda “Qarşi çöli şaroitida ingiçka tolali ğöza bargini töktiriş va tupini quritiş” mavzusida nomzodlik, 1993 yilda “Ğöza navlaridan möl hosil yetiştirişning ilmiy asoslari” mavzusida doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Olib borilgan köp yillik tajribalari asosida paxtaçilikni rivojlantirişga oid köplab kitoblar va tavsiyanomalar yaratdi. Jumladan, “Ğöza agrotexnikasining muhim masalalari”, “Ingiçka tolali ğöza östiriş”, “Dehqonçilik asoslari”, “Paxtadan möl hosil oliş omillari”, “Qaşqadaryo viloyatida ekilayotgan ğöza navlari agrotexnikasi”, “Fermer xöjaligi rahbarlariga ğöza parvarişi böyiça tavsiyanomalar” kabi töplamlari bor.
Ilmiy faoliyatini Qaşqadaryo viloyatida paxtaçilikni rivojlantirişga yönaltirib, yangi ğöza navlari yaratilişiga alohida eʼtibor berdi. Ilmiy izlanişlarning natijasiga köra, şogirdi Şukur Jumayev bilan hamkorlikda ingiçka tolali “Qaşqadaryo-1”, “Qaşqadaryo-5”, “Qaşqadaryo-7” ğöza navlarini yaratib, viloyatning çöl mintaqasida joylaşgan Kasbi, Mirişkor, Nişon, Koson tumanlarida uşbu ilmiy yangilikni joriy etdi.
— Imom aka bilan 1986 yildan buyon hamkorlikda iş olib borayapmiz, — dedi uning şogirdi, qişloq xöjaligi böyiça falsafa fanlari doktori, PhD, Şukur Jumayev. — Ustoz nihoyatda talabçan. Ilmiy işlarni çuqur, atrofliça örganib, xolisona fikr bildiradi. Buning uçun alohida vaqt ajratadi.
Yangi nav yaratiş oson iş emas. Buning uçun kamida 10-15 yil vaqt ketadi. Birgina “ÖzPITI-2601” navini yaratiş uçun roppa-rosa 13 yil ilmiy-tadqiqot işlarini olib borganmiz. “ÖzPITI-2602” navini yaratiş uçun 15 yil talab qilindi.
Darvoqe, olim tomonidan yaratilgan “ÖzPITI-2601” navi 2014 yilda fermer xöjaliklarida ijobiy natija berdi. Birgina Qarşi tumanidagi “Nuqrobod” fermer xöjaligi hosildorlikni 47 sentnerga yetkazdi. 2015-2017 yillarda viloyatda bu nav maydonlari qariyb 5 ming gektarga yetdi. Ayni paytda vohaning çöl hududlarida uşbu nav maydonlari yil sayin kengayib bormoqda.
— Zimmamizdagi vazifa ğoyat katta, — dedi qişloq xöjalik fanlari doktori, professor I.Rahmatov. — Biz endi “ÖzPITI-2601”, “ÖzPITI-2602”, “Qaşqadaryo-5” navlari hosilini maşinada terib olişga moslaştirişimiz kerak. Buning uçun paxta seleksiyasi uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Qaşqadaryo ilmiy-tadqiqot stansiyasi Kasbi tumanidagi “Safarov Tursuntoş” fermer xöjaligidagi 3 gektar maydonda uruğçilik uçun birlamçi oq va ingiçka tolali paxta böyiça sinov işlarini olib borayapti. Viloyatdagi paxtaçilik klaster xöjaliklaridagi paxta maydonlarida bu navlarning maşinabopligi sinab köriladi.
Ötgan davr mobaynida paxta seleksiyasi uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari sohasida köplab olimlar kamol topdi. Uç fan doktori, qirqdan ortiq kiçik ilmiy darajasiga ega bölgan kadrlar yetişib çiqdi.
— Imom Rahmatov institutimizda ilmiy maslahatçi bölib faoliyat olib borayapti, — dedi qişloq xöjalik fanlari doktori Oybek Omonov. — Ustoz yoş olimlarni ilm-fanga yönaltirişda ularga eng yaqin kömakçi. Hozirgi kunda bu zabardast olim institutimizdagi 12 nafar laboratoriya xodimlari bilan hamkoru hamdast. Ilmiy işlarida madadkor.
Qutluğ dovon — 80 yoşini qarşi olgan ustozga, bir qança paxta navlarini kaşf etgan olimga uzoq umr, ilmiy izlanişlar baxtining bardavom bölişiga tilakdoşmiz.
Husan TEMIROV.
