Libosning yangisi, döstning eskisi yaxşi
(Çaros Yaşarovning hayotiy hikoyalari)
Asakada Çaros Yaşarov degan uzoq yillik qadrdonim bor. Avvallari u bilan tez-tez uçraşib, dildan suhbatlaşib turardik. Koronavirus balosidan keyin oramizdagi bordi-keldi ança sustlaşsa-da, oqibat uzilmadi. Kimga qanday, bilmadim-u, men uçun eski qadrdonlar afzal. Hozir döstlar qadri ham avvalgilarga öxşamaydi. Davlatu amaling bölsa, qarindoşu uruğlaring zör bölsa, atrofingda hamma parvonadek parvona bölib qoladi.
Döstimiz Çaros Yaşarov esa boşqa toifadan. U oy çiqsa oyga, kun çiqsa kunga boqadiganlardan emas. Hammaga birday yaxşilik qilişga odatlangan, infoq-ehsoni kuçli, zuvalasi töq inson. Öz kasbini qanday yaxşi biladigan mutaxassis bölsa, inson qalbini ham yaxşi tuşunadigan suhbatdoş.
Asakaga xizmat safariga borganimda Çaros aka bilan uçraşdim. Çaros akaning Şahrixonsoy böyidagi möʼjazgina dala hovlisining fayzi ham, tarovati ham boşqaça. Bu dala hovlida uluğ adiblar, maşhur sanʼatkorlar, davlat va jamoat arboblari, köpni körgan piru badavlat nuroniylar bölişgan. Avvaldan unga “Alloh özi suygan bandalarining rizqini uluğ qiladi, özi suygan bandalarining yumuşlarini möl qiladi, özi suygan bandalarining nuqsonlarini yaşiradi” degan hadisni aytib, “Siz ham şunday insonlar qatoriga kirasiz”, deb yuraman.
Çaros akadan eşitgan hayotiy hikoyalardan bir şingil yozib oldim.
Sözlarida sehr bor edi…
Alloh joylarini jannatda qilsin, Rahmatqul otam aql bilan iş yuritadigan, fahmi ötkir söz ustasi bölgan. Davralarda odamlarni öziga qaratadigan, gap-söziga yaraşadigan savlati bor inson edi.
Nafaqat mahallamizdagilar, yon-atrofdagi qişloqlardan ham odamlar nima muammosi bölsa, otamning huzuriga kelardi. Ayniqsa, er-xotinmi, qöni-qöşnimi, bir-biri bilan urişib qolişsa, biznikiga kelişardi. Qöli yupqa, qiynalib qolganlarga beminnat yordam berardi. Qölidan kelgança yaxşilik qilardi, imkoni bölmasa, yaxşi gapirardi.
Hatto aqli kamroq bolalar ham otamning oldidan keta olmay qolişardi. Otamiz ularning ham köngliga yöl topib, fikru xayolini olib, kuldirib yuborardilar.
Rahmatli Rahmatqul dadam savlatli, dadil, nazarkarda kişi edi. Ikki oğiz sözi bilan har qanday odamni öziga rom etadigan xislatli inson edi. Anglab yetganim şu böldiki, musulmon bandasi islom dinidan ilm olsa va şu ilmiga amal qilsa, heç qaçon kam bölmas ekan. Dadamni madrasa körgan deb odamlar boşqaça izzat-hurmat qilişardi. Ana şunday insonlarning farzandu zurriyotlari ham uning izmidan çiqmay, boşida kötarib yurar ekan. Hayotda bu haqiqatni dadamiz misolida kördik.
Zabardast olimlar, şayxlar va ulamolar, yozuvçi-şoirlar, taniqli jurnalistlar, maşhur sanʼatkorlar, dasti uzun tadbirkorlar davrasida bölib turaman. Şularning qaysiki biri Qurʼoni Karimni öqigan va unga amal qilayotgan bölsa, ularning yuzlari fayzli, sözlari ötkir, umrlari barakali, özlari aziz-mukarram bölganini kördim.
Bilasiz, Asakada azaldan askiya rivojlangan. Dadam zamonida Asaka şahri ham, temir yöl stansiyasi ham Leninsk deb atalardi. Temir yöl stansiyasi yonidagi çoyxonada oqsoqollar, uruş qatnaşçilari bilan ulfatçilik qilişardi. Ular hozirgilarga öxşab birovlarning orqasidan ğiybat qilişmasdi. Madaniyat bilan, şirin öxşatişlar aytib askiya qilişardi. Çoyxonaçi Saydullaxon aka bilan töylarda, har xil izdihomlarda sözga çiqib, odamlar qalbiga quvonç bağişlardi. Ğijjakçi sanʼatkor Ğulomjon Röziboyev ham askiyaning ustalaridan edi.
Töğrisi, hozirgi askiyaçilar ham oldingilarga öxşaşmaydi. Ular oldindan tayyorlanib askiya qilişadi. Xuddi fonogrammada qöşiq aytgandek.
Dadamlar esa heç qanday tayyorgarliksiz, zukkolik va hozirjavoblik bilan askiya aytişardi. Ular ota-onalarni, işqiy munosabatlarni, baçkana qiliqlarni tilga olmaydigan madaniyatli askiyaçilar edi. Rahmatqul dadam Yusufjon qiziq, Zaynobiddin va Madaminjon qiziq, Sobir piçoq, Amin buva, Ğoyib ota deb elda nom qozongan söz ustalari bilan askiya qilardi. Maxsum Qozoqov, Hasanboy Sultonov kabi askiyaçi döstlari bölardi. Qiblagohim Yöldoş Oxunboboyev bilan ham askiya qilganman deb eslab yurardi. Ularning sözlarida sehr borga öxşardi. Davradagilarning aqlini şoşirib, “içagini uzib” qöyişardi.
Otangga ne qilsang, bolangdan qaytar ekan…
Beşinçi sinfda öqiganimda, Ziyod degan döstim bor edi. U bilan hovlimizda öynab yursak, qöşninikidan baqir-çaqir ovozi çiqib qoldi. Devorga osilib qarasam, Tursunboy aka otasi Abduqodir buvani yotqizib olib muştlayotgan ekan. Xotini ham Abduqodir buvani oyimsupurgi bilan uryapti. Keçqurun bölgan voqeani dadamga aytib berdim. Dadam: “Tursunboyning öğli bormi?” deb söradi. Ha, ikki yaşar öğli bor. “Hali körasan, şu bola katta bölsa, u ham otasini uradi…”
Qöşniçilik hurmati-da, özim rahbar bölib işlaydigan korxonaga Tursunboy akani va uning öğli Tohirni işga olgandim. Bir kuni xodimlardan biri vahima qilib çaqirib qoldi: “Tohir uzumning tagiga yotqizvolib otasi Tursunboy akani tepib uryapti, tezroq bormasangiz, öldirib qöyadi”.
Qaytar dunyo ekan. Oradan yigirma beş yil ötib, dadam rahmatlining aytgani böldi.
Otasini urganni bolasi ham, xudo ham urar ekan. Tursunboy akaning ham, öğli Tohirning ham boği kökarib, gurkirab ketmadi…
Osmonlardan bağringiz keng, onajon!
Hamma erlarga ham islomiy umr yöldoşi nasib etavermas ekan. Dadam uylanganida onam ön olti yoşda bölgan ekan. U paytlarda kelin böladigan qizlar baloğatga yetmasidanoq buvilaridan, onalaridan musulmonça odobni örganişib, qaynona-qaynotalarining hurmatini joyiga qöyadigan, ayniqsa, eriga itoat qiladigan bölib tarbiya olişgan.
Rahmatli Tabassumxon onam ham dadamning roziligi, biz öğil-qizlarining baxti-iqboli uçun butun umrini baxş etgan möʼtabar ayol edi. Uyimizning haqiqiy bekasi, fayzu halovati edi. Ovozini baland kötarmaydigan, muloyim va xuşmuomalali, mehribon ona bölgan.
Oilamizga xotirjamlik, rözğorimizga qut-baraka ham onam tufayli edi, deya olaman. Oilamizdagi erkaklarning topar-tutarlari yaxşi bölsa-da, mol-mulkimizni saranjom-sarişta qiliş, avaylab-asraş onamiz zimmasida böldi. Uning qöli barakali edi, pokizalikni juda yaxşi körardi. Uyda ötirsa-da, mahalla-köyda nima gapligidan xabardor bölib, qiynalgan va bemor ayollarga har tomonlama yordam berib turardi. Yoş onalarga hatto alla aytişni, gödakni qanday parvariş qilişni örgatardi.
Hatto qöşni mahallalardagi ayollar ham onamdan maslahat söraş uçun biznikiga kelişardi. Qişloqdoş ayollar töydan oldin uzatadigan qizlarini biznikiga olib kelib, beş-olti kun onamga berib ketişardi. Onam ularni turmuşga, oilaviy hayotga tayyorlab berardi. Uyni qanday tutişni, mazali ovqatlar tayyorlaşni örgatardi. Onam rahmatli bunday işlarni beminnat qilardi. Qöli oçiq saxiy ayol bölgan. Kelin böladigan qizlarning sepida u-bu kamçiligi bölsa, öşa narsalarni ham biz bergan pullarga olib berardi. Onamning pand-nasihatlariga amal qilib, duosini olganlarning hammasi baxtli hayot keçirib, uvali-juvali bölib ketişdi. Ular onamni xuddi tuqqan onasidek yaxşi körişlarini onamdan ayrilib, boşimga musibat tuşgan kuni bilganman.
Onaning qadri ötganidan keyin bilinar ekan. Tabassumxon onamning bağri osmonlardan ham keng bölgan ekan. Yoşim yetmişga borayotgan bölsa ham, turmuş sinovlari oldida çorasiz qolgan çoğlarimda onamning örni juda bilinadi.
Turmuşida kelişmovçiligi bor ayollar ham onamning huzuriga kelişardi. Dunyoning işlariga hayron qolardim: onasining gapiga quloq solmaydigan ayollar ham onamning aytganini qilişardi. Onamning yöl-yöriqlariga amal qilgani uçun qança oilalar ajraşmay saqlanib qolganiga guvohman.
Alloh aziz qilgan şunday ota-onalarning zurriyoti bölib dunyoga kelganim uçun Yaratgan egamga beadad şukur qilaman. Gohida: “Ularga loyiq öğil böloldimmi?” deb öylanib qolaman. Şunday paytlari farzandlarimning “Siz dunyodagi eng yaxşi otasiz” deganlari köz öngimga keladi, könglim taskin topganday böladi…
Dilmurod QIRĞIZBOYEV yozib oldi.
