Ogohlantiriş qönğiroği

—Jasur, bu yil ham “paqildoq”ni zöridan topib berolasanmi?

—Mayli, puling bölsa, muammo yöq.

 

Bu suhbat qay zaylda tugaganini tusmollaş qiyin emas. Ayonki, xayrli tugamagan. Biri kuygan, birining esa közi…

Ha, Yangi yil eşik qoqib turibdi… El-ulus bayramni kötarinki kayfiyatda kutib olişga taraddud körmoqda. Afsuski, mana şunday şodiyonada goho kayfiyatga soya tuşadi. Bunga köpinça pirotexnika vositalari sababçi böladi.

Şukuhli ayyom bösağasida pirotexnika vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kirişga uriniş­lar köpayadi. Baʼzi bir kimsalar hayotimizga xavf soladigan pirotexnika vositalarini yoş bolalarga sotmoqçi bölgan holatlarini uçratamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali pirotexnikadan foydalaniş jab­hasida  ayançli oqibatlar aks etgan video va audio xabarlar esa köpaymoqda. Bu — ogohlantiriş qönğiroği.

 

Alhol, bu narsalarning “taşrifi”ga doir holatlar kam emas. Maʼlumotlarga eʼtibor qarating-a: Toşkent viloyatining “Çinor” yöl-patrul xizmati maskanida olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida “Kia” rusumli yuk maşinada 9 dona qutilarga joylaştirilgan kökatlar orasiga yaşirilgan har xil pirotexnika vositalari aniqlandi… Angrendan Toşkentga kelayotgan “Mercedes-Benz” içidan 250 ming dona pirotexnika vositalari topildi…

Bizningça, bojxona postlarida huşyorlik yanada oşirilişi darkor. Sababi, portlovçi moddalar, asosan, yurtimizga çetdan kirib keladi.

Garçi, Özbekiston qonunçiligida ham pirotexnika vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kiriş, uşbu turdagi mahsulotni işlab çiqariş, savdosi bilan şuğullaniş kabi holatlarga tegişli tartibda javobgarlik belgilangan. Xususan, maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185(1)-moddasi hamda jinoyat kodeksining 250(1)-moddasi orqali tegişli jazo çoralari köriladi. Biroq… nafs qutqusi çoralar, jazolardan ham hayiqmaslikka olib kelmoqda. Qança gapirilmasin, çora-tadbir belgilanmasin, baribir bozorlar şunday “paqildoq”lar-u, salyut otadigan matohlarga tölib ketaveradi!

Axir, öylab köring, pirotexnika vositalari oqibatida qança bolalar, hatto kattalar ham har yili jabr köradi. Birov kuyiş jarohati olsa, birovning közi körmay qoladi.

Nahotki bayram, ötkinçi zavq-şavq uçun “qurbonlik” talab qilinsa, nahot nafsi uçun kimlarningdir jabr körişi, hatto nogiron bölib qolişini öylamasa ayrim özini “tadbirkor” deb biluvçi kimsalar?!

Ana şunday qilib, kimnidir qaqşatişga sababçi bölgan boylik tatiydimi? Bizningça, bu narsalarning javobi baribir qattiq böladi.

Muhammadsodiq TÖRAYEV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan