Odam qöşganga sovğa beriladimi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli guruhlar köpaygandan-köpaygan. Şunday guruhlarning ayrimlarida kuzatuvçilar, obunaçilar sonini oşiriş maqsadida har xil sovğalar qöyilgan. Yaqinda jiyanim bir guruhga aytilgan odamlarni qöşgan ekan. Ammo ular vaʼda qilgan telefonni berişmabdi. Talab qilib yozgan ekan, guruhdan çiqarib yuborişibdi.

Telegramda  “UZUM MARKET UZ 85 K” nomli guruhga kimdir meni ham qöşgan ekan. Unda 120 ta odam kontaktini qöşganga “SAMSUNG Note 20” telefoni, 70 kişining kontaktini qöşganga gaz plitasi, smartfon, telefonlar berilişi yozilgan. Hattoki guruh admini “Odam qöşgan barçaga telefonlar yetib boryapti. Bu mijozimiz 2 ta telefon yutib oldilar. Tab­riklaymiz. ODAM QÖŞIŞDA DAVOM ETING. Şoşilinglar! Hammaga omad”, deya yozişdan erinmaydi.

“KURTKA AKSIYA” nomli guruhdagi telefonlar tagidagi quyidagi yozuvni öqib qoldim: “…A 72 telefonlar keldi 30 ta odam qöşib yutib oling şoşilamiz döstlar, sovğalar soni 80 ta qoldi, odam qöşib, adminga yozing”.

30 ta odam qöşib telefonli böliş heç ham mantiqqa töğri kelmaydi. Işlamasdan, pul tölamasdan guruhdagilar aytgan odamlarning kontaktlarini qöşib, telefon yoki boşqa qimmatbaho sovğa oliş mumkinmi?

Ayrim yuristlarning guruhida esa savollaringizga javob olişni istasangiz, odam qöşişni talab qilişadi. Aytilgan odamlarning kontaktini qöşsangiz, guruh admini tan olmasdan yana qöşing, deya talab qiladi. Şunda eʼtiroz bildirib yozsangiz, sizni guruhdan çiqarib yuborişadi.

Eng yomoni, ayrimlar sovğalar, mukofotlarni deb ta­yini yöq, faqat vaqtni behudaga sovuradigan xar xil guruhlarga, baʼzida faqat fisqu fasod va buzğunçi ğoyalarni tarğib qiladigan guruhlarga qöşilib qolayotganini bilmay qolişmoqda. Bilmasdan jinoyatga aralaşib qoliş aybsizlik hisoblanmaydi. Şunday ekan, internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş madaniyatini ham biliş kerak.

Köpçilikni aldab, norozi qilib guruhlari obunaçilarini köpaytirayotganlarning aksariyatida esa insof yöq. Axir osonlik bilan biror nimaga erişib bölmaydi. Buning uçun faqat halol mehnat qiliş darkor.

Xonbibi HIMMAT qizi,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan