Qari bilganini pari bilmas
Jorj Vaşington universitetining tibbiyot kolleji direktori ilmiy izlanişlarining natijasi sifatida maʼlum qildi: yoşi uluğ odamlarning miyasi şu paytgaça tasavvur qilinganidan köra moslaşuvçanroq böladi. Bu yoşda öng va çap miya şarlari bir-biriga mutanosib işlaşi ijodkorlik xususiyatlarini oşirar ekan. Şuning uçun ham ijodiy faoliyatini 60 yoşdan keyin boşlagan şaxslarni köp uçratiş mumkin.
Albatta, bu davrda miya yoşlikdagi kabi tez işlamaydi, ammo u vaziyatga moslaşuvçanligi bilan yutib çiqadi: bu yoşdagilar töğri qarorlar qabul qilişadi, salbiy va yengil-yelpi tuyğularga berilavermaydilar.
Insonning intellektual faolligi çöqqisi miya töliq imkoniyatlarini işga solgan 70 yoşlar atrofida böladi. Vaqt ötişi bilan miya neyronlariaro signallar tez uzatilişiga sabab böladigan miyelina miqdori ortib boradi. Buning evaziga intellektual qobiliyatlar örtaça körsatkiçga nisbatan 300 foizgaça ortişi mumkin.
Bu moddaning eng köp işlab çiqariliş davri 60-80 yoşlarga töğri keladi. Şuningdek, yana bir muhim dalil — odam 60 yoşdan keyin miyasining ikkala yarim şaridan bir vaqtning özida foydalana olişi mumkin. Bu esa ança murakkab masalalarni yeçiş imkonini beradi.
Monreal universitetining professori Monçi Uri katta yoşdagi odamlarning miyasi masalaning ahamiyatsiz tomonlariga diqqat qilmay, faqat muhim jihatlariga eʼtibor qaratiş bilan samarador yölni tanlaydi, degan fikrni bildiradi. Turli yoşdagi odamlar bilan tadqiqot testi ötkazilganda, yoşlar köp xato qilganliklari, 60 yoşdan ötganlar esa töğri javoblar bergani maʼlum böldi.
…Inson umrining eng samarador davri — 60 yoşdan 70 yoşgaça;
samaradorligi bilan 2-örinda — 70 dan 80 gaça yoş oraliği;
3-samarador davr — 50-60 yoşlar oraliği.
Nobel mukofoti sovrindorlarining örtaça yoşi — 62.
Dunyodagi 100 ta yirik kompaniya prezidentlarining örtaça yoşi — 63…
60-80 yoşdagilar miyasining öziga xosliklari haqiqatan ham quvontiradi:
Köpçilik aytganidek, boş miya neyronlari ölmaydi, balki insonning özi aqliy faoliyat bilan şuğullanmasa, ular orasidagi aloqa yöqoladi.
Xotiraning susayişi, fikr tarqoqligi miyada axborotlar köpligi tufayli yuz beradi. Şuning uçun hayotda mayda-çuydalar orasida öralaşib qolmaslik kerak.
60 yoşdan boşlab inson bir qarorga kelişda öz miyasining ikkita yarim şaridan foydalanadi.
Demak, agar har kim soğlom turmuş tarziga rioya qilsa, harakatda, imkoniyatiga qarab jismoniy mehnat va aqliy faoliyat bilan maşğul bölsa, yoş ötişi bilan uning aqliy qobiliyatlari pasaymaydi, balki 80-90 yoşlargaça yuksalib boradi. Şuning uçun keksalar “Hali yanada yaxşi kunlar oldinda” degan umid, işonç bilan yaşaşlari kerak, deydi mutaxassislar.
AQŞda ötkazilgan katta ilmiy izlanişlar körsatdiki:
inson umrining eng samarador davri — 60 yoşdan 70 yoşgaça;
samaradorligi bilan 2-örinda — 70 dan 80 gaça yoş oraliği;
3-samarador davr — 50-60 yoşlar oraliği.
Nobel mukofoti sovrindorlarining örtaça yoşi — 62.
Dunyodagi 100 ta yirik kompaniya prezidentlarining örtaça yoşi — 63.
AQŞdagi 100 ta yirik çerkovning pastorlari örtaça yoşi — 71, poplarning örtaça yoşi — 76.
Bu maʼlumotlar şifokor va psixologlar jamoasi tomonidan “NEW ENGLAND JOURNAL OF MEDICINE” (Yangi Angliyaning meditsina jurnali)da eʼlon qilindi.
Xulosa şuki, amerikalik bir guruh olimlar xalqimizning “Qari bilganini pari bilmas” degan maqoli hikmatini hayotiy va ilmiy tadqiqotlar asosida yana bir karra dalillab berişibdi.
Internet materiali asosida tayyorlandi.
