Çorvoq çöllab qolmaydi…mi?
Çorvoq suv ombori va Bözsuv böyidagi öylar
Toşkent şahriga fayz kiritib limmo-lim oqayotgan Anhor suvlariga boqib, ham zavqlanaman, ham xavotirga tuşaman. Bu ajib manzaradan neçun zavqlanişimizni izohlaşga hojat yöq. Biroq sönggi paytlarda Çorvoq suv omborida qança suv qoldi ekan, degan öy tinçlik bermay qöydi.
Poytaxtimiz va Toşkent viloyatini obihayot bilan taʼminlab turgan Çorvoq suv omborida suv zaxirasi keskin kamayib ketayotganiga befarq qarab bölmaydi. Böstonliq toğlarini 30-40 yillar ilgari hatto yoz oylarida ham odam böyi, tom böyi qor va muz qatlamlari qoplab yotardi. Sönggi ön yilliklar mobaynida yolçitib qor yoğmadi, afsuski, toğlar ham deyarli şip-şiydam bölib qoldi.
Xudo körsatmasin, suv zaxiramiz kamayib qolsa, holimiz ne keçadi?
Maʼlumotlarga köra, Çorvoq suv ombori — Çirçiq daryosining boşlaniş qismida qurilgan (1963-1970) gidrotexnika inşooti. Qişloq xöjaligini bir meʼyorda suv bilan taʼminlaş, toşqinlarning oldini oliş va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Çotqol va Ugom toğlari orasiga qurilgan. Toş-tuproqli töğoni uzunligi 768 metr, balandligi 168 metr, yuqori qismining eni 12 metr. Töğonda Çorvoq GESni suv bilan taʼminlaş uçun uzunligi 800 metr va diametri 11 metr bölgan 2 ta tunnel bor. Çorvoq suv omborining töla siğimi 2006 million kub metr, şundan foydali suv hajmi 1580 million kub metr, suv yuzasi sathi 40,1 kvadrat km, eni ayrim joylarda 10 km, uzunligi 19 km, maksimal çuqurligi 131 metr, örtaça çuqurligi 55 metr. Suv omboriga Piskom, Köksuv, Çotqol daryolari quyiladi.
Suv oqimi köpayib, xatarli darajaga yetganda, suvni çiqarib yuboradigan şaxtali (1200 kub m/s) va 2 ta poğonali (450 kub m/s va 500 kub m/s) suv taşlagiçlar bilan jihozlangan.
Çorvoq suv ombori Çirçiq-Bözsuv suv-energetika traktini bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilişi asnosida suv kam bölgan yillari Toşkent vohasidagi va Qozoğiston Respublikasi Janubiy Qozoğiston viloyatidagi 355 ming gektardan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlaş (şundan yangi özlaştirilgan yerlar 150 ming gektar), Çirçiq daryosining yuqori oqimida röy beradigan suv toşqinlariga barham beriş imkoniyatlari yaratildi.
2000 yil boşlaridan Çorvoq suv ombori sohillarida xalqaro andozalarga mos bölgan yirik dam oliş majmualari barpo etildi.
Yana bir muhim maʼlumot internet tarmoğida atrofliça yoritilgan. Yaʼni, Bözsuv inşooti 1932 yilda işga tuşirilgan. Şunda sutkasiga 3,8 ming kub metr quvvatda suv yetkazib bergan. Keyinçalik inşoot quvvati oşirib borilgan. Ayni kunda bu inşoot orqali qöşimça ravişda talabga qarab bir sutkada 10 ming kub metrdan 30 ming kub metrgaça içimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Poytaxt aholisining asosiy qismini “Qodiriya” boş suv inşooti içimlik suvi bilan taʼminlaydi. Uşbu inşoot 1969 yilda sutkasiga 225 ming kub metr içimlik suvi yetkazib beriş quvvati asnosida işga tuşirilgan.
Qayd etilişiça, “Bözsuv” inşooti bir sutkada örtaça 1 million 700 ming kub metr atrofida suvni tozalab, poytaxtimizning 6 ta tumaniga uzatib bermoqda. Bulardan taşqari, Qibray, Qorasuv, Janubiy yerosti suvi inşootlari ham talabga qarab qöşimça ravişda suv yetkazib beradi. Hozirda poytaxt aholisiga mavsumga qarab bir sutkada 1 million 800 ming kubdan 2 million 300 ming kub metrgaça içimlik suvi yetkazib berilmoqda. Bundan taşqari, Toşkent şahridan çiqqan oqova suvlari (kanalizatsiya) 3 ta inşoot — “Bözsuv”, “Salar” hamda “Bektemir” oqova suv inşootlarida tozalanib, tabiatga qaytarilmoqda. Bu tozalangan oqova suvlaridan qişloq xöjaligida foydalanilmoqda.
Mavjud içimlik hamda oqova suv inşootlarining bir neçtasi sönggi yillarda xalqaro moliya taşkilotlarining kreditlari hisobidan rekonstruksiya qilindi.
Ayni kunda suv taʼminoti tizimini raqamlaştirişga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, suv tarmoqlari gidrodinamikasi, yaʼni bosimini nazorat qiliş avtomatlaştirildi. Buning uçun Koreyaning “K-water” kompaniyasi bilan amalga oşirilgan qator loyihalar doirasida Çilonzor tumani suv taqsimlaş bölimida suv tarmoqlarini onlayn nazorat qiliş dispetçerlik markazi taşkil etildi.
Bu yerda poytaxt böylab tortilgan tarmoqlardagi suv bosimi doimiy nazorat qilib boriladi. Buning uçun qariyb 700 ga yaqin nuqtadan bosim haqidagi maʼlumotlar markazga onlayn tarzda uzatiladi.
Suv va körsatilgan oqova suv xizmatlari uçun tölovlar hamda u bilan boğliq billing maʼlumotlar bazasida isteʼmolçilar özlariga tegişli bölgan qismini kuzatib boriş imkoniyatiga ega böldilar. Buning uçun https://cabinet.uzsuv.uz/ şaxsiy kabinet platformasi yaratildi.
Taʼkidlanişiça, bugungi kunda içimlik suvi sifatini yanada yaxşilaş, raqamlaştiriş bilan boğliq loyihalar davom ettirilmoqda. Buning uçun xorijiy kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik aloqalari yölga qöyilmoqda.
Hayotimizni suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Maʼlumotlarga köra, Yer yuzasining 70 foizidan köproq qismi suv bilan qoplangan bölsa, uning bor-yöği 3 foizigina çuçuk (içimlik) suv hisoblanar ekan. Inson tanasining ham 3/2 qismi, yaʼni 60-70 foizi suvdan iborat. Suv nafaqat insoniyat, balki butun hayvonot va ösimliklarning ham tiriklik manbaidir. Suvni isrof qiliş keçirilmas gunoh va önglanmas yöqotiş hisoblanadi.
Sönggi yillarda butun mamlakatimizda suvni tejaş va undan oqilona foydalaniş borasida qator loyihalar joriy qilinmoqda. Şu bilan birga yurtimiz böylab “Yaşil makon” yaratiş harakati keng tus olmoqda. Bu, aslida, qadim qadriyatlarni qaytadan hayotga joriy etişdir, albatta.
Har bir harakatning aksi ham böladi. Şu jumladan, çölquvarlikning ham. Sobiq şöro davrida Mirzaçöl va Yozyovon daştlarini özlaştiriş, Katta Farğona kanali va Farhod kanallarini qazib, qaqrab yotgan yerlarga suv çiqarilişi, Tollimarjon, Kampirravot, Çorvoq, Qayroqqum suv omborlari qurilişi hazrat Navoiyning “Xamsa” asarida tasvirlangan Farhodning jasoratini real voqelikda takrorlaşning özi bölib çiqdi. Ikkinçi ming yillikning timsoli tabiatdagi daşt yerlarni ekinzor vohalarga aylantiriş bölsa, uçinçi ming yillikka kelib buning aksi közga taşlanmoqda.
Har qanday böhron, avvalo, insonlar ongida yuz beradi va buning natijasi taşqi olamda aks eta boşlaydi. Ötgan asrda xalqimiz mentalitetida boğbonlik, mirişkorlik old öringa çiqqan bölsa, uçinçi ming yillikka kelib, asosan, isteʼmolçilik ruhiyati birinçi öringa çiqa boşladi. Natijasi esa tezda közga taşlandi — ilgari bu hududlarga yot bölgan qum va çang böronlari, quyunlar yildan-yilga muntazam takrorlanadigan tabiat hodisasiga aylanmoqda. Bular nafaqat yurtimizda, balki, butun sayyoramizda öz aksini körsatmoqda. Tabiatni, suv zaxiralarini asraş dolzarb muammoga aylandi. Tejab-tomçilatib suğoriş texnologiyalari işlab çiqilmoqda.
Toma-toma köl bölur, deganlaridek, har tomçi suvning qadriga yetiş, uni aslo isrof qilmaslik fursati yetdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ajib videolavha tarqalgan edi. Unda közi kör va bir qöli yöq ikki xitoylik adirlarda uç ming tup daraxt köçati ekib, kattagina boğ yaratişgani tasvirlangan. Videorolik ommalaşib ketdi. Kör va nogiron ikki azamatning jasorati butun Xitoyda olib borilayotgan “Yaşil makon” harakatidan bir şingil ekan. Boğ-roğlar köpaygan joyda suv zaxiralari ham paydo bölaveradi, toza havo (kislorod) köpayadi.
Tahlilçilar fikriça, xitoyliklar har yili heç bölmaganda öntadan turli daraxt nihollari ekişlari va parvarişlaşlari şart ekan. Natijasi ham közga yaqqol taşlanmoqda. Adirlarda köm-kök örmonlar, töqaylar paydo bölmoqda. Bunday daraxtu butalarning ildizlari tuproq yemirilişining oldini olmoqda, soyalarida qor yiğilişi va sekinlik bilan erigança yerga singişi, bir yillik va köp yillik maysalarning unişiga zamin yaratmoqda. Şu asnoda havoning kislorodga töyinişi, muqim va köçmançi quşlar, mayda va yirik hayvonlarga boşpana bölişi diqqatga sazovor. Xitoy devori ziyoratbop qadamjo sifatida dunyoning yetti möʼjizalari qatoridan joy olgan bölsa, Yaşil Xitoy devori inson qöli bilan yaratilgan tabiat möʼjizasiga aylanib bormoqda. Oçiği, xitoyliklar, koreys va yaponlarning mehnatkaşligiga havas qilsa arziydi. Aslida, qadimda özbeklar ham mehnatsevarligi asnosida dong taratgani sir emas. Buyuk ajdodlarimizning ana şu fazilatini izçil davom ettirib, kelgusi avlodlarimizni ham mehnatsevarlikka örgatişimiz ham farz, ham qarzdir.
Suvni tejaş va eʼzozlaş bobida jahon tajribasini örganib boriş maqsadga muvofiqdir. Çunonçi, Saudiya Arabistoni ham qumli sahrolarni “yaşil makon”ga aylantiriş loyihalarini joriy etmoqda. Sahrolarda qum köçişini tösiş uçun sunʼiy xurmozorlar barpo qilinmoqda. Bu daraxtlar tomçilatib suğoriş texnologiyasi asosida parvariş qilinar ekan. Qiziği şundaki, Saudiya Arabistonida birorta oqar daryo yöq. Yerosti suvlariga ham boy emas. Dengizning şör suvini qayta işlab, çuçuk suv hosil qilişga harakatlar qilinmoqda. Ular tabiiy quyoş va şamol energiyalaridan köproq foydalaniş loyihasini amalga oşirmoqdalar.
Qoraqalpoğistonda ham keyingi yillarda yangi-yangi saksovulzorlar, boğ-roğlar yaratiş harakatlari izçil davom etmoqda. Sönggi öttiz yil mobaynida oçilib qolgan şörxok zamin yaşil libosini kiya boşladi. Saksovullar juda sekin ösişiga qaramay, ança-munça böy körsatayotgani umid uyğotadi. Orol böyida saksovulzorlar yaratişga yaponiyalik mutaxassislar va volontyorlar qöşilayotgani, bu işlar uçun 150 million dollarlik mablağ ajratganlari haqidagi xuşxabar barçamizga xuşnudlik baxş etişi tayin, albatta. Balki, kelgusida Orol dengizini suvga töldiriş loyihalari ham işlab çiqilib, yurtimiz hayotida tub burilişlar davri boşlanar!
Yoşlik paytlarimizda keng paxta maydonlari va yöllar çetiga jiyda va imoratbop daraxtlar köp ekilardi. Ular tagida ança-munça qorlar töplanib qolişi asnosida dehqonçiligimiz rivojiga, ona-tabiatni asraşga barakali hissa qöşilişini köp kuzatganmiz.
Isrof, uvol, tejamkorlik haqida muqaddas kitoblarda, hadislarda öqisak, amri maʼruflarda tinglasak, jismu jonimiz bilan qöşilamiz. Ammo bunday savobli işlarga hukumat yoki tegişli idoralar undaganida, tejamkorlikka oid qoidalar joriy qilganida, inson haq-huquqlari haqidagi moddalar esimizga tuşib qoladi: “Men erkin şaxsman, nimani qança işlatişda erkinman, bu huquqimni çeklaşga urinmanglar!” qabilidagi iddaolar paydo böladi. Rözğorda elektr energiya, suvdan foydalanişda aholi jon boşiga belgilangan limitlar oxir-oqibatda tabiiy zaxiralarni tejaş niyatida joriy qilinadi. Uyimizga yetib kelayotgan gaz, elektr quvvati, suvning oliniş joyi tabiatga borib taqaladi. Ularni kimyoviy işlab çiqariş korxonalarida işlab çiqarişmaydi. Yotib yeganga esa toğ çidamaydi… Dunyoda şunday davlatlar borki, aholisi qoq toğ-toş ustida yoki qip-qizil sahrolarda yaşaydi. Içadigan suvidan to yonilğisigaça xorijdan olib kelişadi. Köpinça buyam bölmay qolsa, boriga baraka, degança qanoat qilib kun keçiraveradi. Ular, albatta, bizning yurtimizga qançalik havas bilan qaraşini izohlaşga hojat yöq.
Ötgan öttiz yil içida Orol muammosi yuzaga kelişi ortidan Markaziy Osiyo hududida suv taqçilligi paydo böldi. Bu holat, ayniqsa, poytaxtimiz şarqidagi Çotqol tizmalarida yaqqol namoyon bölmoqda. Asriy muzliklari, qorli qalpoqlari közni yaşnatadigan Çotqol tizmalarida iqlim özgarib ketdi. Avvalgidek qor yoğmay qöydi. Tap-taqir toğlar bağridan çiqadigan buloqlari ham qurib bormoqda. Şu tariqa Çorvoq suv omborida suv zaxirasi keskin kamayib borayotgani ğoyat taşvişli holdir. Şunga qaramay, suv omboridan çiqayotgan bir neça kanallar, xususan, Bözsuvda keç kuz va qiş oylarida suvlar limmo-lim qilib oqizilayotganiga befarq qarab böladimi? “Borida qadrlamay, yöqotganda yiğlaymiz”, “Oldingdan oqqan suvning qadri yöq” kabi hikmatlar zamirida ulkan maʼno mujassam. Ham maʼnaviyat, ham moddiyat olami uçun ahamiyatli bölmiş uşbu ogohlantirişlar suv zaxiralarini asrab-avaylaşga ham qaratilganini endi-endi anglayapmiz.
Bu bilan ertaga suvni butunlay töxtatib qöyiş kerak, degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Fikrimiz va taklifimiz şuki, şunday pallada Bözsuvda kun-u tun limmo-lim oqayotgan suvlarni biroz kamaytirib, Çorvoq suv omboridagi obihayotimizni tejaşga harakat qilsak, qandoq bölarkin?
Bu borada, avvalo, soha mutaxassislari hamda keng jamoatçilikning ham fikrlari örganilib, oqilona qarorga kelinsa, nur ustiga aʼlo nur bölur edi.
Tölqin EŞBEK,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
