Tahrir sanʼatga aylansin
yoxud hududiy matbuot sahifalarida nima gap?
Davrlar oraliğida hamma narsa ham islohga, yangilanişga ehtiyoj seza boşlaydi. Ayni kunda katta islohotlar va keskin yangilanişlarga nihoyatda muhtoji — bu Özbekistondagi aksar hududiy bosma ommaviy axborot vositalaridir.
Darhaqiqat, özbek adabiy tilini rivojlantiriş va unga yangi atamalarni kiritişda, ayniqsa, oddiy odamlar orasida özbek adabiy tilini tarğib etişda, ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyati katta.
Biroq, barça gazetalarni ham bu vazifani töliq ado etyapti, deya olmayman. Bunga haqqim yöq! Özbekistondagi “Xalq sözi”, “Yangi Özbekiston”, “Milliy tiklanish”, “Maʼnaviy hayot”, “Tafakkur” kabi naşrlarning bu boradagi örnini alohida qayd etiş kerak, albatta. Şuning barobarida, “Zarafshon”, “Toshkent haqiqati” singari hududiy gazetalarning ahamiyatini ham taʼkidlaş lozim.
Ammo, öquvçiga eng yaqini, şubhasiz, tuman gazetalaridir. Tuman gazetasini öqimaydigan gazetxonning boşqa biron naşrni öqişi duşvor. Taʼbir joiz bölsa, mahalliy gazetalar muştariylarda gazetxonlik madaniyati bilan birga özbek adabiy tilida sözlaş könikmasini ham şakllantirişi lozim. Lekin, mahalliy gazetalardagi materiallarni tahlil qiliş davomida özbek mahalliy matbuotida bir qança muammolar borligi közga taşlanadi.
Birgina “Parkent tongi” gazetasining 2023 yil 14 sentyabrdagi 36-sonida eʼlon qilingan materiallar tahlil qilinsa, gazetaning 1-sahifasidagi “Polvonlari köp yurt – qudratli bölur” maqolasi eʼtiborni tortadi.
“Tumanimiz prokurori Jasurbek Hayitboyev öz sözida yurtimizda sport turlarini rivojlantiriş, yoşlarning jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişi uçun şart-şaroit yaratişga qaratilayotgani tufayli sportning kuraş turi yanada ommalaşayotgani haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi. Şuningdek, prokuror tumanimizda kuraşga qiziqqan öğil-qizlarni qöllab-quvvatlaş, isteʼdod egalarini yuzaga çiqarişda har tomonlama amaliy yordam berişga tayyorligini bildirdi”, – deyiladi uşbu maqolada.
Avvalo, gazeta – ommaviy axborot vositasi, “törtinçi hokimiyat” vazifasini ötar ekan, u uçinçi şaxs sifatida voqea yo hodisaga öz munosabatini bildirişi yoki ommaga axborot yetkazişi kerak, vassalom. Bu örinda “tumanimiz” sözi “Parkent tumani” söziga almaştirilişi lozim edi. Bunday matnda jurnalistning öz pozitsiyasi mavhumlaşadi.
Matndagi mujmal hamda uzun jumlalar va maqolani ortiqça şişiriş uçun foydalanilgan havoyi fikrlar öquvçini zeriktiradi va özbek tilining betakror jozibasiga nisbatan şubha uyğotadi.
Bundan taşqari, “Toshloq tongi” gazetasining 29 sentyabrdagi 28-sonida “Kamolot sari yöl maktab ostonasidan boşlanadi” sarlavhali maqolasida ham maqsadga nomuvofiqliklar kuzatiladi.
“Xalqimizda “Ustoz – otangdek uluğ” degan hikmat bor. Ha, otaday uluğ deb nisbat beriluvçi inson, bu – ustozdir”, – deya boşlanadi uşbu maqola.
Eng avvalo, “Ustoz – otangdan uluğ” deyilsa, töğri böladi va bu hikmat emas, özbek xalq maqoli. Özbek tili imlo qoidalarida esa -dir qöşimçasi qöşilgan taqdirda tire (“–”) qöllanilişi joiz emas.
Gazetaning şu sonidagi “2 oktyabr – duşanba kuni ham dam oliş kuni böladi”, “Astronomlar yangi galaktikani kaşf qilişdi”, “Virusli gepatit A kasalligi haqida qisqaça maʼlumotlar”, “Bu maskanda yoşlar ham sifatli bilim, ham hunar egasi bölişmoqda”, “Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri” kabi sarlavhalar tahrirga nihoyatda muhtoj.
Bu kabi luğaviy kamçiliklar va tahrirtalab materiallar mahalliy matbuotda talaygina. Eng avvalo, buning sababi malakali kadrlarga yuqori ehtiyojdadir. Hududiy naşrlarda mehnat qilayotgan jurnalistlarning malakasini oşirmay turib, bu muammoni hal qiliş muşkul. Töğri, örta maxsus maʼlumotli kadrni tört yil oliy taʼlim muassasasida öqitib, uni hududlarga yetkaziş işi köp qovun pişiğini talab qiladi. Bu maqbul yeçim emas. Ammo, bizda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi mavjud-ku?!
Har bir viloyatda navbati bilan malaka oşiriş kurslari va mahorat darslarini taşkil etiş maqsadga muvofiq böladi, menimça. Bunda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi hamkorlikda çora-tadbirlar dasturini tasdiqlab, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti va Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti, qolaversa, viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarida mavjud jurnalistika fakultetlarining malakali öqituvçilarini, şuningdek, markaziy gazetalar tahririyatlarining tajribali jurnalistlaridan iborat pedagoglar jamoasini şakllantirişi örinli bölar edi. Mana şunday seminarlar hududlarda ötkazilsa, mahalliy gazetalardagi kadrlarga bölgan ehtiyoj malaka jihatidan qondirilgan va hududiy matbuotdagi materiallarda tahrir masalalari yeçimini topgan böladi.
Bundan taşqari, hududiy gazetalar örtasida materiallar mazmuni va tahrir mahoratini inobatga olgan holda respublika monitoringini yuritiş kerak. Eng yaxşi natijani qayd etib, respublikadagi eng namunali hududiy gazeta tahririyati sifatida eʼtirof etilgan tuman gazetasi jamoasi moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlanişi lozim.
Qolaversa, tahririyatlardagi kadrlar malakasini oşiriş va ularning öz ustida işlaşlari uçun qulay şaroit yaratiş uçun tahrir sanʼati ustasi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Mahmud Saʼdiyning “Tahrir sanʼati” risolasi bilan barça tahririyatlarni taʼminlaşni tavsiya qilaman. Zotan, tahrir kundalik iş tarzi emas, mahoratga, sanʼatga aylanmoği şart!
Otabek ISROILOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
