Sening kelişingga köz tikdi könglim

Muallif haqida:

Muhammad  ISMOIL — 1964 yil Sirdaryo viloyatining Xovos qörğonida tuğilgan. Ilk şeʼriy töp­lami “Tazarru saodati” 1991 yilda çop etilgan. Şundan söng “Tasavvur çiziqlari” (1998), “Köngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001),“Siz hamon öşasiz” (2003), “Sizni sevmay böladimi?” (2005), “Bahorning eng söng­­gi lolasi” (2006), “Çiroylisan, tengi yöq” (2007), “Köksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon töla orzular” (2011), “Meni kuçliroq sev” (2012), “Osmoningdan uzilma, ey dil!” (2014), “To sönggi nafasgaça” (2015), “Millat yuragining durdonalari” (2016), “Gapning qisqasi yaxşi”, “Oyga osilgan bayroq” (2018), “Atrofingda men sarson” (2019), “Menga söz bering” (2020) “Taraddud”, “Muhab­batning Vatani” (2021) singari  19 nomdagi kitobi 100 mingdan ortiq nusxada çop etilgan. Şeʼrlari hind, turk, belarus, rus, ingliz, turkman, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq kabi  tillarga tarjima qilingan.

Muallif asarlari asosida “Izğirinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy çiqmagan oqşom”, “Yangi oy çiqqan keça”, “Mohinur”, “Atirgul”, ”Antiqa debyut”, “Baloğat bekati”,  “Yulduzsiz osmon”, “Qalbim ardoği”, “Vasiyat” kabi   filmlar ekranlaştirilgan. Ikki yuzdan ortiq şeʼr­lari  xonandalar tomonidan  qöşiq qilingan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

HAYOT ÖZI ŞUNDAY

 

Yangi yil bazmida döstlar böldi jam,

Davra kengligidan quvonçga töldim.

Kelgan döstlar jondan aziz bölsa ham,

Sening kelişingga köz tikdi könglim.

 

Eşikka qaradim dilda iltijo,

Nogahon çaraqlab kelasanmi deb.

Barçani husningga etib mahliyo,

Davra malikasi bölasanmi deb.

 

Kelsang, közlaringga boqardim şodon.

Bir zum nari ketmas edim yoningdan.

Men uçun bölarding eng aziz mehmon,

Eʼzozlab joy berar edim jonimdan.

 

Balki raqs tuşarding, keng davra böylab,

Yo şeʼrlar öqirding sevgi haqida.

Kökka uçar edim, yuragim öynab,

Ötli sözlaringning alangasida.

 

Balki yoqdimi deb körsatar eding,

Yangi tikilgan oq köylaklaringni.

Yaraşdimi deya öynatar eding,

Husningni oçgan soç turmaklaringni.

 

Men-çi atrofingda girdikapalak,

Boşingga dastalab gullar soçardim.

Şodlik va quvonçga tölardi falak,

Sevgidan mast bölib, esdan ozardim.

 

Ammo sen kelmading. Şundaydir hayot,

Begonalar bizga doim yor, hamdam.

Körinamiz har dam baxtiyor, hayhot

Kelmagan bölsa ham biz kutgan odam.

 

BILMADIM

 

Bilmadim ertaga yana bormanmi,

Vaznsiz böşliqda tirik xormanmi,

Yana öz qarşimda özim dormanmi,

Bilmadim umr ne, nimadir hayot?

 

Özingni anglamoq oğir dard ekan,

Köngil qanoatsiz, qönimsiz garçand,

Har kun olov keçib yurmoq  şart ekan,

Bilmadim umr ne, nimadir hayot?

 

Qismat böysundirdi, çorasiz çökdim,

Har kun mehnat qildim, har kun ter tökdim,

Ğurbatsiz biror on, biror dam  yöqkim,

Bilmadim umr ne, nimadir hayot?

 

Yurak, qayğulardan özingni tiygin,

Ollohni sev,  özga sözingni tiygin,

Bu dunyodan yuz bur, közingni tiygin,

Bilmadim umr ne, nimadir hayot?

 

BIR YULDUZ OSTIDA

 

Qay sözni sözlasak, sözlarimiz bir,

Qay işni közlasak, közlarimiz bir.

Bir yulduz ostida tuğilgan kabi,

Qoş-u kiprigimiz, yuzlarimiz bir.

Yuragimga boqsam sizga öxşaydi,

Meni tinç qöymaydi, sizni öylaydi.

Kötarib yuribman sizni köksimda,

Ikki qalb bir-birin quçib töymaydi.

 

Qaçondir yöqotib topganimmisiz?

Mening bir bölagim, bir tanimmisiz?

Qaçondir ikkimiz bir odam bölib,

Qaytadan bir bölgan badanimmisiz?

 

Hurlar öqiganmi  nikohimizni,

Taqdir etganmi bir bölmoğimizni?

Bizning bir-birimiz uçun tuğilib,

Bir-birimiz uçun ölmoğimizni.

 

Kimlarga qolsa gar qaratmas edi.

Işq  sarob bölsa, nur taratmas edi.

Tangrim bizni bunça suymasa agar,

Yerda muhabbatni yaratmas edi.

 

Har inson işq bilan turmuşin qursin,

Muhabbat to dunyo turgunça tursin.

Dunyoda jamiki oşiqlar sevsa,

Siz va mening kabi sevişib yursin.

 

* * *

Ketmoqdasiz,

Men özimni yöqotganman,

Bir tözim yöq.

Ne qilarim bilolmasdan

Karaxt, lolman.

Izlayman-u, axtaraman

Es-huşim  yöq.

Meni taşlab qaylargadir

Ketib qolgan.

Endi ortga qaramaysiz,

baxtli böling!

Fariştalar aytib yursin

Tilagimni.

Mendan köra sizni köproq

Suyar edi,

Eslab qöying,

Sizga bandi yuragimni.

Ketmoqdasiz.

Qayga boray man?

Boğlab ketdingizmi közimni?

Tört tarafga öt yoqmoqdasiz,

Ayting,

Qayga qöyay özimni?

 

KEÇIRDIM

 

Kun bermay keldilar, keçirdim doim

Keçirdim na gina, na arazim bor.

Kuçsiz qilib qöyma meni, Xudoyim,

Kuçsizlar keçirmay böladilar xor…

 

 

*  *  *

Qara, osmon qanday besarhad,

Kökda oppoq oy suzib yurar.

Xayolimda abadul-abad,

Çehrang şu oy singari turar.

 

Yer yuzida qoldirmay belgi,

Bir kun tanni tark aylasa jon.

Kökda qolar bizlarning sevgi,

Hamda şu oy, yulduzli osmon.

 

ŞAHZODA

 

Şaʼningga şeʼr bitay desam,

Alanga oldi-ku qoğoz.

Husningni madh etay desam,

Zabonimdan çiqmas ovoz.

 

Odam zoti şunça gözal,

Dilni şunça eturmi rom.

Aʼlo nursan, hur, mukammal,

Huşu aqlim olding, tamom.

 

Oh, bitmoqqa dildagi rozim,

Navoiyday  yozmoğim  lozim.

 

ŞOIR

 

Yuragini yorardi,

Ğalayonlarning ahdi.

Umri ötib borardi,

Sönib borardi şahdi.

 

Kötarolmadi isyon,

Taqdiriga berdi tan.

U şeʼr bitmagan qoğoz

Oq qoldi misli kafan.

 

…Şoir istagi erkdir,

Tangrim uni qilma xor.

Şaraf bayroği erur,

Şoirlar osilgan dor.

 

Men yuksak çöqqida turibman hamon

 

Yiqilsang, kimdir köp siqilma deydi.

Kimdir,  endi  bizga tiqilma, deydi.

Kimdir, taqdirga tan bergisi kelmay,

Ayb sening özingda, yiqilma deydi.

 

Tomoşa qilaman çarxi olamni.

Har inson  ötkazgan alamni, ğamni.

Bu dunyo çarx kabi aylanar ekan,

Yiqitib köradi har bir odamni.

 

Şon-şuhrat, gul berib sinaydi Xudo.

Taxt, hurmat, pul berib sinaydi Xudo.

Aslo yiqilmasman deya öylama,

Çoh töla yöl berib, sinaydi Xudo.

 

Ey, meni yiqildi, degan olomon.

Meni kökda körib, bölmang heç hayron.

Jisman yiqilsam-da, ruhan buyukman,

Men yuksak çöqqida turibman hamon.

 

XAYR DEMANG, ONAJON!

 

Ketayapman.

Böling soğ, omon.

Dilni tökdi ğussalaringiz.

Nega xayr deysiz, onajon,

Bunça çökdi jussalaringiz?

Xayr demang, yöq-yöq, Onajon,

Yöq,  rizolik söramang ortiq.

Undan köra sörang mendan jon,

Men jonimni etayin tortiq.

Qartayibsiz.

Közim öyar ğam.

Jazolama, kökda qodir Zot.

Xudo, bergin onamga malham,

Yana bir yil baxş etgin hayot.

 

Har dam uçun şukrona aytay,

Har dam uçun bölay qarzdor.

Har dam uçun boşim kötarmay,

Sajda qilay toki onam bor.

 

Unga ön yil umr ber, Tangrim,

Unga yuz yil hayot ber, Xudo.

Mukka tuşib ming yil sörardim,

Ming yil bizni etmasang judo.

 

Yolvoraman har yon urib boş.

Zor-zor titrab, bözlayman nolon.

Ayriliqqa berolmayman doş,

Xayr demang, yöq-yöq,  onajon!

 

Ketayapman, ammo bilaman,

Ayirasan bizlarni bir kun.

Tiriklayin dorga ilasan,

Kök yuzini qoplar qaro tun.

 

Bizni boğlar yerdan Xudoga

Ona bergan jonning riştasi.

Ona loyiq mangu duoga,

Ona Yer-u kök fariştasi.

 

Yuragimning bor hujayrasi,

Közim, qalbim, tanimdagi jon.

Yolvoradi barça-barçasi,

Xayr demang, yöq-yöq,  onajon!

 

Yurak çiqsin qinidan azot,

Mayli çiqsin köz xonasidan.

Ayrilmasin  ammo heç bir zot,

Volidasi,   öz onasidan.

 

Yöq, söramang rozi-rizolik.

Qulayapman göyoki jarga.

Qarşimdadir göyo  judolik,

Zulmatga men göyo  badarğa.

 

Göyo  endi yöqlikda umrim,

Bir yil, ön yil turar osilib.

Qayğulardan qorayar turqim,

Qora  tunlar nuqsi bosilib.

 

Gar suv  bossa Yerning yuzini.

Bu ofatga şay  yaşar inson.

Onasiga “Xayr” sözini,

Ammo ayta olmas heç qaçon.

Xayr demang,

aslo,  Onajon…

 

*  *  *

Ayozli kun aylandi,

Bulutli kun buraldi,

Körinarli,

tuşunarsiz

Könikmalar yaraldi.

Arça bargi şapaloq,

Bargda laxtak qor.

Tanazzulda yaşamoq,

Yaxtak-yaxtak or.

Hö, sovuqda muzlab qolgan

Nur, şovqin-u soyalar

Tuşib mahkum ahvolga,

Sarxuşlikni soğinar.

Hey,

Havo ilgagiga,

Yuragimni osaman!

Olib ketsin keragiça,

Kimki ötsa köçadan!

Musiqaviy xayol, yohu,

Baxt kuyini taratdi.

Samoviy işq sarob, oğu,

Nega uni yaratdik?

Şunday böldi.

Toki sevsam,

sizga qaytar yöllarim berk.

Sevmaslikka qöymas ammo,

Ruhdagi kuç,

dildagi erk.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan