Maysalar soçida yarqirar şabnam

Şarifa SALIMOVA

(TÖRTLIKLAR)

 

Köz oçsam, poyonsiz yölni köraman,

Quyoş yuzin yuvgan kölni köraman.

Vatan, tonglaringda yurt tinçin sörab,

Duoga qöl oçgan elni köraman.

 

* * *

Kimningdir kiprigi iztirobdan nam,

Maysalar soçida yarqirar şabnam.

Axir köz yoş senga Alloh tuhfasi,

Qöy, bir nafas ğamni unut, ey odam.

 

* * *

Samoga yuz tutsang, yoğilmoqda nur,

Quyoşning mehridan topasan huzur.

Şukur qil, dunyoga kelganing uçun,

Qalbning tayanç öqi, aslida, şukur.

 

* * *

Neçun sen şunçalar çekasan fiğon?

Göyo dunyoda yöq şodlikdan nişon.

Umr — ğanimatdir, oh deyolmaysan

Ajal tulporiga qamçi urgan on.

 

* * *

Dunyo turfa rangga bisyordir ğoyat,

Turfa feʼl insonlar biram alomat.

Dunyo bozorining turfa moli bor:

Bir yon adolatdir, bir yon adovat.

 

* * *

Umr poygasida uloqçi otlar…

Hilpiroq maysalar — yaşil qanotlar.

Tulporu maysada ğoliblik tuği,

Ğolibdir kibrini sindirgan zotlar.

 

* * *

Boşimni yorganda döstimning toşi,

Kaftimni kuydirdi közimning yoşi…

Yurak, bunça azob tortaverasan?

Manguga botdi, deb döstlik quyoşi…

 

* * *

Har safar yuragim sen qon qilasan,

Ğarib ahvolimni yomon qilasan.

Men sukut saqlayman: yiğlar yuragim,

Bilmam, tokaygaça armon qilasan?

 

* * *

Ey, döst, ötar tunlar, ötar kunduzlar,

Dunyodan kim quvonç, kimdir ğam izlar.

Kel, bir nafas dunyo ğamini unut,

Tobora qisqarar biz solgan izlar.

* * *

Koşkiydi, ming dilni baxtiyor etsam,

Köz yoşini artib, könglin şod etsam.

Söng muqaddas Kaʼba tufroqlarini

Közimga sursam-u, jim faryod etsam.

 

* * *

Şunçalar ezildim, yurak böldi qon,

Topilmadi “holing na?” degan inson.

Nogoh körib qoldim, közim yoşiga

Jajji gödak boqib turardi hayron.

 

* * *

Bir umr siz otda. Piyoda çopdim,

Hasrat ado qilgan gul közin yopdim.

Evoh, bu ne tilsim, ey dunyoyi dun?

Köksingdan na orom va na baxt topdim.

 

* * *

Nahot şu men bilgan adolat boği,

Körsang, fariştaga dönar siyoği.

Botinida şayton sizga qöl berdi…

Eng katta xatongiz şu böldi çoği.

 

* * *

Uloqçi otlarni ayangiz biroz,

Ularga berilgan umr juda oz.

Bu dunyo köpkari… Şul ekan qismat,

Hadeb qamçi urma sen, ey, çavandoz…

 

* * *

Daraxt, kel, ikkimiz örtoq bölamiz,

Sirdoş novdalar-u butoq bölamiz.

Kel, qölingdan tutay, ketdik piyoda,

To qiyomat qadar hamroh bölamiz.

 

* * *

Bir kaft tuproq olib, surdim közimga,

Yomğir tomçilarin sezdim yuzimda.

— Eh, bolam, bu tomçi közimning yoşi…

Boqsam, onam kelar edi izimdan.

 

* * *

Men bir otaş edim, muzga aylandim,

Men bir bahor edim, kuzga aylandim.

Samoga boqqandim, jilmaydi quyoş:

— Keçir, yorab! — deya sözga aylandim…

 

* * *

— Töxtang. Ötib olay. Şoşyapman juda…

Özmoqlik azobi çiqar avjiga.

Yelkasin qadamlar qabartsa hamki,

Zinalar vazmin va juda osuda.

 

* * *

— Yaproq, neçun xazon bölmoqqa şoşding?

Bezading ona yer tufroqlarini.

— Axir men onamning poyiga şoşdim,

Bir bora öpay deb oyoqlarini…

 

* * *

Osmon keldi yerga engaşib…

Közlariga dunyo tor edi.

Birdan dunyo ketdi kengayib:

Qoraçiğda… Osmon bor edi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan